|
Figure joriy grafik oynasiga Matlabning turli funksiyalari vositasida bir xil o‘klarda turli grafiklarni yaratish uchun oxirgi grafik funksiyasidan keyin hold on
|
bet | 2/3 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #237077 |
Bog'liq ABDUVALIYEV A2Figure joriy grafik oynasiga Matlabning turli funksiyalari vositasida bir xil o‘klarda turli grafiklarni yaratish uchun oxirgi grafik funksiyasidan keyin hold on buyrug‘i qo‘yiladi.
Figure joriy oynasida barcha avvalgi grafiklarni yo‘qotish uchun oxirgi grafik funksiyadan keyin hold off buyrug‘i qo‘yiladi.
Bir nechta grafiklarni chiqarishda Figure joriy oynasini bo‘lish uchun quyidagi funksiya ishlatiladi: Subplot (n,m,p), bu yerda: mxn – grafik oyna ulchamlari, m- katorlar va n- ustunlar; p – chikariladigan grafik tartib raqami, qator bo‘yicha chapdan o‘nga. Grafik oyna maritsasining elementlari sifatida grafiklarni chikarishga imkon beruvchi maydonlar tushiniladi.
Ikki o‘lchamli grafiklar chizishda ishlatiladigan funksiyalar ruyxati matlab\graphrd papkasida va bu funksiyalar xakida help graphrd buyruqsi yordamida ma’lumot olish mumkin.
Matlab da ikki ulchovli grafiklar yaratish asosiy funksiyalari.
Uch o‘lchovli grafika deyilganda ikki argument (x va u) ning funksiyasi z(x,y) ning grafigini qurish tushuniladi.
Matlab tizimida uch o‘lchovli grafiklar yaratishning umumiy jihatlari:
agar z – vektor bo‘lsa, x va u argumentlarning bitta grafigi chiziladi;
agar z – matritsa bo‘lsa, argumentlari x va u, funksiyalari z – matritsa ustunlari bo‘lgan funksiyalar grafiklari chiziladi;
uch o‘lchovli grafiklar yaratish uchun x va u argumentlar qiymatlari asosida avvaldan XOU tekisligida to‘r hosil qilinadi.
XOU tekisligida to‘r hosil qilish. XOU tekisligida to‘r hosil qilish X va U bir xil o‘lchamli matritsalar asosida meshgrid(x,y) funksiyasi vositasida amalga oshiriladi.
Bunda [X,Y] = meshgrid(x,y) bu matritsalar satrlar soni u vektor uzunligiga, ustunlar soni x vektor uzunligiga teng bo‘lishi lozim. Agar x va u vektorlar uzunliklari bir xil bo‘lsa, u holda qisqa format qo‘llaniladi: [X,Y] = meshgrid(x).
Uch o‘lchovli grafiklar yaratish uchun plot 3, mesh, meshc, surf, surfl, contour3 funksiyalaridan foydalaniladi. Masalan: [X,Y]=meshgrid(3:0.1:3);
Z=X.^2-2*Y.^2-X*Y; subplot(2,2,1),plot3(X,Y,Z),grid subplot(2,2,2),mesh(X,Y,Z),grid subplot(2,2,3),meshz(X,Y,Z),grid,hold on subplot(2,2,4),meshc(X,Y,Z),grid,hold on
Matlabning uch o‘lchovli grafiklar yaratish asosiy funksiyalari
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Figure joriy grafik oynasiga Matlabning turli funksiyalari vositasida bir xil o‘klarda turli grafiklarni yaratish uchun oxirgi grafik funksiyasidan keyin hold on
|