|
Qarshi Davlat Universiteti Magistratura bo’limi Biologiya (Botanika) mutahassisligi 1-kurs magistranti Asadova Muxabbatning Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat fanidan “Muommoli ta’lim texnologiyalari” mavzusida tayyorlagan
|
Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 427,09 Kb. | | #274213 |
Bog'liq Muammoli ta\'lim ppt Reja: - Muommoli ta’limning vujudga kelish tarixi.
- Muommoli ta’lim haqida tushuncha.
- Muommoli ta’limni qo’llash texnologiyasi.
- Muommoli ta’limni qo’llash mahorati.
Muommoli ta’limning vujudga kelish tarixi. Muammoli o‘qitish amerikalik faylasuf, psixolog va pedagog Dj.Dyunning nazariy qoidalariga asoslanadi va XX asrning 20-30-yillarida tarqala boshladi. Dj.Dyun o‘qitish uchun quyidagilarni asos qilib belgiladi: ijtimoiy konstruksiyalash, badiiy ifodalash, ilmiy-tadqiqiy. Bu asoslarni amalga oshirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi: so‘z, san’at asarlari, texnik qurilmalar, o‘yinlar va mehnat. Muammoli darslarni keyingi yillarda yangi nom bilan “Tafakkur bo’roni” - B.R Qodirov, “Miyaga hujum” , “Fikrlar to’qnashuvi ”, “Fikrlar jangi” - B.M Karimova, F.A Akramova , “Aqliy hujum ” - J.G Yo’ldosheva nomlash rasm bo’ldi.
Muammoli o‘qitishni chuqur o‘rganish XX asrning 60 yillarida boshlangan. Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli O‘qitish g’oyasi va prinsiplari S.L. Rubinshteyn, M.I. Maxmutov, V. Okon, I.Y. Lerner kabi psixolog olimlar tomonidan ishlab chiqilgan.
S.L. Rubinshteyn "tafakkur - inson oldida turgan masala va muammolarni echishga olib keladigan idrok bo‘lib, tafakkur muammoli vaziyatdan kelib chiqadi va muammoni yechishga qaratilgan bo‘ladi"-deb ta’kidlaydi.
Muommoli ta’lim haqida tushuncha. - Muommoli ta’lim bu - pedagog rahbarligida muommoli vaziyat yuzaga keltirilib, mazkur muommo o’quvchi –talabalarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim , ko’nikma va malakalarni ijodiy o’zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayoni.
- Muommoli o’qitishning mohiyati - pedagog tomonidan muommoli vaziyatni vujudga keltirish va o’quv vazifalarini , muommolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish bo’yicha ularning bilish faoliyatini tashkil etish tushuniladi.
Muommoli vaziyat
Muommoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o’ziga xos o’qitish sharoitida yuzaga keladi.
Muommoli vaziyatda har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda talaba mashaqqat talab qilgan obyekt ( tushuncha, fakt) ning unga avval va ayni vaqtda ma’lum bo’lgan vazifa, masala bo’yicha ichki, yashirin a’loqalarni anglab yetadi.
Muommoli vaziyatning mohiyati shuki, u talaba tanish bo’lgan yangi faktlar hodisalar o’rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o’zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir.
Bu bilimlar noma’lumni topishga yo’nalgan qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Avvalo talabaga noma’lum bo’lgan o’quv muommosi vazifasi belgilanadi va bunda uning bajarilish usullari hamda natijasi ham noma’lum bo’ladi, shunda talabalar o’zlaridagi avval egallagan bilim va ko’nikmalarga asoslangan holda kutilgan natija yoki yechilish yo’lini izlaydilar.
Muommo 3 tarkibiy qismdan iborat:
1. Ma’lum (berilgan vazifa asosida)
2. Noma’lum (ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi)
3. Avvalgi bilimlar (talabalar tajribasi)
Muommoli o’qitishni tashkil etishning birinchi sharti o’quv axborotlarining takomillashib borishi tizimidir. - Muommoli o’qitishni tashkil etishning birinchi sharti o’quv axborotlarining takomillashib borishi tizimidir.
- Muommoli o’qitishning ikkinchi shartida muommoli o’qitish amalga oshiriladi va unda axborotning o’quv vazifasiga o’tkazilishi vaqtida uni yechish usulini tanlash imkoniyati ko’zda tutiladi.
- Muommoli o’qitishning uchunchi sharti ta’lim oluvchining subyektiv mavqei , ularning bilish maqsadlarini anglab yetishi va qaror qabul qilishi masalani hal qilish va qo’lga kiritish uchun o’zlarining ixtiyorida bo’lgan vositalarni baholay bilishidir.
O’quv muommosining muhim belgilari quyidagilar:
1. Yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladigan noma’lumning qo’yilishi;
2. Talabalarda noma’lumni topish yo’lida izlanishni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan muayyan bilim zahirasining bo’lishi.
Adabiyotlar ro‘yxati - Omonov N.T. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.: “Iqtisod–moliya”. 2009. – 240 b.
- Avliyokulov X.N, Musayeva M .Pedagogik texnologiya. Darslik –T.: 2012.
- Omonov N.T. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.Darslik–T.: 2012
- Tojiyev M, Ziyomuxamedov B Uralov M .Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat–T.: 2012
- Omonov A, Xo‘jayev N, Madiyorov, Eshchanov U. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. O‘quv qo‘llanma. T.: 2009
- Sayidaxmedov N.S. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. – T., O‘zMU qoshidagi OPI, 2010.
- Ishmuxamedov R., Abduqodirov A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. –T.: 2008
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Qarshi Davlat Universiteti Magistratura bo’limi Biologiya (Botanika) mutahassisligi 1-kurs magistranti Asadova Muxabbatning Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat fanidan “Muommoli ta’lim texnologiyalari” mavzusida tayyorlagan
|