|
Premium Presentations
|
bet | 2/4 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 3,99 Mb. | | #256389 |
Bog'liq 1-ma\'ruza Ma\'lumotlar omboriTuzilmalashtirilmagan – bu ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tuzilmalashtirilmagan deyiladi.
Tuzilmalashtirilgan – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuv bo‘lsa, u holda ular tuzilmalashtirilgan deyiladi.
Ma’lumotlarni tuzilmalashtirilmaganiga quyidagicha misol keltirish mumkin: o‘quvchi (Familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, telefon raqami) haqidagi axborotdan iborat ma’lumotlarga quyidagicha yozilgan axborotni ko‘rsatish mumkin: Familiyasi – Nazarov, Ismi – Nodir, Otasining ismi – Axmedovich, Yashash manzili – Navoiy shahar, Telefon raqami +998947777777
Ushbu ma’lumotlarni jadval ko‘rinishga keltirsak tuzilmalashtirilgan ma’lumotga aylanadi:
MA’LUMOTLAR OMBORINI BOSHQARISH
TIZIMLARI
MOni tashkil qilish, ularga qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritish va ma’lumotlardan foydalanish uchun maxsus MOlar bilan ishlaydigan dasturiy ta’minotlar yaratilishi zarur bo‘ladi. Bunday dasturlar majmuasi ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari deb yuritiladi.
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT) – foydalanuvchilar tomonidan MOni yaratish, to‘ldirish va birgalikda qo‘llash uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar tizimidir.
MOBTlariga MS Access, OpenOffice.org Base, Cache, IMS, Firebird, SQL Server, MySQL kabi dasturiy vositalar misol bo‘ladi.
MOBTning asosiy xususiyatlari – bu nafaqat ma’lumotlarni kiritish va saqlashda ishlatiladigan protseduralar tarkibi bo‘lmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi. Ma’lumotlarni o‘zida saqlab va MOBT ostida boshqariladigan fayl oldin ma’lumotlar banki, keyinchalik esa “Ma’lumotlar ombori” deb yuritila boshlanadi.
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT)
MO yaratishda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak:
- ma’lumotlar turi, ko‘rinishi ularni qo‘llaydigan dasturlarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim;
- ma’lumotlar omboridagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dasturni tuzishga hojat qolmasligi lozim.
Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda deyarli barcha MOBT asosan relyatsion modellar asosida tashkil qilinmoqda. Shu sababli, Microsoft Office korporatsiyasi ham eng ommalashgan dasturiy vositalarini yaratmoqda. Bu dasturiy vositalar ixtiyoriy sohada yuqori darajadagi professional hujjatlar tayyorlash imkonini beradi. Shulardan biri MO lar bilan ishlashga mo‘ljallangan Microsoft Access dasturidir.
|
| |