SUN’IY INTELLEKT VA UNING INSONIYAT FAOLIYATIDA TUTGAN O’RNI
Oybek Xamdamovich
Otaqulov
|
Gulxayo Azamjon qizi
Pulatova
|
G’iyos Gofurjonovich
Pulatov
|
|
TATU Farg’ona filiali
|
|
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola sun’iy intellekt tizimlarining tarixi, insoniyat faoliyatida tutgan o’rni, sun’iy intellektning texnologiyasi va sun’iy intellekt tizimlarini hayotga tatbiq qilishning ahamiyati yoritilgan.
Kalit so’zlar: axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari, telekommunikatsiya, dasturiy ta’minot, sun’iy intellekt.
This article discusses the history of artificial intelligence systems,
their role in
human activity, the technology of artificial intelligence and the importance of implementing artificial intelligence systems.
Keywords: information
and communication technologies, telecommunications,
software, artificial intelligence.
Odatda, robotlar deganda, ko‘pchilikning ko‘z oldiga insonlardek gaplasha oladigan, ularning o‘rniga barcha yumushlarni bajara oladigan yordamchilar keladi. Ammo bu nisbatan kengroq tushuncha. Aslida, mobil qurilmangizdagi dasturlar: google-tarjimon, lug‘atlar, turli xil o‘yinlar va hokazolar ham sun’iy intellektga yaqqol misol bo‘la oladi. Faqat ularning qamrovi kichikroq bo‘lib, ma’lum bir yo‘nalishdagina sizga yordam bera oladi. Ya’ni, bajarmoqchi bo‘lgan amallaringiz turiga qarab tegishli dasturdan foydalanasiz.