Nutq va til to’g’risidagi tushuncha. Nutqning turlari va funksiyalari




Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/180
Sana14.05.2024
Hajmi1,78 Mb.
#231480
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   180
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Nutq va til to’g’risidagi tushuncha. Nutqning turlari va funksiyalari.
Yuqorida aytganimizdek, muloqotda biz tildan foydalanamiz. Til 
muloqotga kirishuvchilar o’rtasida aloqa bog’lanishini ta’minlaydi. Negaki, til 
shu maqsad uchun tanlangan so’zlar mohiyatiga ko’ra kodlashtirgan holda 
axborotni berayotgan kishi ham, uning kodini ochgan, ya’ni uning ma’nosini 
tushungan va shu axborot asosida o’z xulq–atvorini o’zgartirgan, bu axborotni 
qabul qilayotgan kishi ham tushunadi. Agar kodni tushunmaganda edi,
tomonlar bir–birini tushunmas va noto’g’ri hatti–harakatlar qilgan bo’lur edi.
Masalan, qadimgi Vavilondagi minora qurilishi.
Nutq – bu og’zaki kommunikasiya, ya’ni til yordamida muloqot o’rnatish 
jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron–bir mazmunni anglatadigan so’zlar 
og’zaki kommunikasiya vositasi hisoblanadi. So’zlar eshittirilib yoki ovoz 
chiqarmasdan aytilishi, yozib qo’yilishi yoki kar–soqov kishilarda ma’lum bir 
mazmunga ega bo’lgan imo–ishoralar vositasida almashtirilishi mumkin.
Quyidagi nutq turlari farq qilinadi: yozma va og’zaki nutq. O’z navbatida 
og’zaki nutq diologik va monologik nutqlarga bo’linadi. Og’zaki nutqning eng 
sodda turi 
diolog
, ya’ni biror narsani muhokama qilayotgan suhbatdoshlar 
nutqidir. Og’zaki nutqning ikkinchi turi 
monolog
nutq bo’lib, uni bir kishi 
boshqasiga yoki uni tinglayotgan ko’plab kishilarga qarata gapiradi. Bunga 


51 
o’qituvchining hikoyasi, o’quvchining kenggaytirilgan javobi, ma’ro’za va shu 
kabilar kiradi.
Dialog nutqda til qoidalariga unchalik rioya qilinmasa ham suhbatdoshlar 
bir–birlarini tushunaveradilar.
Yozma 
nutq insoniyat tarixida og’zaki nutqdan ancha keyin paydo 
bo’lgan. Yozuv tufayli odamlar to’plangan tajribalarni avloddan-avlodga 
to’lasicha yetkazish imkoni tug’ildi. Bordi-yu bu tajribalar og’zaki nutq tarzida 
o’tkazilganda bo’zilishi, o’zgarishi, hatto yo’kolib ketishi mumkin edi.
Masalan, bobokolonimiz Imom al-Buxoriy tomonidan «Hadis»larni yozma 
to’plashga o’tilganligi.
Yozma nutq ham dialog va monolog shakllarida uchraydi. Nutqning 
nerv – fiziologik mexanizmini eshitish va harakat analizatorlari tashkil etadi.
Chunki axborotni qabul qilish va uni boshqalarga berish uchun avvalo eshitish 
analizatorlari yaxshi ishlashi kerak. Gapirayotganda esa o’pka, og’iz 
muskullari faol harakatga keladi. Ayniqsa, artikulyasion apparat yaxshi ishlashi 
kerak. Buning faoliyatisiz birorta harf yoki so’z hosil bo’lmaydi. Nutqning 
nerv–fiziologik mexanizmlarini bosh miyadagi nutq markazlari ham tashkil 
etadi. Olimlarning, ayniqsa, A. R. Luriyaning tajribalari shuni ko’rsatadiki,
bosh miyadagi nutq markazlari ishdan chiqsa, nutqni tushunish yoki nutq 
so’zlash birdaniga izdan chiqar ekan. Biz o’zaro muloqotda til, nutqning 
o’zidangina foydalanib qolmasdan, balki qo’l, barmoq va yuz harakatlari,
imo–ishora, ohang, pao’za, kulgu, ko’z yoshi qilish va shu kabilardan ham 
foydalanamiz. Bular og’zaki kommunikasiya vositalari – so’zlarni to’ldiruvchi 
va kuchaytiruvchi, ba’zan esa o’rnini bosuvchi belgilar tizimini tashkil etadi.
Eng muhimi, kishi nutqni tarbiyalash bo’yicha oldiga aniq maqsad 
qo’yishi va ana shu maqsad asosida qat’iy mashqlar olib borishi lozim.
Masalan, kishi adabiy tilda so’zlashga o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib 
qo’ygan bo’lsa, faqat dars paytidagi javoblaridagina emas, har qanday 
sharoitda, har bir kishi bilan bo’lgan muloqotda ham o’zini gaplarini nazorat 
qilib borishi, shevachilikka yo’l qo’ymasligi lozim. O’z–o’zini nazorat qilish 
bo’lmasa kishi Hech qachon nutq madaniyatini, muomala madaniyatini egallay 
olmaydi, u notiq bo’la olmaydi.

Download 1,78 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   180




Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nutq va til to’g’risidagi tushuncha. Nutqning turlari va funksiyalari

Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish