|
Ekosistema o'zining hajmiga qarab quyidagi turlarga bo'linadi: 1) Makroekosistema-okean yoki jo'g'rofik hududlar
|
bet | 3/4 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 0,7 Mb. | | #243455 |
Bog'liq 1541086180 68061Ekosistema o'zining hajmiga qarab quyidagi turlarga bo'linadi: 1) Makroekosistema-okean yoki jo'g'rofik hududlar; 2) Mezoekosistema-o'rmon, hovuz, ko'l; 3) Mikroekosistema-quriyotgan daraxt, kolba, akvarium. Makroekosistema. Katta yoki kichik ekosistemalarga energiyaning kirishi-chiqishida muhitning o'zgarishi har xil bo'ladi, ya'ni: 1) O'zgarish ekosistemaning hajmiga bog'liq, agar u katta bo'lsa (tabiiy hudud, okean) tashqi muhitning qisman o'zgarishiga qaram bo'lmaydi, kichiklar (hovuz, bog') qaram bo'ladi; 2) Ekosistema katta bo'lsa, unda energiya va moddalar kelishi, almashinishi va chiqish ham ko'p bo'ladi; 3) Ekosistemada avtotrof va geterotrof organizmlar o'rtasida bo'lib o'tadigan jarayonlar tengligining buzilishi kuchli bo'lsa, uni tiklash uchun tashqaridan keladigan energiya ham ko'p bo'ladi; 4) Yosh sistemalarning rivojlanish stadiyasi va darajasi eski, yetilgan sistemalardan farq qiladi. Ekosistemalarning tuzilishi. Ekosistemalarning asosiy xususiyatlaridan biri - bu yer usti muhiti, chuchuk suv, dengiz yoki sun'iy ekosistemalarda uchraydigan avtotrof va geterotrof organizmlar o'rtasidagi munosabatlardir. Ekosistemalar trofik (oziqlanish) tuzilishi bo'yicha quyidagi pog'onalarga bo'linadi, ya'ni: 1) Yuqori avtotrof (mustaqil ovqatlanuvchi) pog'ona yoki «yashil pog'ona». Bu pog'onani o'simliklar yoki ularning qismlari tashkil qiladi. Ular o'z tanalarida organik moddalar to'playdi; 2) Pastki geterotrof pog'ona (boshqalar bilan ovqatlanish)da tuproqda to'plangan turli qoldiq (barg, shox, ildiz)lar namlik yordamida chiriydi, moddalar bir ko'rinishdan ikkinchi ko'rinishga o'tadi va murakkab birikmalar hosil bo'ladi. Ekosistemani o'rganish uslublari. Tabiiy murakkab cho'l, dasht, adir, tog', ko'l, o'rmon kabi ekosistemalarni o'rganishda 2 yo'l bilan yondashiladi ya'ni: 1) Xolistik (grekcha holos-butun yaxlit) yo'l bilan. Bunda ekosistemaga kelayotgan-chiqayotgan energiya va turli moddalarning yaxlit xislatlari hamda kerakli holatlarda uning tarkibiy qismlari ham o'rganiladi; 2) Megologik (grekcha meros-qism) yo'nalish bo'lib, bunda ekosistema ichidagi asosiy qismlar tarkibi o'rganilib, undan olingan ma'lumotlar ekosistemalarning boshqa qismidan olingan xulosalarga yoyiladi, tatbiq qilinadi. Keyingi vaqtda ekologlar ekosistemani o'rganishda qo'shimcha eksperimental usul va modellashtirish uslublarini qo'llamoqdalar.
|
| |