Mavzuning vazifalari. Kurs ishida dissossasiya jarayonining bosimini o’rganish hamda dissossasiya bosimini o’lchashni o’rganish kurs ishining asosiy vazifalari hisoblanadi. Shunday qilib, noelektrolit eritmalar uchun izotonik koeffisiyent birga teng, elektrolit eritmalar uchun hamma vaqt birdan katta.
Mavzuning obyekti. Elektrolit eritmalar, elektroliz qurilmasi, Dissossiyalanish darajasi kurs ishining obyekti hisoblanadi
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi an’anaga ko’ra kirish, 1-bob adabiyotlar sharhi, 2-bobo tajriba qismi, 3-bob olingan natijalar tahlili, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat. Kurs ishi 27-bet va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida 6 ta adabiyotlardan foydalanilgan.
I Bob. Adabiyotlar sharhi
Dissossiyalanish nazariyasinin ochilishi
Bu nazariyani 1887 yilda shved olimi S. Arrenius yaratgan. Uning mohiyati quyidagilardan iborat:
1. Elektrolitlar suvda eriganda musbat va manfiy zaryadli ionlarga ajraladi. Bu jarayonni elektrolitik dissossasiya deb ataladi.
2. Elektr toki ta’sirida musbat zaryadli ionlar katodga, manfiy zaryadli ionlar anodga tortiladi. Shu sababli ularni mos ravishda kationlar va anionlar deb ataladi.
3. Dissossasiya qaytar jarayondir.
Eritmasi yoki suyuqlanmasi elektr tokini o’tkazadigan moddalarni elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarga tuzlar, kislotalar, asoslarning suvdagi eritmalari kiradi.
Eritmasi elektr tokini o’tkazmaydigan moddalarni noelektrolitlar deyiladi. Noelektrolitlarga kislorod, shakar, spirt, mochevina kabi moddalarning suvdagi eritmalari kiradi.
Arrenius nazariyasining kamchiligi shundaki, u erituvchi va erigan modda zarrachalarining o’zaro ta’sirlashuvini hisobga olmaydi. Vaholanki, eritmada ionlar erkin holda emas, balki gidratlangan holda bo’ladi.
Oddiy eritma suvning dielektirik o‘tkazuvchanligi juda yuqori, bundan tashqari suv eng yaxshi ionlashtiruvchi eritmadir. Suvning dielektrik o‘tkazuvchanligi 80,1 teng. Bu shuni ko‘rsatadiki, kristallda bo‘lgan musbat va manfiy ionlararo tortishish kuchlari suvdagi erit-malarda 80,1 marta kamayadi. Dielektrik doimiylik efir, benzol, uglerod (1V)-sulfid kabi erituvchilarda, ya’ni dissotsilanmaydigan moddalar uchun juda kichikdir. Kuchsiz darajada ionlatuvchi spirt, atseton va boshqa erituvchilarda dieletrik o’tkazuvchanlik o‘rtacha qiymatga ega bo‘ladi [1].
Ba’zi erituvchilarning dielektrik o‘tkazuvchanligi (20°C)
1-jadval
Erituvchi
|
Dielektrik
o’tkazuvchanlik
|
Erituvchi
|
Dielektrik o’tkazuvchanlik
|
Suv
Metil spirt
Etil spirt
Atseton
|
80,1
33,0
25,7
21,7
|
Xloroform
Dietil efir
Uglerod (1V)-sulfid
Benzol
|
5,0
4,34
2,62
2,28
|
Elektrolitlar tabiatiga qarab kuchli va kuchsiz elektrolitlarga bo‘linadi. Kuchli elektrolitlar to‘liq, kuchsiz elektrolitlar qisman eritmada ionlarga dissotsilanadi. Kuchsiz elektrolitlarning dissotsilanishi qaytar jarayondir: chunki eritmadagi gidratlangan ionlar to‘qnashishi natijasida yana dissotsilanmagan molekulalar hosil qilish mumkin. Bunday qaytar jarayonni molyarlanish deyiladi . Elektrolitik dissotsilanish jarayon kinetik muvozanat qaror topganda, ya’ni dissotsilanish tezligi molyarlanish tezligiga teng bo‘lganda sodir bo‘ladi. Masalan, sirka kislotaning suvli eritmasi uchun bu quyidagicha yoziladi [2].
Elektrolitik dissotsilanish
CH3COOH======================= H++CH3COO-
molyarlanish
Elektrolitlar dissotsilanish darajasi bilan Harakterlanadi. Elektrolitning dissotsilangan molekulalar sonining umumiy erigan molekulalar soniga nisbati dissotsilanish darajasi deyiladi. Dissotsilanish darajasi kasr sonlari bilan yoki prosent hisobida ifodalanadi, kuchli elektrolitga dissotsilanish darajasi 0,3 yoki 30% dan yuqori, kuchsiz elektrolitlarga esa dissotsilanish darajasi 0,3 yoki 30% dan past bo‘lgan moddalar kiradi.
Dissotsialanish darajasi konsentratsiyaga bog‘liq bo‘lib eritma suyultirilgan sari ortadi. Chunki eritmaning kichik konsentratsiyasida ionlarning to’qnashish ehtimolligi kamayadi. Buni sirka kislota mi-solida quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
2-jadval
Konsentratsiya , S norm.
|
1,0
|
0,1
|
0,01
|
0,001
|
Dissotsilanish darajasi,.18°
|
0,004
|
0,014
|
0,.042
|
0,124
|
Dissotsilanish darajasi temperaturaga bog‘liq bo‘lib, u ko’tarilishi bilan ortadi, chunki bu holatda molekulalardagi bog‘lanishlar kuchsizlanadi.
Quyidagi jadvalda ba’zi elektrolitlarning 0,1 n eritmalari uchun 18°C dagi dissotsilanish darajasi keltirilgan.
3-jadval
-
Elektrolitlar
|
%
|
Elektrolitlar
|
%
|
НСl
HBr
HI
HNO3
H2SO4
H2SO3
H3PO4
H2CO3
H2S
KNO3
K2SO4
|
92
92
92
92
58
34
27
0,17
0,07
83
71
|
HCN
NaOH
KOH
Ba(OH)2
NH4OH
NaCl
KCl
NH4Cl
AgNO3
MgCl2
CuSO4
|
0,001
91
91
77
1,34
84
86
85
81
76,5
40
|
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki kuchli elektrolitga kuchli asoslar, kuchli kislotalar va tuzlar; kuchsiz elektrolitga esa kuchsiz kislota, kuchsiz asoslar va barcha organik kislotalar misol bo‘la oladi [3].
|