1-Rasm. Disperigator, vinilxloridmanomer, issiq suv xomashyolarini reaksiya qilish jarayonining struktur sxemasi
Ushbu sxemada 100XV-02002 va 100XV-02003 atsekatellardan PVX tayyorlash uchun initsiatr, disperigator, vinilxloridmanomer va issiq suv quyiladi. Initsiatr moddasining vazifasi reaksiya jarayonida reaktor devorlariga yopishib qolmasligini ta’minlaydi. Disperigator esa reaktor ichidagi moddalarni reaksiyaga kirishishi tezlashtiradi. Reaksiya vaqtida aralashtirgich moddalarni aralashtirish uchun xizmat qiladi. 100XV-02005 atsekatel orqali tayyor bo’lgan PVX ni, 100XV-02004 atsekatel esa issiqlik almashtirgich trubalari ichidagi suvni chiqarib yuboradi.
2-Rasm. PVXni reaksiya qilish jarayoni qurilmasi elementlarining immitatsion modeli.
PVXni reaksiya qilish jarayoni qurilmasining immitatsion modeli 2-rasmda keltirilgan. Sxemada 1-issiq suv haroratini ko’rsatgichi, issiq suv sathini ko’rsatuvchi o’lchash asbobi, 3-suvni isitish qismi, 4-nasos 1-ning ishlash tezligini ko’rsatuvchi asbobi, 5-nasos 1, 6-PVXni reaksiya qilish reaktori, 7-reaksiya muhitidagi haroratni uzatuvchi datchik, 8-reaktor ichidagi haroratni ko’rsatuvchi datchik, 9-qiymat o’rnatish joyi, 10-nasos 2, 11-nasos 2 ni qo’lda ishga tushirish tugmasi, 12-nasos 2 ni to’xtatish tugmasi, 13-sovuq suv quvurini ochuvchi atsekatel, 14-sovuq suv haroratini ko’rsatuvchi qism, 15-sovuq suv sathini ko’rsatuvchi qism, 16-reaktor ichidan ishchi suvning chiqish quvurlari berilgan.
Bunda 2 ta nasos yordamida, ya’ni chap tomonidan issiq suv o’ng tomonidan sovuq suv yo’naltiriladi. Reaktor ichida issiqlik almashinish jarayoni qo’llanilgan bo’lib, bir nechta qatlamli quvurlarni ichidan oqib o’tgan suv haroratini atrofga uzatish natijasida jarayonga o’z ta’sirini o’tkazadi. Harorat o‘lchovchi datchik uzatilgan signal PID rostlagichiga uzatib turadi. Rostlagichdan chiqqan signal chastota o’zgartirgichga uzatilib, issiq suv nasosini ishlashi uchun uzluksiz chiqish signali beradi. Modelni ishlash mantig‘i quyida 3-rasmda keltirilgan.
|