• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Psixologik professiografiya




    Download 17,62 Kb.
    Sana20.11.2023
    Hajmi17,62 Kb.
    #102092
    Bog'liq
    Psixologik professiografiya.


    Psixologik professiografiya.
    Reja:
    1) Professiografiya haqida umumiy tushuncha.
    2) Professiografiyaning maqsadi. Professiografiya tahlili.
    3) Professiogrammaning mazmuni. Professiografiya sohalari.
    4) Professiografiya oldidagi zamonaviy muammolar va vazifalar.
    Professiografiya - bu kasb tomonidan insonga qo’yiladigan talablar nuqtai nazaridan kasblar va ularni tabaqalashtiradigan ixtisoslar tavsifidir. Muayyan ixtisos, kasb yoki ular guruhi tomonidan insonga qo’yiladigan talablar sistemasini tavsiflash va asoslash professiografiyaning natijasini hal qiladi. Professiogrammaning bir qismini psixologik professiogramma, boshqa qismini esa zarur kasbiy qobiliyatlar ro’yxati tarzida inson psixologiyasiga qo’yiladigan talablarning qisqacha ma’lumotidan iborat bo’lgan psixogramma tashqil qiladi. Professiografiya kasblar klassifikasiyasini xam o’z ichiga oladi. Ammo, uning kompleksligi va sintetikligini ushbu klasiffikasiyaning g’oyat xilma-xil mezonlari belgilaydi. Chunki kasbni uning texnologik xususiyatlariga ko’ra klassifikasiyalashning o’zi bir ish, gigiyenaga ko’ra klassifikasiyalashning boshqa (o’zi bir) boshqa va hokazo. Professiografiyaning amaliy ahamiyati va uning kompleksligi shunda yaqqol ochiladi. Har qanday kasbni o’rganish va tavsiflash hamisha ma’lum maqsad bilan olib boriladi va ana shu maqsadga bo’ysundiriladi. Professiografiyaning maqsadi turlicha bo’lishi, professiogrammalari quyidagi maqsadlar uchun tuzilishi mumkin.
    1) Zarur kadrlar tayyorlashni ta’minlovchi o’quv programmasini asoslash.
    2) Mehnatning gigiyena sharoitini hisobga olishi va yaxshilash.
    3) Kasbga yo’naltirish kasb bo’yicha konsultasiya, kasb uchun odam tanlashni asoslash.
    Professiografiya tarixiy professiografiyani xam o’z ichiga oladi. Tarixiy professiografiya yo’qolib ketgan kasblarni tavsiflaydi, biroq, professiografiyaning eng progressiv sohasi bu bizga o’tmishning stixiyali o’tib kelayotgan yangi kasbni konstruksiyalashga bag’ishlangan bo’lishidir. Mehnatni har tomonlama o’rganadigan barcha fanlar professiografiya oldiga turlicha vazifalar qo’yadi. Shuning uchun ham kasbni tahlil va tavsiflash uzviy, ammo bir-biriga aynan o’xshash jarayon emas. Tekshirishning vazifasi materialni batafsil o’rganib olish uni kengaytirishdan turli formalarni analiz qilib chiqish bu formalar ichki bog’lanishini kuzatib borishdan iborat, degan so’zlarini eslamasdan bo’lmaydi. Bunda shuni ham unutmaslik kerakki, professiografiya mazkur konkret mehnat psixologiyasi bo’yicha har qanday ishning shart-sharoiti shu bilan barcha ishni iloji boricha har tomonlama o’rganish bo’yicha yakuni bo’lib xam xizmat qiladi. Xar qanday kasb xususiyatini kompleks tahlil qilishning quyidagilarni tavsiya qilishi mumkin:
    1) kasb va uning ixtisoslariga ishlab chiqarish xarakteristikasi.
    2) kasbning iqtisodiy ahamiyati
    3) kasbning stasiologik xarakteristikasi
    4) sosial psixologik xarakteristika, uning ishlar orasidagi obro’yi kompleks jamoaning xususiyatlari shaxslararo munosabatlarning vertikal va gorizontal bo’yicha o’ziga xosliklari.
    5) pedagogik xarakteristika: kasbiy mahoratni belgilaydigan kasbiy mehnat muvaffaqiyati uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikma xajmining ro’yxati tayyorgarlik turi va muddati harakat marshrutlari xarakteristikasi hamda pedagogik jarayonini yaxshilashga oid takliflar.
    6) mehnat sharoitidagi ishchiga xarakteristika ("kasbiy zarar" va sog’lomlashtirish tadbirlari).
    7) mazkur kasbda ishchiga medisina nuqtai nazaridan zid bo’lgan sabablar ro’yxati (ayollar va o’smirlar mehnati alohida ajratiladi).
    8) faqat zarur (asosiy) va lozim ko’rilgan (qo’shimcha) qobiliyatlar ro’yxati emas, balki psixologik to’g’ri kelmaslik ro’yxati alfavit ro’yxati sifatidagi psixogramma ham qo’shilgan.
    Psixologik professiogramma. Hunar o’rganish qanday maqsadda o’tkazilmasin uning bu barcha aspektlari turli xil maqsad uchun garchi har xil me’yorda bo’lsa ham hisobga olinishi kerak. Professiogramma qator fanlarga tayanib, o’zining har bir sohasida tegishli fan tushunchalari sistemasidan foydalanishi kerak. Masalan: kasbning texnologik aspekti tavsifida texnikadan, iqtisodiy ahamiyatida - iqtisoddan, sosiologiyada -sosiologiyadan, gigiyena, sharoiti va medisina nuktai nazaridan zid hollarning medisinadan. Psixogrammaning psixologik aspekti psixologik tushunchalar sistemasida ifodalanishi lozim.
    Psixologik professiografiya mohiyatining o’zlashtirilishini tekshirish.
    1) Professiografiya hamda psixologik professiografiya vazifalarining farqi nimada?
    2) hunar-texnika ta’limi sistemasi o’quv yurtlari pedagoglari uchun ularning mohiyatini bilish nima uchun zarur?
    3) Nima uchun professiografiya ishi hyech kachon tugallangan bo’lmaydi?
    4) kasbga yo’naltirish maqsadida o’zingizning ishlab chiqarish ixtisosingiz bo’yicha qisqacha psixologik professiogramma va psixogramma yozing.

    Professiogramma haqida tushuncha


    1920 yillarning ikkinchi yarmida rus psixotexniklari tez sur’atlarda kasbiy faoliyatning tamoyil va usullarini ishlab chiqdilar. Shu tadqiqotlarni umumlashtirishi natijasida psixotexnikada maxsus yondoshuv professiografiyani shakllanishiga olib keldi. Bu yondashuvning mohiyati – kasblar tasviri umuman olganda professiografiyani oʻrganish, kasbning psixologik tavsifi va loyihalashtirishini oʻz ichiga oladi. Professiografiya - deganda kasblar va ularning bir – biridan farqlanuvchi ixtisoslar tomonidan inson oldiga qoʻyiladigan talablarni bayon qilish majmuasi tushuniladi. Professigrafiya – bu biror bir soha egasining shaxsiy hislatlariga, psixologik qobiliyatlariga,psixologik va fiziologik imkoniyatlariga qoʻyilgan talablarni oʻrganish usullari.
    Professiografiya natijalari professiogrammada aks etadi, u mehnat sharoitlari tasviri, ishchi huquq va majburiyatlari, muhim kasbiy sifatlari shuningdek, sogʻligʻiga qarshi koʻrsatmalarni oʻz ichiga oladi. Professiogrammaning muhim tarkibiy qismi - psixogramma boʻlib, u mutaxassisning motivatsion, iroda va emotsional sohasining tavsifi hisoblanadi. Psixogramma - kasbning psixologik portreti boʻlib, u aniq kasbda dolzarb boʻlgan psixologik funksiya guruhi bilan namoyon boʻladi. Professiografiyada ma’lum mehnat jarayonini tashkil etuvchi ob’yektlar belgilari, mehnat sub’yekti, mehnat predmeti vazifalari, vositalari va sharoitlari oʻrganiladi. Professiografiyaning asosiy tamoyillaridan biri kasbiy faoliyatni oʻrganishda differensial yondashuv tamoyili hisoblanadi.
    Bu tamoyilning mohiyati professiografiyaning aniq amaliy masalalarini echishga boʻysunishidir. Masalan, kasbiy konsultatsiya va kasbiy tanlov uchun shunday kasbiy muhim belgilarni ajratish kerakki, ular sinovdagilarning kasbiy layoqatiga koʻra farqlanishi lozim.

    Professiografiyaning psixologik asoslari


    Malaka darajasini aniqlash uchun mehnat vazifalari, kasbiy bilim, malaka, koʻnikma tavsifi muhim ahamiyatga ega. Kasbiy toliqishni oʻrganish uchun shunday belgilardan foydalanildiki, ular yordamida kasbiy toliqishning keltirib chiqaradigan omillarini aniqlaydi. Shunday qilib, profesiografiyaning differensial tamoyili kasbning oʻrganish usullarini uning tavsifi, mazmuni, shuningdek, qoʻllanilish sohasi ya’ni professiografiya oʻtkazish xususiyatlari uning maqsadlari bilan belgilanadi. Maqsadlari quyidagi faoliyat sohalari bilan bogʻlangan boʻlishi mumkin:
    1. Ishchilar attetsatsiyasi.
    2. Yangi kasblar mutaxassisliklarni loyihalashtirish.
    3. Optantlar profkonsultasiyasi va mutaxassislar tanlovi.
    4. Kasbiy ta’lim malaka tayyorgarligi va malaka oshirishni takomillashtirish.
    5. Shaxs kasbiy rivojlanishi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar.
    E.M.Ivanova professiografiyaning 4 ta guruhini taklif etadi: ma’lumotli, diagnostik, prognostik va metodik. Informatsion (ma’lumotli) professiografiya oktantlar, ya’ni, kasb tanlash zaruriyati oldida turgan shaxslar bilan kasbiy maslahat ishlari uchun moʻljallangan. Ular qatoriga oʻquvchilar, kasb bilim yurtlari bitiruvchilari, ishsizlar va kasblarni almashtirmoqchi boʻlganlar kirishi mumkin. Informatsion professiografiya ishlari maxsus kasbiy adabiyotlarni tahliliy va hujjatlarni oʻrganish orqali amalga oshiriladi. Diagnostik professiografiyalash mehnat samaradorligining pastligi mahsulot sifatining pastligi, avariya holati, travmatizm, kadrlar qoʻnimsizligi sabablarini aniqlash uchun oʻtkaziladi. Diagnostik professiografiyalash quyidagi masalalarni oʻz ichiga oladi.
    1. Faoliyat mazmuni: Mehnat predmeti va masalalari. Ish natijalari sifatiga qoʻyiladigan talablar.
    2. Mehnat qurollari: Ish turi va tartibi. Boshqarish organlari. Ish joyini tashkil etish.
    3. Mehnat sub’yektining faoliyati: Harakat turlari va ularning tavsifi. Ishni rejalashtirish va bajarish xarakteri. Kasb faoliyatiga xalaqit beruvchi omillar. Mehnat jarayonida uchraydigan xatolar, brak, travmalar turi.
    4. Mehnat sub’yektining faoliyati: Ishchilarning oʻzaro aloqalari tuzilmasi. Ishni rejalashtirish va nazorat.
    5. Kasbning mehnat sub’yekti shaxsiy psixologik va psixofiziologik sifatlariga qoʻyiladigan talablar.
    6. Mehnat sub’yekti faoliyatining past samaradorligi sabablarini tashxisi.
    7. Kasbiy faoliyatni takomillashtirish boʻyicha amaliy - eksperimental tekshiruv. Diagnostik professiografiyalash empirik ma’lumotlarni yigʻish usullari orqali amalga oshiriladi.
    Prognostik professiografiyalash kasbiy faoliyatni takomillashtirish boʻyicha asoslangan tavsiyalarni berish maqsadida qoʻllaniladi.
    1. Kasbning umumiy tavsifi: Kasb rivojlanishi tarixi va istiqbollari. Kasbiy faoliyatni bajarilishining ijtimoiy - iqtisodiy sharoitlari. Kasbiy muhit.
    2. Kasbiy dala va mazmuni va jihati: Kasbiy dala tavsifi. Kasbiy bilimni aniqlovchi omillar. Kasbiy bilimni rivojlanishi prognozi.
    3. Kasbiy ta’lim malaka oshirish: Kasbiy ta’lim darajasi. Kasbiy tayyorgarlik. Malaka oshirish.
    4. Ishchining kasbiy moyilligi: Mutaxassislik sohasining kengligi. Asosiy malakalar darajasi. Mutaxassislik va kasbni oʻzgartirish imkoniyati.
    5. Kasb istiqbolini baholash: Shaxsning kasbiy - psixologik potensiali. Ishchining kasbiy faolligi. Kasbiy oʻzini oʻzi takomillashtirish karyera.

    Xulosa
    Pragnostik professiografiyalash genetik usullarni, shuningdek modellashtiruvchi eksperimentlarni qoʻllaydi. Metodik professiografiyalash psixologga mehnat sub’yektining holati va muhim kasbiy sifatlarni oʻrganish usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Tadqiqot maqsadi va vazifalariga koʻra metodik professiografiyalash sxemasi ham oʻzgaradi. Masalan, kasbiy mehnat va hordiq tartibi, kasbiy toliqish, befarqlik, passivlikka boʻlgan ta’sirini oʻrganishda shunday sxema qoʻllaniladi.
    1. Mehnat sub’yekti faoliyatining mazmuni: Haraktlar turi va ularning tavsifi. Ishni rejalashtirish va bajarish xarakteri. Emotsional koʻrinishlar. Ish joyidagi noqulaylik turlari. Faoliyat jarayonida paydo boʻladigan xatolar, brak travma turlari.
    2. Mehnat sharoitlari: Sanitariya - gigienik muhit (havo darajasi, chang, namgarlik va boshqa). Jismoniy muhitning yoritilganligi, shovqin. Ish tartibi. Haq toʻlash va ragʻbat shakli.
    Mutaxassisning kasbiy mahoratini oʻrganishda professiografiyalashning quyidagi sxemasi qoʻllaniladi.
    1. Faoliyat mazmuni: Ishchilar malakasiga qoʻyiladigan talablar (kasbiy bilim, koʻnikma va malakalar, shuningdek, sifatlar va qobiliyatlar). Ishchilarning huquq va majburiyatlari.
    2. Mehnatni tashkillashtirish: Malaka oshirish. Kasbiy psixologik potensial. Ijodiy qobiliyatlar.
    3. Mehnat sub’yekti faoliyati: Harakatlar turi va ularning tavsifi. Ishni rejalashtirish va uni nazorat qilish. Faoliyat individualligining xususiyatlari.

    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. Асомова Р.З. Касб танлаш мотивасияси ва единая динамикаси. Псикс.фн.....дис.-Т., 2002. -137 б.
    2. Давлетшина М.Г., Шумаров Г.Б. "Психологи - педагогические аспекты проферентации и"
    3. Давлетшин М.Г., Тойчиева С.Умумий психология. O'quv qo'llanma. Т. 2002
    Download 17,62 Kb.




    Download 17,62 Kb.