48
faoliyati shu qadar murakkab va serqirraki, uning mexanizmlarini o’rganish,
guruhlarda to’g’ri munosabatlarni tashkil etish va odamlarni samarali muloqotga
o’rgatish muammosi bugungi ijtimoiy psixologiyaning muhim masalalaridandir.
Ma’lumki, gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi,
eshitadi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o’zaro
mosligi, bir-birini to’ldirishiga bog’liq ekan. Noto’g’ri tasavvurlardan biri
shuki, odamni muomala yoki muloqotga o’rgatganda, uni faqat gapirishga,
mantiqan asoslangan so’zlardan foydalanib, ta’sirchan gapirishga o’rgatishadi.
Uning ikkinchi tomoni — tinglash qobiliyatiga deyarli e’tibor berilmaydi.
Mashhur
amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi «Yaxshi suhbatdosh —
yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan
suhbatdoshdir» deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan
bo’lishini nazarda tutgan edi.
Mutaxassislarning aniqlashlaricha, ishlayotgan odamlar vaqtining 45%i
tinglash jarayoniga ketar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda bo’ladiganlar
35 — 40% oylik maoshlarini odamlarni «tinglaganlari» uchun olarkanlar.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki,
kommunikasiyaning eng qiyin
sohalaridan hisoblangan tinglash qobiliyati odamga ko’proq foyda keltirarkan.
Shuning uchun bo’lsa kerak, nemis faylasufi A. Shopengauer
«Odamlarni o’zingiz to’g’ringizda yaxshi fikrga ega bo’lishlarini xohlasangiz,
ularni tinglang» deb yozgan ekan. Darhaqiqat, agar siz kuyunib gapirsangizu,
suhbatdoshingiz sizni tinglamasa, boshqa narsa bilan ovora bo’laversa, undan
ranjiysiz, nafaqat ranjiysiz, balki u bilan aloqani ham o’zasiz. O’qituvchi
gapirayotgan paytda uni tinglamaslik odobsizlikning
eng keng tarqalgan
ko’rinishi deb baholanishini bilasizmi?
Nima uchun biz ko’pincha yaxshi gapiruvchi, so’zlovchi bo’la olamiz-u,
yaxshi tinglovchi bo’la olmaymiz? Psixologlarning fikricha, asosiy halaqit
beruvchi narsa — bu bizning o’z fikr—o’ylarimiz va hohishlarimiz og’ushida
bo’lib qolishimizdir. Shuning uchun ham ba’zan rasman sherigimizni
tinglayotganday bo’lamiz, lekin aslida hayolimiz boshqa yerda bo’ladi.
Tinglashning ham xuddi gapirishga o’xshash texnikasi, usullari mavjud.
Ularning turi ham ko’p, lekin asosan biz kundalik hayotda uning ikki usulini
qo’llaymiz: