• O‘t o‘chirish moddalari quyidagicha tasniflanadi
  • Namlash vositalari
  • O‘t o‘chirish moddalari quyidagicha tasniflanadi




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet110/199
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,08 Mb.
    #236514
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   199
    Bog'liq
    cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

    O‘t o‘chirish moddalari quyidagicha tasniflanadi: 
     Yonginni O‘Chirish Usuliga Ko‘Ra
    – Sovutuvchi (Suv Va Qattiq Uglekislota); 
    Suyultiriluvchi, Ya’ni Yongin Zonasidagi Kislorod Miqdorini Kamaytirish (Ma’lum 
    Miqdordagi Uglekislota Gazi, Yupqa Zarrali Suv, Suv Bug‘I Yoki Inert Gaz 
    Aralashmasi); Izolyasiyalovchi (Yonish Zonasi, Atrof Muhit Bilan Ko‘Pik Yoki Kukun 
    Pardasi Hosil Qilish Orqali Izolyasiyalanadi); Ingibir Xususiyatli (Tarkibi Brometil, 
    Dibromtetraftor Etan Va Brom Metildan Iborat Galoid Tarkibli Uglevodorodlar, Tarkibi 
    3,5-4 ND Fryondan Iborat Moddalar Va B.); 
     elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha
    – elektr o‘tkazuvchi (suv, suv bug‘i va ko‘pik); 
    elektr o‘tkazmaydigan (gazlar va kukunlar); 
     Zaharliligi bo‘yicha
    – zaxarsiz (suv, kupik va kukunlar), kam zaxarli (uglekislota 
    va azot) va zaxarli (3,5-brometil, fryon tarkibli). 
    Suv
    o‘t o‘chirishda aloxida yoki turli xil ximiyaviy moddalar bilan aralashma 
    holatida foydalaniladi. Suvning o‘t o‘chirish xususiyati yonuvchi moddani yonish 
    haroratidan past haroratgacha sovutishga asoslangan. Suvning hajmi bug‘lanish davrida 
    1700 va undan oshiq martagacha ortadi va bug‘ yonish zonasidan kislorodni siqib 
    chiqaradi.
    Uglekislota
    (is gazi) va uglerod ikki oksidi rangsiz va havodan 1,5 marta og‘ir 
    gaz. U yongin muhitida parda hosil qilib yongin zonasiga kislorod kirishini 
    to‘xtatadi. Undan sig‘imlardagi engil yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar yonginini, elektr 
    jihozlari yonginlarini va muzeylar, arxivlar kabi suvdan va ko‘pikdan foydalanish 
    maqsadga muvofiq bo‘lmagan binolardagi yonginlarni o‘chirishda foydalaniladi. 
    Namlash
    vositalari
    ning
    fizik xususiyati yonuvchi materiallarni namlanish, 
    xo‘llanish xususiyatini oshirishga asoslangan. Ularga sovun, sintetik aralashmalar, 
    amilsulfat alkilsulfonat va boshqa aralashmalar kiradi. Bu aralashmalar yongin muhitida 
    og‘ir bug‘ va gaz hosil qilib, yonish zonasiga kislorod kirishini to‘xtatadi, haroratni 
    susaytiradi va yonginni o‘chiradi. 
    Ko‘piklar
    kam issiqlik o‘tkazuvchanlik, etarli darajada qo‘zg‘aluvchanlik, 
    issiqlikni qaytarish samarasi katta, tutun zichligini kamaytirish xususiyatiga va kam 
    mexanik mustahkamlikga ega bo‘lgan o‘t o‘chiruvchi moddalar hisoblanadi. Ular 
    tayyorlanish usuliga ko‘ra ximiyaviy, havo-mexanik va yuqori karrali ko‘piklarga 
    bo‘linadi. 
    Ximiyaviy ko‘piklar alohida saqlanuvchi aralashmalar (ishqorli va kislotali)ni 
    yongin zonasiga uzatish yoki ko‘pik hosil qiluvchi kukunlar aralashtirish orqali PG-50, 
    PG-100 ko‘pik generatorlari yordamida hosil qilinadi. Ko‘pik kukunlari – oltingugurt 
    ammoniy va natriy bikorbonat aralashmasi bo‘lib, 1 kg kukun va 10 litr suvdan 40-60 litr 
    ko‘pik olish imkonini beradi. Neft mahsulotlari yonginlarini PO-1, PGP kukunlari, spirt 
    va atseton yonginlarini GGPS kukuniga 2% sovun aralashtirilib tayyorlangan ko‘piklar 
    yordamida o‘chirish mumkin. Havo-mexanik ko‘piklar havo-ko‘pik stvollari yordamida 


    suv, injekterlangan havo va ko‘pik hosil qiluvchilar asosida olinadi. 
    Suvning bosimi va ko‘pik hosil qiluvchilar xususiyatiga ko‘ra ko‘piklar o‘rta va 
    yuqori karrali bo‘lishi mumkin. Ko‘pik karraligi deganda hosil bo‘lgan ko‘pik hajmini, 
    uni hosil qilishga sarflangan barcha suyuqlik miqdoriga nisbati tushuniladi. 5 dan 100 
    karralikgacha ega ko‘piklar kam va o‘rta; 100 dan katta karralikga ega ko‘piklar yuqori 
    karrali ko‘piklar deyiladi. 

    Download 6,08 Mb.
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   199




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘t o‘chirish moddalari quyidagicha tasniflanadi

    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish