|
Qarshi filiali kompyuter injiniringi fakulteti k I 11 – 20s- guruh talabasining amaliy dasturiy paketlar fanidan
|
bet | 1/3 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #237077 |
Bog'liq ABDUVALIYEV A2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
K I - 11 – 20S- GURUH TALABASINING
AMALIY DASTURIY PAKETLAR
FANIDAN
2 – Amaliy ishi
Bajardi: A.Mengaliyev
Qabul qildi: A.Abduvaliyev.
2-Amaliy mashg‘ulot
MATLAB DASTURINING IKKI HAMDA UCH O‘LCHAMLI GRAFIK IMKONIYATLARI.
MATLAB tizimida ikki hamda uch o‘lchovli grafik imkoniyatlar Ishdan maqsad:
Ikki o‘lchovli grafiklar yaratish qoidalari bilan tanishish;
plot, bar, subplot funksiyalari bilan ishlash;
Yaratilgan grafiklarni sozlash;
Uch o‘lchovli grafiklar yaratish qoidalari bilan tanishish;
plot3, mesh, meshc, surf, surfl, contour va contour3 funksiyalari bilan ishlash; Uslubiy ko‘rsatmalar:
Matlab tizimi ma’lumotlarni grafik tarzda ifodalashi borasida katta imkoniyatlarga ega.
Mazkur tizimning grafik imkoniyatlari analitik vektor ko‘rinishda berilgan ikki va uch o‘lchovli funksiyalar grafigini chizish;
Bir grafik oynada bir nechta funksiyalar grafigini yaratish; grafiklarni turli koordinata tizimlarida turli ranglar, nuktalar va chiziqlar orqali ifodalash imkonini beradi;
Ikki o‘lchovli grafika tekislikda bir o‘zgaruvchining funksiyasi y=f(x) grafiklarini yaratish imkonini beradi.
Ikki o‘lchovli grafiklar yaratishning umumiy printsiplari:
Agar x va y- vektorlar bo‘lsa, u xolda bitta y funksiya grafigi chiziladi;
Agar x matritsa, y- vektor bo‘lsa, u xolda argumentlari x matritsa ustunlari bilan berilgan y funksiyaning grafiklari chiziladi;
Agar x- vektor, y- matritsa bo‘lsa, u xolda argumenti x vektor bo‘lgan va y matritsa ustunlari orkali berilgan funksiyalar grafiklari yasaladi.
Grafiklarni monitor ekraniga chiqarish umumiy qoidalari:
Matlab funksiyalari yordamida qurilgan joriy grafik joriy grafik oyna Figure1 ga chiqariladi. Yangi grafik ham shu oynaga chiqariladi bunda avvalgi grafik avtomatik tarzda o‘giriladi.
Grafiklarni alohida grafik Figure 2, …, Figure n oynalariga chiqarish uchun yangi grafik chizish funksiyasi oldidan Figure buyrug‘i qo‘yiladi.
|
| |