Qalalardin’ sanaat ha’m avtotransporti karxanalarinin’ ekologiyaliq monitoringi




Download 50.84 Kb.
Sana15.09.2023
Hajmi50.84 Kb.
#81983
Bog'liq
9-leksiya
1-mavzu Psixik rivojlanish va ta’limning o’zaro munosabati, Avtamotlashtirish 2-modul topshirig`i, 610-21

Qalalardin’ sanaat ha’m avtotransporti karxanalarinin’ ekologiyaliq monitoringi

Reja


  1. Ekologik vaziyat keskin hududlardagi ekologik monitoring

  2. O‘zbekistonda cho‘llashish muammolari monitoringi.


Tayanch iboralar. Shahar va geotextizimlardagi ekologik monitoring, Ekologik vaziyat keskin hududlardagi ekologik monitoring, O‘zbekistonda cho‘llashish muammolari monitoringi.

Yirik shaharlar, sanoat korxonalari mavjud bo‘lgan hamda sanoat korxonalarining o‘zi ekologik monitoringning eng faol darajada amalga oshiriladigan hududlaridir. Mazkur hududlar aholi zich yashashidan tashqari, transport harakatlari jadal, sanoat korxonalari tig‘iz joylashganligi sababli tabiiy muhit tubdan o‘zgarganligi bilan ajralib turadi.


SHaharlarda, ayniqca atmosfYera havosi ifloslanganligi ma’lum (9 -chizma).

--------To‘g‘ri aloqalar
........... Qayta aloqalar
9-chizma. Antropogen ta’sip monitoringi blok-chizmasi

SHunga ko‘ra, 16 nomdagi gaz aralashmalari birikmasi, 6 ta og‘ir metallar va benz(a)prien nazoratga olingan. Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi 136 ta aholi yashash joylaridagi sanoat korxonalari chiqindi manbalarini o‘z nazoratiga olgan.


SHaharlarning ta’sir radiusini 3 yoki 4 mintaqaga bo‘lgan holda o‘rganish bilan tabiiy muhitning o‘zgarish qonuniyatlari tahlil qilinishi lozim. Ekologik monitoring shaharlar va ular atrofidagi mazkur xalqali mintaqalarda majmuali xolda barcha ifloslantiruvchi moddalar bo‘yicha o‘tkazilishi maqsadga muvofik. SHaharlar aYeroporti, temir yo‘l bekatlari, chorrahalar, avtobus bekatlarida havoga ko‘tarilayotgan ifloslantiruvchi ashyolarnn kuzatish va ular doimo nazoratda bo‘lishini ta’minlashi shart.
Ayniqsa, avtomobil tarnsportining shahar havosi if- loslanishidagi salmog‘i yuqori ekanligi hamda uning inson sa- lomatligiga ta’siri kuchli ekanligi e’tirof etilsa, sohaning o‘zi alohida nazorat talab qiladi. (10-jadval).
10-jadval

Avtomobillardan chiqadigan zaxarli gazlarning inson salomatligiga ta’siri (X.F.Frenchu bo‘yicha, 1992 y.)



Zararli
moddalar

Inson organizmiga ta’sir oqibatlari

UglYerod oksid

Qonni kislorod bilan to‘yinishiga halaqit bYeradi, bu fikrlash qobiliyatini susaytiradi, reflekslarni sekinlashtiradi, hushdan ketish va o‘limga sabab bo‘lishi mumkin

Qo‘rg‘oshin

Qon aylanish, asab ia siydik hamda jinsiy tizimlarga ta’sir etadi; bolalarda aqliy qobiliyatni pasaytiradi, suyak va boshqa to‘qimalarda to‘planadi, shu tufayli uzoq muddat xatarli hisoblanadi

Azot oksidlar

Organizmlarning virusli kasalliklarga chalinishi kuchaytirshii mumkin, o‘pka faoliyatini ishdan chiqaradi, bronxit na pnevmoniyaga sabab bo‘ladi

Ozon

Nafas organlari shilliq pardasini buzadi, yo‘talga sabab bo‘ladi, o‘pka faoliyatini ishdan chiqaradi, shamollashga bardoshlilikni pasaytiradi, yurak kasalliklarini kuchaytiradi, shuningdek, astma, bronxitga duchor etadi

Og‘ip
metallar

Rakni keltirib chiqaradi, jinsiy tizimlari faoliyatini buzadi va chaqaloqlarda nuqsonlarga sabab bo‘ladi

Respublika shaharlari havosining sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha, ya’ni ifloslanish jihatidan 3 ta guruhga ajratish mumkin:


- atmosfYera havosining ifloslanishi yuqori bo‘lgan shaharlar (Toshkent, Olmaliq, Angren, Oxangaron, CHirchiq, Bekobod. Guliston), bularda bir qator zaharli moddalarning eng yuqori konsentratsiyasi REM dam 2-5 marta ko‘p;
- atmosfYera havosi o‘rtacha ifloslangan shaharlar (Farg‘ona vodiysi sanoat shaharlari va tog‘lar oralig‘dagi boshqa shaharlar). ularda zaharli gazlarning eng ko‘p miqdori REM- dan 1-2 marta ko‘p bo‘ladi, biroq ayrim birikmalar miqdori bu ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lishi mumkin;
- atmosfYera havosi kam ifloslangan shaharlar (Parkent, Boysun, Dehqonobod va boshqalar), ularda ifloslanishi kishilar salomatligi uchun unchalik tahlikali emas.
SHaharlarning tevarak-atrofga 3-30 km radiusda ta’sir ko‘rsatishi mutaxassislar tomonidan aiiqlangan. Mis-nikel korxonalari chiqindilari 3,5 km radiusdagi biologik resurslarni butunlay yo‘q qilinishi, 13 km masofadagi daraxtlarga kuchli ziyon etkazishi, tuproq unumdorligini yo‘qotishi kanadalik olimlar tomonidan o‘rganilgan. Umuman, metallurgiya, kimyo, neftni qayta ishlash korxonalarining atrof-muhitga ta’siri ancha kuchliligi ma’lum.
Texnikaning tabiat bilan o‘zaro tutashib ketishi va natijada yaxlit tabiiy-texnik tizim quriiishini egallashi geotextizimlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Suv omborlari, yirik kanallap, sug‘oriladigan ekin maydonlari, turli xil kombinat, zavod va fabrikalar geotextizimlarga misol bo‘lishi mumkin. Ular joylashgan landshaftlar hamda yon atrofdagi o‘zaro aloqada bo‘lishi mumkin bo‘lgan landshaftlar bilan birgalikda keltiriladi. Geotextizimlar asosan ikki qismli tizimlar bo‘lib, ularning taraqqiyoti asosan ikki xil, ya’ni tabiat va ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyatlarga bo‘ysunadi.
Geotextizimlarning mavjudligi va rivojlanishida tex­nika qismi etakchi ahamiyatga ega bo‘lib, inson tomonidan nazorat qilinib, boshqarilib turiladi. SHuning uchun geotextizimlarni boshqariladigan tizimlar deb hisoblash lozim.
Geotextizimlarda ularning texnik qismida ro‘y bYeradigan jarayonlar bilan landshaftda ro‘y bYeradigan jarayonlar o‘zaro jadal kirishib ketgan bo‘ladi. Buni ayniqsa, Qarshi magistral, Amu-Buxoro, Amu-Qorako‘l, Farg‘ona vodiysidagi (Katta Farg‘ona va boshqalar), Mirzacho‘ldagi, SHYerobod cho‘lidagi kanallar misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Ushbu yirik kanallar geotextizimlarida yuz bYeradigan o‘zaro ta’sir va aloqadorliklarning murakkab ko‘rinishga ega bo‘lishi tabiiy. Ammo kanallar ta’sirida yon-atrofdagi landshaftlarda bo‘ladigan o‘zgarishlarning eng asosiysi kanallardan oqadigan va ekin maydonlariga taqsimlanadigan suvlarning malum qismini zamin-TOF jinslariga singib, Yer osti suvlari bilan qo‘shilishi va ularning satxining ko‘tarib yuborishi bilan bog‘lik. Bu jarayon, o‘z navbatida, tuproq namligini oshirib, gidromorf sharoitga moslashgan o‘simliklar maydonining ortishiga, hayvonot dunyosiga, qolavYersa, yangi geotizimlarning hosil bo‘lshiga olib keladi (gidromorflar, poligidromorf, subakval-supYerakval).
Tog‘ oldi mintaqasida qurilgan suv omborlari ta’sirida ham uning pastki qismida ekin dalalari Yer osti suvlarining ko‘tarilishi natijasida Yerlarning sho‘rlanishi kuchaymoqda. Suv omborlarining atrofdagi landshaftlarga ta’siri ko‘plab mutaxassislar tomonidan qator tadqiqotlarda o‘rganilgan. Surxondaryo viloyatidagi aksariyat va Farg‘ona vodiysidagi ko‘plab suv omborlari va boshqalar bunga misol bo‘ladi.
O‘ziga xos geotextizimlar faqat kanallar yoki suv om- borlaridangina emas, balki yirik sanoat ob’ektlari atrofida ham shakllanishi mumkin. Bunday geotextizimlarda kichik tizimlar sifatida tabiat, ya’ni landshaft bilan sanoat ob’ek­ti o‘zaro aloqa va ta’sirda bo‘ladi.
Asosiy aloqalar esa yana suv yoki havo orqali amalga oshadi. Geotextizimlarning texnika qismi vazifasini turli xil issiqlik elektr stansiyalari, tog‘-metallurgiya kombinatlari, yirik qazilma konlar, yokilg‘i-enYergetika majmualari va xokazolar ham bajarishi mumkin.
Demak, ushbu geotextizimlar qatoriga yaxlit tarzda yirik shaharlarni ham kiritish mumkin. SHaharlar yoki boshqa geotextizimlar atrof-muhit bilan o‘zaro aloqa va ta’sirda bo‘lishi muqaarar ekan, shu hududlar tabiatida turli nomaqbul ekologik o‘zgarishlar ro‘y bYerishi tasodifiy hol. SHundan hududlar ekologik monitoring kuzatishlari olib borilishiga juda muhtojligi ayon.
Download 50.84 Kb.




Download 50.84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qalalardin’ sanaat ha’m avtotransporti karxanalarinin’ ekologiyaliq monitoringi

Download 50.84 Kb.