12-mavzu Python tili va uning dasturlash muhiti Reja Python tili tarixi Python dasturini o‘rnatish qoidalari




Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana25.05.2023
Hajmi0.69 Mb.
#64479
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-mavzu Python tili va uning dasturlash muhiti
Hoshimova Marjona, Mamasoliyev Umidjon, Diniy ekstrеmizm va tеrrоrchilik-insоniyat uchun хavf ekanligi to’g’risida., 5 Ragbatlantirish Kengashi MEZONI 2021-2022, 6-мавзу. Ислом таълимоти, oliy matematika abdurahimov, Axborot texnologiyalari, Reference-342211101646, CHIZMALAR CHIZISHDA QO\'LLANILADIGAN SHARTLILIK VA, Yoy uzunligi va uning aniq integral orqali ifodalanishi, qisqa masofaga yuguruvchilarning texnik-taktik tajyorgarligi, organizatsiya i issledovanie vneklassnoj raboty po fizicheskomu vospitaniyu v obscheobrazovatelnyx shkolax, Mavzular (1), курсовая


12-mavzu Python tili va uning dasturlash muhiti 
Reja
1. Python tili tarixi 
2. Python dasturini o‘rnatish qoidalari 
3. IDLE ni ishga tushirish tartibi 
1. PYTHON TILI TARIXI 
Python dasturlash tilini yaratilishi 1990-yil boshlaridan boshlangan. O‘sha paytlarda 
uncha taniqli bo`lmagan Gollandiyaning CWI institute xodimi Gvido van Rossum ABC 
tilini yaratilish proektida ishtirok etgan edi. ABCtili Basic tili o‘rniga talabalarga asosiy 
dasturlash konsepsiyalarini o‘rgatish uchun mo`ljallangan til edi. Bir kun Gvido bu 
ishlardan charchadi va 2 hafta davomida o‘zining Macintoshida boshqa oddiy tilning 
interpretatorini yozdi, bunda u albatta ABC tilining ba’zi bir g‘oyalarini o‘zlashtirdi. 
Shuningdek, Python 1980-1990-yillarda keng foydalanilgan Algol-68, C, C++, Modul3 
ABC, SmallTalk tillarining ko‘plab xususiyatlarini o‘ziga olgandi. Gvido van Rossum bu 
tilni internet orqali tarqata boshladi. Bu paytda o‘zining “Dasturlash tillarining qiyosiy 
taqrizi” veb sahifasi bilan internetda to 1996- yilgacha Stiv Mayevskiy ismli kishi taniqli 
edi. U ham Macintoshni yoqtirardi va bu narsa uni Gvido bilan yaqinlashtirdi. O‘sha 
paytlarda Gvido BBC ning “Monti Paytonning havo sirki” komediyasining muxlisi edi va 
o‘zi yaratgan tilni Monti Payton nomiga Python deb atadi (ilon nomiga emas). Til tezda 
ommalashdi. Bu dasturlash tiliga qiziqqan va tushunadigan foydalanuvchilar soni 
ko‘paydi. Boshida bu juda oddiy til edi. Shunchaki kichik interpretator bir nechta 
funksiyalarga ega edi. 1991-yil birinchi OYD(Obyektga Yo‘naltirilgan Dasturlash) 
vositalari paydo bo‘ldi. Bir qancha vaqt o‘tib Gvido Gollandiyadan Amerikaga ko‘chib 
o‘tdi. Uni NRI korparatsiyasiga ishlashga taklif etishdi. U o‘sha yerda ishladi va 
korparatsiya shug‘ullanayotgan proektlarni Python tilida yozdi va bo‘sh ish vaqtlarida tilni 
interpretatorini rivojlantirib bordi. Bu 1990-yil Python 1.5.2 versiyasi paydo bo‘lguncha 
davom etdi. Gvidoning asosiy vaqti korparatsiyani proektlarini yaratishga ketardi bu esa 
unga yoqmasdi. Chunki uning Python dasturlash tilini rivojlantirishga vaqti 
qolmayotgandi. Shunda u o‘ziga tilni rivojlantirishga imkoniyat yaratib bera oladigan 
homiy izladi va uni o‘sha paytlarda endi tashkil etilgan BeOpen firmasi qo‘llab quvvatladi. 
U CNRI dan ketdi, lekin shartnomaga 8 binoan u Python 1.6 versiyasini chiqarib berishga 
majbur edi. BeOpen da esa u Python 2.0 versiyani chiqardi. 2.0 versiyasi bu oldinga 
qo‘yilgan katta qadamlardan edi. Bu versiyada eng asosiysi til va interpretatorni rivojlanish 
jarayoni ochiq ravishda bo‘ldi. Shunday qilib 
1.0 versiyasi 1994-yil chiqarilgan bo‘lsa, 2.0 versiyasi 2000- yil, 3.0 versiyasi esa 
2008-yil ishlab chiqarildi. Hozirgi vaqtda uchinchi versiyasi keng qo‘llaniladi. 



Download 0.69 Mb.
  1   2   3   4   5   6




Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-mavzu Python tili va uning dasturlash muhiti Reja Python tili tarixi Python dasturini o‘rnatish qoidalari

Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish