|
Qarshi davlat universiteti fizika fakulteti sanoat muhandisligi kafedrasi
|
bet | 3/4 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,72 Mb. | | #236701 |
Bog'liq 3-AMALIY ISH mcIshni bajarish tartibi:
Qisqacha nazariy ma’lumot va tenzodatchik tuzilishi bilan tanishish
Tenzodatchiklarning mavjud turlarini yoritish. Tenzorezistiv datchikning tuzilishi va ishlash prinsipini yoritish
Qurilmani elektr manbaiga ulash, modul №1 ning “Pitaniye” diffirensial avtomatini qo‘shish
Tenzodatchik ishlashi bilan tanishish, buning uchun modul №4 ning “katushka” tugmasini bosish va ushlab turish.
Natijalarni tahlil qilish va xulosa qilish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA FAKULTETI
SANOAT MUHANDISLIGI KAFEDRASI
«METROLOGIY, STANDARTLASHTIRISH VA O‘ZAROALMASHUVCHANLIK» LABORATORIYASI
5-AMALIY ISHI
Elastiklik moduli va Puanson koeffitsiyenti
QARSHI 2023
5-Amaliy ish
Elastiklik moduli va Puanson koeffitsiyenti
Ishning maqsadi: Elastiklik moduli va Puanson koeffitsiyenti tushunchalari bilan tanishish, tenzodatchikni kalibrovka qilishni o‘rganish
Qisqacha nazariy ma’lumot
Kam uglerodli po‘latning cho‘zilishi diagrammasi- namunaga ta’sir qiluvchi cho‘zuvchi kuch – F va uning deformatsiyasini keltirib chiqaruvchi –Δl
Rasm-1 da tasvirlangan.
Rasm-1. Ст-3 markali kam uglerodli po‘lat namunaning cho‘zilish diagrammasi
F- cho‘zuvchi kuch, Δl – namunaning absolyut cho‘zilishi
Diagramma nuqtalarini va aloxida uchastkalarini, shuningdek namunaning unga mos keluvchi bosqichlarini ko‘rib chiqamiz, Yuklanish boshlanishidan ma’lum qiymatgacha cho‘zish kuchi- Fпц (А nuqta) F- kuch va Δl- cho‘zilishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mos keladi (OA- uchastka):
Fпц = k Δl
Bu proporsionallik birinchilardan bo‘lib 1670 yilda Robert Guk tomonidan aniqlangan va keyinchalik Guk qonuni nomini olgan. Guk qonuniga mos keluvchi
Fпц – kuchning kattaligi namuna o‘lchami va materialiga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu kuch ta’sirida yuzaga keladigan kuchlanish proporsionallik chegarasi deyiladi va quyidagicha aniqlanad:
;
Bu yerda: S- namunaning ko‘ndalang kesimi
Shunday qilib proporsionallik chegarasi deb, Guk qonuni amal qiladigan chegaraga aytiladi
Eng katta kuchlanishgacha qoldiq deformatsiya kuzatilmasa elastiklik chegarasi deb aytiladi. Bu kuchlanish Fu natijasida yuzaga keladi va quyidagi formuladan aniqlanadi:
;
Elastiklik chegarasi Guk qonuniga bog‘liq bo‘lmagan xarateristika xisoblanadi.
Yung moduli ( bo‘ylama elastiklik moduli) – materialning cho‘zilishga qarshiligini va elastik deformatsiyada siqilishiga qarshiligini harakterlaydi. Yung modulini quyidagi formuladan topshish mumkin:
Е=
Bu yerda: namunaning ОВ uchastkadagi nisbiy bo‘ylama deformatsiyasi
Δl
Sterjenning ko‘ndalang deformatsiyasi absolyut kattaligining bo‘ylama deformatsiyaga nisbati Puasson koeffitsiyenti deb aytiladi.Uni xisoblash yo‘li bilan aniqlash mumkin.
Bu yerda: - Namunaning ОВ uchastkadagi nisbiy bo’ylama deformatsiyasi;
- Namunaning ОВ uchastkadagi nisbiy ko‘ndalang deformatsiyasi;
- namunaning kuch qo‘yilgandan keyingi uzunligi, - namunaning boshlang‘ich uzunligi.
- namunaning boshlang‘ich diametri.
Agar namuna to‘g‘ri burchakli а va б o‘lchamli ko‘ndalang kesimga ega bo‘lsa, -ni quyidagicha aniqlash mumkin:
Sterjenga cho‘zuvchi kuch qshyilganda u bo‘ylama cho‘ziladi va ko‘ndalang kesimi qisqaradi.Shundy qilib bu xollarda
va bo‘lsa Puanson koeffitsenti musbat bo‘ladi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki Puanson koeffitsiyenti siqilishda ham cho‘zilishda ham bir xil qiymatga ega bo‘ladi.Ba’zi materiallar borki puanson koeffitsiyenti manfiy bo‘ladi, bunday materiallar auksetiklar deb atalib, bo‘ylama kuchlanishda ko‘ndalang kesimi ham ortadi. Masalan bir qavatli nanotrubkali qog‘oz Puanson koeffitsiyentining musbat qiymatiga ega. qatlamllar soni ortishi bilan nanotrubkali qog‘oz uchun Puanson koeffitsiyentining birdaniga manfiy qiymatga o‘tishi kuzatiladi -0,20. Puanson koeffitsiyentining manfiy qiymati Litiy (eng kichik qiymati -0,54 ga teng),natriy (-0,40),kaliy (0,42), kalsiy (0,27), mis (-0,13). Mendeleyev jadvalidagi 67 % kubik kristallar manfiy puasson koeffitsiyentiga ega. Cho‘zilish diagrammasi koordinatalari F- Δl (rasm 1.) materialning sifatlixarakteristikasi bo‘laolmaydi. Cho‘ziluvchi namunada F-kesim maydoniga bog‘liq bo‘ladi, namunaning cho‘zilishi Δl-esa uning uzunligiga bog‘liq bo‘ladi. Namuna materialini xarakterlovchi diagrammaga o‘lchamlarning ta’sirini yo‘qotish uchun cho‘zilish diagrammasini 𝜎−𝜀 kordinatada quriladi,bunda F- ordinatalarni namunaning dastlabki kesim maydonlari S0 ga, Δl - absissani esa namunaning dastlabki uzunligi l ga bo‘linadi.Bu har ikkala o‘q uchun masshtablarni o‘zgartirishga teng kuchli.
Bunday usulda qurilgan diagramma shartli kuchlanishlar diagrammasi deb ataladi (rasm 2.)
Rasm 2. Shartli kuchlanishlar diagrammasi
Diagrammaning shartli deb atalishiga sabab namunaning maydoni sinash jarayonida aslida o‘zgaradi. Namuna bo‘yin shakliga kelgunicha (D-nuqta) bu o‘zgarishlar katta bo‘lmaydi, DK uchastkada ko‘ndalang kesimning xaqiqiy maydoni va unga ko‘ra diagramma ordinatalari aniqlanadigan S0 -dastlabki maydon bir birida katta farq qiladi.Kuchning xaqiqiy qymatini namunaning ko‘ndalang kesim yuzi maydoni S ga bo‘lib,xaqiqiy kuchlanish qiymatlarini olish mumkin va DH diagramma xaqiqiy kuchlanishi grafigini qurish mumkin. Shunday qilib rasm 2 da.DK- shartli diagramma, DH- esa namuna kuchlanishining xaqiqiy diagrammasi. Namuna deformatsiyasini tenzodatchik yordamida o‘lchashda uning ko‘rsatishini quyidagi formuladan aniqlash mumkin: ;
Bu yerda: Д-tenzodatchik ko‘rsatishi
ε-tenzodatchik maxkamlangan namunaning nisbiy deformatsiyasi
- kalibrlovchi koeffitsiyent.
|
| |