• Identifikasiya
  • Stereotiplashtirish
  • B) Muloqotning perseptiv tomoni




    Download 1,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/180
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,78 Mb.
    #231480
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   180
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    B) Muloqotning perseptiv tomoni.
     
    Muloqot jarayonida odamlar bir-birlari 
    bilan ma’lumotlar almashib, o’zaro ta’sir ko’rsatibgina qolmay, balki bir-
    birlarini to’g’riroq va aniqroq anglashga, tushunishga va idrok qilishga harakat 
    qiladilar. Bu tomon shaxsiy idrok va tushunish muammosi bilan bog’liqdir. 
    Birgalikdagi faoliyat jarayonida shaxslarniig bir-birlarini to’g’ri tushunishlari na 
    aniq idrok qilishlari muloqotning samarali bo’lishini ta’minlaydi. Rus psixologi 


    43 
    A.A. 
    Bodalev 
    boshchiligidagi 
    laboratoriya 
    bir-birlarini 
    idrok 
    qilish 
    mexanizmlarini aniqlash borasida qator psixologik qonuniyatlarni kuzatgan.
    Bunday mexanizmlarga: 
    identifikasiya; 
    refleksiya; 
    stereotiplashtirish kiradi.
    Identifikasiya
    shunday psixologik xodisaki, bunda suhbatdoshlar bir-
    birlarini to’g’riroq idrok qilish uchun o’zlarini bir-birlarining o’rniga qo’yib 
    ko’rishga harakat qiladilar. Ya’ni, o’zidagi bilimlar, tasavvurlar, hislatlar 
    orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilish, o’zini birov bilan solishtirish 
    (ongli yoki ongsiz)
    identifikasiyadir.
    Masalan, birinchi marta uchrashuvga 
    ketayotgan yigitning ichki holatini uning o’rtog’i yoki akasi tushunishi mumkin.
    Refleksiya
    muloqot jarayonida suhbatdoshning pozisiyasidan, xolatidan 
    turib, o’zini tasavvur qilishdir, ya’ni ref
    leksiya, boshqa odamning idrokiga 
    taalluqli bo’lib o’ziga birovning ko’zi bilan qarashga intilishdir.
    Chunki, busiz 
    odam muloqot jarayonida o’zini aniq bilmasligi, noto’g’ri muloqot formalarini 
    tanlashi mumkin.
    Stereotiplashtirish
    odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib 
    o’rnashib qolgan ko’nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish 
    hollaridir.
    Ijtimoiy stereotiplar har bir shaxsda u yoki bu guruhli kishilar 
    haqida shakllangan obrazlardir. A. A. Bodalev va uning shogirdlari bunday 
    stereotiplar ba’zan muloqotni to’g’ri yo’nalganligini ta’minlasa, boshqa 
    hollarda esa undagi xatoliklarning sababi bo’lishi mumkinligini kuzatishgan.
    Idrok va tushunish borasidagi bunday xatoliklar kao’zal atribusiya (lotincha 
    causa-sabab, atributio-qo’shib qo’yaman degan so’zdan olingan), ya’ni sababiy 
    belgilar yoki sababiy izohlash deb ataladi. Masalan, o’qituvchi bilan 
    hamsuhbat bo’lib qolgan odamda suhbat boshidayoq “hozir odob-ahloqdan dars 
    berishni boshlamasmikan" degan shubha paydo bo’lishi mumkin. Bu ham 
    stereotip. Bundan tashqari, odamlar birinchi marta ko’rgan odam to’g’risida 
    tasavvurga ega bo’lish maqsadida uning tashqi qiyofasi bilan xarakteri o’rtasida 
    bog’liqliklar o’rnatishga harakat qilarkan, shunday bog’liqliklarni aniqlash 
    maqsadida A. A. Bodalev talabalar guruhiga turlicha qiyofali shaxslarning 
    fotosuratlarini ko’rsatgan. 72 kishidan 9 tasi iyagi katta kishilar kuchli iroda 
    egalari ekanligini, 17 tasi peshonasi keng odamlar aqlli ekanliklarini, 3 kishi 
    sochi qattik odamlarning qaysarroq, qatiy ekanliklarini, 5 kishi kichik bo’yli 
    odamlar hokimiyatga intilgan, boshqalar ustidan buyruq berishga moyil,
    chiroyli odamlar yo o’ta o’ziga bino qo’ygan yoki nodon bo’lishligini aytishgan 
    va hokazo.
    Tabiiyki, bunday fikrlar mutlaq to’g’ri emas, lekin kishilar ongida 
    avloddan-avlodga 
    o’tib 
    kelayotgan 
    tasavvurlar 
    shunday 
    obrazlarni 
    shakllantirgan. Notanish odam haqida tushunchaning shakllanishida u haqida 
    berilgan birlamchi ma’lumot katta rol o’ynaydi. Masalan, talabalarning ikki 
    guruhiga bir xil portret ko’rsatib, birinchi guruhda bu odam yirik olim,
    ikkinchisida esa, bu — davlat jinoyatchisi deb, unga ikkala holda ham ijtimoiy-
    psixologik xarakteristika berishlarini so’ragan. Ko’rsatmalar har xil bo’lganligi 


    44 
    sababli berilgan ta’riflar ham har xil bo’lgan. Birinchi guruhdagi talabalar bu 
    odam mehnatkash, mehribon, shafqatli, g’amxo’r, aqlli bo’lsa kerak,
    deyishgan bo’lsa, ikkinchi guruhdagilar uni – beshafqat, makkor, qatiyatli deb 
    ta’riflashgan. Birinchi guruhdagilar portretdagi ko’zlarni dono, muloyim 
    deyishgan bo’lsa, boshqalar ularni yovo’z, beshafqat deb aytishgan.
    Shunday qilib, ijtimoiy persepsiya yoki odamlarning bir-birlarini to’g’ri 
    idrok etish va tushunish jarayoni muloqotning muhim muammolaridan biridir.
    Bu jarayon psixologik jihatdan murakkab bo’lib, unda muloqotga kirishayotgan 
    tomonlarning har biri alohida ana shu idrokning ham obyekti, ham subyekti 
    bo’lib faoliyat ko’rsatadilar. Idrokning obyekti sifatida shaxs qaralganda, unda 
    hosil bo’ladigan “boshqa odam obrazi" ning barcha sifatlari va qirralari nazarda 
    tutiladi. Bunday obraz paydo bo’lishiga xizmat qiladigan belgilarga: o’sha 
    odamning tashqi qiyofasi, uning kiyinishi, o’zini to’tishi, hissiy holati, ovozi,
    nutqi, qiliqlari, yurishi va hokazolar kiradi. Lekin shularning ichida odamning 
    yuzi
    muloqot mobaynida suhbatdoshga eng ko’p ma’lumot beradigan 
    obyektdir. Shuning uchun ham telefonda suhbatlashgandan ko’ra yuzma-yuz 
    suhbatlashish ancha oson va axborotlarga boydir.
    Odamlarning bir-birlarini to’g’ri idrok etishlari ularning perseptiv, ya’ni 
    hissiy bilish (idrok sezish) sohasiga aloqador bo’lsa, bir-birlarini tushunishi 
    ularning tafakkur sohalariga bevosita bog’liq murakkab jarayondir. Boshqa 
    odamni to’g’ri tushungan shaxs uning hissiy holatiga kira olgan hisoblanadi,
    boshqacha qilib aytganda, unda 

    Download 1,78 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   180




    Download 1,78 Mb.
    Pdf ko'rish