• 50. O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan qachon “SHanhay forumiga” a’zo bo‘lgan (shundan so‘ng 1996 yil tashkil topgan “SHF” “SHHT” deb yuritila boshlangan).
  • Psixologiyada akt




    Download 286,58 Kb.
    bet30/46
    Sana07.01.2024
    Hajmi286,58 Kb.
    #131496
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46
    Bog'liq
    Psixologiyada akt-fayllar.org (1)

    MODUL BO’YICHA TESTLAR



    1. Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida ... dan ortiq qonunlar hamda ... dan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilindi.


    *a) 30 dan ortiq qonunlar va 900 dan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilindi.
    b) 20 dan ortiq qonunlar va 1000 dan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilindi.
    c) 10 dan ortiq qonunlar va 700 dan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilindi.
    d) 50 dan ortiq qonunlar va 900 dan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilindi.

    2. 2017 yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda alohida e’tibor fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining real himoya qilinishini ta’minlash qaysi tamoyil ostida amalga oshirildi?


    а) “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” tamoyili asosida.
    *b) “Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun” tamoyili asosida.
    c) “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi
    kerak” tamoyili asosida.
    d) “Inson hamma narsadan ustun” tamoyili asosida.

    3. SHavkat Mirziyoev “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, nomli asarida O‘zbekiston Prezidenti sifatida qaysi yangi va g‘oyat mas’uliyatli vazifalar haqida to‘xtalib o‘tgan?


    a) Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov boshlab bergan keng ko‘lamli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yo‘lini xech og‘ishmasdan, qat’iy va izchil davom ettirish. Mamlakatimizda hukm surayotgan millatlar va fuqarolar totuvligi, o‘zaro hurmat va mehr oqibat muhitini asrash.
    b) Adolatparvarlikni ustun qo‘yish bu borada Amir Temurning “Adolat har bir ishda hamrohimiz va dasturimiz bo‘lsin” degan purma’noli so‘zlari har birimiz uchun hayotiy etiqodga aylantirish, iqtisodiyotimizni barqaror sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlash.
    c) Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o‘zgarishlarning samarasiga erishishda avvalo aholining moddiy ahvoli va hayot darajasi va sifatini oshirishga e’tibor qaratish, aholi bilan doimiy ravishda muloqot o‘rnatish, qonuniy talablari, so‘rov va takliflarini amalga oshirish uchun aniq chora tadbirlar ko‘rish.
    *d) A)V)S)

    4. 2017 yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda SHaharlar va qishloqlarda umumiy turar joy maydoni ... million kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan namunaviy va ko‘p qavatli uylar qurildi. Turar joy qurilishi hajmlari 2010 yilga nisbatan ... baravarga oshdi.


    a) 4,5 – 4,5
    b) 5,5 – 4,4
    c) 3,5 – 4,5
    *d) 3,5 – 3,5

    5. 2017 yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda Millatlararo tinchlik va totuvlikni, puxta o‘ylangan va o‘zaro manfaatli tashqi siyosat amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda qanday ijobiy ishlar amalga oshirildi?

    a) 21 ta oliy darajadagi tashrif amalga oshirildi, 60 ta davlat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi,
    b) 400 dan ortiq kelishuvlarga erishildi, 60 milliard AQSH dollaridan ortiq qiymatdagi bitimlar imzolandi.
    c) Markaziy Osiyo hududida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratildi
    *d) A) V) S)

    6. 2018 yil 1 apreldan boshlab Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi davlat soliq xizmati organlarining bo‘shayotgan nechta shtat birliklarini prokuratura organlariga o‘tkazgan holda tugatiladi?


    *a) 228 ta.
    b) 223 ta.
    c) 224 ta.
    d) 225 ta.

    7. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ko‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida kimlar 2023 yil 1 yanvarga qadar muddatga yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari, barcha turdagi soliq va majburiy to‘lovlar to‘lashdan ozod qilinishi belgilandi?


    a) yuqori texnologiyali tadbirkorlik loyihalari-startaplarni birgalikda moliyalashtirish uchun tashkil qilinadigan venchur fondlar;
    b) venchur fondlardan birgalikda moliyalashtiriladigan yuqori texnologiyali loyihalar-startaplar; ilmiy-tadqiqot muassasalari, innovatsion markazlar, loyiha-konstruktorlik byurolari o‘zlarining yangi texnologiyalarini tadbirkorlarga sotishdan (foydalanishga berishdan) olingan daromadlar bo‘yicha;
    c) yangi texnologiyalarni mahalliy tadbirkorlikka transfer qiluvchi tashkilotlar bu faoliyatdan olingan daromadlari bo‘yicha;
    *d) A)V)S)

    8. Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlar nimalarga e’tibor qaratishi belgilangan?


    a) eng avvalo zamonaviy ishlab chiqarishni joriy etishga mo‘ljallangan innovatsion g‘oyalar hamda texnologiyalarni, faol tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga,
    b) hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror o‘sishi va aholining hayot darajasi hamda farovonligini oshirishga ko‘maklashuvchi fan va innovatsion faoliyatni jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga,
    c) ilg‘or fikrlaydigan, tashabbuskor va mas’uliyatli xodimlar hamda fuqarolarni har tomonlama amaliy qo‘llab-quvvatlashga; “Har bir davlat xizmatchisi har kuni o‘zining mehnati bilan egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlashi shart” degan qoidani ro‘yobga chiqarishga,
    d) A) V) S).

    9. Davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoev ilk bor qachon parlamentga tarixiy Murojaatnomasini yo‘llagan?


    *a) 2017 yil 22 dekabr kuni.
    b) 2018 yil 22 yanvar kuni.
    c) 2017 yil 21 dekabr kuni.
    d) 2017 yil 25 dekabr kuni.

    10. Harakatlar strategiyasini "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasi ishlab chiqilib qachon aholi muhokamasiga qo‘yildi?


    a) 2018 yil 1-2 yanvar kunlari
    *b) 2018 yil 10-20 yanvar kunlari
    c) 2017 yil 10-20 dekabr kunlari.
    d) 2017 yil 12 dekabr kuni.

    11. 2018 yil Davlat dasturi loyihasini muhokama qilish davomida fuqarolardan qancha taklif va sharh kelib tushdi?


    a) 4.5 mingta,
    b) 4.7 mingta,
    *c) 4.4 mingta,
    d) 4.8 mingta.

    12. "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili" Davlat dasturi nechta bo‘limdan iborat?


    *a) 5 bo‘limdan iborat.
    b) 4 bo‘limdan iborat.
    c) 3 bo‘limdan iborat.
    d) 7 bo‘limdan iborat.

    13. "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili" Davlat dasturi doirasida qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan?


    a).Davlat dasturi doirasida 37 ta qonun (Saylov kodeksi, "Davlat xizmati
    to‘g‘risida", "SHaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risida", "Nogironligi
    bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida", "Fan to‘g‘risida", "Innovatsion
    faoliyat to‘g‘risida"gi va boshqalar)ni ishlab chiqish,
    b) 142 ta normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish hamda turli sohalarni qamrab
    oladigan 52 ta amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
    c) A) V) D)
    d) 2018-2021 yillarda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini
    takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyani ishlab chiqish, shaxsni jinoiy
    javobgarlikka tortish muddatlarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

    14. "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili" Davlat dasturi doirasida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga qancha mablag‘ yo‘naltirilgan.


    *a) 11,2 trillion so‘m va 1,3 milliard AQSH dollari yo‘naltiriladi.
    b) 11 trillion so‘m va 1 milliard AQSH dollari yo‘naltiriladi.
    c) 1,2 trillion so‘m va 1,5 milliard AQSH dollari yo‘naltiriladi.
    d) 2 trillion so‘m va 1 milliard AQSH dollari yo‘naltiriladi.

    15. “Harakatlar strategiyasi”ning IV tamoyili Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilang.


    a) Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish:
    b) Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, YOshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish,
    *c) Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish, Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, YOshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish,
    d) Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish, YOshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish.

    16. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash “Harakatlar strategiyasi”ning qaysi tamoyilining nechinchi ustuvor yo‘nalishi?


    *a) Ikkinchi tamoyilning 2 yo‘nalishi.
    b) Uchinchi tamoyilning 3 yo‘nalishi.
    c) To‘rtinchi tamoyilning 2 yo‘nalishi.
    d) Ikkinchi yo‘nalishning 3 tamoyili.

    17. «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish “Harakatlar strategiyasi”ning qaysi tamoyilining nechinchi ustuvor yo‘nalishida belgilangan?


    a) Ikkinchi tamoyilning 2 yo‘nalishi.
    b) Uchinchi tamoyilning 3 yo‘nalishi.
    *c) Birinchi tamoyilning 2 yo‘nalishi.
    d) Ikkinchi yo‘nalishning 3 tamoyili.

    18. Atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon etkazadigan ekologik muammolarni oldini olish “Harakatlar strategiyasi”ning qaysi tamoyilining nechinchi ustuvor yo‘nalishida belgilangan?


    a) Ikkinchi tamoyilning 2 yo‘nalishida.
    *b) Beshinchi tamoyilning 1 yo‘nalishida.
    c) Birinchi tamoyilning 2 yo‘nalishida.
    d) Ikkinchi yo‘nalishning 3 tamoyilida.

    19. “Harakatlar strategiyasi”ning V tamoyili 1yo‘nalishi Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarini belgilang.


    *a) O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish, axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik ko‘rsatish, fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash, davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;
    b) Atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon etkazadigan ekologik muammolarni oldini olish, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish,
    *c) A)V)
    d) Fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash, davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish, atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon etkazadigan ekologik muammolarni oldini olish, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish.

    20. O‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish “Harakatlar Strategiyasi”ning Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan qaysi yo‘nalishiga tegishli?


    a) Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish.
    *b)YOshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish.
    c) Aholini ijtimoiy himoya qilish.
    d) Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish.

    21. “Haraktlar strategiyasi”ning Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarida Xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berishda qaysi tamoyilni qo‘llash belgilangan?


    *a) “Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi”,
    b) “Eng ustuvor vazifa xalqni rozi qilish”,
    c) “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun”,
    d) to‘g‘ri javob yo‘q.

    22. “Yoshlarga oid Davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun nechta moddadan iborat?


    a) 3 bob, 33 moddadan iborat,
    *b) 4 bob, 33 moddadan iborat,
    c) 5 bob, 34 moddadan iborat,
    d) 6 bob, 34 moddadan iborat,

    23. 2016 yil 14 sentyabr qabul qilingan № O‘RQ 406-sonli “YOshlarga oid Davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun qaysi ayrim Qonun xujjatlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi?


    a) O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi 429-XII-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini kuchga kiritish tartibi haqida»gi 430-XII-sonli Qarori,
    b) O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 1 mayda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 621-I-sonli Qonuni I bo‘limining 3-bandi, O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 30 aprelda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 621-II-sonli Qonunining III bo‘limi;
    c) O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida»gi 714-II-sonli Qonuni I bo‘limining 8-bandi, O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrda qabul qilingan «Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘RQ-197-sonli Qonunining 3-moddasi.
    *d) A)V)S)

    24. “YOshlarga oid Davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun 7-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari nimalardan iborat?


    a) yoshlarga oid davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi, yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi, yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi,
    b) yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalarning faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi, yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishning borishini umumlashtirish va tahlil qilishni tashkil etadi hamda uni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi, yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish masalalari bo‘yicha davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining hamkorligini ta’minlaydi,
    c) yoshlarga oid davlat siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin,
    d) A)V)S)

    25. “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz” deya yurtboshimiz SHavkat Mirziyoev qaysi ma’ruzasida aytib o‘tgan?


    a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida,
    b) SHavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida,
    *c) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida,
    d) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning mamlakatimizni
    2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida.

    25. SHavkat Mirziyoevning “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” nomli asarida ta’lim sohasiga oid nechta ustuvor vazifalarini ta’kidlab o‘tgan?


    a) 4ta
    *b) 5ta
    c) 6ta
    d) 7ta

    26. SHavkat Mirziyoevning 2016 yil saylov oldi dasturlari asosida saylovchilar vakillari bilan o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida so‘zdagan nutqlari o‘rin olgan asarini belgilang?


    *a) “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”. Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017.
    b) “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”. Toshkent:. “O‘zbekiston” 2017.
    c) “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”.
    Toshkent: “O‘zbekiston” 2017.
    d) “Erkinvafarovon, demokratikO‘zbekistondavlatinibirgalikdabarpoetamiz” Toshkent: “O‘zbekiston” 2016.

    27. SHavkat Mirziyoevning 2016-2017 yillar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi, Vazirlar mahkamasining yig‘ilishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda, turli soha vakillari bilan uchrashuvlarda, Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi Ishlar vazirlari kengashining 43 – sessiyasida, xalqaro anjumanlar, tadbir va marosimlarda (jami 37 ta) so‘zlagan nutq va ma’ruzalari hamda tabriklari o‘rin olgan


    asarini belgilang.
    a) “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”. Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017.
    b) “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”. Toshkent:. “O‘zbekiston” 2017.
    c) “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”.
    Toshkent: “O‘zbekiston” 2017.
    *d) “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz” –Toshkent: “O‘zbekiston”, 2018.

    28. SHavkat Mirziyoevning “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” nomli asari qaysi ma’ruzasi asosida tuzilgan?


    a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida,
    b) SHavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida,
    *c) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida,
    d) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning mamlakatimizni
    2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida.

    29. SHavkat Mirziyoevning Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi asosida tuzilgan asarini belgilang.


    a) “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”. Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017
    b) “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”. Toshkent:. “O‘zbekiston” 2017.
    *c) “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”.
    Toshkent: “O‘zbekiston” 2017.
    d) “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz” 1.–Toshkent: “O‘zbekiston”, 2018.
    30. SHavkat Mirziyoevning “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” nomli asarida Andijon viloyati saylovoldi dasturi bilan saylovchilar vakillari bilan uchrashuvining nomini belgilang.
    *a) Zamon bilan hamnafas diyor,
    b) Oltin vodiy durdonasi,
    c) Go‘zal va betakror o‘lka,
    d) Mamlakatimizning javohir xazinasi,

    31. SHavkat Mirziyoevning “Bizning havas qilsa arziydigan tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman Xudo xohlasa havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz ham albatta bo‘ladi.” degan so‘zlari qaysi asarini yakunlagan?


    *a) “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”. Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017.
    b) “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”. Toshkent:. “O‘zbekiston” 2017.c)“Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”.
    Toshkent: “O‘zbekiston” 2017.
    d) “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz” 1.–Toshkent: “O‘zbekiston”, 2018.

    32. SHavkat Mirziyoevning Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida so‘zlagan nutqi qaysi asaridan o‘rin olgan?


    a) “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”. Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017.
    b) “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi”. Toshkent:. “O‘zbekiston” 2017.
    c) “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”.
    Toshkent: “O‘zbekiston” 2017.
    *d) “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz” 1.–Toshkent: “O‘zbekiston”, 2018.

    33. SHavkat Mirziyoevning “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi davlat va jamiyat uchun rahbar kadrlar tayyorlab beradigan o‘ziga xos markaz bo‘lishi, zamonaviy tilda aytiladigan bo‘lsak, yoshlar uchun “sotsial lift” vazifasini bajarishi kerak. U bilimli, tashabbuskor va tashqilotchi, fidoiy yosh rahbarlarning kadrlar zahirasini yaratishi kerak” degan jumlalari qaysi nutqidadan o‘rin olgan?


    *a) Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida so‘zlagan nutqida (2017 yil 30 iyun)
    b) SHavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida (2016 yil 14 dekabr).
    c) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida (2016 yil 7 dekabr).
    d) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida (2017 yil 30 iyun).

    34. SHavkat Mirziyoevning “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz” deb nomlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va senatining qo‘shma majlisidagi nutqi qachon bo‘lib o‘tgan?


    a) 2016 yil 30 dekabrda.
    *b) 2016 yil 8 sentyabrda
    c) 2016 yil 30 sentyabrda.
    d) 2016 yil 14 dekabrda.

    35. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qachon e’lon qilindi?

    a) 2017 yil 27 noyabrdagi PQ-3404-son qarori
    b) 2017 yil 18 dekabrdagi PQ-3437-son qarori
    *c) 2018 yil 3 fevraldagi PQ-3504-son qarori.
    d) 2017 yil 21 noyabrdagi PQ-3402-son qarori.

    36. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qachon e’lon qilindi?


    *a) 2017 yil 27 noyabrdagi PQ-3404-son qarori
    b) 2017 yil 18 dekabrdagi PQ-3437-son qarori
    c) 2018 yil 3 fevraldagi PQ-3504-son qarori.
    d) 2017 yil 21 noyabrdagi PQ-3402-son qarori.

    36. 2017 yilda 161 ta yirik sanoat ob’ekti ishga tushirildi, yangi sanoat korxonalarini qurish, xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini ishga tushirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan qanchadan ziyod yangi ish o‘rinlari tashkil etildi?

    *a) 336 mingdan ziyod,
    b) 333 mingdan ziyod,
    c) 334 mingdan ziyod,
    d) 332 mingdan ziyod.

    37. 2017 yilda yangi ta’lim muassasalarini qurish, mavjudlarini ta’mirlashga alohida e’tibor qaratildi shu jumladan... .


    a) 12 ta umumta’lim maktabi yangitdan barpo etildi, 320 tasi rekonstruksiya qilindi,
    b) 152 ta maktab kapital ta’mirlandi,
    c) 107 ta maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruksiya qilindi va qurildi, 195 ta bog‘cha kapital ta’mirlandi,
    *d) A) V) S)

    38. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining F-5024-son farmoyishi qachon e’lon qilindi?


    *a) 2017 yil 15 avgustda
    b) 2017 yil 14 iyulda
    c) 2017 yil 11 iyulda
    d) 2017 yil 12 iyulda.

    39. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining F-5024-son farmoyishi qachon e’lon qilindi?


    a) 2017 yil 25 fevralda
    *b) 2017 yil 25 yanvarda.
    c) 2017 yil 20 noyabrda.
    d) 2017 yil 21 noyabrda.

    40. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Samarqand shahrida 2017 yil 10 noyabrda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqida qanday ustuvor vazifalarni sanab o‘tgan?


    a) savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda kooperatsiyani mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratishdir, mintaqaning tranzit-logistika salohiyatidan yanada samarali foydalanish va transport infratuzilmasining jadal rivojlanishini ta’minlash lozim, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashdir.
    b) davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonini tezda va uzil-kesil yakuniga etkazishdir, mintaqada suv resurslaridan adolatli foydalanish muammosini imkon qadar tezroq tartibga solish lozim,
    *c) savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda kooperatsiyani mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratishdir, mintaqaning tranzit-logistika salohiyatidan yanada samarali foydalanish va transport infratuzilmasining jadal rivojlanishini ta’minlash lozim, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashdir, davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonini tezda va uzil-kesil yakuniga etkazishdir, mintaqada suv resurslaridan adolatli foydalanish muammosini imkon qadar tezroq tartibga solish lozim,
    d) savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda kooperatsiyani mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratishdir, mintaqaning tranzit-logistika salohiyatidan yanada samarali foydalanish va transport infratuzilmasining jadal rivojlanishini ta’minlash lozim, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashdir, davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonini tezda va uzil-kesil yakuniga etkazishdir.

    41. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovqaysi nutq va ma’ruzasida O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini puxta asoslab berdi?


    a) 1992 yil 4 yanvarda bo‘lib o‘tgan XII chaqiriq O‘zbekiston Oliy Kengashining navbattan tashqari IX sessiyasida so‘zlagan nutqida.
    b) 1992 yil avgustda nashr qilingan “O‘zbekistonnning o‘z istiqlol va tarqqiyot yo‘li” nomli asarida.
    c) “O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” (T:1993) nomli asarida tahlil qilib bergan.
    *d) Barcha javoblar to`g`ri.

    42. Islom Karimoov tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbek taraqqiyot modeli”ning ikkinchi va uchunchi yo‘nalishlarini aniqlang.


    a) Iqtisodni siyosatdan xoli ekanligi va Davlat bosh isloxotchi.
    *b) Davlat bosh isloxotchi va Qonun ustuvorligi.
    c) Qonun ustuvorligi va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish.
    d) kuchli ijtimoiy siyosat yuritish va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish.

    43. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning ilk bor xalq ma’naviyatini rivojlantirish masalalari batavsil tahlil etilgan asarini belgilang?


    *a) “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” nomli risolasining “Mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-ahloqiy negizlari” deb nom olgan bobida.
    b) 1995 yil fevralda bo‘lib o‘tgan I chaqiriq Oliy Kengashning
    I yig‘ilishida “O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” mavzusidagi ma’ruzasida “Yuksak ma’naviyat-kelajak poydevori” deb nom olgan faslida.
    c) “Yksak ma’naviyat engilmas kuch” asarining “Ma’naviyat insonning ulg‘ayish va kuch qudrat manbaidir” bobida.
    d) Ma’naviy yuksalish yo‘lida Toshkent : O‘zbekiston, 1998.

    44. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning ilk bor xalq ma’naviyatini rivojlantirish masalalari batavsil tahlil etilgan asarini belgilang?


    a) O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat mafkura. Toshkent: O‘zbekiston, 1996.
    b) Bizdan ozod va obod Vatan qolsin . Toshkent: O‘zbekiston, 1996.
    c) Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir . Toshkent: O‘zbekiston, 1996.
    *d) Bunyodkorlik yo‘lidan. Toshkent: O‘zbekiston, 1996.

    45. Islom Karimovning asarlar to‘plamining 23 jildini aniqlang..


    *a) Erishgan marralar bilan chegaralanmasdan, boshlangan islohotlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish bugungi kundagi eng dolzarb vazifamizdir. – Toshkent: O‘zbekiston, 2014.
    b) Bizdan ozod va obod Vatan qolsin . Toshkent: O‘zbekiston, 1996.
    c) YUksak ma’naviyat engilmas kuch Toshkent: “Ma’naviyat” 2008.
    d) Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. Toshkent: O‘zbekiston, 2015.

    46. Islom Karimovning Ozodlik xavosidan to‘yib nafas olgan xalq o‘z yo‘lidan xech qachon qaytmaydi, nomli asari qachon nashrdan chiqarilgan?


    a) 2014 yil.
    b) 2015 yil.
    *c) 2016 yil
    d) 2017 yil.

    47. Islom Karimovning 2016 yil nashrdan chiqarilgan asarini belgilang?


    *a) Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir.
    b) Ozodlik xavosidan to‘yib nafas olgan xalq o‘z yo‘lidan xech qachon qaytmaydi.
    c) Xayot sinovlarida toblangan Qashqadaryo eli xar qanday yuksak marrani egallashga qodir.
    d) V)S)

    48. Mustaqillikning huquqiy asoslarini belgilang.


    a) 1990 yil 2 iyunda Oliy Kengashning 2 sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik Deklaratsiyasi”dir.
    b) 1991 yil 31 avgust Oliy Kengashning 5 sessiyasida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash bayonati”.
    c) 1991 yil qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni va 1992 yil 8 dekabr Oliy Kengashning 12 chaqiriq 11 sessiyasida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”.
    d) A)V)S).

    49. Samarqand shahrida «Islom Karimov – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoschisi» mavzusida Xalqaro ilmiy konferensiya qachon bo‘lib o‘tildi?


    *a) 2018 yil 13 aprel kuni tashkil etildi.
    b) 2017 yil 13 aprel kuni tashkil etildi
    c) 2018 yil 3 aprel kuni tashkil etildi.
    d) 2018 yil 1 aprel kuni tashkil etildi.

    50. O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan qachon “SHanhay forumiga” a’zo bo‘lgan? (shundan so‘ng 1996 yil tashkil topgan “SHF” “SHHT” deb yuritila boshlangan).

    Download 286,58 Kb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46




    Download 286,58 Kb.