|
-rasm. PID rostlagichining ishlashi uchun ruxsat beradigan va bermaydigan parametrlarning mantiqiy sxemasi
|
bet | 3/4 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #127346 |
Bog'liq IT3-rasm. PID rostlagichining ishlashi uchun ruxsat beradigan va bermaydigan parametrlarning mantiqiy sxemasi
Bunda Network 1: dagi 110LICA-05003 issiq suv rezervuarining sathini rostlash indikatori, 110TICA-05003 esa harorat datchigi hisoblanadi. Reaksiyani boshlash uchun quyidagi shartlar bir vaqtda bajarilishi kerak bo’ladi:
- Issiq suvni sathi 33% dan yuqori bo’lishi;
- Harorati 80ºC dan yuqori bo’lishi;
- Sovuq suv sathi 35% dan yuqori bo’lishi kerak bo’ladi.
Ushbu berilgan shartlar bajarilgandagina PID rostlagichining ishlashiga (Q0.7 Permit) ruxsat beriladi.
Bunda PV(Procces value) jarayon qiymati, set point o’rnatgan qiymatimiz. PVX reaksiya qilish jarayonida temperaturasi o’rtacha 57 ˚C atrofida bo’lganligi uchun shu qiymatni o’rnatamiz. E’tibor berib tursak nasos 1 ishlab issiq suvni hayday boshlaydi va reaksiya muhiti harorati qiymati ko’tarila boshlaganini ko’ramiz.
Vaqt o’tgan sayin issiq suv sathi pasayib, jarayon qiymati o’rnatgan qiymatga yaqinlashgan sari nasos 1 ishlash tezligi kamayib boradi.6-rasmda reaksiya muhiti qiymati 55 ˚C bo’lganda atsekatelni ochilishiga ruxsat berishi va 56 ˚C bo’lganda esa sovuq suv nasosi 2 ga ishlashiga ruxsat berishi ko’rsatilgan.
6-Rasm. Atsekatelni ochilishiga hamda nasos 1 ni ishlashiga ruxsat berish va to’xtashiga sabab bo’lishining mantiqiy sxemasi.
Nasos 1 ishlab boshlagandan keyin agar rezervuardagi issiq suv sathi 5% dan kam bo’ladigan bo’lsa, avtomatik ravishda nasos 1 o’chadi. Reaksiya qilish jarayonida temperatura 70 ˚C dan oshib ketadigan bo’lsa nasos 1 ishlashi to’liq to’xtab issiq suv haydamay qo’yadi va nasos 2 avtomatik ravishda ishga tushib 22 ˚C li sovuq suv hayday boshlaydi.
7-Rasm. Nasoslar ishlaganda suv sathi kamayish va reaksiya muhiti harorati o’zgarish mantiqiy sxemasi.
7-rasmda nasosga chastotnik bergan tezlikga qarab suv sathi qancha kamayishini SUB mantiqiy ayirish elementi yordamida amalga oshiriladi. Mantiqiy qo’shish elementi ADD esa haroratni oshishini hisoblab ko’rsatadi.
|
| |