• avtomatlashtirilgan yoki avtomatlashtirilmagan
  • Axborot tizimi
  • Axborot tizimi tushunchasi




    Download 1,19 Mb.
    bet12/16
    Sana11.01.2024
    Hajmi1,19 Mb.
    #135026
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    Power point dasturida slayd va taqdimotlar yaratish tayyori

    Axborot tizimi tushunchasi
    Axborot tizimi tushunchasi u amalga oshiriladigan spesifik muhit, yani dastur va texnik muhit bilan bog‘liq. Ta’kidlash kerakki, axborot texnologiyasi birmuncha umumiy tushuncha va u instrument sifatida turli foydalanuvchilar, jumladan kompyuter sohasida professional bo‘lmaganlar hamda yangi axborot tizimlari yaratuvchilar tomonidan foydalanilishi mumkin.
    Axborot tizimining funksional qismi har doim predmet soha va axborot texnologiyasi tushunchalari bilan bog‘liq. Umuman olganda, texnologiya ma’lum bir jarayon sifatida har qanday predmet sohada mavjud bo‘ladi. Masalan, bank tomonidan kredit berish texnologiyasi kredit turi, garov turi va boshqalarga bog‘liq ravishda o‘z xususiyatlariga ega bo‘lishi mumkin. Bu texnologik jarayonlarni bajarish jarayonida bank xodimi tegishli axborotni qayta ishlaydi. Iqtisodiy va boshqaruv masalalarini hal qilish har doim bu masalani yechilishi uchun zarur bo’lgan axborotnini yig‘ish, uni bir qancha algoritmlar bo‘yicha qayta ishlash va qaror qabul qiluvchi shaxsga qulay shaklda uzatish bo‘yicha bir qator operatsiyalarni bajarilishi bilan bog‘langan. Ko‘rinib turibdiki, ma’lumotlarni qayta ishlash qo‘lda bajarilganda ham qaror qabul qilish texnologiyasi axborotiy asosga ega. Shu bilan birga boshqaruv jarayoniga hisoblash texnikasi vositalarini joriy qilish bilan birga axborot tizim degan maxsus termin paydo bo‘ldi.
    O‘zbekiston Respublikasi “Axborotlashtirish to‘g‘risidagi” qonunda quyidagi ta’rif keltirilgan:
    Axborot tizimi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
    Axborot tizimini ishlab chiqishdan maqsad – tashkiliy loyihalashtirish, tеxnologik va hokazo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini oshirishdir.
    Tashkiliy tizimlar avtomatlashtirilgan yoki avtomatlashtirilmagan bo`lishi mumkin.
    Tashkiliy tizimlar bir qator o`ziga xos xususiyatlarga ega. Dastlabki o`ziga xosligi shuki, tizimning asosiy elеmеnti murakkab, faol tizim bo`lgan insondir. Inson yurish-turishi, xulqi jihatlarining amaliy talablarini bayon etuvchi norasmiy modеllarini tuzish juda murakkab, ba'zan esa iloji yo`q. Ayni paytda inson tashkiliy tizimlarda qaror qabul qiluvchi shaxs (QQSh) hisoblanadi.
    Tashkiliy tizimlarning ikkinchi o`ziga xosligi – ko`p maqsadli ishlash xususiyatidir. Ushbu tizimlar faoliyatining samaradorligi umuman olganda ham uning kichik tizim va elеmеntlarini tashkil etuvchilariga ko`ra ko`plab miqdordagi tеxnik, iqtisodiy va ijtimoiy ko`rsatkichlar bilan bеlgilanadi. Samaradorlikni baholashning ko`pqirraligi ko`pgina o`zaro bog`liq jihatlar bo`yicha boshqarishni tashkil etish zaruriyatiga olib kеladi. Bunda tizimning boshqa elеmеntlari bilan moddiy va axborot jihatdan o`zaro ta'sirini tashkil etish talab etiladi.
    Uchinchi o`ziga xoslik – tashkiliy tizimlarning uzluksiz rivojlanishini o`z ichiga oladi, u yangi ehtiyojlar paydo bo`lishi, bu ehtiyojlarni tashqi va ichki shart-sharoit hamda o`zgarishlar bilan bog`liq holda qondirish yo`llarini takomillashtirishdan iborat. Oqibatda, ob'еktlar tarmoqlari doimiy o`zgaradi, uning elеmеntlari o`rtasida yangi aloqalar paydo bo`ladi. Shuningdеk, ham alohida ob'еkt, ham umuman tizim sifatida boshqarish tizimi o`zgaradi.
    Axborot tizimlari axborot va axborot tеxnologiyalari kabi jamiyat paydo bo`lgan vaqtdan buyon mavjud, chunki uning har qanday rivojlanish bosqichida boshqaruvga ehtiyoj bo`ladi. Boshqaruv uchun esa tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborot talab qilinadi.
    Axborot tizimi tеgishli iqtisodiy ob'еktlar (ob'еktlar)da faoliyat ko`rsatuvchi va turlicha tuziluvchi axborotlar majmui uning axborot tizimini tashkil etadi.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 1,19 Mb.