• Toshkent viloyati Chirchiq davlay pedagogika institutida o’qituvchi 2 Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi Tel: 99-878-47-93
  • Foydalanilgan adabiyotlar royxati
  • Python dasturlash tili. Uning xususiyatlari va imkoniyatlari




    Download 0,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana13.01.2024
    Hajmi0,51 Mb.
    #136367
    Bog'liq
    ZDPP17022



    83 
    «Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
    nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
    PYTHON DASTURLASH TILI. UNING XUSUSIYATLARI VA IMKONIYATLARI 
    Yuldosh Abdullayevich Kuralov

     Nodira Tokhlieva

    1
    Toshkent viloyati Chirchiq davlay pedagogika institutida o’qituvchi 
    2
    Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi 
    Tel: 99-878-47-93 
    E=mail: nodiratukhlieva@gmail.com 
    https://doi.org/ 10.5281/zenodo.6621914 
    Hozirgi kunda ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini 
    joriy etish, ta’limni kompyuterlashtirish muammolarini hal qilish muhim 
    ahamiyat kasb etadi. Respublikamiz ta’lim tizimidagi asosiy vazifa jahon 
    talablariga mos keluvchi axborot texnologiyalarini o’qitish jarayoniga 
    qo’llashdan iboratdir. Shu maqsadda yangi dasturlar ishlab chiqildi. Shulardan 
    biri, o’zining ko’p sonli dasturchilariga ega Python dasturlash tilining ta’lim 
    dasturiga kiritilishidir. Python – bu o'rganishga oson va shu bilan birga 
    imkoniyatlari yuqori bo'lgan oz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga 
    kiradi.
    Kalit so’zlar: Python, dasturlash tili, interpretator, Gvido van Russom
    Framework 
    Python dasturlash tilining yaratilishi 1980-yillar oxirida boshlangan. 
    Gollandiyaning CWI institute xodimi Gvido van Russom ABC dasturlash tilining 
    yaratish loyihasida ishtirok etgan edi. O’sha vaqtlarda ABC tili talabalar uchun 
    Basic dasturlash tilining o’rnini bosish uchun loyihalashtiriladi. Bir kun Gvido bu 
    ishlardan zerikadi va 2 hafta davomida o’zining Macintoshida boshqa dasturlash 
    tilining interpretatorini yozadi. Albatta, bu til ABC tilining ba’zi g’oyalarini, Algol-
    68, C, C++ va SmallTalk tillarining esa ko’plab xususiyatlarini o’zida 
    mujassamlantiradi. Gvido bu tilni internet orqali tarqata boshlaydi va osha 
    vaqtlarda o’zining ,,Dasturlash tillarining qiyosiy taqrizi” veb sahifasi bilan 
    mashhur bo’lgan Stiv Mayevskiy bilan tanishib qoladi. O’sha vaqtlarda Gvido 
    BBC ning ,,Monti Paytonning havo sirki “ komediyasi muxlisi edi va u o’zi 
    yaratgan tilni Monti Python nomiga Python deb nomlaydi. Til tezda ommalashdi. 
    Bu dasturlash tiliga qiziqqan va tushunadigan foydalanuvchilar soni ko`paydi.
    Python dasturlash tili hozirgi kundagi ko’p foydalaniladigan va o’rganishga 
    oson dasturlash tillaridan hisoblanadi. U o’zining ko’plab afzalliklari
    xususiyatlari va imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
    • 
    O’qish oson: Python nisbatan kam kalit so’zlarga ega. Oddiy tuzilish va 
    aniq belgilangan sintaksisga ega. Bu o’rganuvchiga qisqa vaqt ichida yodlab olish 
    imkonini beradi. 


    84 
    «Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
    nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
    • 
    Keng standart kutubxona: Pythonning eng qudratli jihatlaridan biri 
    kutubxonaning asosiy qismi juda portativ va UNIX, Windows va Macintosh-da 
    o’zaro faoliyat platformalar bilan mos keladi. 
    • 
    Portativ: Python keng apparat platformalarida ishlaydi va barcha 
    platformalarda bir xil interfeysga ega. 
    • 
    Kengaytirilgan: Python tarjimoniga past darajadagi modullarni 
    qo’shishingiz mumkin. Ushbu modullar dasturchilarni o’zlarining vositalarini 
    samaraliroq bo’lishiga, qo’shish yoki sozlash imkonini beradi. 
    • 
    Ma’lumotlar bazasi: Python barcha ma’lumotlar bazasini qo’llab 
    quvvatlaydi. 
    • 
    GUI dasturlash: Python Windows MFC, Unix, X Window kabi 
    platformalarga GUI dasturlar tuzishni qo’llab quvvatlaydi. 
    • 
    C, C++ va Java bilan osonlikcha bog’lanishi mumkin. 
    Python dasturlash tillari ro’yxatida 3-o’rinni egallaydi. Mashur brend va 
    kompaniyalarning tanlovi python hisoblanadi. Masalan: Google, Yahoo, NASA, 
    Industrial Light & Magic va hatto Microsoft ham. Google C++, Java va Pythonni 
    afzal ko'radi va Microsoft hattoki Python Developer Center ni ochdi. Django, 
    TurboGears va Zope kabi mashhur Yahoo dasturlari Pythonda yozilgan. Python 
    dasturchilari Pythonni Component Object Model (COM), Microsoft .NET va 
    Common Object Request Broker Architecture (CORBA) obyektlari bilan 
    birlashtirishi mumkin. Java ishlab chiquvchilari uchun Jython - Pythonning JVM 
    versiyasi mavjud. .NET dasturchilari uchun Python yoki IronPython mos keladi. 
    Pythonning eng muhim afzalliklaridan biri albatta, bu dasturchining vaqtini 
    tejashi hisoblanadi. Agar biz Java dasturlash tilida Hello World degan yozuvni 
    chiqarmoqchi bo’lsak 3 qator kod yozishimizga to’g’ri keladi. Ammo, Pythonda 
    print(‘Hello World’) deb yozish kifoya. Python dasturchilari 1 soatda 
    bajaradiggan ishni Java ishlab chiquvchilari 3 kunda tugatadi. Bundan tashqari, 
    Pythonda veb-saytlarni ishlab chiqish uchun bir qator frameworklar bor. 
    Mashhur frameworklardan Django, Flask, Pylons va boshqalar. Ushbu 
    frameworklar 
    Pythonda 
    yozilganligi 
    sababli 
    boshqa 
    veb-saytlardan 
    ma'lumotlarni olish mumkin bo'lgan joylarda veb-qirqishlarni ham amalga 
    oshirishingiz mumkin. Shuningdek, Instagram, Pinterest kabi ko'plab veb-saytlar 
    faqat ushbu frameworklar bilan yozilgan. 
    XULOSA 
    Xulosa qilib aytish mumkinki, Python dasturlash tili boshqa dasturlash 
    tillarining qulayliklari va afzalliklarini o’zida mujassamlashtirgan. O'zbekistonda 
    Java, C# C++, PHP va JavaScript tillarini ishlatadiganlar soni juda ham ko'p lekin 
    2016-yildan beri Python tilining foydalanuvchilari soni salmoqli o’sib bormoqda. 


    85 
    «Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
    nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
    U yosh til bo’lishiga qaramay taraqqiy etgan va rivojlanib borayotgan dasturlash 
    tillaridan hisoblanadi. Python dasturlash tilini o’rganish uchun yana bir sabab 
    Python dasturchilarining yuqori ish haqiga egaligidir. AQSH da Python 
    dasturchisining o'rtacha ish haqi taxminan $120,000 ni tashkil qiladi. Dunyoning 
    rivojlangan mamlakatlari AQSH (Koliforniya Universiteti, Florida Universiteti, 
    Lova Universiteti, Massachusets Texnologiya Universiteti), Kanada (Toronto 
    Universiteti, Alberto Universiteti), Buyuk Britaniya (Oksford Universiteti),
    Fransiya, Rossiya, Avstraliya, Ispaniyaning universitet va kollejlarida o`qitishda 
    Python dasturlash tili qo`llaniladi. Xususan, O’zbekistonda ham bir necha 
    yillardan buyon maktablarda va oliy o’quv yurtlarida Python dasturlash tilini 
    o’rgatish o’quv dasturiga kiritilgan. Shuning o’zi ham bu tilni o’rganish qanchalik 
    ahamiyat kasb etishini ko’rsatib turibti. 
    Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 
    1. 
    Dmitriy Musin. Samouchitel Python. 2015 y. 
    2. 
    Anvar Narzullayev. Pythonda dasturlash asoslari. 2021 
    3. 
    Internet manbalari mazili: 
    • 
    www.python.org 
    • 
    www.texnoman.uz 
    • 
    www.dasturchi.uz

    Download 0,51 Mb.




    Download 0,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Python dasturlash tili. Uning xususiyatlari va imkoniyatlari

    Download 0,51 Mb.
    Pdf ko'rish