max(iter,[args…]*[, key])-ketma-ketlikning maksimal elementi.
min(iter,[args…]*[, key])-ketmaketlikning minimal elementi.
next(x)-iteratorning keyingi elementini qaytaradi.
oct(x)- butun sonni sakkizlik sanoq sistemasiga o`tkazadi.
open(file, mode=’r’, buffering=None, encoding=None, errors=None, newline=None,
closefd=True)- faylni ochadi va kerakli oqimni qaytaradi.
ord(x)- belgi kodi.
pow(x, y[,r])-(x**y)%r.
reversed(object)-yoyilgan obyektning iteratori.
print([object,…],*,sep=” ”, end=’/n’, file=sys.stdout)- ma’lumotlarni ekranga chop etish.
round(X,[N])- verguldan keyin N- belgilargacha to`g`rilash.
setattr(obekt, nom, qiymat)- obyekt atributini belgilash.
sorted(iterable[, key][, reverse])- tartiblangan ro`yxat.
staticmethod(function)- funksiya uchun statistik metod.
sum(iter, start=0)-ketmaketlik elementlarini yig`indisi.
type(object)- obyekt tipini qaytaradi.
type(name, bases, dict)- name sinfidagi yangi ekzemplarni qaytaradi.
vars([object])- obyekt atributlarining ro`yxati. Jimlik holatida- local nomlar
lug`ati.
Biz hozir yuqorida Python dasturida kiritilgan funksiyalar bilan tanishdik. Ammo lekin siz
o'zingizning funksiyalaringizni ham yaratishingiz mumkin. Ushbu funksiyalar foydalanuvchi
tomonidan belgilangan funksiyalar deb ataladi.
Funksiya koddagi bir blok hisoblanadi. U faqat chaqirilgandagina ishlaydi. Ya’ni qandaydir
funksiya tuzilgan, ammo uni hali ishlashiga buyruq bermasak kodimiz ishga tushganda bu funksiya
bajarilmaydi.
Funksiyaga ma’lumotlar uzatishimiz mumkin va bu ma’lumotlar funksiya uchun parametrlar
hisoblanadi. Funksiya bizga ma’lumotlarni natija sifatida qaytarishi mumkin.
|