|
Qarag’aytoifalar bo’limi tasnifi va keng tarqalgan vakillariga ta’rif
|
bet | 4/7 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 42,68 Kb. | | #259554 |
Bog'liq Qarag’aytoifalar bo’limi tasnifi va keng tarqalgan vakillariga ta’rifQarag’aylar oilasi Pinaceae. Qarag’aylar oilasi vakillari MDH xududida keng tarqalgan o’simliklardir. Bu oilaga quyidagi turlar kiradi: oddiy qarag’ay - sosna, qoraqarag’ay - yel, Tilog’och - list vennitsa, Oq qarag’ay - pixta, barglari qisqa ninasimon bo’lib, mutyovka shaklida yoki juft bo’lib joylashadi. Ildizi yaxshi rivojlangan bo’lib, yon ildizlar hosil qiladi. Qarag’ay bir uyli ayrim jinsli o’simlikdir.
Ochiq urug’lilarning ko’payishini oddiy qarag’ay Pinus sibirica misolida qurib chikamiz. Qarag’ay tabiatda keng tarqalgan bo’lib, bo’yi 50 m balandlikka yetadi, 400 yil hayot kechiradi. Sporafill erkak va urg’ochi qubbada hosil bo’ladi. Qubbalar bitta o’simlikda joylashadi. Uzunligi 4-5 sm, diametri 3-4 sm bo’lib, unda spiral ravishda mikrosporofill joylashgan bo’lib, chang hosil qilishga xizmat qiladi.
Mikrosporofill tuximsimon shaklda bo’lib, unda ko’p miqdorda mikrospora hosil bo’ladi. Mikrospora bir yadroli, tashqi tomondan intina va ekzina qavati bilan o’ralgan bo’lib, yonida 2 ta to’rsimon havo pufakchasini hosil qiladi. Mikrosporaning unishidan erkak gametofit - chang hosil bo’ladi. Mikrospora ikkiga bo’linib, undan ikkita xujayra hosil bo’ladi. (anteridiyli va vegetativ). Anteridiyli xujayra sperma hosil qilishga xizmat qilsa, vegetativ xujayra spermani tuxum xujayraga yetkazib beriishga xizmat qiladi.
Urg’ochi qubbalar yosh novdaning uchida joylashadi. Qubbaning asosiy o’qida tangachalar joylashgan bo’lib, unda ikkitadan urug’kurtak hosil bo’ladi. Urug’kurtak nutselus va integumentdan tuzilgan bo’ladi.
Nutselus tuxumsimon bo’lib, ustidan integument o’rab turadi. Nutselusning qubba o’qiga qaragan qismida chang kirishi uchun yo’l - mikropill joylashgan bo’ladi. Nutselus markazida dastlab bitta xujayra joylashib, unnig bo’linishidan 4 ta megospora hosil bo’lsa, undan 3 tasi xalak bo’ladi yoki undan endosperm hosil bo’ladi. Erkak qubbadagi chang urug’kutrakka tushib una boshlaydi. Dastlab changning ekzina qavati yorilib vegetativ xujayra chang nayini hosil qiladi. Ikkinchi xujayra anteridial xujayra 2 ga bo’linib, spermagenli xujayrani hosil qiladi. Spermagenli xujayraning bo’linishidan 2 ta sperma hosil bo’ladi. Bu sperma tuxum xujayrasini otalantiradi.
Ochiq urug’lilarning changlanishidan otalanishigacha 13 oy vaqt o’tadi. Undan murtak (2n) rivojlanadi. Murtakni rivojlanishi endospermdagi zapas oziq moddalar xiosbiga ro’y beradi.
Murtakda ildizcha, poyacha va barga joylashgan bo’ladi. Murtakni tashqi tomonidan endosperma o’rab turadi. Urug’kurtak rivojlanib urug’ hosil qiladi. Changlanish jarayoni o’tgandan keyin ikkinchi yil urug’ yetiladi. Bu vaqtda qubbalar 4-6 sm uzunlikka ega bo’ladi. SHunday qilib, ochiq urug’lilar poporotniklarga nisbatan bir qancha belgilari bilan xarakterlanadi.
Bu tartibga oddiy qarag‘ay — Pinus silvestris misol bo`la oladi. Qarag‘ay katta, adl daraxt bo`lib, bo`yi 40 m gacha boradi. Tashqi ko`rinishi o`zi yashab turgan sharoitga ko`p darajada bog‘liqdir. O`rmon ichkarisida o`sadigan bo`lsa, tanasi ingichka bo`lib, uchidan ixcham shox-shabba chiqaradi, ochiq joyda yoki o`rmonning siyrak joylarida o`sadigan bo`lsa, tanasi tezda shoxlanib, shox-shabbalari yoyilib ketadi. Shoxlarining uchida har yili yangi chiqaradigan novdalar bor. Bu novdalar ikki xil bo`ladi: bir xili uzun va qo`ng‘ir tangachalar bilan qoplangan bo`lsa, ikkinchi xili kalta bo`lib, o`sha tangachalar qo`ltig‘idan joy oladi va uchidan ikkita ninasimon ninabarg chiqaradi. Qarag‘ay tanasining anatomik, tuzilishi juda xarakterlidir. O`zak qismi juda kam taraqqiy etgan; kambiy halqasi ishlab chiqaradigan ikkilamchi yog‘och qismi esa boshdan-oyoq traxeidlardan tuzilgan, suv naylari yo`q. Bo`yi ba`zan 3-4 mm ga boradigan traxeidlarning radial devorlarida g‘alati hoshiyali teshikchalar bo`ladi, traxeidlar yillik halqalar hosil qiladi. Har bir yillik halqada yupqa devorli serbar traxeiddan iborat bahorgi yog‘och bilan qalin devorli kambar traxeiddan tuzilgan kuzgi yog‘ochni ajratish mumkin. Yog‘och qismidan bir talay o`zak nurlarn o`tgan, ulardan tashqari, yog‘och qismida hamma vaqt smola yo`llari bo`ladi. Kambiy qatlami yog‘och qismini tangachasimon po`st bilan qoplangan yupqa po`stloqdan ajratib turadi. Qarag‘ayning erkak qubbalari to`planib, boshoqsimon qalin “to`pgul”lar xosil qiladi, ular shu yilgi uzun novdalarning asosida turadi. “To`pgul”lar, bir-biriga zich taqalgan ayrim qubbalardan iboratdir. Har bir qubba tangachalar qo`ltig‘ida, kalta novdalar o`rnida paydo bo`ladi. Erkak qubbasining o`rtasidan o`q o`tadi, mikrosporofillar yoki changchilar shu o`qqa birikadi. Mikrosporofill shaklan tangachaga o`xshagan bo`lib, pardasimon tashqi uchi yuqoriga qayrilgan. Tangachaning pastki tomonida ikkita mikrosporangiy (changdon) bor. Har bir mikrosporofillga o`qdan suv naylari bog‘lami o`tadi. Mikrosporangiy ichida bir talay mikrosporalar yoki changlar bo`ladi. Qarag‘ayda ularning ko`rinishi juda xarakterlidir. Mikrosporalar dumaloq bo`lib, ikki qavat po`stga: ichki, yupqa po`st — intina bilan tashqi, qalin po`st —ekzinaga o`ralib turadi. Ekzina mikrosporalarning yon tomonlaridan joy oladigan to`rsimon ikkita katta pufak hosil qiladi. Pufaklarning ichi xavo bilan to`lgan, shunga ko`ra qarag‘ay changi shamolda oson tarqalib, changlanishga sabab bo`ladi. Mikrospora moddasi quyuq plazma bilan yadrodan iborat. Mikrosporalar changdon ochilmasdanoq, uning ichida una boshlaydi. Ularning unishi shundan iboratki, mikrospora ichida kichkina-kichkina ikkita protallial hujayra paydo bo`ladi, lekin bu hujayralar tez orada yo`qolib ketadi. Bu erkak gametofitning birdan-bir vegetativ hujayrasidir. Keyin chang ichida anteridial hujayra paydo bo`ladi, bu hujayra chang po`sti yonida turadi. Shu vaqtda changdon devori yoriladi va ikki hujayrali bosqichda bo`lgan shu chang shamol bilan urg‘ochi qubbalarga borib tushadi. Urg‘ochi qubbalari uzun novda uchida bitta yoki ikkitadan vujudga keladi. Ularda ham, xuddi erkak qubbalardagiga o`xshash, o`rtasidan o`q o`tadi, bu o`qqa tangachalar birikkan bo`ladi. Qoplovchi tangacha degan kichkina tangacha to`g‘ridan-to`g‘ri o`kda turadi. Shu tangacha qo`ltig‘ida, cheti yo`g‘on tortgan birmuncha etdor va yirik tangacha — meva beruvchi yoki urug‘ beruvchi tangacha bor. Bu tangachada, chunonchi, uning ustki tomonida, asosiga yaqin joyda ikkita urug‘kurtak joylashgan bo`lib, ular teshikchalari (mikropilesi) bilan pastga, birikish joyiga qarab turadi. Shaklan o`zgargan makrosporangiydan iborat urug‘kurtak kichkina oval tana ko`rinishida bo`ladi. Urug‘kurtak uzunasiga kesib qaralsa, quyidagicha tuzilganligini ko`ramiz. Urug‘kurtakning markazida yupqa devorli hujayralardan tuzilgai endosperm yoki gametofit bor. Uning yuqori qismida (mikropilega qaragan tomonida) arxegoniylar turadi. Har bir arxegoniy bitta katta yadroli yirik tuxum hujayrasidan va qattiq plazmadan iborat. Tuxum hujayrasi ustida kichkina qorin kanal hujayrasi yotadi, lekin bu hujayra tez orada yo`qolib ketadi. Endosperm nutsellus bilan o`ralgan, nutsellus ustida urug‘kurtakni o`rab, nutsellusning pastki tomoni bilan qo`shilib o`sadigan qoplag‘ich bor. Qoplag‘ichning uchida mikropile bor. Spora mikropiledan nutsellusga tushadi va shu yerda o`sa boshlaydi. Uning hujayrasi cho`zilib, chang naychasiga aylanadi va keyin nutsellus endosperm orqali arxegoniyga o`tadi. Anteridial hujayra ikkita generativ (jinsiy) hujayrasi — changchini paydo qiladi, bular chang naychalaridan tuxum hujayraga tushadi. Keyin chang naychasi yoriladi, otalik yadrosining biri tuxum hujayrasi bilan qo`shilib, uni otalantiradi. Otalangan tuxum hujayrasidan embrion paydo bo`ladi. Uning rivojlanishi ancha murakkab. Unda uzun osilma hosil bo`ladi, osilma o`sib, embrionni endospermga yaqinlashtirib qo`yadi. Embrion endospermda uzil-kesil tashkil topadi. Urug‘kurtakdan urug‘ paydo bo`ladi; qoplag‘ich urug‘ po`stiga, nutsellus — endospermni o`rab oladigan yupqa pardaga aylanadi. Endosperm zapas oziq moddalar bilan, asosan yog‘ bilan to`ladi; keyinchalik urug‘ unganda yosh o`simlik shu oziq moddalar hisobiga oziqlanadi. Qarag‘ay urug‘larida shamolda tarqalishni osonlashtiradigan tiniq qanotcha bor. Qarag‘ay qubbalari ikki yilda pishib yetiladi. Changlanish iyun oyida bo`lib o`tadi va nutsellusga yopishgan chang kelgusi yilgacha qolib ketadi. Kelgusi yil yozda chang unadi, keyin otalanish sodir bo`lib, embrion va urug‘ rivojlanadi. Shu bilan birga qubba o`sadi va kuzga kelib, urug‘lar pishgandan keyin yashil rangi yo`qolib, qo`ng‘ir bo`lib qoladi. Uning tangachalari ajralib, urug‘lari sochiladi. Bundan ko`rinadiki, Cycas qanday rivojlansa, qarag‘ayning rivojlanish tsikli ham xuddi shunday o`tadi, muhim farq shundaki, qarag‘ayda otalanish harakatsiz otalik yadrolari ishtiroki bilan yuzaga keladi va chang naychasi shu yadrolarni tuxum hujayrasiga o`tkazadigan organ o`rnini bosadi. Sagovniklarda otalantiradigan elementlar harakatchan spermatozoidlardan iborat bo`lib, chang naychasi unib kelayotgan changni nutsellusga biriktirib turish uchungina xizmat qiladi. Nasllar sagovniklardagidek gallanadi.
Ninabarglilar sagovniklardan farq qilib, yer yuzining, asosan o`rtacha va sovuq iqlimli zonalarida o`sadi va o`sha joylarda katta-katta o`rmonlar hosil qiladi. Shu bilan birga, ular qutb doirasidan ham o`tib, qutblargacha, ya`ni o`simliklar o`smaydigan o`lkalar chegarasigacha boradi. Coniferales sistematikada bir qancha oilalarga bo`linadi.
|
| |