|
Premium Presentations
|
bet | 1/4 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 3,99 Mb. | | #256389 |
Bog'liq 1-ma\'ruza Ma\'lumotlar ombori
Mavzu: Berilganlar bazasi konsepsiyalarining evolyusiyasi. Berilganlarning iyerarxik va tarmoq modellari. Daraxtlar. Berilganlap bazasi arxitekturasi. Berilganlar bazasini relyatsion modeli
Reja:
1. Ma’lumotlar ombori haqida tushuncha.
2. Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari
3. MS Access 2010 ning asosiy elementlari va maydonlar xususiyati
4. MS Access 2010 da ma’lumotlar omborini tashkil etish
Ma’lumotlar ombori haqida tushuncha
Ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularni ma’lum bir texnologiya asosida yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim masalalardan hisoblanadi. Ma’lumot resurslarini shunday tashkil etish lozimki, undan foydalanish maksimal qulaylik va foyda keltirsin. Masala yechishga harakat qilish, ma’lumotlarni ishlash jarayonidagi yangicha yondashish, yangi texnologiyani keltirib chiqardi. Mazkur texnologiyaning asosini ma’lumotlar ombori va banklari tashkil etadi.
Ma’lumotlar ombori (MO) – kompyuter xotirasiga kiritilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasidir
Ma’lumotlar modeli – bu ma’lumotlarning o‘zaro bog‘langan tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir.
Ma’lumki, aynan bir axborotni mashina ichki muhitida joylashtirish uchun ma’lumotlarni turli xil tuzilishlari va modellaridan foydalanish mumkin. Ulardan qaysi birini tanlash MO yaratayotgan foydalanuvchining zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, u ko‘plab omillarga bog‘liq.
MO tuzishning asosiy usullari quyidagilardan iborat:
Ierarxiv (shajara) model – bu modelda ma’lumotlar daraxtsimon ko‘rinishda saqlanadi. Ishlash birligi yozuvdir;
Tarmoq model – bu modelda daraxtsimon bog‘lanish bo‘lsada, tugunlardagi tarmoqlanishlarga cheklanish yo‘q;
Realyatsion (o‘zaro bog‘langan) model – bu modelda ma’lumotlar jadval ko‘rinishda saqlanadi.
Ma’lumotlarni ikki xil usuldan foydalanib olish mumkin. Bular tuzilmalashtirilmagan va tuzilmalashtirilgan.
|
| |