Slaydlar rejimida ishlash.
Bu rejimda yangi slayd yaratish, uning belgisini o'zgartirish, slayd
matnini terish, tahrir qilish, slaydlarni guruhlash, rang sxemasini
o'zgartirish hamda maxsus fon yaratish mumkin.
- Yangi slayd yaratish uchun darchaning standart uskunalar panelidagi
«
Создать слайд
» (Slayd yaratish) tugmasi bosiladi.
- Slayd belgisi, turi, ko'rinishlarini o'zgartirish uchun standart uskunalar
panelidagi «
Разметка слайда
» (Slaydni belgilash) tugmachasi
bosiladi.
- slaydlarni bezash ishlarini o'zgartirish uchun shu paneldagi
«
Применить оформление
» (Jihozlash qo'llanilsin) tugmasi bosiladi.
Slaydga matn kiritish va uni tahrir qilish 2 usulda amalga
oshiriladi:
1) matn uchun ajratilgan maydonga sichqoncha ko'rsatkichi olib kelib
bosiladi va kursor paydo bo'lgandan so'ng matn klaviatura orqali
kiritiladi;
2) sichqoncha ko'rsatkichi «A» tugma (piktogramma)siga olib kelinib
bosiladi va kerakli sohaga matn kiritiladi.
Slaydlarni kichraytirish uchun matn bloki tanlanadi yoki ob’yekt
va tanlash markeri chegaralari tanlanadi.
O'zgartirish kiritish uchun sichqonchaning o'ng tugmachasi
bosiladi. Ekranda yordamchi (konteksli) menyu hosil bo'ladi. Menyudan
kerakli rejim tanlab olinadi.
Slaydlarni belgilash. Slaydlarni belgilashni qo’llab rasm,
diagramma, jadval yoki WINDOWSning ixtiyoriy ob’yektini qo’yishni
mo’ljallab slayd tanlash mumkin. Buning uchun «
Файл
» menyusidan
«
Создать
» (Yaratish) buyrug’i tanlanadi.
Tavsiya qilinayotgan slaydlardan kerakli ko’rinishdagi slayd
tanlanadi va «
OK
» tugmasi bosiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
U.YU.Yo’ldoshev, R.R.Boqiyev, F.M.Zokirova
«Informatika» G’.G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy
uyi. Toshkent-2002
2. S.S.Qosimov, A.A.Obidov. «Kompyuter olami». Toshkent
«Cho’lpon» 2001.
Document Outline - Izoh
- Rejim
- PowerPoint dan chiqish uchun «Файл» menyusidan «Выход» (Chiqish) buyrug’i tanlanadi.
|