harakat dasturi va maqsad.
Harakat dasturi maqsadga
erishishing vositalariga aniqlik kiritadi. Shuning uchun ham dasturda nazarda
tutilgan vositalar maqsadga erishishni oqlashi kerak, aks holda dastur xech
narsa bermaydi. Masalan, ba’zi ota-onalar farzandlarini yaxshi tarbiyalash va
undan ideallaridagi shaxs yetishib chiqishini orzu qilib, uning oldiga juda og’ir
tarbiyaviy shartlarni qo’yadilar, bola erkinligi bo’g’iladi, u qat’iy nazorat
muhitida ushlanadi. Oqibatda bola keyinchalik boshqarib bo’lmaydigan,
qaysar, uncha-muncha tashqi ta’sirga berilmaydigan bo’lib qolib, har qanday
boshqa ijtimoiy sharoitda qiynaladigan bo’lib qoladi. Shuning uchun ham motiv
har doim anglangan, extiyojlar muvofiqlashtirilgan va maqsadlar va unga yetish
vositalari aniq bo’lishi kerak. Shundagina ijtimoiy xulq jamiyatga mos bo’ladi.
Motivlarning turlari.
O
damda turli ishlarni bajarishini ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv
bor:
muvaffaqiyatga erishish motivi
hamda
muvaffaqiyatsizliklardan
qochish motivi.
Shunday motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida
muvaffaqiyatga erishish motivi
bo’lib, bunday nazariyaning asoschilari
36
amerikalik olimlar D.Maklelland, D.Atkinson va nemis olimi X. Xekxao’zenlar
hisoblanadi. Odamlar ham u yoki bu turli faoliyatlarni kirishishda qaysi
motivga mo’ljal qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan, faqat muvaffaqiyat
motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki,
nima qilib bo’lsa ham yutuqqa erishish ular uchun oliy maqsad bo’ladi. Ular
hali ishni boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga
oshirishsa, odamlar ularning barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu
yo’lda ular nafaqat o’z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashqi
imkoniyatlar — tanish-bilishlar, mablag’ kabi omillardan ham foydalanadilar.
Boshqacha xulq-atvorni muvaffiqiyatsizlikdan qochish motiviga tayangan
shaxslarda kuzatish mumkin. Masalan, ular birinchilardan farqli, ishni
boshlashdan avval nima bo’lsa ham muvafaqiyatsizlikka duchor bo’lmaslikni
o’ylaydilar. Shu tufayli ularda ko’proq ishonchsizlik, yutuqqa erishishga
ishonmaslik, pessimizmga o’xshash holat kuzatiladi. Shuning uchun bo’lsa
kerak, oxir-oqibat ular baribir muvaffaqiyatsizlikka uchrab, «O’zi sira omadim
yurishmaydigan odamman-da» degan xulosaga keladilar. Agar birinchi toifali
shaxslar bir ishni muvaffaqiyatli tugatgach, ko’tarinki ruh bilan ikkinchi ishga
kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, har qanday ishni yakunlagandan so’ng,
uning natijasidan qat’iy nazar, ruhan tushkunlikka tushadilar va og’rinish hissi
bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu o’rinda
talabchanlik
degan sifatning roli
katta. Agar muvaffaqiyatga yo’nalgan shaxslarning o’zlariga nisbatan qo’ygan
talablari darajasi ham yuqori bo’lsa, ikkinchi toifa vakillarining talablari
aksincha, past bo’ladi. Bunday tashqari har birimizdagi o’zimizdagi real
qobiliyatlar to’g’risidagi tasavvurlarimiz ham ushbu motivlarning faoliyatdagi
o’rniga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, o’zidagi qobiliyatlarga ishongan shaxs
xattoki, mag’lubiyatga uchrasa ham, unchalik qayg’urmaydi, keyingi safar
hammasi yaxshi bo’lishiga ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan
tanbeh yoki tanqidni ham juda katta ruhiy azob bilan qayg’urib boshdan
kechiradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg’urish sifati
ham ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi.
Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va
o’z-o’ziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarini
ham belgilaydi. Ularning har birimizda real shart-sharoitlarda namoyon
bo’lishini
biror
mas’uliyatli
ish
oldidan
o’zimizni
to’tishimiz
va
muvaffaqiyatlarga erishishimiz bilan baholasak bo’ladi. Masalan, mas’uliyatli
imtihon topshirish jarayonini olaylik. Ba’zi talabalar imtihon oldidan juda
qayg’uradilar, hattoki, qo’rqadilar ham. Ular uchun imtihon topshirish juda
katta tashvishday. Boshqalar esa bu jarayonni bosiqlik bilan boshdan kechirib,
ichidan hayajonlanayotgan bo’lsalar ham, buni boshqalarga bildirmaydilar.
Yana uchinchi toifa kishilari umuman beg’am bo’lib, sira koyimaydilar. Tabiiy,
shunga muvofiq tarzda, har bir toifa vakillari ishining muvaffaqiyati va
faoliyatning samarasi turlicha bo’ladi. Bunga har bir shaxsdagi da’vogarlik
darajasi ham ta’sir qiladi. Da’vogarlik darajasi yuqoriroq bo’lganlar bilgan-
bilmaganini isbot qilishga urinsalar, ana shunday darajasi pastlar bor bilganini
ham yaxshi aytib berolmay, yana o’qituvchi bilan tortishmaydilar ham.
37
Shuning uchun ham har birimiz ijtimoiy faoliyat motivlaridan tashqari,
shaxsiy hislatlarimizni ham bilishimiz va ongli tarzda xulqimizni boshqara
olishimiz kerak.
|