|
Ppk 06-gurux 2-kurs talabasi meliboyeva movluda mavzu: Ekotizimlar ekologiyasi
|
bet | 2/4 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 0,7 Mb. | | #243455 |
Bog'liq 1541086180 68061Shunday qilib, biotsenoz va uning biotopi bir-biridan ajralmaydigan elementlar bo'lib, ular bir-birlariga ta'sir qiladi va ma'lum darajada turg'un ekologik sistema hosil qiladi. Ekosistema komponentlari ichida intensiv modda va energiya almashinishi uning belgilovchi xislati hisoblanadi. Ekosistema termodinamik jihatdan ochiq sistema bo'lib, vaqt bo'yicha turg'un bo'ladi. Ekosistema ikki qism, ikki komponentdan tashkil topgan bo'lib, uning organik qismi biotsenozlardagi tirik organizmlarning turlari, neorganik "qismi biotop, •turlarning yashash joyini tashkil qiladi. Ekosistema biotop va biotsenozdan iborat bo'lib, bu sistema bo'yicha joyning relyefi, iqlim, botanik, zoologik, tuproq, gidrologik va geoximik nuqtai nazaridan ekosistema butun abiotik va biotik omillarni o'z ichiga oladi. Ko'pchilik ekosistemalar uzoq evolutsion rivojlanish va turlarning yashash muhitiga moslashishi jarayonida tashkil topgandir. Ekosistemalar o'z navbatida birlashib, biosferani hosil qiladi. «Ekosistema» atamasi birinchi marta ingliz ekolog olimi A. Tensli (Tansley, 1935) tomonidan fanga kiritilgan. Shu davrda V.N.Sukachev- , ning «Biogeotsenoz» atamasi ham kiritilgan. Ayrim ekosistemalarda moddalar chiqib ketishi juda yuqori bo'lib, u yerlar uchun doimiylik chetdan keladigan moddalar hisobiga ushlab turiladi. Ekosistemalardagi moddalar cheksiz emas. Faqat ularning almashinib turishi natijasida hayot uchun modda, energiya zaxiralari ta'minlanadi. Moddalar almashinishi, energiya o'tib turishi esa organizmlarni doimiy funksional faoliyatiga bog'liqdir. - Ayrim ekosistemalarda moddalar chiqib ketishi juda yuqori bo'lib, u yerlar uchun doimiylik chetdan keladigan moddalar hisobiga ushlab turiladi. Ekosistemalardagi moddalar cheksiz emas. Faqat ularning almashinib turishi natijasida hayot uchun modda, energiya zaxiralari ta'minlanadi. Moddalar almashinishi, energiya o'tib turishi esa organizmlarni doimiy funksional faoliyatiga bog'liqdir.
la
Ekosistema chegaralari. Ekosistema tushunchasi, uning chegarasiga o'xshab ko'rinadi, lekin uning katta-kichikligi bor. Masalan, chumoli uyasi, akvarium, shoxlar, botqoq, kosmik kema xonasi, dengiz, o'rmon, tog', biosferalar o'rtasidan chegaralovchi chiziq o'tkazish mumkin bo'lsa, ularning har biri alohida-alohida ekosistemadir.
|
| |