• 5. O‘t o‘chiruvchi moddalar va ularning xususiyatlari .
  • Statik e lektr zaryadlari.
  • -mavzu. YONG‘IN VA PORTLASHNING SABABLARI, YONG‘INNI




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet108/199
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,08 Mb.
    #236514
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   199
    Bog'liq
    cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

     
    21-mavzu. YONG‘IN VA PORTLASHNING SABABLARI, YONG‘INNI 
    O‘CHIRISH. 
     
    1.Atmosfera elektr zaryadlari va ulardan himoyalanish
    2.Statik elektr zaryadlaridan himoyalanish
     3.Elektr qurilmalarda yonginni o‘chirish
    4.Bino va inshootlarning yonginga chidamliligi va uni oshirish yo‘llari.
    5. O‘t o‘chiruvchi moddalar va ularning xususiyatlari
    .
     
    Yonginning kelib chiqishining oldini olish tadbirlaridan eng asosiysi, uning 
    sabablarini puxta bilish va shunga mos holda yongin xavfsizligi qoidalariga rioya 
    qilishdan iboratdir. 
    Yonginning asosiy sabablariga quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz 
    mumkin: taqiqlangan joylarda chekish, ochiq alangalardan foydalanish; yongin 
    xavfsizligi bo‘yicha texnologik 
    jarayonlarini buzish, ularga 
    amal 
    qilmaslik; 
    materiallarni saqlash qoidalariga rioya qilmaslik (masalan, so‘ndirilmagan ohak yoki 
    xlorli ohakga suv aralashsa, harorat 800

    S gacha etishi mumkin); statik e lektr 
    zaryadlariga 
    qarshi texnik qurilmalardan foydalanmaslik; atmosferaning kuchli 
    zaryadlaridan himoyalovchi qurilmalardan foydalanmaslik (yashin vaqtida 2V dan 8 
    mln V kuchlanish, 200000 A tok kuchi miqdorida e lektr zaryadlari hosil bo‘lishi 
    mumkin); ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya 
    qilmaslik; elektr jihozlari va qurilmalarini noto‘g‘ri o‘rnatish yoki ularni zo‘riqtirish; 
    isitish sistemalaridan noto‘g‘ri foydalanish; bug‘ qozonlari va issiqlik generatorlaridagi 
    avtomatik qurilmalarning nosozligi yoki ularning noto‘g‘ri o‘rnatilishi; ishlab chiqarish 
    binolari havosi tarkibidagi gaz, bug‘ va changlarni me’yorlashtirilmaganligi va boshqa 
    shu kabilar. 
    Statik
    e
    lektr
    zaryadlari.
    Tuzilishi va tarkibi jihatidan bir xil bo‘lmagan ikki 
    materialning o‘zaro ishqalanishi natijasida va ayrim suyuqlik yoki gazlarning quvurlarda 
    katta tezlikda harakatlanishi oqibatida statik elektr zaryalari hosil bo‘ladi. Masalan, 
    avtomobil beton yo‘lda harakatlanayotganida, uning g‘ildiraklari yo‘l uzra sirpanishi 
    natijasida yoki qum va tosh zarralarining avtomobilga urilishi natijasida-3000V, 
    benzinni po‘lat quvurlarda katta tezlikda harakatlanishida - 3600V, tezligi 15 m/s bo‘lgan 


    tasmali uzatmalarda - 80000V, tasmali transportyorlarda –45000 V gacha statik elektr 
    zaryadlari hosil bo‘lishi mumkin. Statik elektr zaryadining miqdori materiallarning 
    tarkibiga, ishqalanuvchi qismlarning yuzasiga, zichligiga, solishtirma elektr qarshiligiga, 
    texnologik jarayonning intensivligiga va muhitning mikroiqlim holatiga bog‘liq bo‘ladi. 
    Statik elektr zaryadlari ta’sirida turli xil jarohatlanishlar, yong‘inlar va portlashlar 
    kelib chiqishi mumkin. Statik elektr zaryadlarining hosil bo‘lishini va to‘planishini turli 
    xil yo‘llar bilan oldini olish mumkin, jumladan ish joyi mikroiqlim holatini 
    meyorlashtirish, yani xona xavosi nisbiy namligini 70% dan kam bo‘lmasligiga erishish; 
    asosiy materiallarga antistatik materiallar qo‘shish; muhit havosini ionizatsiyalash; 
    ishqalanuvchi yuzalarga teskari belgili zaryadlarni kiritish va b. Statik elektr 
    zaryadlarining xavfli va zararli ta’siridan himoyalanishning asosiy yo‘llaridan yana biri-
    jihozlar va sig‘imlarning metall qismlarini erga ulashdir. Erga ulashda elektrod sifatida 
    po‘lat trubalardan, burchaksimon po‘latlar va armaturalardan foydalanish mumkin. Statik 
    elektr zaryadlari hosil bo‘lish extimoli bor bo‘lgan statsionar mexanizmlar va 
    sig‘imlarning erga ulash qurilmalarini qarshiligi 100 Om dan, texnologik jarayonda 
    ishtirok etayotgan uskuna, qurilma va jihozlar sistemalari uchun esa bu ko‘rsatkich 10 
    Om dan kichik bo‘lishi zarur. 
    Yashin va momoqaldiroq vaqtida kuchli elektr zaryadlari hosil bo‘lib, ularning 
    kuchlanishi 2V dan 8 mln V gacha, tok kuchi esa 200000 A gacha etishi va bunday 
    zaryadlar binolarga, insonlarga va hayvonlarga katta zarar etkazishi, shuningdek turli 
    yong‘inlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday vaqtda yashinning ta’siri birlamchi 
    (to‘g‘ri urish) va ikkilamchi (Elektrostatik va elektromagnit induksiyalari ko‘rinishida) 
    bo‘lishi mumkin. SHu sababli, binolar va inshootlarga yashin qaytargichlar o‘rnatilishi 
    zarur. YAshin qaytargichlar uch elementdan: yashin qabul qilgich, tok o‘tkazgich va erga 
    ulash sistemasidan tashkil topadi. Ular sterjen, antena va to‘r ko‘rinishida bo‘ladi. 
    YAshin qaytargichning eng oddiy konstruksiyasi tom tepasiga o‘rnatilgan yashin qabul 
    qilgich va erga ulangan sterjendan iboratdir. Bunday sterjen bino atrofida yumalok asosli 
    ikki konus ko‘rinishidagi himoya maydonini tashkil etadi. Uning radiusi yashin qabul 
    qilgich balandligidan bir yarim marta katta bo‘ladi (4.3-rasm). YAshin qaytargich 
    o‘lchamini sxema tarzida aniqlashda dastlab binoning konturi masshtab bo‘yicha 
    chiziladi, keyin esa yashin qabul qilgich balandligi belgilanib, ushbu masshtabda 
    ikkilamchi konus chiziladi. Agar bino o‘zining barcha qismlari bilan konus ichiga 
    joylashsa, yashin qaytargichning tanlangan balandligi binoni yashindan etarli darajada 
    himoyalashga yaroqli hisoblanadi, aks holda sxemada yashin qabul qilgich balandligi 
    kattaroq qilib olinadi va ikkilamchi konus qayta chizilib, tekshiriladi. 
    Yashin qabul qilgichlar uzunligi 1,0...1,5m, kesimi 100 mm

    dan kichik 
    bo‘lmagan po‘lat sterjenlardan tayyorlanib trubasimon, temir-beton yoki yog‘och 
    tayanchlarga berkitiladi. Katta uzunlikdagi binolarda kesimi 35 mm

    dan kichik 
    bo‘lmagan va ikki sterjen orasiga tortilgan «tross»lar ishlatiladi. Tok o‘tkazuvchi -
    diametri 6 mm dan kichik bo‘lmagan po‘lat sterjenlardan yoki simlardan, elektrodlar esa 
    diametri 10 mm dan kichik bo‘lmagan po‘lat sterjenlardan tayyorlanadi. YAshin 
    qaytargichdagi barcha birikmalar payvandlanib birlashtiriladi. Boltli birikmalarga faqat 
    vaqtinchalik erga ulash qurilmalarida foydalanishga ruxsat etiladi. 


    36-rasm. Yakka sterjenli yashin qaytargich 
    Barcha bino va inshootlar yashin urish xavfi bo‘yicha 3 kategoriyaga bo‘linadi. 
    Birinchi kategoriyadagi ob’ektlarga V-I va V-II sinfidagi portlashga xavfli sanoat 
    binolari; ikkinchi kategoriyaga esa V-Ia, V-Ib, V-IIa sinfidagi ishlab chiqarish binolari; 
    uchinchi kategoriyaga portlashga xavfli P-1, P-2, P-2a sinfidagi binolar kiradi. 
    Yashin Qaytargichlarning Himoya Zonasi Uning O‘Lchamlariga Bog‘Liq 
    Bo‘Lib, U Binoning Balandligi, Eni Va Uzunligiga Bog‘Liq Holda Aniqlaniladi. 
    Himoya Zonalari Ikki Tarqonga Bo‘Linadi: 
    -A -Ishonchlilik Darajasi 99,5 % Dan Yuqori; -V -Ishonchlilik Darajasi 95% Dan 
    Yuqori.
    Bir Biriga Yaqin Joylashgan Ikki Yoki Bir Necha Binolarni Yashindan 
    Himoyalash uchun antena yoki “to‘rsimon” yashin qaytargichlardan foydalaniladi. 

    Download 6,08 Mb.
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   199




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu. YONG‘IN VA PORTLASHNING SABABLARI, YONG‘INNI

    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish