Zakovat intellektual klubi




Download 93.36 Kb.
Sana23.04.2024
Hajmi93.36 Kb.
#205534
Bog'liq
Zakovat mix 2023
dedline, spravka iqt ATX

ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
100 ta savol
6-savol: Arxeologlar dengiz ostidan harbiy kema topishadi. Bu kema 16 asrga tegishli bo‘lib,
undan yaxshi saqlangan sandiq topiladi. Undagi predmetlar orasida miltiq, kamon va charm
qo‘lqop chiqadi. Ajablanarlisi u yerdagi barcha qo‘lqoplar chap qo‘l uchun mo‘ljallangan edi.
Ular chap qo‘lini nimadan himoya qilishgan?
Javob: Olovdan. O’sha vaqtlardagi pilta miltiqlar xavfsiz bo‘lmagan.
7-savol: Badiiy filmlar vaqtida biz ko‘plab mashhur aktyorlarning o‘z ismi bilan filmda rol ijro
etganini ko‘p guvohi bo‘lganmiz. Bir mashhur filmda birdaniga 6 ta aktyor xuddi shunday rolni
ijro etishgan. Ulardan beshtasini sanayman: Tatyana Konyuxova, Georgiy Yumatov, Leonid
Xaritonov, Pavel Rudakov, Valentin Nechaev…. Siz menga bular orasidagi oltinchi eng
mashhurini ayting.
Javob: Innokentiy Smoktunovskiy
8-savol: Hammamizga ma’lumki, Qadimgi Olimpiada o‘yinlarida sportchilar kiyimsiz
musobaqalashgan. Keyinchalik sport kiyimlari katta biznesga aylana boshlagandan so‘ng bu odat
yo‘qolib ketgan. Ammo bir sport turi vakillari o‘zlarida bu “holatni” saqlab qolishgan. Siz menga
hech bo‘lmasa ulardan birining nomini ayting.
Javob: Istalgan gimnastlardan biri. “Gimnast” so‘zi yunonchadan “yalang‘och” deb tarjima
qilinadi.
9-savol: Ko‘pchilik Amerikaliklar fikricha, bironta ayol BU ishni qilolmas ekan, shuning uchun
ham Konstitutsiya ayollarga Prezident bo‘lishga imkoniyat bermas emish. Ko‘plab Amerikalik
ayollarning fikricha, Konstitutsiyadagi qaysi band ularga xalaqit beradi?
Javob: Prezident yoshi 35 dan yuqori bo‘lishi kerak. Ayollar o‘zlarini 35 yoshdan katta deb tan
ololmas ekan.
10-savol: Fransiyaning yirik reklama agentligi mutaxassisi Jak Segal shunday degan edi:
“Bundan bir necha o’n yil oldin o’rtamiyona xavaskor rassom va yetuk reklama agentining
uchrashganligini unutib bo’lmaydi. Ular birgalikda butun dunyoni egallashga bir bahya qolgan”.
Menga ularning ikkalasini ham ayting.
Javob: Gitler va Gibbels.
Izoh: Hammamizga ma’lumki Gitler xavaskor rassom bo’lgan. Gibbelsning asli kasbi esa
reklama agenti edi.
11-savol: Keniyaning Nayrobi shaxridagi hayvonot bog’idagi timsohlar bor basseyni yonida
shunday yozuvlar bitilgan:
«Iltimos, timsohlarga narsa tashlamang. Aks xolda………» Marhamat qilib jumlani to’ldiring.
Javob: “Iltimos, timsohlarga narsa tashlamang. Aks xolda o’zingiz olib chiqasiz”
12-savol: Yevropa Ittifoqiga kirib keladigan qalbaki maxsulotlarning foiz ko’rsatkichi bo’yicha
1-o’rin: Segareta maxsulotlari
2-o’rin: Kiyim-kechak
Xo’sh 3-o’rinda qaysi maxsulot turadi?
Javob: Qaroqchilar tomonidan tayyorlangan soxta CD, VCD va DVD disklari
13-savol: Qoraqalpog’istondan Toshkent viloyatini ayirsak qaysi viloyat qoladi? Izohini ham
ayting.
Javob: Sirdaryo viloyati
Izoh: Qoraqalpog’istonning davlat avtomobil raqami 23. Toshkent viloyatiniki 11. Ayirsak 12
qoladi. Bu Sirdaryoning nomeri.
14-savol: AQSHlik stomatolog Djozef Berkovskining fikricha bu ayolning yuz tuzilishi insonlar
uchun eng tipik ko’rinishi ekan. Bunday fikrga kelishiga unga u ayolning oldingi tishlari sabab
bo’lgan ekan. Savol, bu dunyoga mashhur ayol kim?
Javob: Mona Liza — Jakonda
15-savol: 2006 yil Angliyada maktab o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomada «Kimni
Buyuk Britaniya Bosh vaziri bo’lishini xoxlaysiz degan savolga eng ko’p javob manchester
Yunayted jamoasi o’yinchisi Ueyn Rooney oladi.
Ikkinchi o’rinni egallagan inson real shaxs bo’lmasa u kim?
Javob: Bu butun dunyo bolalarini qalbidan joy egallagan GARRY POTTER
16-savol: AQShda haydovchilarga mo’ljallangan kitoblar chiqariladi. Lekin bu kitoblar yo’lda
ketoyatgan haydovchiga xalaqit bermaydi. Ular qanday kitoblar?
Javob: Ular maxsus audiokassetalarga yozilgan kitoblar. Haydovchilar ularni o’qimaydi balki
eshitadi.
17-savol: Dastlab ikkita osmonga qaragan projektorlar yonadi, so’ngra yana ikkitasi yonib
oltinrang raqamlar va so’zlarni yoritadi.
Gap qaysi mashhur kompaniya emblemasi haqida ketmoqda?
Javob: 20 asr Fox studiyasi — XX century FOX
18-savol: 1898 yili Ispaniya AQShdan mag’lubiyatga uchragandan so’ng Kubaga bo’lgan
xukmronligidan voz kechishi va orolni tark etishi kerak edi. Lekin ular Kubani tark etishdan oldin
o’zlari bilan ispaniya-amerika madaniyatiga taaluqli katta qimmatga ega (balki uncha katta
emasdir) bo’lgan tarixiy yodgorlikni, ya’ni bir shaxsning tobutini Sevilyadagi soborga ko’chirib
ketishini aytishadi. Bu kim edi?
Javob: Xristofor Kolumb
19-savol: Donetsklik shifokor Andrey Mazur o’zining Kesha laqabli to’tiqushiga 3 xil tilda bir
necha so’z va raqmdan iborat bo’lgan bir jumlani yodlatgan. U har doim bu jumlani takrorlashga
o’zining to’tiqushini o’rgatgan. Bir kun kelib buni foydasi tegib qolishiga Mazur ishonadi. Savol
quyidagicha, u to’tiqushiga bir necha so’z va raqamdan iborat bo’lgan qanday jumlani yodlatgan?
Javob: U to’tiqushiga o’zining uy adresini yodlatgan. Agarda to’tisi yo’qolib qolsa topib olgan
odamlar unga oson qaytarib olib kelishi uchun.
20-savol: Shtutgartda noodatiy antiqa darslik chop etildi. Bu darslikni o’qish vaqtida o’quvchilar
o’zlarini o’qituvchi o’rniga qo’yib ko’rishlari va hatto darslik chop etuvchilarga baho qo’yishlari
ham mumkin. Siz menga 1 daqiqadan keyin, ushbu darslikning boshqalaridan farqli jixatini
ayting.
Javob: Bu darslik atayin xatolar bilan chop etilgan.
21-savol: Mallarang bo’yoq, ya’ni sepiya, xozir asosan sintetik(sun’iy) yo’l bilan olinadi. Ammo
tabiiy bo’yoq ancha taniqroq va sifatliroq. Bu bo’yoq tabiiy usulda bir jonzotdan olinadi. Siz uni
topishingiz uchun mashhur bir musobaqani esga olishingiz kifoya. Menga o’sha bo’yoqning
tabiiy manbasini yozib bering.
Javob: Karakatitsa. (“Qora Karakatitsa” Kapitan Vrungel kemasi)
22-savol: FIAT, PEJO, RENO, SHEVROLE. Bu so’zlarni avtomobil markalari ekanligidan
tashqari ham bir umumiylik birlashtirib turibdi. Siz menga bu so’zlardagi o’sha umumiylikni
topib aytasiz.
Javob: Oxirgi harfi “T” bilan tugaydi. (FIAT, PEGOUT, RENAULT, CHEVROLET)
23-savol: Dunyoda juda ko’plab dori xillari mavjud. Ularning funksiyasi ham xar xil. Xususan,
Bir qancha dorilar qon ta’minotini yaxshilashga xizmat qilar ekan. Ya’ni ular qon bilan yaxshi
to’yingan hujayra va to’qimalardan qon donachalarini olib, ularni kamqon bo’lgan hujayra va
to’qimalarga yetkazib berar ekan. Endi savol quyidagicha, shifokorlar bunday funksiyali dorilar
turkumini hazillashib qanday nomlashadi?
Javob: Robin Gud
24-savol: (Savolni iloji bo’lsa yozib oling) Hududi kattaligi jihatidan – 110 o’rin, aholi soni
bo’yicha – 73-o’rin, Xalqaro savdo hajmi bo’yicha – 15-o’rin, Valyuta zahirasi bo’yicha – 6-
o’rin, aholisining kishi boshiga daromadi bo’yicha – 4-o’rin. Va faqatgina travmatizm darajasiga
ko’ra dunyoda 1-o’rin. Siz bu qaysi davlat ekanligini yozib bering.
Javob: Shveytsariya
25-savol: Qo’lingizdagi qog’ozda inglizcha almost so’zi yozilgan. Bu so’z ingliz tilshunosligida
eng uzun so’z hisoblanar ekan. Albatta bir shartga ko’ra. O’sha shartga rioya qilib bundan uzun
ma’noli so’z yasab bo’lmas ekan. Siz harflarga yaxshilab e’tibor bergan holda menga o’sha
shartni yozib bering.
Javob: Harflarni alfavitdagi ketma-ketligida yozish.
26-savol: Vatikanda joylashgan mashhur Avliyo Pyotr sobori ajoyib arxitektura mo’jizasi bilan
qurilgan ekan. Uning gumbazi o’rtasida dumaloq teshik bor.Bu joydan soborga quyosh nuri
tushib turadi. Ammo, qanchalik g’alati tuyilmasin, u yerdan bironta ham yomg’ir yoki qor
tomchisi ichkariga tushmas ekan. Bunga sabab nima?
Javob: Sababi, u teshikdan doimiy ravishda issiq havo chiqib turadi va u yomg’ir va qor
tomchisini urib qaytaradi yoki bug’lantirib yuboradi.
27-savol: Uni tekshirish natijasida har xil diagnozlar qo’yilgan:
Mikroxirurglar Kurte va Grippo tananing o’ng qismi atrofeyasi deb tashxis qo’ygan. Doktor Bent
Kristianson faqat yuzi falaj bo’lgan deb hisoblaydi. Doktor Nakamura esa unda astma borligini
aniqlagan. 1961 yil Leo Valla kuchli texnologiyalar asosida tekshirib, uni – mongoloid irqiga
mansub degan xulosaga kelgan. 1 daqiqadan keyin, siz menga ushbu olimlarning “mijozini”
yozib bering.
Javob: Mona Liza
28-savol: Yaqinda TNT kanali orqali efirga uzatilgan “Taksi” ko’rsatuvining 1 sonida “Qiyin
savollar” toifasi bo’yicha berilgan savoldan na’muna:
Savol quyidagicha: “Ishonish qiyin bo’lsa ham uning ko’zi ko’rmas bo’lgan ekan. Bu to’g’rimi?”
Yo’lovchilar esa uzoq o’ylab “Ha” deb javob berishdi. Shunda boshlovchi ham “U qanaqasiga
ko’r bo’lishi mumkin?” deb javob noto’g’riligini e’tirof etdi. Agar savolda aytilgan shaxsning
millati yapon bo’lsa, unda menga uning to’liq ismini va kasbini ayting.
Javob: Akiro Kurasava, rejissor
29-savol: Shveytsariyada nodir va eski kitoblar sotiluvchi magazin mavjud.(bukinistlar magazini)
Uning boshqalaridan farqli tomoni kitoblar og’irligiga qarab sotiladi va narxlanadi. Siz endi
menga aytingchi, xaridorlar qanday mahsulotlarni bu magazindan chegirma asosida xarid qilishi
mumkin?
Javob: She’riy yoki poetik kitoblarni
30-savol: Qaysi qurol o’z nomini inglizcha “aylantirmoq” so’zidan olgan?
Javob: Revolver
31-savol: Xitoyda u boylik ramzi, Misrda o’lim va ruh ramzi sifatida qarashgan. Gretsiyada esa
uni o’lchov asboblariga tasvirlashgan va u savdoda halollik belgisi bo’lgan. Xo’sh, u xozir
nimaning ramzi?
Javob: CHGK (Boyug’li)
32-savol: Qilingan ixtirolarning asosiy amaliy maqsadi ko’pincha tor doirada bo’ladi. Masalan:
Xronometr ixtiro qilinganda dengizchilar faqat aniq uzoqlikni bilish uchun foydalanishgan.
Xuddi shunga o’xshab qanday maqsad uchun ingliz shifokori Jon Flouer sekundni ko’rsatuvchi
strelka ixtiro qilgan?
Javob: Pulsni o’lchash uchun
33-savol: Uni gultoji, belbog’chasi, korpusi va tomog’i bor. Uni ichki bosimi 1 million 700 ming
paskaldan past bo’lmasligi kerak.U nima? Aniq javobni qabul qilaman
Javob: Shampan vinosi butilkasi (uning ichki bosimi yetarli bo’lmasa otilmaydi)
34-savol: Ancha oldin Braziliya ekranlarida yangi «Bosh inspektor» nomli teleserial namoyish
etilgan.Siz menga bu serial qaysi rus asari asosida yaratilganini ayting
Javob: Gogolning «REVIZOR» asari. O’sha mashxur yolg’onchi Xlestakov haqida.
35-savol: Shveytsariyalik olim Jan Jak Babel yillarni hisoblab chiqib,shunday xulosaga kelibdi.
Mil. avv. 3500-yili va 292-yili odamzod usiz yashagan ekan. Nimasiz?
Javob: urushlarsiz. Qolgan hamma yili urushlar bo’lgan ekan
36-savol: Bu sportga 1845 yili AQSHlik Aleksandr Kartrayt asos solgan. O’yinda 9 ishtirokchi, 9
urinish va maydon tomonlari 90 futdan bo’ladi. 107 sm.li atributi ham bor. Bu qaysi sport turi.
Javob: BEYSBOL 107 sm. Bu beysbol tayog’ining — bita ning uzunligi
37-savol: Rossiyada o’tkazilgan so’rovnomada rus xalqining 42% bu davlatlarni 1 ta emas,
aloxida-aloxida davlat deb xisoblar ekan. Qaysi davlatni?
Javob: Gollandiya-Nederlandiya
38-savol: Blits.Ya’ni men 3 ta savol beraman.Uchalasiga ham to’g’ri javob bersangiz ochko
xisoblanadi.
1) Bu xarf deyarli dunyoning barcha alfavitlarida 1 xil yozilishi bilan rekord o’rnatgan. Bu qaysi
xarf?
2) Ginnesga kiritilgan dunyodagi eng qisqa familiya?
3) O’zDEU korxonasida 1-ishlab chiqarilgan avtomobil?
Javoblar:
1) O
2) I (Xitoycha familiya. Bor yo’g’i 1 xarfdan iborat)
3) Damas
39-savol: Taysonning Xolifildga nisbatan qilgan ishini bir o’zbek san’atkori ham bajargan. Gap
qanday ish va qaysi san’atkor haqida ketmoqda?
Javob: Ozodbek Nazarbekov. Gap quloq tishlash haqida ketmoqda.
40-savol: Bu jonzot 600.000 yil oldin Osiyoning janubi-g’arbida paydo bo’lgan.Yevropaga salb
yurishlari vaqtida kelib qolgan. Xozir ularga qarshi kurash 4 marta oshgan. Qaysi jonzot haqida
gap ketmoqda.
Javob: kalamush
41-savol: J.Koreyada turmush qurishda bir cheklov bor ekan. Agar Yigit va qizda bir narsa bir xil
bo’lsa ularning turmush qurishi ta’qiqlanadi. Nima bir xil bo’lsa?
Javob: familiya
42-savol: London shaxrida XVIII asrda qilingan bir qaror xatlarni egalariga adashmay olib
borishdagi muammoni bartaraf etdi.Savol, qanday qaror qabul qilingan?
Javob: uylarni raqamlash. Undan oldin uylar raqamlanmagan va xatlar noto’g’ri manzilga borar
edi.
43-savol: Savol juda ham qisqa. Diego, Manfrid va Sid qaysi «davrda» do’stlashadi?
Javob: «Muzlik davri»da («Ice Age») Mashxur multfilm qaxramonlari haqida gap ketayotgan edi.
44-savol: Odamning bir tomonida ularning soni 150-200, ikkinchi tomonda esa 50-100 ta
bo’ladi. Ularning xar biri o’rtacha 150 kun yashaydi. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: kiprik
45-savol: “640 kilobayt hammaga yetishi kerak”. 1981 yil aytilgan bu gaplar kimga tegishli?
Javob: Bill Geyts
46-savol: Kembridjda matematikadan ma’lum bir bahoni olgan talabaga yog’och qoshiq “sovg’a”
qilinadi. Savol, qanday baho olgan talabaga yog’och qoshiq beriladi?
Javob: eng yomon baho olgan talabaga
47-savol: Titsian — «Misrga sayohat» — $ 7 mln – 1995 y;
Uilyam Terner — «Soya va sharpa» — $ 7 mln – 1994 y;
Rembrand — «Dengizda töfon» – bebaho – 1990 y
Bularni bog’liqligi nimada?
Javob: Bular o’g’irlab ketilgan va xozirgacha topilmagan eng mashhur san’at asarlari edi.
48-savol:Eng birinchi uning yorug’ligi ko’rinadi. So’ng ovozi eshitiladi. So’ng shamolini xis
qilasiz. Ana undan keyingina o’zi kirib keladi. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Metro
Izoh: qolgan javoblarga savoldagi bir so’z to’g’ri kelmaydi. Ya’ni “kirib keladi”. M-n:
kechqurun kelayotgan avtomobil hech qayerga kirib kelmaydi
49-savol:Undan qancha olsangiz kattalashadi, qancha qo’shsangiz kichrayadi. Nima u?
Javob: O’ra
50-savol:Quyidagi harflarga e’tibor bering:
1-B;
2-I;
3-U;
4-T;
5-B;
Siz qolgan beshta harfni yozib bering.
Javob: 6-O; 7-Y; 8-S; 9-T; 10-O’
Izoh: Bir, Ikki, Uch, To’rt, Besh, Olti, Yetti, Sakkiz, To’qqiz, O’n soz’larining bosh harfi
51-savol:Bir podshoh qadimda oshpazlar tanlovini o’tkazgan. U oshpazlarga quyidagicha shart
qo’ygan: “Siz shunday bir ovqat pishiringki, boshida 1 chelak tuz soling, pishayotganda 1 chelak
tuz soling, va men yana unga tuz sepib yey.” U qaysi ovqatni nazarda tutgan?
Javob: Qaynatilgan tuxum
Izoh: Tuxum javobi ham qabul qilinadi
52-savol:Uni qora, yashil, qizil, sariq turlari bor. U deyarli barcha xonadonda mavjud.
O’zbekistonda uni qora va yashil turlarini ko’p iste’mol qilishadi.
Javob: Choy
53-savol:U qush o’z qanotlari yordamida suv tagida suza oladi. Tezligi esa 10 m/s. Eng qizig’i u
qush shuncha tez suzsa ham ucha olmaydi. U qaysi qush?
Javob: Pingvin
54-savol:Mersedes kompaniyasi yangi rusumdagi jamoat avtobuslarni chiqara boshladi. Uning
salonida maxsus tablo o’rnatilgan bo’lib, unda 3 raqam yo’lovchilarga ko’rsatilib turadi. 1. Aniq
vaqt – ya’ni soat
2. Salondagi harorat – ya’ni temperatura.
Xo’sh 3-raqam nimani ko’rsatib turadi?
Javob: Avtobus tezligini (spidometr)
55-savol:2 yigitdan tashkil topgan guruhning nomi o’z ustozlari guruhining nomidan 1 harfga
farq qiladi. Bu qaysi estrada guruhi?
Javob: Bojalar
56-savol:U dunyoda 3996 ta. Har yili ularning 14 tasi yo’qolib ketmoqda. Savol gap nima haqida
ketmoqda?
Javob: Dunyo tillari
57-savol:Angliyada “S”, AQShda “U”. Xo’sh Toshkentdachi?
Javob: M (metro haqida ketmoqda. “S” – subway, “U” — underground)
58-savol:O’zbekiston, Urugvay, BAA, AQSh, Ukraina, Uganda. Bu davlatlarni ingliz tilini
ishlatgan xolda bog’kiqligini toping.
Javob: Hammasi ingliz tilida “U” harfi bilan boshlanadi.
59-savol:Buyuk Britaniyada oldin u 18 yoshga to’lmaganlarga, 60 yoshdan oshganlarga,
homilador ayollarga berilmasdi. Xozir esa umuman yo’qolgan. U nima?
Javob: O’lim jazosi
60-savol:Filipp Morris kompaniyasi o’z xodimlarining 40% iga aynan bir oyda mehnat ta’tili
berar ekan. Sabab bu oyda savdo hajmi keskin kamayarkan. Qaysi oyda?
Javob: ramazon oyida (bu firma tamaki mahsulotlari ishlab chiqaradi)
61-savol: Beloruslar uni qadimda Lelya, Syotsya, Jiten va Zyuzya deb atashgan. Ular hech
qachon birga yig’ilishmagan va o’z navbatini o’zgartirishmagan. Biz xozir ularni o’zbekchada
njima deb ataymiz?
Javob: Bahor, yoz, kuz, qish
62-savol: Diqqatni jamlaydigan savol. Leonardo Da Vinchi chizgan Florensiyalik bir
savdogarning xotinini suratida u ayol chap qo’lida nimani ushlab turibdi?
Javob: o’ng qo’lini
63-savol: Mashhur Encarta-98 ensiklopediyasida “Mashhur juftliklar” katalogi mavjud. Bu
katalogdan Romeo va Julyetta, Pi’er va Mariya Kyuri, Aka-uka Raytlar, Ishoq Rabin va Yosir
Arofat kabi maqolalar o’rin olgan. Savol, bu katalogdagi eng birinchi maqola qaysi juftlik haqida?
Javob: Adam va Yeva
64-savol: Tailand qonunlariga ko’ra pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas. Bunday
ishni qilgan shaxslarga jarima solinadi. Bu qonun o’ziga xos chuqur ma’noga ega. Savol nima
uchun Tailandda pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas?
Javob: Pul va tangalarga Tailand qirolining surati tushurilgan
65-savol: 2002 yil Angola hayvonot bog’idan Botsvanaga 200 ta fil, tuyaqush, maymun, sher,
antilopa, zebra, jirafa, to’tiqush, timsoh kabi hayvonlar kemada olib kelindi. Sizga savol, bu
operatsiya qanday nomlanagan?
Javob: “Nuh kemasi”
66-savol: Akatsiya barglari tanin zaharli moddasini ishlab chiqaradi. Odatda barglarda uning
miqdori juda kam bo’ladi, lekin agar bu yoki xatto qo’shni daraxt barglarining soni me’yordan
kamayib ketsa, barglardagi tanin miqdori keskin oshib ketadi. Nima uchun bunday bo’ladi?
Javob: Ushbu barglarni yeyayotgan antilopalarni zaharlash uchun
Izoh: Shundan keyin ular barglarni yemay qo’yishadi va tabiiyki, akatsiya o’z barglarining sonini
me’yorigacha tiklab oladi
67-savol: Odatda qadimgi yunonlar bosh kiyimsiz yurishgan. Lekin ba’zida ular boshlariga
atayin qalpoq kiyib yurishgan. Qanday holatlarda ular bu ishni qilishgan?
Javob: Agarda ular kasal bo’lsalar
Izoh: Shunday yo’l bilan ular o’zlarini betobliklarini atrofdagilarga ko’rsatishgan
68-savol: U har safar boshini pastga tushirganda qon bosimining keskin tushib ketishi xisobiga u
hushini yo’qotishi kerak edi. Lekin bunday bo’lmaydi: maxsus mayda qon tomirlari to’ri yordam
beradi. Uni ayting.
Javob: Jirafa
69-savol: Armaniston va Eronda yashovchi yazidlar – o’ziga xos dinning tarafdorlari
hisoblanishadi. Ularning dini zardo’shtiylik diniga borib taqaladi, biroq nasroniylik va islomning
ta’siriga uchragan. Yazidlar turmushida ta’qiqlar ko’p. Ular xo’roz, g’azol, baliq go’shti, qovoqni
yeya olmaydilar. Ularga yo’talish, tupurish, xushtak chalish, chanqovuz va tor chalish, ko’k
rangdagi kiyimlarni kiyish mumkin emas. Yazidlar birinchi bo’g’inida “sh”, ikkinchi bo’g’inida
esa “t” tovushlari bo’lgan so’zlarni aytish mumkin emas. Nima uchun ular bunday so’zlardan
qo’rqadilar?
Javob: Ular “shayton” so’ziga o’xshagani uchun
70-savol: 1853 yil tashkil etilgan ushbu kompaniyaning eng oxirgi ishlab chiqarilgan
mahsulotida balandlikni o’lchash qurilmasi, kompas, barometr, termometr kabi qo’shimcha
qurilmalari bor. Uning asosiy qurilmasining vazifasi nima?
Javob: Vaqtni ko’rsatish
Izoh: Gap “TISSOT” kompaniyasi soatlari haqida bormoqda
71-savol: Britaniyalik haykaltarosh Entoni Gormli cho’yandan inson figuralarini yasash bilan
shug’ullanadi. Uning eng yaxshi haykallari Britaniyaning ko’pgina shahrlarini bezab turibdi. U
o’zining cho’yan figuralarini ko’pincha bir insonga o’xshatib yasaydi. Siz menga u insonning
kim ekanligini emas, balki uning kasbini ayting.
Javob: Haykaltarosh
Izoh: U o’z haykallarini o’zidan olib yasaydi
72-savol: Unga anchadan buyon haykal o’rnatish niyatida edilar, lekin buning hech uddasidan
chiqa olmayotgan edilar. Lekin 1999 yil Yekaterinburgda nihoyat unga dunyodagi birinchi
haykal yodgorlik o’rnatildi. Bronzadan quyilgan unchalik katta bo’lmagan postamentda faqatgina
bir juft yalang oyoq izi turibdi. Bu haykal kimga o’rnatilgan?
Javob: G.Uelsning “Ko’rinmas odam”iga
73-savol: Dastlab Napaleon I o’z jasoratini abadiylashtirish uchun Triumfal arkasini
qurdirmoqchi emas edi. U o’sha yerda bir hayvonning haykalini o’rnatmoqchi bo’lgan. Chunki
bu hayvonlarni ko’rganida u hayratga tushar edi. Lekin ushbu maqsad amalga oshmadi. Baribir
Triumfal arka qurildi. U qaysi hayvonning haykalini o’rnatmoqchi edi?
Javob: Fil
74-savol: Frantsuz adabiyotining klassigi Onore de Balzak o’zining bir qo’llanmasida “Erkak
kishi o’zining o’sha narsasiga qarab hurmat topadi – bu uning o’zi, buning yordamida u o’zining
asl ko’rinishini berkitadi, bu narsada uning aqli namoyon bo’ladi” degan. Agar “Zakovat”
bilimdonlari bir necha yil avval u narsadan voz kechgan bo’lsa, u nima bo’lishi mumkin?
Javob: Galstuk
Izoh: “Zakovat” bilimdonlari o’yinlarda anchadan buyon galstuk emas kapalaknusxa (babochka)
taqishmoqda.
75-savol: Ushbu mahsulotning reklamalaridan birida unga shunday ta’rif berilgan: Unga musiqiy
asarlar bag’ishlangan, uni to’lov vositasi sifatida ishlatilgan, uning yordamida sevgi izhori
qilishgan, u turli dindagi insonlarni yaqinlashtirishga yordam bergan, uni ko’pgina illatlarga
qarshi dori sifatida yozib berishgan”. Bu qaysi mahsulotning reklamasi?
Javob: Kofe
Izoh: Gap NESCAFE kofesi haqida bormoqda
76-savol: Malayziyada “Sen qayerga ketyapsan?” deyishadi, bu savolga “Aylangani” deb javob
berishadi. Yevrey “Sizga tinchlik” desa, fors “Quvnoq bo’l” deydi, Grenlandiyaliklar esa “Yaxshi
ob-havo” deyishadi. Biz bunday holatda nima deymiz?
Javob: Assalomu Alaykum-Vaalaykum Assalom
77-savol: Kalamushlar bilasiz har doim insonga zarar yetkazib kelgan. Lekin yaqinda
Tanzaniyada ushbu hayvonlarga yangi bir vazifani o’rgatishdi va ular o’z ishlarini juda yaxshi
bajara olishlari mumkinligini isbotlashmoqda va inson kasbdoshlaridan farqli o’laroq hattoki bir
marta ham xato qilishmayapti. Ularni qaysi kasbga o’rgatishgan?
Javob: Sapyor
78-savol: XVI asr ispan yozuvchisi Fransisko Kavedo-i-Vilegos o’z asarlaridan birida
quyidagicha fikrni aytadi:
“Sinor Dinero shubhasiz o’ta qudratlidir”
Kavedo “Sinor Dinero” deganda kimni nazarda tutgan?
Javob: Pul (Dinor)
79-savol: Rivoyatlarga ko’ra, Alloh Odamatoni yaratish uchun farishtalarni yerdan tuproq olib
kelishga yuboradi. Yer qarshilik ko’rsatadi va farishtalar undan tuproq olishmaydi. Bu ishni faqat
ugina bajarganligi sababli, u ustun turuvchi deb hisoblanadi. Savol, nimadan ustun turuvchi?
Javob: O’limdan
Izoh: Bu Azroil farishta edi
80-savol: Bu xalq o’zini inuit deb ataydilar, hammasi bo’lib ularning soni 115 ming kishini
tashkil etadi. Bizda bu xalqning nomini xatto yosh bolalar ham yaxshi bilishadi. Savol bu qaysi
xalq?
Javob: Eskimoslar
81-savol: 1996-yilning Fevral oyida «USA Today» degan gazeta bir insonni portretini
«Insoniyat uchun turib bera oladimi?» degan sarlavha bilan bosib chiqardi. Savol, kimning
portreti chop etilgan edi?
Javob: Garri Kasparov (U o’sha yili kompyuter bilan shaxmat o’ynashi kerak edi)
82-savol: Bu kompaniya Tayota, Adidas, Microsoft kabi uzoq tarihga ega bo’lmasada dunyo
bozorining 70% ini egalladi. U faoliyatini 15000 dan ortiq ishchi yordamida 115 tilda va hozirga
kelib 8 mlrd. hamkor bilan olib boradi. Uning mahsuloti butun sayyorani ko’rishga yordam
beradi. Qaysi kompaniya to’g’risida gap ketayapti?
Javob: Google
83-savol: Stiven Frayning bir hazili bor, 50 yoshda vafot etgan Gabriel, o’zini 122 yoshda deb
hisoblagan. Savol, Gabrielning familiyasi nima edi?
Javob: Faringeyt (Faringeyt shkalasi bo’yicha 50º Selsiy temperaturasi 122º ga teng bo’ladi)
84-savol: Fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo, bir kitob yozdi va ingliz tiliga tarjima qildirib
Britaniyaga sotuvga qo’ydi, biroz vaqt o’tgach, sotuv qanday ketayotganini tekshirish maqsadida
kitob sotuvchiga xat yozdi va o’z xatida sotuvchining intellektual salohiyatini ham tekshirib
ko’rmoqchi bo’ldi, xatni kod orqali yozdi, shundan keyin kitob sotuvchi ham Viktor Gyugodan
qolishmagan holda, kitobning juda yaxshi sotilayotganini aytib javobini kodli tarzda qaytardi,
uning xati birgina «!» belgisidan iborat edi. Viktor Gyugoning xati qanday bo’lgan?
Javob: ?
85-savol: Ushbu mashxur qo‘shiq 1992 yil dunyo yuzini ko‘rdi, kompozitori Toni Britten ismli
shaxs bo‘lgan bu qo‘shiq Londondagi avliyo Martin cherkovi xori tomonidan kuylangan.
Qo‘shiq matni 3 xil tilda (ingliz, nemis ,frantsuz) yozilgan. Mazkur qo‘shiqda siz “eng kuchlilar”,
“buyuk voqea”, “hammasi erkaklar” kabi so‘zlarni eshitishingiz mumkin. Gap qaysi qo‘shiq
haqida ketmoqda?
Javob: Yevropa Chempionlar Ligasi gimni
86-savol: Frantsiyada Stendal davrida ushbu protsess boshlanishidan oldin 3ta sham yoqib
qo‘yilgan va bu jarayon ushbu shamlar o‘chguncha davom etgan.Hozirda bizda ham ushbu
jarayonning nihoyasiga yetishi 3 soni bilan bog‘liq. Gap qanday jarayon to‘g‘risida ketmoqda?
Javob: Auktsion (bolg‘achani 3 marotaba zarb bilan urish orqali tugatiladi)
87-savol: O’zbekiston Respublikasida u ko‘pi bilan 45 gradus burchak ostida va yerdan kamida
2,5 metr balandlikda turishi kerak. U nima?
Javob: O’zbekiston bayrog‘i.(Bayroq to‘g‘risidagi qonunga muvofiq)
88-savol: Yangi Gvineyaning papuas qabilasi aholisida yaqin qarindoshining o‘lganligiga motam
ishorasi sifatida o‘z qo‘l barmoqlaridan birini kesib tashlanganliklarini eshitgansiz.Yigirmanchi
asrning 50-yillarigacha papuaslar orasida barcha barmoqlari yo‘q insonlarni ko‘plab topish
mumkin edi.(ko‘pgina qarindoshlari o‘lganligi sababli).50-yillardan keyin papuaslar orasida 6-7
ta barmog‘i kesilganlarini uchratishimiz mumkin ediyu lekin barcha barmoqlari yo‘qlari deyarli
uchramay qoldi. Bunga sabab nima bo‘lgan edi?
Javob: 50-yy dan keyin papuaslar xristian dinini qabul qila boshladi va tabiiyki cho‘qinish
ritualini ijro etish uchun kamida 3 ta barmoq bo‘lishi talab etilardi.
89-savol: Zurab Seritelining Ulug‘ vatan urishiga (1941-45yy) bag‘ishlab qurgan Moskvadagi
monumentining balandligi rosa 142 metr chiqadi. Nimaga Seriteli aynan shuncha balandlikni
tanlagan?
Javob: Monumentning har 10 sm urushning bir kunini timsoli.
90-savol: Nima uchun vino, shampanlarni uzoq vaqt saqlash uchun tik holatda emas balki yotiq
holatda saqlashlarini aniq sababibini ayting?
Javob: yog‘och tiqinlar qurib qoladi va ichiga havo kirib vino buziladi.
91-savol: Bill Xyulett va Deyv Pakkard o‘zlarining elektoritexnika sohasidagi kompaniyalariga
asos solishgach, bir masala bo‘yicha qur’a tashlashgan. Qur’ada kim yutgan?
Javob: Xyulett
Izoh: Shundan so‘ng kompaniya nomida Xyulett nomi birinchi ishlatiladi
93-savol: Qo‘shiqqa ko‘ra bir rassom bir aktrisani sevib qoladi va o‘z uyini, kartinalarini sotib,
unga atab juda ko‘p miqdorda bir narsa sotib oladi.Endi siz o‘sha rassom nima sotib olganligini
aniq qilib ayting?
Javob: Million million pushti atirgul
94-savol: Yoz oylardan birida Moskva yaqinidagi pivo do‘konining tomiga osmondan katta bir
jism qulab tushgan.Hozirgi kunda ushbu katta shov-shuvga sabab bo‘lgan jism muzeyda
saqlanmoqda.Endi siz ushbu jismni toping?
Javob: Olimpiada 80 ayig‘i.
Izoh: Katta ayiq shaklidagi havo shari osmonga uchirilgan edi
95-savol: U 19 asrda paydo bo‘lgan va 20 asrdan yevropaga tarqalgan.Uning “andalus”, “kreol”,
“argentina” kabi turlari mashhur.Yaxshilab o‘ylab uning arabchasini kim mashhur qilganini
toping?
Javob: B.Zokirov. (tango)
96-savol: Piterdagi dastlabki ajraluvchi mostlardan biri A.D.Menshikov tomonidan qurilgan
bo‘lib,undan o‘tish pullik edi.Piyodalardan 1 tanga, otliqlardan 2 tanga, aravalardan 5 tanga
olingan.Eng baland narx bir rubl nimalardan olingan?
Javob: Kemalardan
97-savol: «Argumenti i fakti» gazetasida bir cherepitsa ishlab chiqaruvchi firma reklamasi
chiqqan.Ushbu reklamada cherepitsalar surati bilan birgalikda bir mult qaxramonning xam rasmi
bor. Qaysi qaxramon?
Javob: Karlson
98-savol: 1888 yili AQShning Jeynsvill maktabi o‘qituvchisi o‘zining ishonchsiz va noqulay ish
qurolidan voz kechib, uning yangi turini yaratadi. Endi ushbu insonnig familiyasini ayting?
Javob: Parker
99-savol: 1760-y Strasburgda Mari ismli qizcha tug‘iladi.Yoshligidan haykaltaroshlikka qiziqqan
Mari, keyinchalik Angliyaga ko‘chib ketadi va u yerda bir mashxur muassaga asos soladi.Endi
manga ushbu frantsuz xonimining familiyasini ayting?
Javob: Madam Tyusso (Londagi mashxur muzeyga asos solgan)
100-savol: 1940 y.y.da Shvetsiyada yangi metall qotishmali relsga ega bo‘lgan o‘sha davrda
dunyodagi eng tez yurar poezd liniyasi ishga tushadi.Ko‘p o‘tmay bir mashhur inson shunday
relslardan 3-4 km. uzunlikdagisiga buyurtma berib, sotib oladi. Yaxshilab o‘ylab ko‘ringda ushbu
insonning familiyasini ayting?
Javob: Uold Disney (Disneylend uchun)
Zakovat savollari javoblari bilan
– Aqlni charxlovchi, zehinni yanada o‘tkir qiluvchi, qolaversa inson dunyo qarashini o‘zgartruvchi savollar javoblari bilan.
1-savol: Chester Karlson o‘zining nusxa ko‘chiruvchi ixtirosini nima uchun XEROX, ya’ni o‘zbekchasiga “quruq” deb nomlagan?
Javob: O’sha davrda faqat namlik orqali nusxa ko‘chiruvchi apparatlar bo‘lgan xolos.
2-savol: Nemis kimyogarlari Gans Tropsh va Frants Fisher 1924 yilda uglerod oksidi va vodorod aralashmasidan past bosim ostida uni sanoat miqiyosida olishning yangi usulini ochdilar. Nimaning?
Javob: Benzin.
3-savol: Autfild, Bol, Ketcher, Pitcher, Xoum-ran atamalari qaysi sport turida ishlatiladi?
Javob: Beysbol.
4-savol: Siverra narretis non opustis testibus. Qadimgi lotin aforizmiga ko‘ra, agar siz haqiqatni gapirsangiz, uning hojati yo‘q. Ularni kimni nazarda tutishgan?
Javob: Guvoh.
5-savol: Ularning birinchisi yevrey, keyingilari yunon, italyan, fransuz, ingliz, portugal, ispan.
Menga bularning xozirgisi va undan oldingisini nomma-nom ayting.
Javob: Benedikt XVI va Ioan Pavel II.
Izoh: Rim papalari haqida gap ketmoqda.
6-savol: AQSH Indiana Shtati Universitetining asosiy kutubxonasi har yili 1 dyumga (2.54 sm. ga) yer ostiga kirib ketmoqda. Sababi esa arxitektoe va quruvchilar qilgan xatodir. Diqqat savol: loyihalashtirilayotganda ular nimani hisobga olishmagan?
Javob: Kitoblar og’irligini.
7-savol: 1492 yilning avgustida Ispaniya sohilidan Palos shahriga 3 ta yelkanli kema yo‘lga chiqdi. Bular: «Santa Mariya», «Ninya» va «Pinta» edi. Ularning kapitani kim bo‘lgan?
Javob: Xristofor Kolumb.
8-savol: Rossiyaga u dastlab Mongoliyadan 1638 yilda dori sifatida yuborilgan; Rossiyada uni iste’mol qilish XVIII asr o‘rtalaridan boshlab odat tusiga kirgan. U nima?
Javob: Choy.
9-savol: II jahon urushi davrida nemislar Leningradni bosib olganlarida bir itlar fermasiga duch keladi. Undagi barcha itlarni o’ldirmoqchi bo’ladilar. Lekin nemislar bu fikridan qaytadi. Agarda bunda hech qanday harbiy maqsadlar ko’zlanmagan bo’lsa, unda ularning bunday qarorga kelishining sababi nimada edi?
Javob: Bu itlar mashhur olim Pavlov tajribalar o’tkazgan itlar edi. Shuning uchun ilm-fan yo’lida ularni o’ldirmaganlar.
10-savol: 2006 yilda may oyida San-Paulu shahri qamoqxonasida xaqiqiy janjal boshlandi. Maxbuslar qamoqxona ma’muriyatidan o‘zlari uchun ma’lum bir vaqtga qo‘shimcha imtiyoz berishlarini talab qildilar. Savol, ushbu tartibsizliklarga qanday voqea bilvosita sabab bo‘lgan?
Javob: futbol bo‘yicha JCh.
11-savol: Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo agar biz yil
bo’yi butun dunyodagi ularning yurgan “yo’li”ni hisoblab chiqsak, ular avtomobil va samolyotlar bosgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bu “mashina” nima ekanligini toping.
Javob: Soat.
12-savol: Bu ovozni eshitgan qoplon irillashdan, sirtlon uvillashdan to‘xtaydi, maymunlar ayuhannos solib daraxtlarning eng baland shohlariga chiqib ketadi, kiyiklar, ohular yashin tezligida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi, podada ma’rayotgan qo‘y, echkilarning ovozi o‘chadi, tuyalar arqonini uzib qochadi, otlar oldinig ikki oyog‘ini tik ko‘tarib, og‘ir hansirab, kishnay boshlaydi va zo‘r berib orqasiga tisariladi, itlar dumini qisib egasining pinjiga kiradi. Bu ovozni eshitganda hatto odam ham bezgak tutgandek qaltirab, bekinish uchun joy axtaradi. Bu qanday ovoz?
Javob: Sher na’rasi.
13-savol: Eng yirik va baquvvat qushlardan biri bo‘lgan bu qush qadim zamonlardan buyon
go‘zallik va sevgi, poklik va nafislik ramzi hisoblanadi. Bu qush xalq rivoyatlari va ertaklarida ko‘p kuylangan. Qadimgi rivoyatlardan birida bu ajoyib go‘zal qush o‘z o‘limi oldidan qo‘shiq kuylashi haqida hikoya qilinadi. Bu qaysi qush?
Javob: Oqqush.
14-savol: U juda iste’dodli edi, ximiyaga qiziqib, 27 yoshida professor bo‘ldi. Uning tadqiqot va kashfiyotlari olimlarni hayratda qoldirardi. Hech kim uning yaqin orada ximiya qolib, butunlay boshqa soha bilan shug‘ullanib ketishini hayoliga ham keltirmagan edi. Bu olim kim edi?
Javob: Lui Paster.
15-savol: Amerika shifokorlari televizorning insonlarga salbiy ta’siri to’g’risida tajribalar
o’tkazdi. Ularning aniqlashicha televizor yonida ko’p o’tirish ko’z kasalliklarini keltirib chiqara ekan. Ular bu holat yana bir mintaqaga xos bo’lgan kasallikni keltirib chiqarmoqda deya ma’lumot berishdi. Bu qanday kasallik?
Javob: Semizlik.
16-savol: 25 litr suvni atigi bir tomchi u bilan bulg’ash mumkin.
Javob: Neft.
17-savol: Turklar uni “shayton ovozi”, nemis dengizchilari “musson shamoli”, inglizlar “eng
baxtsiz kishilar ovozi” deya ta’riflashgan. Bizda ham bu narsa yaxshilikka olib kelmaydi degan aqida bor. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Hushtak chalish.
18-savol: U narsani biz deyarli har kuni ko‘ramiz. U haqidagi birinchi ma’lumotlar 1254 yilda ma’lum bo‘la boshladi. Lekin uning ilk ko‘rinishlari metalli bo‘lib, u bronzaga sayqal berish yo‘li bilan tayyorlangan. U nima?
Javob: Ko‘zgu.
19-savol: Rossiyaga bu sabzavot Petr I davrida olib kelingan. U paytlarda uning donalari
maydaroq va taxir bo‘lgan. Ular zich ekilgan, shuning uchun yanada maydalashib ketgan.
Dexqonlar uzoq vaqt bu sabzavotni ekishdan bosh tortishgan. Uni ekishga majbur qilinganda xatto qo‘zg‘olonlar xam bo‘lib o‘tgan. Bunday isyonlar xarbiy qo‘shinlar bilan bostirilgan. Dexqonlar shunchalik ekishni xoxlamagan sabzavot qaysi?
Javob: Kartoshka.
20-savol: Shotlandiyada yangi yil kechasi ular xonadoniga men yoki G’anisher Rahmatullaev, Bobur Yoqubov, Furqat Qurbonov, boringki Obid Asomov birinchi bo‘lib qadam qo‘ysa, bu oila yil bo‘yi baxt-saodatli bo‘larmish. Nega shunday bo‘lishi mumkin?
Javob: Chunki bizlarning barchamizning sochlarimiz qora rangda.
21-savol: Aynan shu sport inventarining mustahkamligi 120 mil/soat tezlikda yadro otish qudratiga ega bo‘lgan pnevmatik pushka orqali sinaladi. Qaysi inventar?
Javob: Xokkey darvozaboni shlemi.
22-savol: Ilgaridan olimlar ushbu osmon jismlarini «ko‘rinadigan hech narsa» deb atashardi. Qaysi osmon jismlarini?
Javob: Kometalar.
Izoh: Chunki, ba’zi kometalarning boshi ham, dumi ham juda siyrak – ularning zichligi biz nafas oladigan havo zichligidan milliardlarcha marotaba kichik bo‘ladi.
23-savol: Bu so‘z Italiyada to‘rt yuz yil muqaddam paydo bo‘lgan. Yetimlar yashaydigan bolalar uylari shunday nomlangan. Bu uylarda yetimlarni etik tikishga, devorlarni bo‘yashga, shuningdek musiqa asboblarini chalish va qo‘shiq aytishni o‘rgatishgan. Ushbu uylar qanday nomlangan?
Javob: Konservatoriyalar.
24-savol: Sovet haykaltaroshi Kuratov 1 kishining yubileyi uchun uning haykalini yasaydi. Unda o’sha inson yoniga kuchuk, mushuk, maymun, g’oz kabi bir necha hayvonlarning ham haykallarini joylashtiradi. Diqqat savol, u kimning haykalini yasagan edi?
Javob 9: Mashhur masalchi Krilov.
25-savol: Moviy ko‘llari va daryolarining betakror go‘zal manzarasi, bu davlat qarag‘ayining nafis yam-yashilligi tufayli bu davlatni qadimdan «Tonggi musaffolik mamlakati» deb atashadi. Bu qaysi mamlakat?
Javob: Koreya.
26-savol: G’arbiy Yevropada o‘rta asrlarda ritsarlarning xarbiy musobaqasi bo‘lib o‘tgan. Uning maqsadi – ritsarlarning jangovarlik qobiliyatlarini namoyish qilishdan iborat bo‘lgan. 16-asrga kelib ko‘pchilik mamlakatlarda barham topib ketgan. Ushbu musobaqa qanday nomlangan?
Javob: Turnir.
27-savol: Hozir Moskva konservatoriyasi buyuk rus kompozitori P.I. Chaykovskiy nomi bilan yuritiladi. Toshkent konservatoriyasi esa o‘zbek kompozitori Muxtor Ashrafiy nomida. Sankt Peterburg konservatoriyasi esa boshqa bir rus kompozitori nomi bilan ataladi. U kim?
Javob: Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov.
28-savol: Ochiq dengiz Kolumb boshchiligidagi dengizchilarni cho‘chitardi, chunki ular avvallari faqat sohil bo‘ylab suzishardi. Shuning uchun ufqda yashil tasmani ko‘rishganida bexad sevinib ketishdi. Lekin u yer emas, balki u edi. Nima edi?
Javob: Yuzi qalin suvo‘tlar bilan qoplangan Sargasso dengizi edi.
29-savol: Albatta bizga juda ko‘p o‘yin turlari mavjud. Xar bir o‘yin ishtirokchilarining
foydalanadigan predmet va atributlari mavjud. Biz miriqib o‘ynaydigan bir o‘yinda, xammamiz bir narsadan foydalanamiz, ushbu narsa esa o‘z navbatida 85% suvdan iborat. Agar siz qaysi o‘yin xaqida gap ketayotganligini aniqlagan bo‘lsangiz, menga biz “foydalanadigan” narsani yozib bering va umid qilamanki bu narsa sizga savol topishingizda yordam beradi.
Javob: Miya.
Izoh: Bu o‘yin “Zakovat” o‘yini edi.
30-savol: Bu so‘z arab tilidan olingan bo‘lib «tirikchilik, umr kechirish, yashash» degan
ma’nolarni bildiradi. Lekin hozirgi kunda bu narsa yashash va umr kechirish uchun unchalik ham yetmasligi mumkinligini ko‘rish mumkin. Bu qanday so‘z?
Javob: Maosh.
31-savol: 1502 yilning yozida Florentsiya aholisi ko‘chalarda ko‘pincha tashqi qiyofasi g‘alati bir kishini uchratishardi. Uning oq oralagan uzun sochlari bosh kiyimi tagidan yelkasiga yoyilagan, soqoli yuzini qoplab, ko‘ksiga tushgan edi. Quyuq qoshlari ostidan sinchkov ko‘zlari termulib turardi. Baland yirik gavdasiga keng kiyim yarashardi. Bu inson kim edi?
Javob: Leonardo da Vinchi.
Burun shakli inson fel atvoridan so‘zlaydi
32-savol: Bu puflama mundshtukli musiqa asbobining nomi uning ixtirochisi bo‘lgan belgiyalik puflama asboblar ustasi nomiga qo‘yilgan. Bu qaysi musiqa asbobi?
Javob: Saksofon (Saksa (1814-1894) sharafiga).
33-savol: Stokgolmdagi moliyaviy Boshqarmada ishlaydigan Elfrid Karlson 20 dan ortiq kuchukcha hurushni biladi. Bu nimaga kerak?
Javob: U kuchuklarga soliq soladi.
34-savol: Bu daraxt Afrika shimolida shu yerlik xalqning ozuqaga, qurilish materiallariga, qisqasi, kun ko‘rish uchun zarur narsalarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Sahroi kabirning ayrim viloyatlarida uning mevasi hamon pul vazifasini o‘tab kelmoqda. Bu qaysi meva?
Javob: Xurmo.
35-savol: Ulug‘ Vatan urushi yillarida okop va yerto‘lalarda bu hayvonlar boqilgan. Chunki bu hayvonlar askarlarni jiddiy xavfdan saqlagan. O’sha okoplarda qaysi hayvonlar boqilgan?
Javob: Mushuklar.
Izoh: Harobaga aylangan dalalarda yemish topa olmagan kemiruvchilar jangchilar yaqiniga joylashib olardi. Ular tulyaremiya degan juda ham xavfli, og‘ir yuqumli kasalliklarni tarqatardilar.
36-savol: Eyfel minorasi ichidagi esdalik sovg‘alari magazinidan savol muallifi esdalik sifatida Eyfel minorasi maketini sotib oladi. Esdalikdagi narx belgisini olib tashlagach bir yozuvga ko‘zi tushadi va xafa bo‘lib ketadi. U yerdagi yozuvni siz aniq qilib yozib bering.
Javob: Made in China.
37-savol: O’tmishda yashab o‘tgan buyuk yozuvchilar, kompozitorlar, rassomlar ko‘pincha klassiklar deyiladi. «Klassik» so‘zi eng yaxshi, barkamol, namunali, hamma e’tirof qilgan kabi ma’nolarni anglatadi. Shunday bir alohida fan ham borki, u o‘zining barkamolligi tufayli klassik fan deyiladi. Bu qaysi fan?
Javob: Bu Nyutonning klassik mexanikasidir.
38-savol: Farer orollaridagi mahalliy aholi Jyul Vernni yozishicha oroldagi juda yog‘li bir
qushning o‘ligidan tayyor ro‘zg‘orda kerakli bir narsa sifatida foydalanishgan. Nima sifatida?
Javob: Sham sifatida.
39-savol: 2007 yilning boshida bo‘lib o‘tgan bir voqeadan keyin ko‘pgina AQShning boylari
unga o‘z uylarini taklif qila boshladilar. Albatta uning vaqti ziq bo‘lganligi sababli u bu uylarni ko‘rib chiqib, tanlashni o‘zining yaqin bir insoniga topshirdi. Biz esa sizdan ishonib topshirgan insoniga bog‘liq guruh nomini yozib berishingizni so‘raymiz.
Javob: “Spice Girls”.
Izoh: Bu inson Bekxem edi. Uning xotini Viktoriya esa aynan shu guruh qo‘shiqchisi xisoblanadi.
40-savol: U 1855 yili sayyoh Livingston tomonidan kashf etilgan. Uning yonida bu sayyohning haykali o‘rnatilgan. Uning yaqinida «katta daraxt» o‘sib turibdi. U nimani kashf qilgan?
Javob: Viktoriya sharsharasi.
41-savol: Mavzuni davom ettirib yumoristlarning bir gapini to‘ldirishingizni so‘rayman. “Labaratoriyada yangi dangasa-robot yaratildi. Imtixonlar a’lo darajada o‘tdi: robot …..”. Gapni bir so‘z bilan tugating.
Javob: Ishlamadi.
42-savol: XV asrda Parij shahri 3 qismga bo’lingan. 1 – Sobor, 2 – Luvr. 3 – qism qanday
nomlangan?
Javob: Sarbonna.
43-savol: 1895 yili amerikalik ixtirochi metalli almashtiruvchi ustarani xavfsiz soqol olish moslamasi bilan almashtirdi. U olimning ismi-sharifi kim?
Javob: K. Jilleti.
44-savol: Mutahassislarning fikriga ko‘ra, agar ular yer yuzida yo‘q bo‘lib ketganlarida yuz ming tur o‘simlik o‘lib ketgan bo‘lardi. Bu o‘simlik «halaskorlar» ini ayting.
Javob: Asalarilar.
Izoh: Ular o‘simliklarning gulini changlatib ularning ko‘payishiga qulay sharoitni yaratadi.
45-savol: Dunyoda uning 600 dan ortiq turi mavjud. Nima uchundir uni ishlab chiqaruvchi
dastlabki fabrika Italiyada emas, balki 1848 yili Nyu-Yorkdagi Bruklin shahrida Antoini Segera tomonidan ochilgan. Gap nima haqida ketayotganligini topgan bo’lsangiz, u sifatli bo’lishi uchun tarkibida nima kamida 5.5% ni tashkil etishi kerak?
Javob: Tuxum (Gap Makaron haqida bormoqda).
46-savol: Uning asarlari nomida besh, o’n besh, sakson, yigirma ming va hatto besh yuz million raqamlarini uchratish mumkin. U kim?
Javob: J.Vern.
47-savol: Yevropa politsiyasi bronjeletni ekstremestik harakatlarda, ish tashlashlar vaqtida va har hafta bir joyga borganda kiyishadi. Savol, qayerga borganda ular bronjelt kiyib olishadi?
Javob: Futbol matchlariga.
48-savol: Petr I ning farmoniga binoan, jahonda birinchi marta Tula zavodida ular faqat metalldan yasala boshlangan. Ular Rossiya iqlimi uchun juda qulay bo‘lgan vositalar hisoblangan. U nima?
Javob: Konki.
49-savol: Qaysi hasharot to’g’risida ma’lumotni shotland radiosi har kunlik ob-havo ma’lumotida aytib o’tadi?
Javob: Chivinlar to’g’risida.
50-savol: Bu taom nomi turkchada «tovada pishiriladigan ovqat» degan ma’noni bildiradi. Bu gruzin xalqining milliy taomidir. Uni hammamiz sevib iste’mol qilamiz. Bu taom qanday ataladi?
Javob: Tabaka.
51-savol: Angliya milliy balet teatrida boshqa barcha teatrlar kabi ta’til vaqti ham bor. Ular
ta’tildan keyin mavsumning boshlanishini “Otello”, ”Spartak” kabi asarlar bilan boshlashadi. Lekin ingliz aktyorlari hazillashib mavsumni ana shu balet bilan boshlab bo’lmaydi deyishadi. Qaysi sahna asari?
Javob: “Oqqush ko’li” baleti.
Izoh: Sababi barcha aktyorlar ta’tildan quyoshda qorayib qaytgan bo’ladi.
52-savol: Bundan sakkiz asr muqaddam Neglinnaya daryosining Moskva daryosiga quyilish joyida, tik yonbag‘irli tepalikda rus knyazi Yuriy Dolgorukiy buyrug‘i bilan kichik yog‘och qal’a quriladi. O’sha davrlarda Rusda bunday kichik qal’a-shaharchalar ko‘p bo‘lgan. Aynan mana shu shaharcha va ana shu qal’a shonli va buyuk tarixga ega bo‘lishi o‘sha paytlarda hech kimning hayoliga kelmagan. U qal’a-shaharcha qanday nomlangan?
Javob: Kreml.
53-savol: Birinchi marta BU 2001 yilda AQShning harbiy flotida, avia tashuvchi “Enterprayz” da yaratilgan. U 400 odamga mo‘ljallangan, uning birinchi qo‘shtirnoq ichidagi boshlig‘i AQSh harbiy kuchlari floti leytenanti, asli kelib chiqishi Arabistonlik Moxi-ed-Din bo‘ldi. Gap nima haqidaligini qisman bo‘lsa xam ayting.
Javob: Ko‘chma Masjid.
Izoh: Masjid javobi xam qabul qilinadi.
54-savol: Rossiya tarixidagi eng yorqin va qahramonona sahifalar bu yer bilan bog‘langan. Dmitriy Donskoy drujinalari shu yerdan dushmanga qarshi kurashga jo‘nab ketishgan. Rus xalqini polyak va shved bosqinchilaridan ozod etgan Minin va Pojarskiyning ko‘ngilli qo‘shinlari bu joydagi qo‘ng‘iroq ovozlari bilan kutib olingan. Bu yerda Petr I va Karl XII va shved qo‘shinlari ustidan qozonilgan Poltava g‘alabasini nishonlagan. Bu qaysi joy?
Javob: Kreml.
55-savol: Shimoliy Amerika hindulari uchun u uy, idish-tovoq, qurol, oziq-ovqat, kiyim-kechak vazifani o’tagan. Savol, u nima?
Javob: Bizon.
56-savol: Kongoda aholi uning 500 tasidan, Indoneziyada 250 tasidan, Sudanda esa 117 tasidan foydalanishadi. U nima?
Javob: Til.
57-savol: Bu ro’yxat boshida Indoneziya turadi. 2-o’rinda Yaponiya. 3-o’rinda 2000 yilgacha
Buyuk Britaniya turgan. Xozir Filippin 3-o’ringa ko’tarilib olgan. Savol, bu ro’yxat nimaga qarab tuzilgan?
Javob: Orollar soni bo’yicha.
Izoh: 2000 yili Buyuk Britaniyaning ba’zi mustamlakalari ozodlikka chiqqan.
58-savol: U mustahkamligi jihatidan po‘lat simga o‘xshaydi. Uni uzish qiyin bo‘lib, 1 kvadrat millimetrini uzish uchun 50 kg kuch kerak. U nima?
Javob: Ipak.
59-savol: AQShda har bir shtatning o’z “Tayms”i bor. Masal, “New York Tayms”, “Los-Angeles Tayms” va h.k. Unda aytingchi Alyaskada chiqadigan “Tayms” gazetasining nomi qanday?
Javob: “Tundra Tayms”.
60-savol: Bu siz bilan bizga juda yaxshi tanish bo‘lgan so‘z arab tilidan olingan bo‘lib, nozik fahm, yaxshi fikrlash degan ma’nolarni bildiradi. Bu qanday so‘z?
Javob: Zakovat.
61-savol: Miloddan avvalgi 47 yilda Rim Senatiga bir insondan xat keladi. Qani bir yaxshilab o’ylab ko’ringchi o’sha xatda qaysi 3 ta so’z yozilgan bo’lishi mumkin.
Javob: Vini Vidi Vichi (Keldim, ko’rdim, g’alaba qildim).
62-savol: Bu sportning eng qadimgi turlaridan biri. Miloddan 2500 yil avval u bilan misrliklar qiziqishgan. Yunonlar ham bu sportni sevishgan. U paytlarda ko‘proq qumli maydonchada musobaqalashishgan. Bu qaysi sport turi?
Javob: Kurash.
63-savol: U haqidagi dastlabki ma’lumotlar yunon shifokori Klavdiy Galenning yozma manbalarida uchraydi. Ilgari undan foydalanish uchun uni surtishgan. Faqtgina Jyulen Lui Joffruning ihtirosidan keyingina u qattiq holda ishlatila boshlangan. U nima?
Javob: Sovun.
64-savol: Bu hayvon nomining tarjimasi mahalliy qabilalardan birining tilida «ichmaydi» degan ma’noni bildiradi. Bu hayvon haqiqatdan ham suv ichmaydi. Evkalipt barglari tarkibidagi suv uning uchun kifoya. Bu qaysi hayvon?
Javob: Koala.
Nuh to‘foni jumbog‘i: Bu qanday yuz bergan
65-savol: Polineziya orollarida ularga cho‘chqa va toshbaqa go‘shti, tunets balig‘i, tovuq kabi lazzatli taomlar iste’mol qilish man etiladi. Kimlarga nisbatan bunday ta’qiq qo‘llaniladi?
Javob: Ayollarga.
66-savol: Uni bugungi kunda xam Djon Kennedi, Geydar Aliev, Leonardo Da Vinchi, Sharl de Goll qabul qilib kelmoqda. U bevosita 747, 757, 767, 777 sonlari bilan bog‘liq bo‘lsa, menga 1 daqiqadan keyin uni bir ingliz so‘zi bilan ta’riflab bering.
Javob: Boing.
67-savol: Sigir – 4, cho’chqa – 8, tipratikan – 10, yaguar – 11, ko’rshapalak – 20. Xo’sh, bu
ko’rsatkich insonda nechaga teng?
Javob: 7-8 soat.
Izoh: Bu 1 sutkada normal uxlash vaqti edi.
68-savol: Bu sport turining nomi «qurolsiz o‘zini himoya qilish» degan ma’noni bildiradi. Bu qaysi sport turi?
Javob: Sambo (rus.«Samozaùita bez orujiya»).
69-savol: Xalqimizda nikohlangan kelinning onasiga berilgan sovg‘a shunday atalgan. U qizni tarbiyalagan ona mehnatini alohida taqdirlash uchun nikoh to‘yi oldidan kuyov tomonidan berilgan. Uni ona o‘z ixtiyori bilan sarf etishga haqli bo‘lgan. U qanday nomlangan?
Javob: Sut haqi.
70-savol: Rossiya, Qozog’iston, Mug’uliston, Qirg’iziston, Shimoliy Koreya, Tojikiston, Vetnam, Afg’oniston, Makao, Pokiston, Laos, Nepal, Myanma, Butan. Agar bu davlatlarni nima birlashtirib turganini aniqlagan bo’lsangiz men aytmagan yana bir davlatni topishingiz kerak.
Javob: Hindiston (Barchasi Xitoy bilan chegaradosh).
71-savol: 1763 yilda shotland monaxi tomonidan yaratilgan elektr asbobi dunyodagi ilk elektr asbobi hisoblanadi. Undan cherkov qo‘ng‘irog‘i sifatida foydalanilgan. U nima?
Javob: Zvonok (eshik qo‘ng‘irog‘i).
72-savol: Qaysidir bir amerikalik millioner o’limi oldidan o’z pullaridan ma’lum bir foizni
jiyaniga, u universitetda o’qishini tugatib olishi uchun ajratib berilishini vasiyat qilgan. Bundan so’ng jiyan Ginnes rekordlar kitobiga kiritilishiga arzigulik o’ziga hos bir rekord o’rnatgan. Bu qanaqa rekord?
Javob: U vafot etguncha bu universitetni tugatmagan.
73-savol: Bu so‘z frantsuzcha «darveshning kulbasi, hilvat joy» degan ma’nolarni anglatadi.
Shahardan tashqarida qurilgan villa,atroflari bog‘li pavilonlarning nomi hisoblanadi. Bu so‘z
bilan jahon madaniyati durdonalari bilan bog‘liq bir joy ataladi. Bu qanday nom?
Javob: Ermitaj.
74-savol: Bu voqea dastlab Londonda yuz yildan ko‘proq vaqt muqaddam sodir bo‘ldi.
Moskvada esa, 1935 yilning 15 mayida sodir bo‘ldi. Ho‘sh, bu voqea Toshkentda qachon sodir bo‘ldi?
Javob: 1977 yilning 6 noyabrida.
Izoh: Bu yerda gap ushbu shaharlarda ilk bor metropolitenning ishga tushirilishi haqida
bormoqda.
75-savol: Stalin, Brejnev, Andropov, Chernenko va Gorbachyov u mansab egasi bo’lishgan.
Lenin va Xrushyov esa bo’lmagan. Bu qaysi mansab?
Javob: Bosh kotib (Gen. Sekretar).
76-savol: «Fil sichqondan qo‘rqadi, chunki sichqon filning hartumiga kirib ketarmish» deyishadi. Bu noto‘g‘ri. Fil hartumiga sichqon kirishidan qo‘rqmaydi. Mabodo sichqon filning hartumiga kirgudek bo‘lsa, uni chirpirak qilib puflab yuboradi. Lekin «fil sichqondan qo‘rqadi» degan iboraning zamirida haqiqat bor. Bu haqiqat nimadan iborat?
Javob: Sichqon va kalamushlarning narsalarni qitirlatib kemirishi filni asbiylashtirib yuboradi, jazavasini qo‘zg‘otadi va shuning uchun fil o‘sha yerdan qochishga harakat qiladi.
77-savol: U narsa bizning yanada ko‘rkamroq ko‘rinishimizni ta’minlaydi. U dastlab 1470 yilda paydo bo‘lgan. Faqtgina 1890-1894 yillardan boshlab aynan hozirgi vaqtdagi ko‘rinishga kirgan. Bu nima bo‘lishi mumkin?
Javob: Dazmol.
78-savol: Bu davlatdan bo‘lgan shoira o‘z davlati haqida shunday yozgan edi:
«Mo‘jaz o‘lkam mening bamisoli Qahraboning zarrin tomchisi». Chindan ham bu o‘lkani qahrabo o‘lkasi deyishadi. Bu qaysi mamlakat?
Javob: Litva.
79-savol: Tabiblar uni qanday ichish kerakligini yozishgan: «Bu ajoyib ichimlikni osoyishta ich, shundagina sen tanangga ozor beruvchi tashvishlarni yenga oladigan darajada o‘zingni tetik his etasan». Bu qaysi ichimlik?
Javob: Choy.
80-savol: Qadimgi Rimda qirq yoshli odam chol hisoblangan, oltmish yoshlisi esa-dopontanus, ya’ni faqat ungagina yaraydigan bo‘lgan. Nimaga yaraydigan bo‘lgan?
Javob: Faqatgina qurbonlik qilishga yaraydigan bo‘lgan.
81-savol: XIV asrda Florentsiyada BUNI savdoda ishlatgan xar bir odam “Sharqqa bosh egish” aybi bilan jazoga tortilishi mumkin edi. Xozirda esa bu deyarli xamma joyda bir shaklda qo‘llaniladi. Bir xudud nomi bilan ataluvchi BU narsa o‘sha xududda boshqacha tarzda qo‘llaniladi. Bu nima?
Javob: ARAB raqamlari.
82-savol: Antik zamonlarda Hind va Ganga daryolari faunalari o’rganilgach Nil daryosining manbasi Hindistondan boshlanadi degan fikrga kelishgan. Nimalar bu fikrni vujudga kelishiga sabab bo’lgan?
Javob: Timsohlar.
83-savol: Ularning soni hozirgi zamon olimlari tomonidan 54-58 deb aytiladi. Gap shundaki ularning ko’rinishlari har xil, hatto ba’zilarining chegarasi yo’q. Ulug’ bobomiz Abu Rayxon Beruniy ularning nechtasini bilganini bilmadiku, lekin qadimgi yunonlarga ularning 7 tasi ma’lum bo’lgan. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Dengiz.
Izoh: Sargossa dengizining chegarasi yo’q. Beruniy asarlarida ko’plab dengiz nomlari keltirilgan.
84-savol: Alisher Navoiyning «Hayrat-ul abror» dostonida «U shoxona to‘shagini muallaq havoda soldirar, safarda unga yellar hamrohlik qilar, sehrli uzugi tufayli devu parilar odamlar qatorida amru farmoniga itoatda edi» deb yozilgan. U qaysi payg‘ambar haqida shunday yozgan?
Javob: Sulaymon.
85-savol: 1945 yilda AQSh da uning sanoat miqiyosida ishlab chiqarilishi boshlangan. U ilk bor angliyalik mikrobiolog Aleksandr Fleming tomonidan 1920 yildayoq ajratib olingan edi. Bu kashfiyot uzoq vaqt amalga kiritilgani yo‘q. Ikkinchi Jahon urushi vaqtida angliyalik bioximik Ernst Boris Cheyn va vrach Xouard Uolter Flori uni keng ishlab chiqarishga joriy etdi. U nima?
Javob: Penitsillin.
86-savol: Bu moslamani ilk bor 1670 yilda nemis ustasi Erxard Veygel Ienada turar joy binosida qurgan edi. Keyinchalik uni rivojlantirishda amerikalik muhandis Elishey Otis o‘z hissasini qo‘shdi. Mana salkam 340 yilki u insoniyatga beminnat xizmat qilib kelmoqda. U nima?
Javob: Lift.
87-savol: 1958 yili Shvetsiyada bo’lgan futbol bo’yicha Jahon chempionatida 16 jamoani guruhlarga bo’lish uchun qur’a tortish marosimi bo’lgan. Unda barcha jamoalar hududiy yaqinligidan kelib chiqib 4 guruhga bo’lingan. Bunda 1-guruh “G’arbiy Yevropa”, 2-guruh “Sharqiy Yevropa”, 3-guruh “Amerika” deb nomlangan. Xo’sh unda oxirgi 4-guruhga qanday nom berilgan edi?
Javob: “Buyuk Britaniya”
Izoh: O’sha yili Buyuk Britaniyaning 4 jamoasi ham chiqqan edi: Angliya, Shotlandiya, Uels,
Irlandiya
88-savol: AQSHlik Don Badj, Morin Konnoli, Avstraliyalik Rod Leyver, Margaret Smit Kort,
Germaniyalik Shteffi Graff. Yuqoridagi insonlarni bir umumiylik bog’lab turibdi. Bu qanday bog’liqlik?
Javob: Bu insonlar katta dubulg’ani qo’lga kiritganlar. Bularning barchasi tennischilar.
89-savol: Zardob, zardolu degan so‘zlarni barchamiz eshitganmiz. Zardob va zardoluni ko‘z oldingizgi keltiringda, shu so‘zlarning o‘zagi bo‘lgan «zard» so‘zi qanday ma’noni bildirishi mumkinligini ayting.
Javob: Fors tilida «sariq» degan ma’noni bildiradi.
90-savol: Germaniyada birinchi bor qon topshirgan kishiga an’ana bo’yicha kinoga bilet beriladi. Qaysi filmga?
Javob: “Drakula”.
91-savol: Dunyoda turli fanlar ko‘p va ularning barchasi nimanidir o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Shu fanlarning ichida onomastika deb nomlangan fan bor. Ho‘sh, onomastika nimani o‘rganadi?
Javob: Odamlar ismining kelib chiqishi, ma’nolarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
92-savol: Bu shahar nomining tarjimasi «qizil botir» degan ma’noni bildiradi. Bu qaysi shahar?
Javob: Ulan Bator.
93-savol: Ular Zanjibarda uyning kishi diqqatini jalb etadigan asosiy va go‘zal qismidir. Ular boshqa san’at turlari kabi Zanjibar xalqining shon-shavkati hisoblanganidan uni oroldan tashqariga chiqarishmaydi. U nima?
Javob: Eshik.
94-savol: «Mo‘l-ko‘lchilik dengizi», «Sokinlik dengizi», «Bulutlar dengizi», «Ravshanlik
dengizi», «Yomg‘irlar dengizi», «Moskva dengizi», «Orzular dengizi» kabi dengizlar qaerda joylashgan?
Javob: Oyda.
95-savol: O’tmishda Seyshel orolida bu meva «baxt ramzi» hisoblangan. Baxt va daromadni kiritish maqsadida bu mevaning bir donasini qimmatbaho buyumlarga, hatto bir kema molga almashib olgan kishilar ham bo‘lgan. Bu qanday meva?
Javob: Seyshel yong‘og‘i.
96-savol: Ozod Sharofiddinov aytgan: «Tanqidchi ijod bog‘iga bolta emas, uni ko‘tarib kirishi kerak». Nimani?
Javob: Tokqaychi.
97-savol: Ma’lumki 19 asrda dunyodagi ko’pgina kuchli kapitalistik davlatlar singari Rossiyada ham temir rudasi qazib olish va temir quyish juda rivojlangan. Rossiyada ishlab chiqarilgan temirning 4 dan 3 qismi bitta narsa uchun ishlatilgan. Nima uchun?
Javob: Temir yo’l qurishga.
Kutilmagan bashorat: 11 yoshli qizning 1969 yilda yozgan xati topildi
98-savol: U podsho o‘zining shahsiy muhriga «Men shogirdman va ustozlarga muhtojman» deb o‘yib yozdirgan. U podsho kim edi?
Javob: Petr I.
99-savol: Qo’l yozmadan na’muna keltiraman: “Agar kraxmallangan matodan tikilgan vintli qurilma ish bersa v tez aylansa, u havoda tirgak xosil qiladi hamda bulutlar orasiga ko’tariladi.” Menga qo’l yozma muallifini va ta’riflangan chizma nimaning ajdodi ekanligini ayting.
Javob: Leonardo Da Vinchi, vertalyot.
100-savol: Ma’lumki urushlar hech qaysi bir davlat yoki mamalakatga yaxshilik olib kelmagan. Umuman insoniyat uchun katta zarar. Ammo XX asrda Yevropadagi bir davlatda bo’lib o’tgan urush Yevropadagi boshqa bir davlatga quvonchli damlarni hadya etgan. Sizlar esa menga o’sha ikkita davlatni ham ayting.
Javob: Daniya – Yugoslaviya. Daniya 1992 yil Futbol bo’yicha Yevropa Chempioni bo’lgan.
101-savol: “Transamerikan ekspress” da sayohat qilayotgan bir fransuz shunday eslaydi, ya’ni vagon restoranida u qo’shni stolda o’tirgan kishi bilan bir xil ovqat buyurgan bo’lsada, u sal keyinroq ovqatlanib bo’lgani uchun arzonroq to’laydi. Buni sababini so’raganda ofitsiant tushuntirib beradi. Xo’sh ofitsiant qanday javob bergan?
Javob: Biz xozir boshqa shtatga kirib keldik, bu yerda soliqlar arzonroq. Shuning uchun sizning ovqatingiz arzon bo’ldi.
102-savol: Yaponiyaning Nagoya shaxrida futbol bo‘yicha JCh bo‘lib o‘tgan. O’yin 10 minutli 2 taymdan iborat bo‘lib, tanaffusi esa 20 daqiqa cho‘zilgan. Agar siz u yerdagi “futbolchilarni” topgan bo‘lsangiz, menga esa nima uchun 20 daqiqa tanaffus berilganini aniq qilib yozib berishingizni so‘rayman.
Javob: Batareykalarni zaryadka qilish uchun.
Izoh: JCh robotlar o‘rtasida o‘tgan.
103-savol: Nima uchun kaltakesak dumini tashlab ketganda uning dumi yerda goh yig‘ilib, goh to‘g‘irlanib harakat qiladi?
Javob: Raqibi diqqatini ana shu dumga qaratgani zamon dum egasi o‘zining yashirin uyasiga qochib qoladi.
104-savol: Har yili Gannibal shahrida bir festival bo‘lib o‘tadi, u yerda o‘tadigan devor bo‘yash bo‘yicha musobaqa ayniqsa qatnashchilar o‘rtasida katta qiziqishga sabab bo‘ladi. Endi o‘ylab ko‘rib aytingchi bu festival kimning nomi bilan ataladi?
Javob: Mark Tven.
105-savol: Birinchi marta ularni ko‘rgan dengizchilar ularni uzoqdan frak va sutdek oppoq mashnika kiyib olgan odamlar to‘dasi deb o‘ylashgan. O’sha zamonlarda erkaklar tantanli marosimlarda shunday kiyinishar edi. Dengizchilar o‘shanda aslida nimani ko‘rishgandi?
Javob: Pingvinlarni.
106-savol: Bundan 135 yilcha avval Amerika firmalaridan biri qimmatbaho fil suyagi o‘rnini bosa oladigan material tayyorlashga konkurs e’lon qildi. Konkursda ko‘p ixtirochilar, injinerlar va olimlar ishtirok etishdi. Shular orasida Xayaat degan aka-uka ixtirochilar ham bor edi. Ular hozirgi kunda juda keng tarqalgan bir materialning dastlabkilarini yaratishgan edi. U qanday material edi?
Javob: Plastmassa.
107-savol: Bu daho yaratgan ixtirosini stol ustiga qo’yib o’rinbosari Jon Kruezining diqqatini jalb qiladi va ixtirosining “shoxchasi”ga qarab “Merining qo’zichoqlari bor edi” deb qichqiradi. Keyin nima ro’y berganini bilgan bo’lsangiz, menga kashfiyotchini emas, uning ixtirosi nima ekanligini ayting.
Javob: Fonograf (Tomas Edison ovozini yozib olgach apparat uni qaytaradi).
108-savol: Ma’lumki sport o’yinlarida muhim rolni hakamlar emas, balki sportchilarning o’zlari bajarishadi. Ammo qaysi sport turida bitta o’yinchiga naq 6,5 hakam to’g’ri keladi. Bu qaysi sport?
Javob: 2-kishilik Kort Tennisi.
109-savol: U qadimgi Rimda ixtiro qilingan. Arxeologik materiallarga qaraganda, dastlab paypoq yoki boshmoq shaklida qamishdan to‘qib tayyorlangan, keyinchalik ilmoqli temir
plastinkachalarni arqon yoki qayish bilan bog‘lab qo‘yilgan. U nima?
Javob: Taqa.
110-savol: Rossiyada chop etiladigan “Xalqaro huquq” jurnalining birinchi betida 1998 yil
yo‘lbars, 2000 yilda baliq, 2001 ilon rasmi chop etilgan. Lekin 1999 yildagi xar bir jurnalda quyonning rasmi bilan bir insonning rasmi chop etilgan. Savol, bu kim?
Javob: Pushkin.
Izoh: Shu yili Pushkinning 200 yillik yubileyi bo‘lgan.
111-savol: Islandiya poytahti Reykyavikdan 112 km janubi-sharqda Surtsey degan vulkan bor. Bu vulkanning boshqa vulkanlardan farqi bor. Bu farq nimada?
Javob: Bu vulkan dengiz ostidan otilib chiqadi.
112-savol: Narshaxiyning ma’lumotiga ko’ra arablar istilo qilgan hudud aholisi arablardan moddiy manfaatdor bo’lishgan. Arablar mazkur hudud aholisiga bir ishlari uchun 2 dirxamdan berishgan. Qanday ish evaziga?
Javob: Masjidga kelgani uchun.
Izoh: “Islom dinini qabul qilish” javobi qabul qilinmaydi.
113-savol: Nima uchun oshxonamizdagi rakvina tagidagi truba “S” shaklida bo’ladi? Bu holatni biz hammom vannasi tagida ham kuzatishimiz mumkin.
Javob: Kanalizatsiyadagi yoqimsiz hidlarni xonaga kirishdan saqlaydi.
114-savol: 1997 yilning 4 avgustidan keyin NASA ning internet saytiga 220000000 ga yaqin kishi tashrif buyurdi. Ular u yerda nimani ko’rmoqchi bo’lishgan?
Javob: Mars sayyorasi rasmlarini (Mars Pathfinder sun’iy yo’ldoshi tomonidan uzatilgan).
115-savol: Sankt Peterburgdagi Yozgi bog‘da bir haykal bor. Uning atrofida har doim bolalar
gavjum. O’rindiqda o‘tirgan qariya chuqur o‘yga tolgan, uning poyida hayvonlarning bronza haykalchalari. Bu odam kim?
Javob: Ivan Andreevich Krilov va uning masallari qahramonlari.
116-savol: Mashhur sayyoh D. Livingston uni to‘ntarib qo‘yilgan ulkan sabziga o‘xshatgan. Afrikaliklardagi bir rivoyatda: «Kunlardan birida qudratli tangri undan g‘azablanib, uni sug‘urib olganu, ildizini yuqoriga, shoxini pastga qaratib to‘ntarib yana yerga tiqib qo‘ygan» deyiladi. Bu nima?
Javob: Baobab daraxti.
117-savol: Buni qarangki sizni chalmoqchi bo’lgan shaxs sizga qurbonlik ham bermoqchi. Lekin siz uni qabul qilmasligingiz ham mumkin. Aytingchi sizni chalmoqchi bo’lgan shaxs kim?
Javob: shaxmatchi (Gambit – bu “chalmoq” degani. Bunda bir sipoh qurbon qilib yakunda
g’alabaga erishiladi).
118-savol: 1993 yilda mashhur “Kristi” auktsion firmasi Xalqaro Astronomik Uyushma bilan kelishgan holda sotuvga bir necha lot(sotiladigan buyum) qo’ydi. Bu firma sotuvga boylar o’rtasida juda mashhur bo’lgan nima qo’ydi?
Javob: Bir necha nomsiz yulduz. Lotni sotib olganga yulduzga o’z nomini berish imkoni beriladi.
119-savol: Tarixchi Xondamir o‘zining «Makorimul-ahloq» deb nomlangan kitobida «Navoiy vafotiga hatto tabiat ham motam tutdi» deb yozgan. Xondamir nima sababdan shunday deb yozgan?
Javob: 1501 yil uni dafn etish chog‘ida maydalab yomg‘ir yog‘ib turgan.
120-savol: Birmaning tog‘li rayonlaridan birida yashovchi paduanglar qabilasida ayol kishining go‘zalligi uning bo‘ynining uzunligiga qarab belgilanadi va ayollar bo‘yinlarini uzaytirish maqsadida mahsus xalqalar kiyib yurishadi. Paduanglarda og‘ir gunoh qilgan ayollarga beriladigan eng qattiq jazo bor. Eriga xiyonat qilgan ayolga bunday jazo qo‘llaniladi. Bu qanday jazo bo‘lishi mumkin?
Javob: Bo‘ynidagi xalqalarni olib tashlashdan iborat.
121-savol: A, K, Q, J, ….. qatorni davom ettiring.
Javob: 10, 9, 8, …..(O’yin kartalari A – Tuz(Ace), K-Qirol (King), Q-Dama (Queen), J-Valet
(Jack)).
122-savol: Tijortda raqobatga qarshi uchta qudratli qurol bor: 1. Sifat. 2. Narx. 3-nima?
Javob: Reklama.
123-savol: Bu yerda qizil zarang o‘sadi. Uning barglari kuzda shunday yorqin tusga kiradiki,
daraxt go‘yo lovullab yonayotgan mash’alani eslatadi. Bu qaysi mamlakat?
Javob: Kanada.
124-savol: Mashhur sport kiyimlari va buyumlari ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasi emblemalaridan biri bu “Uch barg” hisoblanadi. Bu uch bargli emblema nimani ifodalaydi?
Javob: Bu uch barg uch qit’ani anglatadi.
125-savol: 1751 yili Angliyadagi bir reformadan ko’chilik norozi bo’lgan. Ular mazkur islohat tashkilotchisi bo’lgan lordning uyiga borib “Bizning 2,5 …mizni qaytaring” deya aytishgan. Ular nimasini qaytarishni talab qilishgan va bu qanday islohat edi?
Javob: “2,5 oyimizni qaytaring”.
Izoh: O’sha vaqti Angliyada kalendar o’zgargan. Natijada 2,5 oy keyinga surilgan.
126-savol: Qaysi mamlakat gerbida ot choptirib ketayotgan chavandoz tasvirlangan?
Javob: Mongoliya.
127-savol: Bu san’at 16-17 asrlar bo‘sag‘asida, Uyg‘onish davrida paydo bo‘ldi. Italiyaning
Florentsiya shahridagi shoirlar, musiqachilar, rassomlar bu san’atning asoschisi bo‘lishgan. Bu san’atda ular san’atning har xil turlarini (she’riyat, musiqa, drama, tasviriy san’at) birlashtirishdi. O’shandan buyon bu san’at butun dunyo bo‘ylab keng tarqaldi. Bu qaysi san’at?
Javob: Opera.
128-savol: Bepoyon jazirama cho‘ldagi yashovchi badaviylar uchun bu rang muqaddas rang, baxt va go‘zallik rangi, jannat rangidir. Bu qaysi rang?
Javob: Yashil rang.
Yerga o‘xshash sayyoralar haqida nimalarni bilasiz?
129-savol: Eramizdan avvalgi V asrda yashagan yunon olimi Gerodot: «U Nilning sovg‘asidir» degan. U nimani nazarda tutgan?
Javob: Misr.
130-savol: Qo’lsiz oyoqsiz eshik ochar. Bu shamol ekanligi hammamizga yoshlikdan ma’lum. Ammo Ginnesning Rekordlar kitobiga kirgan Litvalik Antanas Kontrimas 2001 yili 11 martida 59 kg.li qizchani 10,93 soniya qo’l-oyoqsiz qanday qilib ko’tarib turganligini aytinchi?
Javob: Soqoli bilan.
131-savol: XVIII asrda Gollandiyaning Zaandam shaharchasidagi dengiz kemalari qurilayotgan korxonada kunlarning birida yangi duradgor paydo bo‘lib qoldi. Boshqalar qatori u ham taxtalarni randalar, mix qoqar, og‘ir g‘o‘lalarni tashir edi. Ishdan keyin u iloji boricha ko‘proq qiziqarli narsalarni ko‘rish ishtiyoqida uzoq vaqt shahar aylanib yurardi. Keyinchalik Zaandam aholisi ana shu yosh duradgor aslida chet el sayohatiga chiqqan rus kishisi ekanligi haqida taajjub bilan xabar topdi. U rus kishisi kim edi?
Javob: Petr I.
132-savol: Latifa. Er turistik sayoxatdan uyga kelib xotiniga rasmlarni ko‘rsatibdi. “Bu Venetsiya, bu Neapol, bu Rim”. Xotini rasmlar ichidan birini olib: “Juda yaxshi mast bo‘lgan ekansan” – deb rasmni ko‘rsatibdi. Savol rasmda nima tushirilgan edi.
Javob: Piza minorasi.
133-savol: Ularni birinchi bo’lib 1947 yilda tog’larda amerikalik tadbirkor Arnold ko’rgan. O’sha paytlardan beri ularni AQShning o’zida 80000 ga yaqin odam ko’rgan. Ular nima?
Javob: Uchar likopchalar.
134-savol: Bodrirallar aytgan: «U turmani mahbuslar bilan to‘ldirib turuvchi xizmatkordir». U nima?
Javob: Ichkilik.
135-savol: Mashhur siyosatchi Otto fon Bismark shunday gap aytgan: Odamlar ovdan keyin, sayr vaqtida va undan oldin ko’proq yolg’on gapirishga moyil bo’ladilar. Savol, nimadan oldin?
Javob: Saylovdan oldin.
136-savol: U gollivud, ko’zoynakli, tuxumli, gurunchli va hatto mono bo’lishi mumkin! U nima?
Javob: Dieta.
137-savol: Rus olimi K.A.Timiryazev: «U narsa inson tafakkurining buyuk ixtirolaridan birini
tashkil etadi» degan edi. U nimaga shunday ta’rif bergan?
Javob: Yaxshi yopilgan bug‘doy noni.
138-savol: Vengriyada yangi yilda bayram dasturxoniga turli-tuman taomlar, tamaddilar, ko‘katlar, ko‘p hil noz-ne’matlar tortiladi. Mehmonlar oldiga cho‘chqa bolasi butunligicha keltirib qo‘yiladi. Lekin dasturxonga bir turkum taomlargina qo‘yilmaydi. Qanday taomlar?
Javob: Parranda go‘shti.
Izoh: Chunki ularning tushunchalari bo‘yicha, parranda uchadi va uning go‘shti bayram dasturxoniga qo‘yilsa, yil davomidagi baraka va baxt uchib ketadi deb hisoblashadi.
139-savol: U qozoqlarda «kures», gruzinlarda «chidaoba», armanlarda «kox», ozarbayjonlarda «gyulesh» deb ataladi. U o‘zbeklarda qanday nomlanadi?
Javob: «Kurash».
140-savol: 1 ta Yaguar, 2 ta it, 1 ta qunduz, 4 ta ayiq, 1 ta burgut, 4 ta boyqush, 1 ta o‘rdak, 1 ta o‘rdakburun, 1 ta yexidna, 1 ta yenot, bir bola va bir qiz, 1 ta quyon, 1 ta koyot, 1 ta bo‘ri hamda 2 ta yunon ma’budi. Ushbu qatordagi bog‘liqlikni toping?
Javob: Olimpiada talismanlari.
141-savol: Armiya davlatning asosiy kuchidir. Misol uchun Shimoliy Koreyada axolining 5%
armiyada xizmat qiladi. Ushbu mamlakatda esa 2004 yilga kelib eng internatsional armiya xosil bo‘ldi. 7622 askar 136 ta turli millatga mansubdir. Savol, bu qaysi mamlakat?
Javob: Frantsiya.
142-savol: AQSh stamotologi Djozef Berkovskining fikricha bu ayolning yuz tuzilishi insonlar uchun eng tipik ko‘rinishi ekan. Bunday fikrga kelishiga unga uning oldingi tishlari sabab bo‘lgan. Bu ayol kim?
Javob: Mona Liza – Djakonda.
143-savol: Germaniyada “Unsicht” nomli restoran mavjud bo‘lib, uning nomi “ko‘rinmas” deb tarjima qilinadi. Restoran nomining bunday qo‘yilishiga 2 ta sabab mavjud. 1-si barcha xizmatlar qorong‘ulikda amalga oshiriladi. 2-sini siz bizga yozib berasiz.
Javob: U yerda ko‘rlarga xizmat qilinadi.
144-savol: Rim imperatori Filipp Arab milodiy 248 yil 6 aprel kuni juda dabdabali bayramlar
o’tkazadi. Savol u nimani nishonlagan edi?
Javob: Rimning 1000 yilligini.
145-savol: «Kristallos» so‘zi yunonchadan tarjima qilinganda qanday ma’noni bildiradi?
Javob: Muz.
146-savol: U inson haqida H. No‘‘mon va A. Shorahmedov «Ota» romanini yozishgan,
«O’zbekfilm» kinostudiyasida «Mazmunli qisqa hayot» nomli badiiy film yaratilgan. U inson kim edi?
Javob: Yo‘ldosh Ohunboboev.
147-savol: Yunonlar uni sfinks deb atashgan. U ishlatgan qatl uslubi odamlarni jalb qilmaydi. Bir mashhur adabiy qahramon ham bu qatl uslubidan foydalangan. Endi menga uning nomini emas, yunonchada sfinks qanday ma’noni bildirishini ayting.
Javob: Bo’g’uvchi.
Izoh: Gap bo’g’ma ilon haqida bormoqda. Adabiy qahramon bu – Otello.
148-savol: Kastor va Polidevk, Gerakl va Meleagr, Orfey, Peley va Telamon. Ularning
boshqaruvchisi kim?
Javob: Yason.
149-savol: Boksni hamma yaxshi biladi. Lekin boks atamasi bir sport turidagi jihozlar turuvchi joyni ham anglatadi. Bu qaysi sport turi?
Javob: Formula-1.
150-savol: Indoneziyaning Bali orolida yashovchi har bir inson umrida uch marotaba ibodatxonaga zambilda keltiriladi: birinchi marta-yigit yoki qiz balog‘atga yetganida, ikkinchi marta nikoh to‘yida. Uchinchi marta qachon?
Javob: Birinchi o‘g‘il ko‘rganda.
151-savol: Janubiy Afrikada yashovchi gerero degan qabilada «Ularga qo‘shni bo‘lishdan og‘irroq musibat yo‘q» degan maqol bor. Ho‘sh bu maqol nima yoki kim haqida?
Javob: Egizaklar haqida.
Izoh: Gerero qabilasida egizaklar muqaddas sanaladi va ular o‘z uyidan tashqari qo‘shnisining uyiga ham bemalol kirib, hohlagan ishlarini qilishlari mumkin, tabiiyki, bu qo‘shnilar uchun bir qancha noqulayliklarni keltirib chiqaradi.
152-savol: Turkman yozuvchisi Berdi Kerboboev «Men uni qardosh O’zbekiston adabiyoti osmonidagi oy deb hisoblayman. U yaratgan mashhur asarlarning O’zbekiston tuprog‘iga alangali nur sochayotganini kim tan olmaydi?» deb yozgan edi. U kim haqida shunday yozgan?
Javob: Muso Toshmuhammad Oybek.
153-savol: Xitoyliklarda shunday bir ibora mavjud. “Jen do – di shao” Bunda “do” va “shao” “ko‘p” va “kam” ma’nolarini beradi. Siz esa menga to‘liq iborani yozib bering.
Javob: “Insonlar ko‘p – yer kam”.
154-savol: Birinchi marta Vashington metrosiga tushgan inson hayratda qolishi tayin. Unda elektr yoritgichlar mahorat bilan ishlangan. Odamlarda shunday gap bor: “Vashington metrosi shunday yoritilganki, …… Xuddi narigi dunyodagidek. Savol nuqtalar o’rniga qanday jumla qo’yilishi kerak?
Javob: O’z soyangni ko’rmaysan. Narigi dunyoda esa insonlarning soyasi bo’lmaydi.
155-savol: Dunyodagi eng yebto‘ymas mavjudot u ekan. Chunki, u 2 soat ichida 40 ta pashsha va chivinlvrni yeb bitirar ekan. U qaysi mavjudot?
Javob: Ninachi.
156-savol: O’tmishda Yevropaning ayrim mamlakatlarida chopar orqali yetkazilgan xat-xabar shunday atalgan, hozirgi kunda esa bu so‘z bilan bir sport musobaqasi ataladi. Bu qaysi so‘z?
Javob: Estafeta.
157-savol: Avstraliya aboregenlari xo’rozni “azonlab …… qush” deyishadi. Bir millat u ishni qo’rqmay qiladiganlarni jasur, mard hisoblashgan. Siz menga bu qanday ish ekanligini emas, o’zbeklardagi uning eng kamida 3 turini ayting.
Javob: Kulish, tirjayish, jilmayish.
Izoh: Abarogenlar xo’rozni “azonlab kulayotgan qush” deyishadi.
158-savol: Bu narsa 1895 yili Syurixlik bir kishi tomonidan ixtiro qilingan. Lekin uning
ommaviylashishi sekin davom etgan. Faqatgina I jahon urushiga kelib uning targ’iboti keng ko’lamda bo’lgan va uning qulayligi urushda o’z isbotini topgan. Menga gap nima haqida ketayotganligini emas, balki o’sha ixtirochining ismini ayting.
Javob: Jillet (Gillet).
159-savol: Bu butun jahonni o‘z qobiliyati va iste’dodi bilan zabt eta olgan buyuk ijodkor roppa rosa 56 yoshida, ya’ni o‘zining tug‘ilgan kunida vafot etgan. U kim?
Javob: Vilyam Shekspir.
160-savol: U og’ir tanazzul vaqtida tug’ilgan. Oilasini erta tark etishga to’g’ri kelgan. Tirik qolish uchun konsertlar qo’ya boshlagan. So’ngi konserti u uchun fojiali yakunlangan. Menga bosh qahramon va uning qotilini ayting.
Javob: Bo’g’irsoq va Tulki.
161-savol: Amerikada o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida, “siz kim bo‘lmoqchisiz?” degan savolga 40% bog‘cha yoshidagi qizlar aynan shunday javob beradilar. 1999 yilda ekranlarga chiqqan filmning bosh qaxramoni xam shu jaraynni yaxshi ko‘rsa kerakki, u ishni boshlab oxiriga yetkazmasdan ketib qolar edi. Diqqat savol, bu “kasb”ni yozib bering.
Javob: kelin.
162-savol: Bu davlatning nomi arabcha so‘zdan olingan bo‘lib «suv o‘rtasidagi quruqlik,orol» degan ma’nolarni bildiradi. Bu davlatning nomi nima?
Javob: Jazoir.
163-savol: 18 aprel tunidayoq minglab insonlar kema to‘xtash joyiga keldilar. Ertalabki soat 8 da 11-avenyudan o‘tib bo‘lmasdi. Barcha insonlar o‘zlari uchun eng qimmatli “Yuk”ni kutayotgan edilar. Maksimal aniqlik bilan ushbu insonlar kimlarni kutayotganliklarini yozib bering.
Javob: Titanik xalokatidan tirik qolgan insonlarni.
Asalari haqida siz bilmagan 14 qiziqarli malumot
164-savol: M.Gerasimov “Arablar va dengiz” asarida bir ma’lumotni keltiradi. Uning aytishicha, XX asr boshlarida yo’lovchi kemalarga ayollar chiqarilmagan. Kapitanlar ayollarni kemada bo’lishini xohlamagan. Chiqarsa ham, 2-3 baravar haq evaziga chiqarishgan ekan. Buning sababi nimada?
Javob: Ular ayollar fakolat olib keladi deb o’ylashgan.
165-savol: Ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy bu so‘zning har bir harfiga bir ma’no berganlar. Bu so‘zda ittifoqlik, saodat, latofat, oqibat va muhabbat mujassamlashgandir. Bu qaysi so‘z?
Javob: Islom.
166-savol:Bu so‘zning ma’nosi «yo‘q joy, hayoliy joy», boshqa taxminlarga ko‘ra «farovon joy» degan ma’nolarni bildiradi. Bu ilmiy asoslab berilmagan, ideal ijtimoiy tuzum tasviridir. Bu qaysi so‘z?
Javob: Utopiya.
167-savol: Ob-havoning ko’p yillar davomida o’rganish natijasida olimlar shuni aniqlashdiki, yirik shaharlarda xaftasiga ikki kun xavo boshqa kularga qaraganda sovuqrok bo’larkan. Yirik shaharlarda qaysi ikki kunda sovuqroq bo’ladi va nima uchun?
Javob: Shanba va yakshanba, chunki bu kunlari zavod va fabrikalalar ishlamaydi va o’zidan issiq havo chiqarmaydi.
168-savol: Kishi bu davlatning qaysi joyida yashayotgan bo‘lmasin, agar u cho‘milishni istab qolsa, avtobusga o‘tirib dengiz bo‘yiga borishi, miriqib cho‘milishi va o‘sha kuniyoq yana uyga qaytib kelishi mumkin. Chunki orolning eng keng joyida u qirg‘oqdan bu qirg‘oqqacha bo‘lgan masofa 230 km dan oshmaydi. Bu qaysi davlat?
Javob: Kuba.
169-savol: Yunonchada bu sohaning nomi «kema xaydash mahorati» degan ma’noni bildiradi. Hozirda bu soha bilan bog‘liq kishilar ham kema xaydashadi, ammo ularning kemalarining na yelkani bor, na bug‘li dvigateli. Bu qaysi soha?
Javob: Kosmonavtika.
170-savol: 1970 yillari SSSRda ishlab chiqarilayotgan konservalarning ustiga ma’lum bir harflar yozim qo’yilgan. Masalan: “A”, “Á” va h.k. Mantiqiy o’ylagan holda bu harflarning eng oxirgisi qaysi va bu qanday ma’noni bildirishini ayting
Javob: Oxirgisi “Ë” xarfi.
Izoh: Bu xarflar konservaning qaysi oyda chiqqanligini bildirgan. “A” – yanvar, “Á” – fevral va h.k. Rus alifbosida 12 xarf bu “Ë”
171-savol: 85 yoshdagi Akademik uylanmoqda. U o’z to’yida qadah so’zi aytmoqda: “Sevgi misoli ummon. Men uningsiz yasholmayman. Uni sevdim va bundan uyalmayman”. Bu kimning to’yi edi?
Javob: Jak Iv Kusto.
172-savol: Shveytsariyada ayrim qamoqxonalarda oq bayroq ilib qo’yishadi. Bu nimani bildiradi?
Javob: Oq bayroqni qamoqxonada bitta ham qamalgan odam bo’lmagan taqdirda ilib qo’yishadi.
173-savol: Gollandiyadagi xaydovchilikka o‘rgatish maktabidagi yo‘llar atayin juda yomon. Buni aniq sababini ayting?
Javob: xaydovchilar xayotda sekinroq yurishlari uchun.
174-savol: Agar amerikalik Floridada tug’ilgan bo’lsayu, uning tug’ilganlik xaqidagi
guvohnomasida «New York J161TH» deb yozilgan bo’lsa, u aynan Floridaning qayerida
tug’ilgan?
Javob: Bu raqamli avtomobilda. Tug’ilish vaqtida avtomobil Florida hududida bo’lgan.
175-savol: An’anaviy ispan korridasi uzog’i bilan 20 daqiqa davom etadi xolos, lekin
tomoshabinlar uni soatlab tomosha qilishi mimkin. Nima uchun bitta korridaning vaqti 20 daqiqa bilan chegaralangan?
Javob: 20 daqiqaga yaqin vaqtdan so’ng buqa qizil matoni emas odamga hujum qilish kerakligini tushunadi, bu esa torreador hayoti uchun xavflidir.
176-savol: Yaponiyada urush vaqtida o‘z qo‘shinlariga kaptarlar yordamida xabar
yetkazilayotganda bir muammo paydo bo‘ladi. Ya’ni xabarni olib ketayotgan kaptarni dushman merganlari urib tushirar yoki ularga yirtqich qushlar xujum qilar edi va xabar kerakli joyga yetib bormas edi. Shunda uddaburon yaponlar bu muammoning xam yechimini topishdi va xabarlar ilgarigidek, kerakli joyiga xech bir shikastsiz yetib bora boshladi. Ular kaptarlar bilan bog‘liq qanday yangilikni o‘ylab topishgan?
Javob: Ular xatto tunda xam xuddi kunduzgidek bemalol ucha oladigan yangi kaptar zotini yetishtirishdi, natijada dushman uni ko‘ra olmaydi, yirtqich qushlar esa ularga xujum qila olmaydi.
177-savol: AQShda u o.k.y., Yaponiyada y.o.k., bizda esa k.o.y. ko’rinishida. Savol, gap nima
haqida ketmoqda?
Javob: Bu sananing ifodalanishi edi.
Izoh: AQShda oldin oy, so’ng kun, oxirida yil aytiladi. Yaponlarda oldin yil, keyin oy, so’ng
kun. Bizda esa kun, oy, yil aytiladi. Masalan: 17.03.1977.
178-savol: 1967 yili Parijda bir fotoatelye ochiladi. Uning mijozlari tobora ko’plab topila
boshlaydi. Bu fotoatelye har doim gavjum va shovqin-suronli edi. Aytingchi, bu fotoatelye
boshqalaridan qanday farq qilgan?
Javob: Bu fotoatelyeda itlar suratga olingan.
179-savol: Har birimiz yoshligimizda juda ko’p ertaklar eshitganmiz. Yalmog’iz kampir,
ko’rinmas odam va h.k. Siz esa menga olti oyoqli, bir boshli, ikki ko’zli va dumi bor mavjudod muallifini ayting.
Javob: Mayn Rid (“Boshsiz chavandoz”).
180-savol: Bu mamlakatning mahalliy axolisi o‘zlarini kxmerlar deb atashadi. Bu qaysi mamlakat?
Javob: Kampuchiya (Komboja).
181-savol: Shaxar nomlarini yozib oling: Xenchen, Yanchi, Anbyan, Finchjen, Yanchas… ularni nima birlashtirib turganligini yozib bering.
Javob: Buyuk Xitoy Devori.
182-savol: U daraxt Markaziy Osiyoda hosiyatli daraxt hisoblangan. Ocharchilik yillarida ham uning pishig‘iga yetganlar tirik qolishgan. U daraxtni kesish baxtsizlik sanalgan. U qanday
daraxt?
Javob: Tut daraxti.
183-savol: Yaponlarda “be” o’tirmoq degani. Xo’sh unda “teribe” qanday tarjima qilinadi?
Javob: Televizor oldida o’tirmoq.
184-savol: Amerikalik olimlar aholining televizor ko’rish jarayonini tadqiqi qilish vaqtida qiziq bir bog’liqlikni aniqlashdi. Reklama qo’yilishi vaqtida shahar kommunal xizmatining birida yuklanish keskin oshib ketadi. Bu qaysi kommunal xizmat?
Javob: Kanalizatsiya.
185-savol: Yunon faylasufi Demokritning bir gapi bor: Agarda kimga yaxshi kuyov uchrasa unda u o’g’illi bo’ladi. Agar yomon kuyov uchrasa … Jumlani to’diring.
Javob: Qizingdan ham ayrilasan.
186-savol: O’tkir Hoshimovning «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» ida shunday yozilgan: «Ikkita eng holis hakam sinovidan o‘tgan asar haqiqiy asardir. Birinchisi tabiiyki, kitobxon. Ikkinchisi nima?
Javob: Vaqt.
187-savol: Yer sharining xamma joyida tarqalgan bu baliq xovuz va ko‘llarda yashaydi. Uning nomi yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, «ko‘p bolalovchi», «serurug‘» degan ma’nolarni bildiradi. Yunonlar bu baliqni bejiz bunday nomlashmagan, xaqiqatdan xam bu baliq nixoyatda ko‘p bolalaydi. Bu baliqning nomi nima?
Javob: Karp.
188-savol: Ba’zi fransuzlar xitoyliklar haqida shunday xazillashishadi. Xitoyliklarda: 3 ta armon bor: ular poroxni ixtiro qilishgan, ammo pushkani emas, ular yozuvni chop qilishni (pechat) ochishgan, ammo gazetani emas, ular komposni ixtiro qilishgan, ammo…ni emas. Xo’sh Xitoyliklar nima qilishmagan?
Javob: Amerikani ochishmagan.
189-savol: 1912 yil 13 noyabr Namanganning Chuqur ko’cha dahasida yashovchi Mamatxo’ja va Xolambibilarning oilasida dunyoga kelgan o’gil farzandga tegishli Kemerova viloyati ichki ishlar boshqarmasida saqlanayotgan “delo”ning 91-betini o’qiyman: “Maxbus 1944 yil 9 mart kuni soat 14:00 da o’pka sili 2-darajali pellogra va yurak quvvatsizligi natijasida 3-statsionarda vafot etdi.” Bu kim edi?
Javob: Usmon Nosir.
190-savol: Uning vatani Bengaliya hisoblanadi. E.av. 327 yilda Iskandar Zulqarnayn Hindistonga yurish qilgan paytlarida uni «arisiz asal» deb atagan. U nima?
Javob: Shakarqamish.
191-savol: Olimpiyada tarixida 100 metrga yugurish bo’yicha chempionlar ko’p. Lekin ular
orasida 1900 yili chempion bo’lgan Tomas Berk nomi alohida qayd etilgan. U boshqa
sportchilardan farqli o’laroq u narsani birinchi bo’lib qo’llagan va chempion bo’lgan. Aytingchi Tomas Berkning alohida qayd etilishiga sabab nima?
Javob: U birinchi bo’lib yugurishda tizzalab start olishni boshlab bergan.
192-savol: Ular bamisoli «tirik konservalar». Ularni kemalarga to‘ldirib olib ketilaverganligining boisi ham shundadir. U nima?
Javob: Bahaybat toshbaqalar.
202 ta mantiqiy savollari javoblari bilan
1 U Geyms Kukda kichkina, Arnold Shvartsnegrda katta, Madonna va Kleopatrada umuman yo’q, Rim papasida bor, lekin uni ishlatmaydi. Gap nima haqida ketyapti?
To’g’ri javob:
Familiya
2. Finlyandiya, Nоrvegiya, Shvetsiyada yangi yil kuni uni sоvg’a qilishsa bilingki, sizga baxt va iliqlik istashayоtgan bõladi. Yunоnistоn va Ispaniyada u havf-xatar belgisi bõlgan. Haqiqatdan ham undan katta xavf bõlishi mumkin. Savоl u nima?
To’g’ri javob:
Gugurt.
3. Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo butun dunyodagi ularning yurgan “yo’lini” hisoblasak ular avtomobil va samolyot bosib o’tgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bo’lgan bu “mashinaning” nomi nima?
To’g’ri javob:
Soat
4. L.N.Tolstoy maishiy turmushga bag’ishlangan barcha asarlar, roman bo’ladimi, film bo’ladimi, qissa afsona bo’ladimi voqealar rivojlanib borib u bilan tugaydi, hayotda esa aksincha hamma voqealar undan keyin boshlanadi degan. Mantiqiy o’ylab aytingchi, L.N.Tolstoy nimani nazarda tutgan?
To’g’ri javob:
To’y
5. Kulgili savol: Qishloqqa kelgan sayyohlarni doim bir narsa ajablantirar ekan. U yerda telbaroq bir o’spirin bo’lib, sayyohlar unga 50 sentlik yaltiroq tanga yoki 5 dollarlik qog’oz kupyuralardan birini olishni taklif qilishsa doim 50 sentlikni tanlar ekan. Holbuki, 50 sent 5 dollardan 10 barobar kam. Qiziq, telba o’spirin nega doim 50 sentlik tangani tanlashi mumkin? Balki, bunga sababi border, juda telba ham emasdir?
To’g’ri javob:
javob oddiy: u bolani telba deb bo’lmaydi. Sabab qisqacha qilib aytganda agar 5 dollarlik kupyurani olganda odamlar uni sog’lom deb boshqa pul berishmasdi.
6. Ukraina, Xitoy, Turkiya, Kanada kabi davlatlarda u 2 ta, O’zbekistоn, Rоssiya, Frantsiya, Italiya kabi davlatlarda – 3 ta, Efiоpiya, Surinam, Quvayt, Suriyada – 4 ta. Savоl: Lixtenshteyn va Liviyada u nechta?
To’g’ri javob:
1 ta. Davlat bayrog’idagi ranglar soni
7. Har yili millionlab odamlar haj amalini bajarishadi. Makka shahriga bu tadbirni o’tkazish uchun xavfsizlik masalalarida, xizmatkorlar, taksistlar va boshqa yollanma ishchilar jalb etiladi. Turkiya davlatidan bir kasb vakillaridan 30 minglab kishilar chaqiriladi. Savol: bu qaysi kasb vakillari va ular qanday ishni bajarishadi?
To’g’ri javob:
Qassoblar, ular qurbonlikka atalgan qo’ylarni so’yadilar.
8. Qadimgi Rimliklarning fikricha, eng shafqatsiz xo’jayinlar – ular. Savol: ular kimlar?
To’g’ri javob:
Sobiq qullar
9. Qadimgi Yunonistonda papka ko’targan kishilarni bir nom bilan atashganki biz ularni boshqacha nom bilan ataymiz. Savol: Yunon tilida papka ko’targan kishilar bizda nima deb ataladi?
To’g’ri javob:
Buxgalter. Bu so’z yunon tilida papka ko’targan kishi ma’nosini bildiradi.
10. Psixologlarning fikricha qaysi oy eng shirin oy hisoblanadi?
To’g’ri javob:
Asal oyi
11. 1943-yil, 27-noyabrda tobora kamayib borayotgan militsiya hodimlari uchun bir qaror chiqarishgan. Ushbu qaror tufayli militsiya hodimlari safi yana to’ldirilgan. Savol: bu qanday qaror edi?
To’g’ri javob:
II jahon urushiga militsiya hodimlari safarbar qilingani bois shu kundan boshlab ayol kishilar ham militsiya organiga ishga qabul qilina boshlangan.
12. Bozorda ko’rmaysiz, ko’rsangiz ham olmaysiz, olsangiz ham kiymaysiz, kiysangiz ham ko’rmaysiz. U – ?
To’g’ri javob:
Kafan
13. Bir boyvachcha honim xizmatkoriga men o’lsam boyligimni senga xatlab beraman deb aytadi. Honim xizmatkoriga yana bir gap aytadiki xizmatkor uni uzoq vaqt yashashini xohlaydi. Savol: mantiqiy fikrlab ko’ring, xizmatkor nega honimni uzoq yashashini istagan?
To’g’ri javob:
Boyvachcha honim xizmatkorga qancha yashasam boyligimning shuncha foizi seniki deb aytgan bo’ladi.
14. Hazil savol: Eng ko’p haqorat eshitadigan kishilar kimlar?
To’g’ri javob:
Futbol hakamlari
15. Amir Temur jang payti ularning o’rni beqiyos, 100 ta mohir jangchi ham ularning o’rnini bosa olmaydi deb aytganlar. Savol: Sohibqiron kimga ta’rif berganlar?
To’g’ri javob:
Tabiblarga
16. Antiqa savol: 1-b, 2-I, 3-u, 4-t, 5-b. Siz qolgan beshta harfni yozib bering.
To’g’ri javob:
6-o, 7-y, 8-s, 9-t, 10-o’. Izoh: bu raqamlarning birinchi harfi edi.
17. Mantiqiy savol: Ali va Vali baliq ovlagani chiqishibdi. Ular o’g’illarini olvolishibdi. Vlining o’g’lini ismi Mirvali ekan. Ali 4 ta, Vali 3 ta, Mirvali 6 ta baliq tutibdi. Savol: Alining o’g’lini ismi nima?
To’g’ri javob:
Alining o’g’lini ismi Vali! Mirvali Valining o’g’li Vali esa Alining o’g’li.
18. Fransuzlarda “Tuxumdan olmagacha” degan ibora bor. Ular bu koni foyda ekani uchun ham bunga amal qilishadi. Savol: “Tuxumdan olmagacha” iborasida nima nazarda tutilmoqda?
To’g’ri javob:
Tushlikni tuxumdan boshlab olmada tugatish kerak.
19. Matematik masala: Qo’lingizda bir xil kattalikdagi, bir xil rangli 9 ta shar bor. Sharlardan 1 tasi boshqalariga qaraganda biroz yengilroq. Ikki pallali tarozidan 2 marta foydalanib yengilroq sharni toping.
To’g’ri javob:
Dastlab, tarozining ikki pallasiga 3 tadan shar qo’yiladi. Qaysi tomon yengilroq chiqsa shu palladagi sharlardan biri yengilroq bo’ladi. Tarozining ikki pallasi teng chiqsa taroziga qo’yilmagan 3 sharlar orasida yengilroq shar bor. Endi tarozidan ikkinchi marta foydalanib biz topgan 3 shardan 2 tasini tarozi pallasiga qo’yamiz. Qaysi palla yengil chiqsa sharni topgan bo’lamiz, ikkisi ham teng chiqsa qo’ymagan sharimiz eng yengili bo’ladi.
20. Qiziqarli fakt: u AQSHliklarda O. K. Y. tarzida berilsa yaponlarda Y. O. K. shaklida, bizda K. O. Y. ketma-ketlikda beriladi. Agar anglagan bo’lsangiz nimaning ketma-ketligi keltirilmoqda?
To’g’ri javob:
Kun, oy, yil
–21. U odamzod o’zi uchun tuzib oladigan qora ro’yhatda turadi, uning kattasi emas, ba’zan ko’zga ko’rinmaydiganlari havfliroq. Uning kattasimi, kichigimi har birimizda bor. Mantiqiy o’ylab javobini toping.
To’g’ri javob:
Xato
22. Qo’qon xonligi davrida mashhur Qo’qon bozoriga vodiy bo’ylab turli tomonlardan kishilar to’planar edi. Qizig’I bir xil mahsulotni bir xil miqdorda olib kelgan bo’lsa ham sharq tomondan kelgan sotuvchiga 100 tanga, g’arb tomonidan kelgan sotuvchiga esa 50 tanga soliq solingan. Savol: nega g’arb tomondan kelgan sotuvchilarga ikki barobar kam soliq solingan?
To’g’ri javob:
G’arb tomondan kelgan sotuvchilarga kelayotganlarida ham, ketayotganlarida ham ko’zlariga quyosh tushib turishini hisobga olib ulardan kam haq olingan.
23. Cho’ponlar bozordan echki xarid qilayotganda uning qulog’iga nazar solishar ekan. Aynan katta va uzun quloqli echkini tanlashar ekan. Savol: nega katta quloqli echki sotib olishadi?
To’g’ri javob:
Egiz tug’adigan echkilarning qulog’I katta bo’lar ekan.
24. Matematik masala. Bir mamlakat sultoni xazinasiga o’z hukmdorligi ostidagi 12 viloyat noiblari keltirgan tilla tanga bilan to’ldirilgan qoplarni yig’ibdi. Kutilmaganda bir chopar halloslab kelib qolibdi va sultonga shunday debdi:
–Ey buyuk sulton, noiblaringizdan biri sizni sotdi. U yuborgan qop qalbaki tangalar bilan to’ldirilgan. Ular tashqi ko’rinishidan haqiqiysidan farq qilmaydi, faqat ularning og’irligi haqiqiy tilla tanga kabi 10 gramm emas, 9 gramm. Sulton qaysi noib yuborgan qopni bir tortishda aniqlashga ahd qilibdi. Siz unga 1 marta tortishda qaysi qop qalbaki tangalar bilan to’ldirilganligini aniqlashda yordam bera olasizmi?
To’g’ri javob:
Sulton har bir qopdan qopning raqamiga ko’ra har xil miqdorda tangalar oladi, ya’ni 1-qopdan – 1 ta, 2- qopdan – 2 ta, 3- qopdan 3 ta … 12- qopdan – 12 ta. Shundan so’ng olingan tangalarning og’irliginitortib ko’radi. Umumiy og’irlikdan necha gramm kam bo’lsa shu raqamdagi qopda qalbaki tangalar bo’ladi 5 gramm kam bo’lsa 5- qop, 10 gramm kam bo’lsa 10- qop.
25. Ingliz fermerlari sigirlarga ko’proq tuz berish samarali ekan deyishmoqda. Tuzning qanday foydasi bo’lishi mumkin deb o’ylaysiz?
To’g’ri javob:
Tuz yegan sigirlar ko’p suv ichadi, ko’p suv ichsa ko’p sut beradi.
26. Dehqonlar ekinlarni biroz kechroq ekishganda ustiga qora ko’mir sepib qo’yishar ekan. Savol: nega qora ko’mir sepishlari kerak?
To’g’ri javob:
Qora yer quyosh nurini ko’proq oladi, ekinlar yetib olishi uchun shundayqilishadi.
27. Aynan bir poytaxt shaharning ichida boshqa bir davlat joylashgan. Bu qaysi shahar va davlat?
To’g’ri javob:
Italiya poytaxti Rim va unda joylashgan davlat Vatikan
28. Eng xotirasi past bo’lgan kulrang olmaxonlar o’rmondagi daraxtlar ko’payishiga xissa qo’shar ekan. Savol: Ular qanday qilib daraxtlar ko’payishiga yordam beradi?
To’g’ri javob:
Ular daraxt mevalarini yer tagiga ko’mib qo’yishadi va qayerga ko’mganliklarini eslay olishmaydi. Mevalar urug’lab ulardan nihollar o’sib chiqa boshlaydi.
29. Qiziq savol: XIX asrlarda yevropada velosiped minish juda ommalashib ketadi. Velosiped bahona ayollarning azaliy orzularining ushalishi tezlashib ketadi. Savol: velosiped bahona ayollar qanday orzularini amalgam oshirib olishdi?
To’g’ri javob:
Shim kiyib yurish
30. Geografiyadan savol: Bu poytaxt ikki shaharning birlashishidan tashkil topgan. Uning nomi ham ikki shahar nomining qo’shilishidan paydo bo’lgan. Bu qaysi shahar?
To’g’ri javob:
Budapesht
31. Tseylonda har bir oilaniki alohida o’z hovlisida joylashgan, bizning yerlarda esa hammaniki umumiy. Savol: nima haqida gap ketmoqda?
To’g’ri javob:
Qabriston
32. Hazil savol: Nima uchun inson orqasiga qaraydi?
To’g’ri javob:
Chunki, orqasida ko’zi yo’q.
33. Matematik masala: Biro damning 500 so’m puli bor edi. U 100 ta uy hayvoni olishi kerak. Ot – 50 so’m, sigir – 10 so’m, qo’y – 1 so’m. U hamma pulini ishlatib 100 ta hayvon sotib olish uchun qaysi hayvondan nechtadan olishi kerak?
To’g’ri javob:
Ot 1 ta 50+ sigir 39 ta 390+ qo’y 60 ta 60 so’m = 100 ta 500 so’m.
34. Qadimgi Sparta ayollari erlari qabriga borganda o’z vafodorliklarini belgisi sifatida bir kichkina idishda hech qayerda sotilmaydigan suyuqlik quyib kelishar ekan. Savol: qanday suyuqlik haqida gap ketmoqda?
To’g’ri javob:
Ko’zyosh
35. Kuril orollarida yashovchi tub aholi juda qadimdan beri eulaxon balig’ini tutib olishsa juda xursand bo’lar ekan. Bu baliq ingichka va juda yog’li baliq bo’lib uni quritib olib qo’yishar ekan. Savol: ular bu baliqdan nima maqsadda foydalanishlari mumkin?
To’g’ri javob:
Buni qarangki bu baliq o’ta yog’li ekani uchun quritilgandan so’ng undan sham sifatida foydalansa bo’lar ekan.
36. Tarix fanidan savol: Qadimgi Sparta davlatida mast qiluvchi ichimliklarni ichish ta’qiqlangan edi. Qonunni buzganlar qattiq jazolangan, ammo baribir ichimlik ichish davom etavergan. Shundan so’ng shafqatsiz buyruq e’lon qilingan. Savol: bu qanday buyruq edi?
To’g’ri javob:
Barcha tokzorlarni buzib tashlash buyrug’i
37. Osiyoda juda taraqqiy etgan bu davlatning qadimiy poytaxti shohlar shahri edi. Bu poytaxtning hozirgi nomi shaharlar shohiga o’zgargan. Qaysi davlat va shaharlar so’ralmoqda?
To’g’ri javob:
Yaponiya. Bu davlatning poytaxti dastlab Kioto, ya’ni kio – shoh, to – shahar – shoh shahri edi, hozirgi nomi Tokio bilganingizdek shaharlar shohi bo’lib o’zgargan.
38. Bolalr uchun savol: Suaxili tilini bilmaysiz, lekin u tildagi bir so’zni mashhur multfilmdan ko’p eshitganmiz va ishlatganmiz. Bu so’zning ma’nosi havotirsiz yaxshi yashash degani. Bu qaysi so’z?
To’g’ri javob:
Akuna matata
39. Qiziq savol: Teatr aktyorlari bir narsadan juda qo’rqishadi, hatto tushlariga kirsa o’ngimda teskarisi bo’ladi deb o’zlarini yupatishadi. Chunki u aktyorlik ijrosiga ham salbiy ta’sir o’tkazadi. Savol: teatr aktyorlari nimadan ko’proq qo’rqishadi?
To’g’ri javob:
Bo’m-bo’sh zaldan
40. Bolalar uchun mantiqiy savol:
18=2
19=1
68=3
17=0
Mantiqan o’ylab ayting, teng qo’yilgan sonlarni aniqlashda nima hisobga olingan?
To’g’ri javob:
Raqamdagi teshiklar, ya’ni 18 raqamida 2 ta teshik, 68 raqamida 3 ta teshik va hokazo.
41. Shunday bir tuyg’u borki u oyoqlarga qanot berishi ham, oyoqlarni yerga kishanlashi ham mumkin. Savol: bu qaysi tuyg’u?
To’g’ri javob:
Qo’rquv
42. Chalg’ituvchi savol: Bir traktorchining ukasi bor ekan, ukasining akasi yo’q ekan. Mantiqiy fikrlab savolning javobini izohlab bering.
To’g’ri javob:
Traktorchi ayol kishi edi
43. Jiddiy savol: U eng arzon va eng qimmat mulk. Undan to’g’ri foydalanilsa dahoga aylanish mumkin. U nima?
To’g’ri javob:
Bu vaqt
44. VII-VIII asrlarda Eronda topilgan tarixiy hujjatda shunday majburiyatlar yozilgan edi: “Xudo nomi bilan qasam ichaman, uni sotmayman, qarz hisobiga qullikka ham, boshqalar himoyasiga ham bermayman” Savol: ushbu hujjatda qanday majburiyat zikr etilgan?
To’g’ri javob:
Erning xotin oldidagi majburiyati
–45. Mantiqiy savol: Bu ikki aka uka bir joyda tug’ilgan. Yosh orasi ham uncha uzoq emas. Akasi 4 yil yashagan, ukasi akasidan 2 yil ko’proq yashagan. Bu g’alati mashhur aka ukalar nimalar?
To’g’ri javob:
I va II jahon urushi
46. Futbol fanatlari uchun savol. Italiyada shunday futbol maktablari borki, hujumchilar alohida, yarim himoyachilar alohida, himoyachilar alohida o’qitiladi. Himoyachilar maktabida 1 yil faqat shunday narsa o’rgatiladiki, bu narsani qilolmagan himoyachi boshqa mashg’ulotlarga qo’yilmaydi. Savol: nima ularga 1 yil o’rgatiladi?
To’g’ri javob:
Raqibni sun’iy o’yindan tashqari holatda qoldirish
47. Tizza bo’g’imlari 4 ta bo’lgan yagona sutemizuvchi hayvon qaysi?
To’g’ri javob:
Fil
48. Tarixdan savol: Aholini ro’yhatga olish qadimgi misrdan boshlangan. Ular eramizdan avvalgi 3,5 ming yil avval bu ishni amalgam oshirganlar. Savol: aholini ro’yhatga olishdan maqsad nima bo’lgan?
To’g’ri javob:
Ular zaxiradagi lashkarlar sonini aniqlash uchun bu ishni qilganlar.
49. Qiziqarli savol: Diyego, Manfrid va Sid qaysi “davrda” do’stlashadi?
To’g’ri javob:
Muzlik davrida
50. Buyuk Xitoy devorini qurishda mustahkam bo’lish uchun tosh, tuproq va o’sha narsani ishlatishgan. Savol: o’sha narsa nima?
To’g’ri javob:
Qaynatilgan guruch suvi. U yopishqoq bo’lib devorning mustahkam bo’lishiga sabab bo’lar ekan.
51. Bir gap borki uni xursand odamga aytsangiz, hafa bo’ladi, hafa bo’lgan insonga aytsangiz xursand bo’ladi. Bu qanday gap?
To’g’ri javob:
Bu kunlar ham o’tib ketadi.
52. Adabiyot ixlosmandlari uchun mantiqiy savol. Alisher Navoiy shunday falsafiy fikrlar bitganlar:
“Halol va pok yashab komillikka erishmoq uchun yigitllik chog’ida xarakat qilish zarur. Zero payti kelib o’zing qo’ygan nuqtalarga xomush termulib xotiralarga berilishingga to’g’ri keladi”.
Savol: o’zing qo’ygan nuqtalar deb nimaga shama qilingan?
To’g’ri javob:
Hazrat Navoiy hassani umr yo’liga nuqtalar qo’yuvchi vosita deb ta’riflaganlar.
53. Eng birinchi uning yorug’ligi ko’rinadi, so’ng ovozi eshitiladi, so’ng shamolini his qilasiz, ana undan keyingina o’zi kirib keladi. Gap nima haqida ketmoqda?
To’g’ri javob:
Metroning bekatga kirib kelishi.
54. Mashxur sayyоx Jeyms Kuk Taiti va Yangi Zelandiya оrоllariga ikkinchi bоr tashrif buyurganida o’zi bilan qo’y va cho’chkalar оlib bоradi. 2 ta maksadi bоr edi: birinchisi оrоlliklar turmush farоvоnligini оshirish, ikkinchisini siz o’ylab ko’ring.
To’g’ri javob:
Sayohatchi birinchi bor kelganda orolliklar bir-birlarini go’shtini yeyishayotganini guvohi bo’ladi. Uning ikkinchi maqsadi orolliklarni qo’y go’shtini yeyishga o’rgatib odamlarni ezgulikka boshlamoqchi bo’lgan.
55. Qisqa savol: Koreys tiliga poytaxt so’zini tarjima qiling.
To’g’ri javob:
Seul
56. XIII asrda bu narsaga ehtiyoj sezila boshlagan. XII-XIII asrlarda universitetlarning ko’payganligini bunga sabab sifatida keltirish mumkin. O’sha vaqtgacha uni hech kim bilmagan. Savol: u nima?
To’g’ri javob:
Ko’zoynak
57. Oson savol: Bir kishining 7 ta qizi bor. Qizlarning har birini bittadan akasi bor. Savol: u kishining nechta farzandi bor?
To’g’ri javob:
U kishining 8 ta farzandi bor. Kattasi o’g’il 7 ta qizga aka bo’ladi.
58. Hindistonda sigirni muqaddas jonzot deb ehtirom ko’rsatishadi. Ular masofani o’lchashda ham sigirdan foydalanishar ekan. Savol: hindlar masofani o’lchashda sigirdan qanday qilib foydalanishi mumkin?
To’g’ri javob:
Hindlar uchun Sigirni ovozi yetadigan joy 1 “Mu” ga teng ekan.
59. Oson savol: Qaysi qushning ko’zlari miyasidan kattaroq bo’ladi?
To’g’ri javob:
Tuyaqush
60. Matematik topishmoq: pastda turgan bir g’oz osmonda uchib ketayotgan g’ozlarga qarab “Hooy yuz g’ozlar, meni ham olib ketinglar!” – debdi. Shunda osmondagi g’ozlar “Biz 100 ta emasmiz, bizga bizcha, bizning yarmimizcha, yarmimizni yarmicha keyin sen qo’shilsang 100 ta bo’lamiz” – deyishibdi Osmondagi g’ozlar nechta?
To’g’ri javob:
Osmonda 36 ta g’oz bo’lgan. 36+36+18+9+1 =100
61. Sevimli shoir Erkin Vohidov ularni shunday ta’riflagan:
Ularda reja bor, ish bor, g’ayrat bor,
Ular hordiq kun qilmaslar talab.
Dushanba boshlari og’rimas nahot?
Kechikib kelmaslar ishga ertalab!
O’zbekiston qahramoni Erkin Vohidov ular degandanimani ta’riflagan?
To’g’ri javob:
Ushbu she’rning nomi “Temirtan” edi, ular deb robotlar ta’riflangan.
62. Qiziqarli savol: Yaqinda g’arb matbuotida dunyodagi eng yoqimsiz budelniklar ro’yxati e’lon qilindi. Bu ro’yhatda 5- o’rinni olgan budelnikni o’chirish uchun siz krossvord yechishingizga to’g’ri keladi. 4- o’rindagisi esa ertalab sizni har xil haqoratli so’zlar bilan uyg’otadi. 3- o’rin mozayka budelnigiga nasib qildi. Tovuq shaklidagi budelnik 2- o’rinni olgan bo’lib, u ertalab bir nechta tuxum tug’adi. Tuxumlarni yig’ib joyiga qo’ymaguningizcha tovuqning ovozi o’chmaydi. 1- o’rinni olgan budelnik ishga tushganidan so’ng uni o’chirish uchun ancha harakat qilishingizga to’g’ri keladi. Aslida uni o’chirish unchalik qiyin ish emas, bitta tugmani bosish kifoya, lekin bu tugmani bosishdan oldin siz boshqa bir ishni qilishingiz talab qilinadi. Siz budelnikni o’chirish uchun nima qilishingiz kerak?
To’g’ri javob:
Budelnikni qidirib topish kerak. Chunki, u ishga tushishi bilan qochib ketib berkinib oladi.
63. Kembridj universiteti matematika o’qituvchisi eng a’lochi talabaga bir ishi uchun yog’och qoshiq berar edi. Aytingchi, qanday ishi uchun shunday qilardi?
To’g’ri javob:
Past baho olsa uyaltirish uchun yog’och qoshiq berardi.
–64. Qiziqarli boshqotirma. Ikkita bir xil stakan. Ularning birida sut, ikkinchisida kofe. Ularning miqdori bir xil. Birinchi stakandan 1 qoshiq sut olib ikkinchi stakanga solindi va aralashtirildi, keyin ikkinchi stakandagi sut aralashgan kofedan bir qoshiq olib sut solingan stakanga quyildi va aralashtirildi. Savol: sutda kofe ko’pmi, kofeda sut?
To’g’ri javob:
Har ikkisida ham miqdor teng.
65. Geografiya fanidan savol: Uganda, Ekvador, Kolumbiya, Indoneziya, Somali, Kenya, Braziliya, Kongo. Bu davlatlarni bir narsa birlashtirib turadi. U nima?
To’g’ri javob:
Bu mamlakatlar ekvatorda joylashgan.
66. Kulgili savol: Tuyaga qushning tuxumini bostirsa nima bo’ladi?
To’g’ri javob:
Isrof bo’ladi.
67. Yuliy Sezar g’animlar o’qiy olmasligi uchun mahfiy maktublarini maxsus shrift bilan yozar edi. Mana maxsus shriftda yozilgan so’zga namuna: nblubd. Shriftni tushunganlar bu so’zni maktab deb o’qishgan. Namunaga diqqat bilan qarab aytingchi, mahfiy shriftning qoidasi nima edi?
To’g’ri javob:
Ushbu mahfiy shriftning qoidasi so’z yozishda har bir harfning o’zini emas, o’zidan keyin keladigan harfni yozish edi.
–68. Topishmoq: Dengiz ham emas, yer ham emas. Unda kema ham suzmaydi, odam ham yurmaydi.
To’g’ri javob:
Botqoqlik
69. Bir podsho u bilan suhbatga kelgan kishilarni taxt oldidagi sherning ochiq og’ziga qarab gapirishni talab qilgan. Mantiqiy o’ylab aytingchi, shoh nega shunday yo’l tutgan?
To’g’ri javob:
Shohning qulog’i og’ir bo’lgan. Sher unga rupоr vazifasini bajargan.
70. U qush o’z qanotlari yordamida suv tagida suza oladi. Tezligi esa 10 m/s. Eng qizig’I, u qush shuncha tez suzsa ham ucha olmaydi. Bu qaysi qush?
To’g’ri javob:
Pingvin
71. Nurotada bu narsa juda ham ko’p. Bu narsaga quyidagicha nomlar ham qo’yilgan: Mastak, Zuli, Zulfiqor, Mozor, Begli, Tayla, Maston. Nurotadagi bu nomlar nima narsaga qo’yilgan?
To’g’ri javob:
Buloqlarga
72. Oddiy savol: Nimaning 5 ta barmog’I bor, tirnoqlari yo’q?
To’g’ri javob:
Qo’lqop
73. Sherlok Xolms va Doktor Vatson Londonning bir chekkasidagi qahvaxonaga kirishadi, chekkadagi stulga borib o’tirishadi. Xolms qahvaxona xo’jayiniga “Ilgari qahvaxonangizda to’s-to’polonlar bo’lib turarmidi?” – deb so’raydi. Xo’jayin og’zi ochilib buni qayerdan bildingiz deb so’raydi. Xolms buni qayerdan bilgan edi?
To’g’ri javob:
Xolms o’tirgan stulini surmoqchi bo’lganda uni polga qotirib tashlanganini bilgach, ko’p to’polonlarda stullari sinishidan to’ygan xo’jayinning stullarni yerga qotirib tashlaganini fahmlaydi.
74. Kulollar kattta-katta xumchalar yasaganda og’iz qismini qalinroq, tub qismini yupqaroq qilib tayyorlashadi. Savol: nega tub qismi yupqaroq qilinadi?
To’g’ri javob:
Xumchalar olovda ko’p toblanadi, og’iz qismi yorilib ketmasligi uchun qalinroq qilinadi.
–75. Matematik boshqotirma. Qirg’oqqa 2 yosh bola va 1 katta odam kelishdi. Ular daryoning u betiga o’tibshlari kerak. Qirg’oqda 1 ta qayiq bo’lib u 2 yosh bolani yoki 1 odamni ko’tara oladi xolos. Ular o’ylab ko’rib buning yechimini topishdi. Siz ham yechim izlab ko’ring.
To’g’ri javob:
Dastlab 2 yosh bola o’tadi, ulardan biri ortiga qaytadi, keyin katta odam o’tadi, u yerdagi 1 yosh bola qaytib kelib sherigi bilan yana o’tadi.
76. Vena opera teatri kiyim topshiradigan xonada sizga uzoqni yaxshi ko’rsatadigan vosita va bepul xapdori (tabletka) taklif etishadi. Savol: xapdori nima vazifani bajaradi?
To’g’ri javob:
Opera teatri tinch va ortiqcha ovozsiz tashkil etiladi. Xapdori yo’tal tutganda oldini olish, kishini tinchlantirish uchun kerak bo’ladi.
77. Ummon davlatida ayollarga mashina minish huquqi bir shar bilan ruxsat berilgan. Bu qanday shart?
To’g’ri javob:
Yo’lovchi sifatida faqat ayol kishini olish kerak.
78. Yunon faylasufi Diogen “Agar bo’ysunmas, to’polonchi qulim bo’lsa uni jazolab Kolizeyga olib borib o’tirmasdim.” Degan. Savol: faylasuf to’polonchi qul hovurini bosib olish uchun qayerga jo’natishni aytgan bo’lishi mumkin?
To’g’ri javob:
Olimpiya o’yinlariga
79. Qiziqarli savol: Uning o’rnida Sulaymon orollarida odamning bosh suyagi, Santa Krus orollarida qush patlaridan yasalgan 10 m. lik tasma, Tinch okeanidagi ba’zi orollarda 100 yil oldin diametric 4 m. lik bo’lgan toshlar ishlatilgan. Savol: uning o’rnida biz hozir nima ishlatamiz?
To’g’ri javob:
Pul
80. Tarix bo’yicha savol: Buyuk sarkarda Iskandar Zulqarnaynning qo’shinlari orasida maxsus 700 kishilik saralangan jangchilari bor edi. Ularning bir xislati tufayli raqib qo’shinlari ular bilan jang qilishga qiynalishar edi. Savol: saralangan jangchilarning qanday xislati bor edi?
To’g’ri javob:
Ular chapaqay edi.
81. U dunyoda 3096 ta. Har yili ularning 14 tasi yo’qolibketmoqda. Savol: u nima?
To’g’ri javob:
Til
82. Shunday bir narsa borki u dastlab qo’shiq kuylab, so’ngra ko’zyosh to’kadi. Bu nima?
To’g’ri javob:
Samovar
83. Tayland qonunlariga ko’ra pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas. Bunday ishni qilgan shaxslarga jarima solinadi. Bu qonun o’ziga xos ma’noga ega. Savol: nima uchun bunday qonun chiqarilgan?
To’g’ri javob:
Chunki, bu davlat pul birliklarida Tayland qiroli aks ettirilgan va uni bosish hurmatsizlik belgisi sifatida qaralgan.
84. Qisqa savol: Nimaning 40 qulochi 1 gramga teng?
To’g’ri javob:
Ip
85. Bir yigit bor ekan. U kambag’al bo’lib uning farzandi yo’q ekan.Bu ham yetmagandek otasining ko’zlari ojiz ekan. Kunlarning birida unga farishta uchrabdi va bittagina tilagingni amalgam oshiraman debdi. Yigit bitta tilak bilan uchchala orzusiga ham yetibdi. Savol: u qanday tilak aytgan?
To’g’ri javob:
Dadam o’g’limning tilla tangalar o’ynab o’tirganini ko’rsinlar.
86. Uning qora, yashil, sariq, qizil turlari mavjud. U deyarli har bir honadonda bor. O’zbekistonda uni qora va yashil turlarini ko’p iste’mol qilishadi. Savol: u nima?
To’g’ri javob:
Choy
87. Dengizda kemalar bir-biriga ko’ringanda qo’l silkitib salomlashganday bo’lishar ekan. Ba’zi kemalarda matroslar arqon ko’rsatishar ekan. Savol: arqon ko’rsatish bilan nima demoqchi bo’lishadi?
To’g’ri javob:
Arqon ko’rsatib shatakka olaymi degandek hazillashar ekanlar.
88. Dunyoda o’qitiladigan fanlar ko’p. Har bir fan o’z ma’nosiga ega. Qaysi fan “Donolikni sevaman” ma’nosini bildiradi?
To’g’ri javob:
Filosofiya – Falsafa
89. Bu poytaxt shaharga o’sha davlatning 1- prezidentining nomi berilgan. Bu qaysi shahar?
To’g’ri javob:
AQSH poytaxti Vashington
90. AQSH davlatining Xitoy respublikasiga sotadigan mahsulotlari orasida u 3- o’rinda turar ekan. Bu AQSHga bir yilda 1 milliard 300 million dollar foyda keltirar ekan. Savol: qanday mahsulot (uni mahsulot deyish ham mushkul) haqida gap ketyapti?
To’g’ri javob:
Maishiy chiqindi, ya’ni axlat
91. Antiqa savol: Yaxudiylar fikricha, o’g’il bola tug’ilsa tinchlik qaror topadi. Qiz bola tug’ilsachi?
To’g’ri javob:
Hech narsa o’zgarmaydi.
92. Yer yuzida shunday tarjimon borki, u xohlagan tilda gapiring, u gapingizni tarjima qilib tilingizda javob qaytara oladi. Mantiqiy o’ylab ko’ring, qanday tarjimon so’ralmoqda?
To’g’ri javob:
Aks-sado
93. O’zbekiston, Urugvay, BAA, AQSH, Ukraina, Uganda. Bu davlatlarni ingliz tilini ishlatgan holda bog’liqligini aniqlang.
To’g’ri javob:
Bu davlat nomlari ingliz tilida bir xil U harfi bilan boshlanadi.
94. Qaysi qizning otasi yo’q, onasi yo’q – bobosi bor?
To’g’ri javob:
Qorqiz
95. Odatda odamning yuragi 1 ta bo’ladi. Mantiqan o’ylab aytingchi, qanday odamda yurak 2 ta bo’ladi?
To’g’ri javob:
Homiladorayollarda.
96. Bolalarga mos savol: G’orda qaroqchilar qarorgohi bor edi. U yerga kirish uchun mahfiy parolni aytish kerak edi. 1 qaroqchi kelganda qo’riqchi unga 1 dedi, qaroqchi 3 deb aytdi va ichkariga o’tib ketdi. Boshqa bir qaroqchi kelganda qo’riqchi unga 2 dedi va u 4 deb javob berdi, u ham to’g’ri aytgani uchun o’tkazib yuborildi. Boshqa bir qo’riqchiga 7 raqami berildi u esa 5 deb javob aytdi. Uning javobi ham to’g’ri edi. O’ylab ko’rib aytingchi, 1-3, 2-4, 5-3 raqamlari qanday mantiq asosida tuzilgan?
To’g’ri javob:
Raqamdagi harflar nechta bo’lsa shuni to’g’ri aytgan kishi to’g’ri javob bergan bo’lar edi. Bir – 3 ta harf, to’rt – 4 ta harf, yeti – 5 ta harf.
97. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi bu vazifani besh daqiqada, yuqori sinf o‘quvchisi o‘n besh daqiqada, oliygoh talabasi oltmish daqiqada yechadi, olim esa yecholmaydi. Mana o‘sha vazifa: “BIUTBOYeSTO‘” nimani bildiradi?
To’g’ri javob:
1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10
98. Bir kema halokatga uchrab birgina erkak kishi omon qolibdi. To’lqinlar uni faqat ayollar yashaydigan orolga eltib tashlabdi. Erkak hushiga kelganda ayollar uni qurbonlik qilish uchun tayyorlanishayotgan ekan. Ular erkakka so’nggi so’zlarini aytishini taklif qilishibdi. U so’nggi so’zlarini aytgach ayollar uni o’ldirish o’rniga qayiq yasab, oziq-ovqatlar bilan ta’minlab qo’yib yuborishibdi. Qiziq, erkak nima degan?
To’g’ri javob:
Meni orangizdagi eng xunuk ayol o’ldirsin degan.
99. Qayerda ot ustidan ot sakrab o’tishini ko’rish mumkin?
To’g’ri javob:
Shaxmat o’yinida
100. Bir vaqtning o’zida 2 uy yonmoqda, biri bdavlat kishiniki, ikkinchisi kambag’al kishiniki. Qaysi uyni politsiya birinchi bo’lib o’chirishga shoshiladi?
To’g’ri javob:
Politsiya o’t o’chirish bilan shug’ullanmaydi.
{banner_r4}
101. Shunday insonlar borki, ular otni ham, filni ham qiyinchiliksiz ko’tara oladi, joyini o’zgartira oladi. Ular kimlar?
To’g’ri javob:
Shaxmatchilar
102. Bir kuni shofyor o’z mashinasining g’ildiraklaridan birini dami chiqib qolganini ko’rdi, lekin parvo qilmay uydan chiqib ketdi va qiyinchiliksiz yurib kechga tomon qaytib keldi. U buni qanday uddaladi?
To’g’ri javob:
Dami chiqqan g’ildirak zahiradagisi edi.
103. Bu shaxmat donasi sabab o’rta asrlarda arab shohlari bu o’yinni o’ynashni istashmagan.
To’g’ri javob:
Ot, sababi islom dinida hayvon tasviri mumkin emas.
104. Mashhur sehrgar xonaning o’rtasiga qo’l zo’rg’a sig’adigan shisha qo’yib uning ichiga kira olishini aytdi. U buni qanday uddalashi mumkin?
To’g’ri javob:
Shisha qo’yilsa ham, qo’yilmasa ham xonaga istalgan kishi kira oladi
105. 4 ta 2 dan har xil matematik amallardan 9 chiqarib bering.
To’g’ri javob:
22:2-2
106. Ot o’z bo’yniga bog’langan qo’ng’iroqning ovozini eshitmaslik uchun necha km/soat tezlikda chopishi kerak?
To’g’ri javob:
0 km/soat tezlikda
107. Bu narsa insonga 2 marta beriladi. Uchinchisida sotib olinadi.
To’g’ri javob:
Tish
108. Sherlok Xolms ko’chada sayr qilib yurgan edi. To’satdan u yerda jonsiz yotgan ayol tanasiga ko’zi tushdi. Aftidan qotillikka o’xshardi. U ayolning yoniga kelib, uning sumkasini ochdi va uning telefonini oldi. Telefonda uning turmush o’rtog’i raqamini topib, unga qo’ng’iroq qildi va shunday dedi:
– Tezda yetib keling. Sizning ayolingiz jonsiz topildi.
Bir necha daqiqadan keyin ayolning turmush o’rtog’i yetib kelib: “Azizam, senga nima bo’ldi, nega?”, – deya yig’lab yubordi. Shundan so’ng politsiya yetib kelgach, Sherlok barmog’i bilan ayolning turmush o’rtog’iga ko’rsatib: “Bu odamni hibsga oling, u o’z ayolining qotili”, – deb aytdi. Savol: Sherlok nega bunday qarorga keldi?
To’g’ri javob:
Sherlok Xolms erkakka qotillik sodir bo’lgan manzilni aytmagan edi.
109. Daraxtning shoxida qarg’a bor. Qarg’ani cho’chitmasdan shoxni arralash uchun nima qilish kerak?
To’g’ri javob:
Qarg’aning o’zi uchib ketishini kutish kerak.
110. Itning bo’yniga 3 metr keladigan arqon bog’langan edi, lekin it to’g’ri yo’nalish bilan 5 metr yura oldi. U bunga qanday erishdi?
To’g’ri javob:
Arqonning ikkinchi uchi hech qayerga bog’lanmagan edi
111. Qaysi holatda 2 ga qarab, 10 deymiz?
To’g’ri javob:
Soat strelkasi 2 da turganda
112. Shifoxonadan to’rt muchchasi sog’ bo’lgan odamni qo’lda ko’tarib olib chiqishdi. U mutlaqo sog’lom bo’lsa, nega ko’tarib olib chiqishmoqda?
To’g’ri javob:
Bu odam yangi tug’ilgan chaqaloq edi.
113. Qaysi yegulikni pishirish vaqtida qancha tuz solsangiz ham sho’r bo’lib ketmaydi?
To’g’ri javob:
Qaynatilgan tuxum
114. Bir shifoxonada bemorlar soni qabul qila olish ko’rsatkichidan oshib keta boshladi. Bemorlarning aksariyati YTH jarohat olgan haydovchilar edi. Bemorlar sonini kamaytirish uchun shahar ma’muriyati haydovchilarga xavfsizlik kamarini taqishni majburiy qilib qo’ydi. Vaqt o’tgach, statistika o’rganilganda YTH-lar soni kamaymagani, ammo kasalxonaga tushgan bemorlar soni ancha ko’payganini aniqlandi. Buning sababi nimada?
To’g’ri javob:
Chunki xavfsizlik kamari taqilganda YTH’da vafot etadiganlar soni kamaydi, ular jarohat tufayli kasalxonaga tusha boshladi. Oldin esa vafot etishi sababli kasalxonaga tushmasdilar.
115. Bir inson samolyotdan parashyutsiz sakrab, qattiq yerga hech bir jarohat olmasdan tushdi. Unga hech kim yordam bermadi. Buni qanday izohlash mumkin?
To’g’ri javob:
U sakragan samolyot hali havoga ko’tarilmagan edi.
116. Choyga shaker solib qaysi qo’l bilan aralashtirgan ma’qul?
To’g’ri javob:
Qo’l bilan emas, choyqoshiq bilan aralashtirgan ma’qul.
117. Nima oq bo’lganda toza xisoblanadi, yashil bo’lganda tozalash kerak?
To’g’ri javob:
Maktab doskasi
118. Jorj Vashington, Sherlok Xolms, Vilyam Shekspir, Lyudvig Van Betxoven, Napoleon Bonapart, Aleksandr Pushkin – ushbu ro’yxatda kim “ortiqcha”?
To’g’ri javob:
Sherlok Xolms. Chunki, qolganlaridan farqli ravishda u to’qima shaxsdir.
119. Oqila qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan “ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi” deb so’radi.
Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib?
To’g’ri javob:
Qog’ozni teskari qilish orqali, bunda 86 -> 98 ga aylanadi
120. Yuliy Sezar o’z qo’shinlariga qalqon va qilichlarini qimmatbaho narsalar bilan bezatishni buyurgan. Nima uchun?
To’g’ri javob:
Shu holda qo’shinlari o’z qurol-aslahalarini osonlikcha tashlab qochishmagan.
121. Saudiya Arabistoni mamlakatida nechta daryo o’rin olgan?
To’g’ri javob:
Ushbu mamlakatda 1 ta ham daryo mavjud emas.
122. Balandligi 10 metr keladigan narvondan sakrab, umuman jarohat olmaslik uchun nima qilish kerak?
To’g’ri javob:
Narvonning eng quyi pog’onasidan sakrash kerak.
123. Shoh vaziriga menga nok olma anor keltir – deb buyurdi. Zukko vazir bitta meva keltirdi. Bu qaysi meva edi?
To’g’ri javob:
Anor. Chunki shoh nokni olma, anor keltir degan edi.
124. Xonaning qaysi joyiga qalam qo’yilsa, uning ustidan sakrab o’tib bo’lmaydi?
To’g’ri javob:
Burchakka
125. Qaysi oyda 28 kun bor?
To’g’ri javob:
Barcha 12 oyda 28 kun bor.
126. U sizniki, lekin undan sizdan ko’ra boshqalar ko’proq foydalanishadi.
To’g’ri javob:
Bu o’z ismingiz
127. Xomligida iste’mol qilinmaydi, qaynatilganda tashlab yuboriladi.
To’g’ri javob:
Lavr yaprog’i (лавровый лист).
128. Kim o’tirgan holda yuradi?
To’g’ri javob:
Shaxmatchi
129. Ko’p qavatli kiyim kiygan, usti yashil ichi sariq, bolalari qator-qator, pishganda mazali.
To’g’ri javob:
Makkajo’xori
130. Ikki ota va ikki o’g’il yo’lda ketayotib, 3 ta olma topib olishdi. Ularning har biriga bittadan olma tegdi. Bu qanday sodir bo’ldi?
To’g’ri javob:
Ular aslida uch kishi: bola, ota va bobo edi.
131. Bir oilada 5 qiz bor ekan. 1- kitob o’qiyapti, 2- shaxmat o’ynayapti, 3- ovqat yeyapti, 4- yig’ishtiryapti, 5- nima qilyapti?
To’g’ri javob:
Shaxmat o’ynayapti.
132. Shimoldan janubga qarab elektropoyezd ketmoqda, shamol janubdan shimolga qarab esmoqda. Savol tutun qaysi tarafga qarab ketadi?
To’g’ri javob:
Elektropoyezdda tutun bo’lmaydi.
133. Qanday idishda ovqat yeb bo’lmaydi?
To’g’ri javob:
Bo’sh idishda.
134. Siz mashinaga o’tirdingiz va uni haydamoqchisiz, lekin oyoqlaringiz pedallarga yetmayapti. Bu holda nima qilish kerak?
To’g’ri javob:
Yo’lovchi o’rindig’idan haydovchi o’rindig’iga o’tish kerak.
135. Futbolda “Quruq barg” degan termin bor, qaysi holda ishlatiladi?
To’g’ri javob:
Hech kimga tekkizmay gol urilsa
136. U juda qiyinchilik chog’ida dunyoga keladi. Yoshlik chog’idayoq uydan chiqib ketadi. Tirik qolish uchun qo’shiq aytib kun ko’radi va oz konserti vaqtida joniga qasd qilishadi. Ushbu qahramon va qotilni toping.
To’g’ri javob:
Tulki va bo’g’irsoq
137. U savol emas, lekin unga javob berish kerak.
To’g’ri javob:
Qo’ng’iroq yoki eshik jiringlashi
138. Bir kunda bitta tug’ruqxonada ikki o’g’il farzand dunyoga keldi. Ularning ota-onalari bitta ko’p qavatli uyda yashashardi. Ikkita bola bitta bog’chaga, bitta maktabga borishdi, bir sinfda o’qishdi. Lekin hech qachon bir-birini ko’rmadi. Bu qanday qilib bo’lishi mumkin?
To’g’ri javob:
Bolalarning ko’zi ojiz edi.
139. Stolning 4 ta burchagi bor. Uning bir burchagini kesib yuborsak nechta burchak qoladi?
To’g’ri javob:
5 ta
140. Shifokorlarning ta’kidlashlaricha, ushbu soha vakillari chap quloqlarining yaxshi eshitmasligidan ko’p shikoyat qilishadi. Ushbu soha vakillarini toping.
To’g’ri javob:
Skripkachilar
141. Ikkita soat taqib yuradigan kasb egalari kimlar?
To’g’ri javob:
Futbol hakamlari
142. Undan qancha olsangiz, shuncha kattalashib boraveradi. U nima?
To’g’ri javob:
Chuqur
143. Tuyaqush o’zini qush deb atay oladimi?
To’g’ri javob:
Yo’q, chunki u gapira olmaydi.
144. Qanday sharoitda qora mushukka uyga kirish oson bo’ladi?
To’g’ri javob:
Eshik ochiq bo’lsa
145. It, jirafa, tuya. Bularning qanday umumiy xususiyatlari bor?
To’g’ri javob:
Ular qadam olishni chap oyoqdan boshlaydi.
146. Qanday holda 12 sonini teng ikkiga bo’lsak, 7 chiqadi?
To’g’ri javob:
12 soni rim raqamida XII bo’lganda yarmi VII bo’ladi.
147. Traktorchining Farhod ismli akasi bor edi, lekin Farhodning ukasi yo’q edi. Buning sababi qanday?
To’g’ri javob:
Traktorchi Farhodning singlisi edi.
48. Qafasda 3 ta quyon bor edi. Uchta qizcha ularga bittadan quyon berishlarini so’rashdi. Ularga so’raganlaridek bittadan quyon berildi. Lekin baribir qafasda bitta quyon qoldi. Buni qanday tushuntirish mumkin?
To’g’ri javob:
Qizchalarning biriga quyon qafasi bilan birga berilgan.
149. Bu xarf deyarli dunyoning barcha alfavitlarida 1 xil yozilishi bilan rekord o’rnatgan. bu qaysi xarf?
To’g’ri javob:
O harfi
150. Bir kuni chol ikki nabirasi bilan yo’lga chiqibdi. Ular yo’lda ketayotib katta daryoga duch kelibdi. Daryoda qayiq bor ekan. Qayiq esa faqatgina 100 kilogram yukni ko’tara olarkan. Chol o’zi 100 kilo ekan. Nabiralar esa 50 kilodan ekan. Ular daryoni u betiga o’tishlari shart. Qanday qilib o’tib olish mumkin?
To’g’ri javob:
Dastlab nabiralar o’tadi, ulardan biri tushib qolib biri qaytadi. Bu safar bobo narigi betga o’tadi va u yerdagi nabira qayiqqa o’tirib bu tarafda qolgan nabira bilan birgao’tadi.
151. Bir kishi sochini oldirib bo’lib qancha bo’ladi dedi. Usta esa g’aladanda necha so’m bo’lsa shuncha tashlab 2000 so’m oling dedi .Keyingi odamga ham shu qaytarildi va 3- odam ham g’aladanda qancha bo’lsa shuncha pul tashlab 2000 so’m olib chiqib ketdi va galadanda pul tugadi. Dastlab g’aladonda necha so’m bor bo’lgan?
To’g’ri javob:
1750 bor bo’lgan. 1- kishi shuncha tashlasa 3500 bo’ladi, 2000 qaytarib olsa 1500 qoladi. 2- kishi 1500 tashlasa 3000 bo’ladi 2000 qaytarib olsa 1000 qoladi. 3- kishi 1000 tashasa 2000 bo’ladi, 2000 qaytarib olsa pul qolmaydi.
152. Professor kech soat sakkizda budelnikni 9 ga qo’yib uyquga yotdi. U necha soat uxlaydi?
To’g’ri javob:
1 soat
153. Kichkina, kulranggina, filga o’xshaydi.
To’g’ri javob:
Filning bolasi
154. Qaysi o’simlik yig’ib olinganidan so’ng, uning 90% yoqib yuboriladi, 10% esa tashlab yuboriladi.
To’g’ri javob:
Tamaki
155. Merining otasining beshta qizi bor. Ularning ismlari Chacha, Cheche, Chichi, Chocho… Beshinchi qizining ismi nima bo’lishi mumkin?
To’g’ri javob:
Meri
156. 3 ta archa o’sardi. Har birida 7 tadan shox mavjud. Har bir shoxda 3 tadan olma meva bor. Barcha daraxtning jami mevalari soni nechta bo’ladi?
To’g’ri javob:
Archada olma nima qilsin
157. Erkak kishi o’zining bevasining singlisiga uylanishi mumkinmi?
To’g’ri javob:
Yo’q, o’zi vafot etgan kishi hech kimga uylana olmaydi.
158. Mahmudning 10 ta qo’yi bor edi. 9 tadan boshqa hamma qo’ylari o’lib qoldi. Mahmudning nechta qo’yi qoldi?
To’g’ri javob:
9 ta
159. Nok osilib turibdi, lekin uni yeb bo’lmaydi. Lampochka emas.
To’g’ri javob:
Begonaning noki
160. Bir vaqtlar Nissa shahrida eng chidamli chekuvchi bo’yicha konkurs o’tkazilgandi. Ishtirokchilardan biri ketma-ket 60 dona sigareta chekib, rekord o’rnatdi, lekin sovrin olmadi. Nega?
To’g’ri javob:
U sigaretadan zaxarlanish tufayli vafot etgandi.
161. O’rdaklar qator bo’lib suv ichgani ketishayotgan edi. Ulardan biri oldinga qarab 7 ta boshni ortiga qarab 12 ta panjani ko’rdi. O’rdaklar nechta?
To’g’ri javob:
14 ta. 7 bosh 7 o’rdak, 12 panja 6 o’rdak, qaragan o’rdak bilan xisoblanganda shuncha chiqadi.
162. Juda och qoringa nechta tuxum yeyish mumkin?
To’g’ri javob:
1 ta, keyingilari to’q qoringa yeyiladi.
163. Sen notanish xonaga kirib qolding. U erda benzin va gaz bilan yonadigan chiroqlar bor ekan. Sen birinchi bo’lib nimani yoqishing kerak?
To’g’ri javob:
Gugurt yoki yondirgichni
164. Ota va o’g’il avto halokatga uchrashdi. Otasi shu joyning o’zidayoq halok bo’ldi, o’g’lini esa kasalxonaga yuborishdi. Operasiya vaqtida xirurg bolani
ko’rib: «Voy xudoyim-ey, bu mening o’g’lim-ku-deb baqirib yubordi. Shunday ham bo’lishi mumkinmi?
To’g’ri javob:
Ha, bu uning onasi
165. “To’yingda elak bilan suv tashiy” degan ibora mavjud. Bu mumkinmi?
To’g’ri javob:
Mumkin, agar suv muzlatilgan bo’lsa
166. Yog’ochni 12 bo’lakka bo’lish uchun uni necha marta arralash kerak?
To’g’ri javob:
11 marta
167. 1 kg tosh og’irmi, 1 kg paxta?
To’g’ri javob:
Teng
168. 4 ta 4 sonidan turli matematik (qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish) amallarini bajarib 20 sonini chiqaring.
To’g’ri javob:
((4:4)+4)*4
169. Rimliklar sanchqi (vilka) konstruktsiyasiga revolyutsion yangilik kiritishdi. Sanchqilarning barcha keyingi modellari ularning kashfiyoti varianti qilib yasala boshlandi. Bu kashfiyotdan oldin sanchqi qanaqa edi?
To’g’ri javob:
Bir tishli edi.
170. Qo’llarda 10 ta barmoq bor. 10 ta qo’lda nechta barmoq bor?
To’g’ri javob:
50 ta
171. Kun va tun nima bilan tugaydi?
To’g’ri javob:
N harfi bilan
172. Uni chap qo’l bilan ushlasa bo’ladi, o’ng qo’l bilan umuman ushlab bo’lmaydi.
To’g’ri javob:
O’ng qo’lning tirsagi
173. Avtobusda 15 yo’lovchi ketayotgan edi. Birinchi bekatda 3 yo’lovchi chiqdi, keyingi bekatda 2 yo’lovchi tushib qolib, 4 yo’lovchi chiqdi, keyingi bekatda 4 yo’lovchi tushib 7 yo’lovchi chiqdi, keyingi bekatda esa 1 yo’lovchi tushib 6 yo’lovchi chiqdi. Avtobus necha bekat yurdi?
To’g’ri javob:
4 bekat.
174. Yomg’irda quyon qanday daraxt tagida turishi mumkin?
To’g’ri javob:
Ho’l daraxt
175. 5 ta yigit 1 ta etikda qolishi uchun nima qilish kerak?
To’g’ri javob:
Ularning bittadan etigini yechib olish kerak.
176. Bir kishi olmalarni 500 so’mdan sotib olib, ularni 300 so’mdan sotardi.
Bir muncha vaqt o’tgach, u kishi millionerga aylandi. Buning sababi nimada?
To’g’ri javob:
U kishi avval milliarder edi.
177. 1 dan 100 gacha sonlar orasida nechta 9 bor?
To’g’ri javob:
20 ta
178. Ikki kishi daryo sohiliga keldilar. Ularning har ikkisi ham daryoning narigi tarafiga o’tishi kerak edi. Sohilda bitta qayiq bo’lib u faqat bir kishini ko’tara olardi. Shunga qaramay ular maqsadlariga yetdilar. Ular buni qanday uddalashdi?
To’g’ri javob:
Ular daryoning turli sohillarida edilar.
179. 7 ta sham yonib turgan edi. Ulardan 3 tasini o’chirib qo’yishdi. Nechta sham qoldi?
To’g’ri javob:
3 ta. Chunki, qolganlari yonib tugaydi.
180. Qanday holatda 3 ta yosh bola, 4 ta katta yoshli odam, 1 ta mushuk va 1 ta it bittagina soyabon tagida turib, yomg’ir ostida nam bo’lmaydi?
To’g’ri javob:
Yomg’ir yog’mayotgan bo’lsa
181. 2+2*2 ning javobi necha bo’ladi?
To’g’ri javob:
6. Matematika qoidalariga ko’ra avval ko’paytirish amali bajariladi.
182. Hamma narsani ko’rayotganingizda uni ko’ra olmaysiz, hech narsani ko’rmaganingizda esa uni ko’ra olasiz. U nima?
To’g’ri javob:
Qorong’ulik
183. Qaysi oddiy odam oldida podshohlar ham boshlarini egishgan?
To’g’ri javob:
Sartaroshlar oldida.
184. 16 qavatli uyda bir liliput (pakana) odam yashaydi. U har kuni ertalab ishga ketayotib liftda pastga tushib, so’ng ishga ketadi, ishdan qaytayotganda esa 10- qavatgacha liftda ko’tarilib, u yog’iga piyoda ketadi. U nimaga shunday qiladi?
To’g’ri javob:
Chunki uning bo’yi 10- qavat tugmasigacha yetadi xolos.
185. Qaysi oyda odamlar kam gapiradilar?
To’g’ri javob:
Fevral oyida. Negaki bu oyda kunlar kam.
186. Ular qanchalik ko’payib ketsa, vazni shunchalik kamayib boraveradi.
To’g’ri javob:
G’ovak.
187. 100 so’m pulingiz bor. 100 ta hayvon olishingiz kerak. Mol – 10 so’m, qo’y – 3 so’m, xo’roz – 50 tiyin. Qaysi hayvonlardan nechtadan olasiz?
To’g’ri javob:
Mol 5 ta, qo’y bitta, xo’roz 94 ta.
188. Qaysi so’z har doim xato bo’lib eshitiladi?
To’g’ri javob:
Xato so’zi
189. Professor do’stlarini o’zining maxsus salati bilan mehmon qilishni niyat qildi. Buning uchun unga: 3 ta bulg’or qalampiri va huddi shuncha pomidor, pomidorlardan ko’ra kamroq, ammo piyozdan ko’proq bodring kerak bo’ladi. Professor jami bo’lib necha dona turli xil sabzavotlar ishlatadi?
To’g’ri javob:
9 ta
190. Bola choynak va uning qopqog’i uchun 11 so’m pul to’ladi. Choynakning narxi qopqog’iga qaraganda 10 so’m qimmat. Qopqoqning narxi necha pul?
To’g’ri javob:
50 tiyin. (50 tiyin + 10 so’m = choynakning narxi)
191. Men suvman va suv yuzida suzib yuribman. Men kimman?
To’g’ri javob:
Muz
192. Dengiz tubida qanday tosh bo’lmaydi?
To’g’ri javob:
Quruq tosh
193. Garchi u yengil bo’lsa ham nimani 10 daqiqadan ortiq ushlab turib bo’lmaydi?
To’g’ri javob:
Nafasni
194. Uning balandligi ham, eni va bo’yi ham yo’q, lekin uni o’lchasa bo’ladi. U nima?
To’g’ri javob:
Harorat, vaqt.
195. Ko’rganda quvonamiz, lekin baribir ko’zimizni olib qochamiz.
To’g’ri javob:
Quyosh
196. Cho’pon karam, qo’y va bo’rini olib ketayotgan edi. Oldidan daryo chiqib qoldi. Qarasa sohilda qayiq turibdi, faqat unga cho’pon o’zi bilan birga uchta narsadan birini olib o’tirishi mumkin edi. Cho’pon qo’y, karam va bo’rini sohilni narigi betiga olib o’tish uchun nima qilishi kerak? (Cho’pon qarovisiz qolganda bo’ri qo’yni, qo’y esa karamni yeb qo’yishi mumkin)
To’g’ri javob:
Avval cho’pon o’zi bilan qo’yni olib o’tadi, uni tashlab, qaytib keladi va bo’rini olib o’tadi. Bo’rini qoldirib, qo’yni yana oldingi sohilga qaytib olib keladi. Endi qo’yni qoldirib, karamni olib o’tadi va sohilning narigi betiga (bo’ri turgan tomonga) qoldirib keladi. Oxirgi o’rinda qaytib kelib, nihoyat qo’yni olib o’tadi.
197. Yo’llari bor, yurib bo’lmaydi,
yerlari bor – ekib bo’lmaydi,
yam-yashil o’tloq bor – yulishni iloji yo’q,
dengiz, daryo ko’llari bor, ammo suvi yo’q.
Bu nima?
To’g’ri javob:
Xarita
198. Tuxumni balandlikdan tashlab yuborishdi. U pastga tomon 3 metr tushganda ham yorilmadi. Buning sababi nimada?
To’g’ri javob:
Tuxum 10 metr balandlikdan tashlangandi. 3 metr o’tgach, sinishi uchun yana 7 metr masofa qolgandi.
199. Haydovchi yuk mashinasini haydab ketayotgan edi. Mashinaning yoritgichlari (faralari) o’chgan, osmonda oy ham ko’rinmasdi. Shu vaqt yo’lni bir ayol kesib o’ta boshladi, lekin haydovchi u ayolni uzoqdan ko’ra oldi. Haydovchining bunday muvaffaqqiyati nimaga bog’liq edi?
To’g’ri javob:
Chunki o’sha vaqt kunduzi edi.
200. Yerdan osonlikcha ko’tarish mumkin,lekin uni uzoqqa otib bo’lmaydi. Bu nima?
To’g’ri javob:
Qush pati
201. Shifokor bemorga 30 daqiqa oraliq bilan 3 ta ukol olishni belgiladi. Hamshira ukol qilishni soat 8:30 da boshlasa, bemor soat nechida ukollarni to’liq olib bo’ladi?
To’g’ri javob:
9:30 da to’liq olib bo’ladi. 1- 8:30, 2- 9:00, 3- 9:30
Manba: Baxtiyor.uz
202. Shunday shahar borki o’n to’rt soniga A harfini qo’shib yozilsa, shaharni nomi kelib chiqadi. U qaysi shahar?
Javob
XIVA




Download 93.36 Kb.




Download 93.36 Kb.