• A) Muloqotning kommunikativ tomoni
  •   2. Muloqotning tomonlari




    Download 1,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/180
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,78 Mb.
    #231480
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   180
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

     


    42 
    2. Muloqotning tomonlari. 
     
    Muloqotning kommunikativ tomoni ― muloqotlarga kirishuvchilar o’rtasidagi
    ma’lumot almashinuvi jarayoni.
    Muloqotning perseptiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini 
    idrok etishlari va tushunishlari bilan bog’liq bo’lgan murakkab psixologik 
    jarayon.
    Muloqotning interaktiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning xulq-atvoriga 
    ta’siri.
    Endi muloqotning har bir tarkibiy qismi bilan alohida tanishib chiqamiz. 
    A) Muloqotning kommunikativ tomoni
    ― shaxslararo axborotlar, bilimlar 
    g’oyalar, fikrlar almashinuvi. Bu jarayonning asosiy vositasi ―til. ( yozma-
    og’zaki, monologik-dialogik nutq) Diologik nutqning mazmuni, xarakteri, 
    davomiyligi 
    muloqotga 
    kirishgan 
    shaxslarning 
    shaxsiy 
    qarashlariga, 
    qiziqishlariga, bir-birlariga bo’lgan munosabatlariga, maqsadlariga bevosita 
    bog’liq bo’ladi. O’qituvchi-o’quvchi, siyosiy rahbarlarning, diplomatlarning, 
    dugonalarning suhbati bir-biridan farq qiladi. Monologik nutq bir kishining 
    boshqa kishiga murojaati― fikrlarning mantiqan tugal bo’lishi, grammatik 
    qonun-qoidalarga rioya kilish kerak. Odamlarning muloqot jarayonida 
    so’zlardan tashqari turli xil harakatlardan, qiliqlardan, holatlardan, kulgu,
    ohanglardan ham foydalanadilar. Mimika, ko’z qarashlar, to’xtashlar (pauza) 
    ifodalari va hokazo. Buyuk rus yozuvchisi L. Tolstoy odamlarda 97 xil kulgu 
    turi, 85 xil ko’z qarashlar turi borligini kuzatgan. Andreyevaning yozishicha, 
    odam yuz ifodalari, nigoxlarining 2000 ga yaqin ko’rinishlari bor. 
    Bu noverbal muloqot vositalarining milliy va xududiy xususiyatlari bor. 
    Masalan: o’zbek xalqining muloqot jarayoni boy, o’zaro munosabatlarning 
    bevosita xarakteri unda shunday vositalarning ko’proq ishlatilishi bilan bog’liq. 
    Bolgarlar biror fikrni tasdiqlamoqli bo’lishsa, boshlarini chayqashadi, inkor 
    etmoqchi bo’lishsa, bosh siltashar ekan. 
    Noverbal muloqotda suhbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari ham 
    ahamiyatga ega: Masalan, ayollar xissiyotga berilganligi uchun bir – birlari 
    bilan yaqin turib gaplashar ekanlar, erkaklar o’rtasida masofa bo’lar ekan.
    O’quvchilarni partada orqama – ketin o’tqazgandan ko’ra doira shaklida 
    o’tqazilsa, ularda javobgarlik xissi yuqoriroq bo’lar ekan, Emotsiyalar 
    almashgani uchun ham guruhdagi psixologik vaziyat ijobiy bo’lib, bolalarning 
    predmetga va bir – birlariga munosabatlari ancha yaxshi bo’lar ekan.
    Demak ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etishda muloqotning barcha 
    vositalariga, ayniqsa, nutqka e’tibor berish kerak. Bolalarni ilk yoshlik 
    chog’laridanoq nutq madaniyatiga o’rgatish, nutqlarini o’stirish choralarini 
    ko’rish zarur. Pedagog ham nutq madaniyatiga ega bo’lishi kerak.

    Download 1,78 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   180




    Download 1,78 Mb.
    Pdf ko'rish