Press-reliz
Janubiy Koreya oliy ta’lim tizimi, Inxa universiteti faoliyatiga bag‘ishlangan uchrashuv
Joriy yilning 16 may kuni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti qoshidagi International House-Tashkent akademik litseyida Janubiy Koreyaning Inxa universiteti prezidenti janob Pak Chunbe ishtirokida abituriyentlar uchun Janubiy Koreya oliy ta’lim tizimi, Inxa universiteti faoliyatiga bag‘ishlangan muloqot tashkil etildi. Koreya Respublikasi, norasmiy nomlari: Janubiy Koreya, Koreya (hangul: 대한민국, hanja: 大韓民國, tɛː.han.min.ɡuk̚), tinglang (yordam·maʼlumot)) Sharqiy Osiyoda, Koreys yarimorolida joylashgan mamlakatdir. Shimoldan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining filiallarini videokonferensiya orqali bog‘lagan muloqotda mamlakatimiz hududlaridan jami 400 dan ziyod qiziquvchi yoshlar ishtirok etishdi.
Avval xabar berilganidek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek AKT sohasida yetakchi mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlikni kengaytirish maqsadida joriy yil 24 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Inxa universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori imzolangan edi. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar. Ayni kunlarda xalqaro standartlar asosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan mazkur oliy ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mamlakatimizdagi kasb-hunar kollejlari, akademik litsey bitiruvchilari, abituriyentlar bilan muloqotlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, 7 maydan boshlab abituriyentlar Toshkent shahridagi Inxa universitetining www.inha.uz veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Tadbirda, Inxa universiteti (Janubiy Koreya) prezidenti Pak Chunbe universitet ta’lim tizimi, uning jahon va Koreya axborot texnologiyalari sanoatidagi o‘rni xususida to‘xtalib, Toshkent shahridagi Inxa universitetida ham xalqaro andozalarga javob beradigan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining yetuk mutaxassislarini tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, mazkur universitet qisqa davr ichida nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda axborot texnologiyalari yo‘nalishida kadrlar tayyorlashda o‘z o‘rni, nufuziga ega bo‘lishidan O‘zbekiston va Janubiy Koreya hukumatlari, shuningdek Inxa universiteti uchun ham birdek manfaatdor ekanligini ta’kidladi.
| Markaziy Osiyo - Osiyo materigining ichki qismidagi tabiiy oblast. Maydoni 6 mln. km². Shim. va gʻarbiy chekkasi Mongoliya, XXR bilan RF oʻrtasidagi davlat chegarasigacha boʻlib, sharqi Katta Xingan, jan. |
Toshkent shahridagi Inxa universitetida 2 ta fakultet ish boshlaydi va 150 nafar bakalavr qabul qilinadi. Asosiy fanlar bo‘yicha o‘quv jarayonlari Janubiy koreyalik professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. Keyinchalik universitet faoliyatini kengaytirish, iqtisodiyotning turli sohalarida axborot texnologiyalarini keng joriy qilishga ixtisoslashgan fakultet va yo‘nalishlarni tashkil qilish rejalashtirilgan.
Uchrashuv mobaynida yoshlarga Toshkent shahridagi Inxa universiteti qabul jarayonlari xususida batafsil ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlari ta’lim dasturlari asosida tuzilgan fizika va matematika fanlaridan savollarga ingliz tilida bo‘ladigan yozma imtihonlarda abituriyentning nafaqat bilimi, shu bilan birga uning masala va misollar yechimini aniqlashdagi mantiqiy yondashuvi, og‘zaki imtihonda ingliz tilida o‘z fikr-mulohazasini bayon eta olish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
| Ingliz tili (ingl. English) - hind-yevropa oilasining german guruhiga kiruvchi til. Ingliz xalqining tili. Avstraliya, AQSH, Birlashgan Qirollik, Hindiston, Irlandiya, JAR, Kanada, Liberiya, Malta va Yangi Zelandiyaning rasmiy tili. |
Tadbirda imtihon savollaridan namunalar keltirilib, ularni ishlashda nimalarga e’tibor qaratilishi kerakligi haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, abituriyentlar namunaviy savollar bilan Toshkent shahridagi Inxa universitetining internet tarmog‘idagi www.inha.uz veb-sayti orqali ham tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.
|