23
qabul qilamiz, chunki ular ham ilohiy, ham eng buyuk insonlar tomondan
yaratilgan va avloddan avlodga o’z qadrini yo’qotmay kelayotgan qadriyatlardir.
Ijtimoiy ustnovkalarni o’zgartirishning eng sodda va qulay yo’li — bu ayni
vaziyatlar va ulardagi ta’sirlarni
qaytarishdir.
Bu qaytarish qayd qilingan obraz
sifatida inson ongida uzoq muddatli xotirada saqlanadi va vaziyat paydo
bo’lganda,
obyektivlashadi
, ya’ni o’z kuchini va mavjudligini ko’rsatadi.
Shuning uchun ham agar chet el tajribasiga murojaat qiladigan bo’lsak, u yerda
biror g’oyani ongga singdirish uchun bir odam yoki biror guruh o’z siyosiy,
mafkuraviy yoki boshqa qarashlarini bir xil so’zlar va iboralar, harakatlar bilan
qaytaraveradi va shu yo’l bilan ko’pchilikning ma’qullashiga erishadi. Ayniqsa,
saylov oldi tadbirlarida ana shu usul keng qo’llaniladi. Shulardan kelib chiqib,
ijtimoiy ustanovkalarni o’zgartirishning usullari va psixologik vositalari orqali
ham dunyoqarashni o’zgartirishga erishish mumkin.
5