Q.Yu.Nazirov
KAMONDAN OʻQ OTISH
Toshkent -2023
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
YOSHLAR SIYOSATI VA SPORT VAZIRLIGI
JISMONIY TARBIYA VA SPORT BOʻYICHA MUTAXASSISLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
FARGʻONA FILIALI
Nazirov Qudrat Yuldashevich
KAMONDAN OʻQ OTISH
____________________________Kengash tomonidan Jismoniy tarbiya fani oʻqitish huquqini berish boʻyicha kasbiy qayta tayyorlash kursi uchun darslik sifatida tavsiya etilgan
Toshkent – 2023
UOʻK
KBK
Nazirov Q.Yu.
Kamondan oʻq otish. darslik/
ISBN
Ushbu darslik kamondan oʻq otish malaka va koʻnikmalarini chuqurlashtirishga, professional bilimlarini takomillashtirishga, shuningdek iqtidorli yosh sportchilarni saralash, xalqaro sport arenalarida munosib ishtirok etadigan professional sportchilar tayyorlash mahorati va koʻnikmalarini doimiy takomillashtirish, kamondan otish nazariyasi va metodologiyasi, kamondan oʻq otish shartlari, tasnifi, kamondan otish sport turi boʻyicha oʻquvchi sportchilar bilan ishlashda psixokorreksiya usullaridan foydalanish, yosh kamonchini oʻrgatish va mashq qildirish tamoyillari, uslublari, vositalari, kamonchining jismoniy tayyorgarligi asoslari, kamondan otish texnikasi asoslari, kamondan otish taktikasi asoslari, kamondan otish sport turi boʻyicha oʻqitish metodikasi, kamonchilar uchun otish usullari va mashqlar kompleksi, xatolarni tahlil qilish, taʼlimning tashkiliy va uslubiy shakllari kamondan otish sport turining maxsus atamalari haqida tushunchalar va umumiy maʼlumotlar yoritib berilgan.
Ushbu darslik, tushunarli, sodda va ravon tilda yozilgan hamda maʼlumotlar talabalar va kamondan otish sporti bilan shugʻullanuvchilar tomonidan imkon darajasida oson va qiyinchiliksiz qabul qilinadigan, xotirada saqlanadigan tarzda yoritilgan.
|