|
Power point dasturida slayd va taqdimotlar yaratish
|
bet | 10/16 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #135026 |
Bog'liq Power point dasturida slayd va taqdimotlar yaratish tayyoriInternet va intranet.
Internet-bu yagona standart asosida faoliyat ko’rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog’idir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma'noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi informatsion tizim bo’lib, o’zining alohida axborot maydoniga ega bo’lgan virtual To’plamdan tashkil topadi.
Internet, unga ulangan tarmoqqa kiruvchi barcha kompyuterlarning o’zaro ma'lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. O’zining kompyuteri orqali internetning har bir mijozi boshqa shahar yoki mamlakatga axborot o’zatishi mumkin.masalan, Vashingtondagi Kongres kutubxonasi kattalogini ko’rib chiqishi, Nyu -Yorkdagi Metropoliten mo’zeyining oxirgi kurgazmasiga qo’yilgan suratlar bilan tanishishi, halqaro anjumanlarda ishtirok etishi, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tarmoq mijozlari bilan shaxmat uynashi mumkin.
Internet XX asirning eng buyo’q kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli butun jahon bo’ylab yoyilib ketgan yo’z millionlab kompyuterlarning yagona informatsion muhitga biriktirish imkoniyati tug’ildi.
Foydalanuvchi nuqtai nazaridan tahlil qiladigan bo’lsak, internet birinchi navbatda tarmoq mijozlariga o’zaro ma'lumotlar almashish, virtual muloqot qilish imkonini yaratib beruvchi «Informatsion magistral» vazifasini o’taydi, ikkinchidan esa unda mavjud bo’lgan ma'lumotlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Bundan tashqari internet bugungi kunda dunyo bozorini o’rganishda, marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda.
Internet xizmati «internet provayderlari» yordamida aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi. Aloqa kanallari sifatida telefon tarmog’i, kabelli kanallar, radio va kosmos aloqa tizimlaridan foydalanish mumkin.
Internet tarmog’ining asosiy yacheykalari bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o’zaro bog’lovchi aloqa tarmoqlardir.
Internet alohida kompyuterlar o’rtasida aloqa urnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini o’zaro birlashtirish imkonini ham beradi. Agar biron-bir mahalliy tarmoq bevosita internetga ulangan bo’lsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stantsiyasi Internetga ulanishi mumkin. Shuningdek, internetga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar ham mavjud. Ularni xos kompyuterlar (host-rahbar) deb atashadi. Tarmoqqa o’langan har bir kompyuter o’z adresiga ega va uning yordamida jahonning istalgan nuqtasidagi istalgan mijoz uni topa olishi mumkin.
Internet – bu internet texnologiyasi, programma ta'minoti va protokollari asosida tashkil etilgan, hamda ma'lumotlar bazasiva elektron hujjatlar bilan kollektiv ravishda ishlash imkonini beruvchi korxona yoki kontsern miqqiyosidagi yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi kompyuterlar tarmog’idir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi bilan farqlanadi. Bir yoki bir necha serverlardan tashkil etilgan tarmoq tarmoq mijozi undagi elektron hujjat, ma’lumotlar bazasi va fayllardan foydalanish uchun, ularning qaysi serverda, qaysi direktoriyada qanday nom bilan saqlanganligini, ularga kirish usul shartlarini bilish zarur bo’ladi.
Server-bu boshqa kompyuter va programmalarga xizmat ko’rsatadigan komryuter yoki programmadir. Ya'ni boshqa kompyuterlarga o’zining fayillaridan foydalanishga ruxsat beruvchi kompyuter Server hisoblanadi. Bitta kompyuterda bir- necha Server ishlashi mumkin.
Internetda esa bunday noqo’layliklarni oldi olingan bo’lib, uning foydalanuvchisi bunday ma’lumotlarni bilishi shart emas, bundan tashqari internet tarmog’ida mavjud bo’lgan barcha elektron hujjat va ma'lumotlarni bazasini giperbog’lanishlar yordamida bog’lab yagona informatsion muhit qurish, unda qo’lay informatsion qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo’ladi.
Kompyuter tarmoqlariga asoslangan masofaviy ta’lim tizimi
Reja:
1.Masofaviy ta’lim mohiyati.
2.Masofaviy ta’lim tizimida ochiq LMS (Learning management system) va LCMS (Learning content management system) haqida tushuncha.
3.LMS tizimining intatuzilishi. Masofaviy ta’limda CMS (Content Management system) tizimini asosiy funktsional masalalari.
|
| |