• Tenzodatchik Ishning maqsadi
  • Qarshi davlat universiteti fizika fakulteti sanoat muhandisligi kafedrasi




    Download 2,72 Mb.
    bet2/4
    Sana15.05.2024
    Hajmi2,72 Mb.
    #236701
    1   2   3   4
    Bog'liq
    3-AMALIY ISH mc

    Boshqaruvchi dasturning ishlashi
    Boshqaruvchi dasturning yuqori qismida “Deformatsiya” oynasi joylashgan, u modul №3 ga ulangan tezodatchik ko‘rsatkichlarini birliklarda ekranga chiqarishga mo‘ljallangan.
    “Печат” oynasi jadval va grafiklarni qog‘ozga chiqarishga mo‘ljallangan.
    “Панель эксперимента” bloki ulangan datchik ko‘rsatkichlarini jadval yoki grafik ko‘rinishda chiqarishga mo‘ljallangan.
    “Старт” oynasi ulangan tenzodatchik ko‘rsatkichlarini yozishni boshlashga mo‘ljallangan. Ko‘rsatkichlarni yozish boshlangandan sung oynada “Старт” oynasi o‘rnida “Стоп” oynasi paydo bo‘ladi, bu tugmani bosish orqali ko‘rsatkichlarni yozishni tugallanadi.
    “Очистить” oynasi yozib olingan ko‘rsatkichlarni o‘chirishga mo‘ljallangan.
    “= 0” oynasi datchik ko‘rsatkichlarini nolga keltirishga mo‘ljallanagan.
    “Панел управления” boshqariluvchi dasturni qurilmaga ulashga yoki ajratishga mo‘ljallangan. “Подключиться” oynasi dasturni ulashga mo‘ljallangan.Dastur qurilmaga ulangan vaqtda oynada “Отключить” yozuvi paydo bo‘ladi.Bu tugmani bosish boshqaruvchi dasturni qurilmadan uzishni ta’minlaydi.
    Tenzodatchik
    Ishning maqsadi: Tenzorezistiv datchik tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish
    Nazariy ma’lumot
    Tenzometrik datchik ГОСТ 8.631-2013 с.п.2.1.2. ga asosan fizik ta’sir kattaligini o‘zgarishiga sezgir bo‘lgan og‘irlik o‘lchash elementidan iborat bo‘lib, uni elektr signalga aylantirib beradi.Aslida bu rezistor bo‘lib, Om qarshiligi parametrini qo‘yilgan kuchga nisbatiga o‘zgartirib beradi. Amaliyotda og‘irlik o‘lchov tizimida massa va yuklanishni o‘lchashga mo‘ljallangan. Qo‘llanilish sohasiga ko‘ra tenzodatchiklarning tuzilishi va ishlash prinsipiga ko‘ra turlicha bo‘lgan turlari ishlatiladi.
    Misol sifatida tenzodatchikning oddiy turini ko‘rib chiqamiz, unda sezgir element sifatida tenzorezistor ishlatiladi. Tenzorezistorning ishlashi Guk qonuniga asoslanadi- egiluvchan elementning chiziqli o‘lchamlarning o‘zgarishi unga qo‘yilgan kuchga proporsional. Tenzorezistor elektr qarshiligining o‘zgarishi bunda sensorning cho‘zilishiga yoki siqilishiga ham proporsional. Ushbu prinsipga ko‘ra proporsionallik koeffitsiyenti aniqlanadi.
    K
    К-proporsionllik koeffitsiyenti
    ∆ι – deformatsiya vaqtida tenzorezistor uzunligining o‘zgarishi
    ι – Tenzorezistorning tinch xolatdagi boshlang‘ich uzunligi
    ∆R- deformatsiya vaqtida tenzorezistor qarshiligi o‘zgarishi
    R- tenzorezistorning tinch xolatda boshlang‘ich qarshiligi
    Амалда бу қуйидагича амалга ошади (расм 1.)

    Rasm 1.
    Butun rezistiv elementning qarshiligi quyidagicha aniqlanadi:

    Bu yerda: 𝜌- materialning solishtirma qarshiligi
    𝑙- tenzodatchik o‘tkaazgichi uzunligi
    S- tenzodatchik ko‘ndalang kesimi yuzi
    R-тензорезисторнинг бошланғич қаршилиги (тинч холатда.).
    Shunday qilib, tenzodatchik uzaytirilganda o‘tkazuvchilar uzunligi ham uzayadi, ko‘ndalang kesimi kamayadi. Natija sifatida Om qqarshiligi ortadi.Siqishda teskari jarayon yuz beradi- o‘tkazuvchi elementlar uzunligi qisqradi, ularning ko‘ndalang kesimi ortadi. Siqish natijasida tenzodatchik qarshiligi ortadi, bu uning ishlash prinsipi asosida yotadi.
    O‘lchash usuliga ko‘ra barcha datchiklarni quyidagi turlarga bo‘linadi:
    Rezistiv- uning ishlashi egiluvchan asosli termorezistorga asoslangan.
    Taktil- orasiga perforativ plenkali dielektrik o‘rnatilgan ikkita o‘tkazgichdan tashkil topgan.
    Pyezorezonans- yarimo‘tkazgichli elementlarga asoslangan.
    Pyezoelektrik- ayrim yarim o‘tkazgichlar kristali elektronlariga asoslangan.
    Magnit- magnit o‘tkazgichlar xususiyatidan foydalanadi.
    Sig‘imli- o‘zgaruvchan kondensator effekidan foydalanadi.

    Rasm 2. Yuk qabul qiluvchi asosning shakliga ko‘ra datchiklar turlari
    Tenzodatchiklar turli asboblar va moslamalarga o‘rnatiladi, fizik ta’sirga sezgirlikni kuzatishda ishlatiladi. Xozirgi kunda ular sanoat va halq xo‘jaligining turli sohalarida bir qator maqsadlarda ishlatilmoqda:

    • Og‘irlikni o‘lchash- elektron tarozilarga o‘rnatiladi.

    • Tezlanishni aniqlashda

    • Bosimni o‘lchashda

    • Siljishni nazorat qilishda- qurilish elementlarining, asoslarning, seysmologik moslamalarning siljishini nazorat qiladi

    • Burovchi moment o‘zgarishini-mashinasozlik sanoatida, texnik xizmat ko‘rsatishda ishlatiladi.

    Qandaydir fizik kuchlanish yoki vaznni o‘lchashda model tanlashda sensorning asosiy parametrlarini xisobga olish zarur.Bu xarakteristikalarga quyidagilar kiradi:

    • O‘lchash diapazoni-tenzodatchik sezishi mumkin bo‘lgan og‘irlik yuklamasi chegarasini aniqlaydi

    • Aniqlik sinfi- qurilma parametrlariga bog‘liq xolda yoki o‘lchash aniqligiga talablarga asosan tanlanadi

    • Termokompensatsiya- tenzodatchiklar uchun, o‘lchash aniqligi yuqori bo‘lishi, atrof muxit temperaturasi ta’sirini xisobga olishda termokompensatsiyalovchi elementlar qo‘llaniladi.

    • Ximoya darajasi- IP indeksi bilan belgilanadi va tenzodatchikning namlik, chang ta’siriga turg‘unligi bilan harakterlanadi.


    Download 2,72 Mb.
    1   2   3   4




    Download 2,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat universiteti fizika fakulteti sanoat muhandisligi kafedrasi

    Download 2,72 Mb.