|
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti innovatsion iqtisodiyot kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi"
|
bet | 2/5 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 170,89 Kb. | | #249022 |
Bog'liq BAHRIDDIN KURS ISHI (3) 1.1 Erkin iqtisodiy zona tushunchasi
Erkin iqtisodiy zona — mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo‘lgan maxsus ajratilgan hududdir.
Erkin iqtisodiy zona hududida yuridik shaxslar va fuqarolar (jismoniy shaxslar) xo‘jalik, moliyaviy va boshqa faoliyatning istalgan turlari bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yiladi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida man etilgan faoliyat turlari bundan mustasno.
Erkin iqtisodiy zonalar alohida xalqaro huquqiy status joriy etiladi. Lekin u qayerda joylashishidan qatʼi nazar, shu mamlakatning ajralmas boʻlagi hisoblanadi, barcha amaliyotlar (yer ajratish, firma va kompaniyalarni tashkil etish, chegaradan yuklarni, tovarlarni olib kirish va olib chiqish, boj toʻlovlari, soliq toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar, qaysi valyuta yoki valyutalar toʻlov vositasini oʻtashi, hududni boshqarish tartibi va boshqalar) qabul qilingan qoidalar asosida tezkorlik bilan bajariladi. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishdan maqsad koʻplab yangi texnologiya, investitsiyalarni jalb qilib, rivojlangan iqtisodiy makon yaratish va shu yoʻl bilan mamlakat iqtisodiyotini tezkorlik bilan rivojlantirishdir.
Erkin iqtisodiy zonalarning har xil turlari mavjud: erkin omborxonalar, erkin bojxonalar zonalari, ilmiytexnika zonalari. Ular AQShda texnoparklar, Yaponiyada texnopolislar deb ataladi. Shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar (asosan, eksportga ixtisoslashgan) ham mavjud. Dastlabki Erkin iqtisodiy zonalardan biri Irlandiyada „Shennon“ aeroportida (1959) tashkil etilgan edi. Keyinroq shunday zona Angliyadagi „DogAylend“ aeroportida paydo boʻldi. Baʼzi Erkin iqtisodiy zonalarz, lar ancha yirik hududlarda tashkil etiladi. Mas, Braziliyadagi Manaus, Xitoydagi maxsus iqtisodiy hudud „Shenjen“ va boshqalar shunday zonalardir. Jahon amaliyotida Erkin iqtisodiy zonalarz.lar rivojlangan (Buyuk Britaniya, Germaniya, Niderlandiya, AQSH va boshqalar), shuningdek, rivojlanayotgan (Braziliya, Koreya Respublikasi, Malayziya va boshqalar) mamlakatlarida ham tashkil etildi. Erkin iqtisodiy zonalarga chet el kapitalini jalb qilish Xitoy siyosatida ancha keng qoʻllanildi. 20-asr oxirlarida Erkin iqtisodiy zonalar Birlashgan Arab amirliklari, Rossiya va Polshada tashkil etildi. Rossiya va Xitoy hamkorligida tashkil etilgan Blyagovanichensk Xeyxe, Qora dengiz boʻyi, Kaliningrad viloyatidagi „Yantar“ Erkin iqtisodiy zonalari ham shunday makonlardir. Hozir jahonda 600 dan ortiq Erkin iqtisodiy zonalar mavjud.
Oʻzbekistonda Erkin iqtisodiy zonalarz. gʻoyasi milliy iqtisodiyot taraqqiyoti uchun ijobiy baholandi. Shu bois 1996-yilning 25-aprelda mamlakat parlamenti Oʻzbekiston Respublikasining „Erkin iqtisodiy zonalar to‘gʻrisida“ qonunini qabul qildi. Bu qonun chet el investitsiyalari, savdo va sanoat sohalarining rivojlanishi, aholini ish bilan taʼminlashni yaxshilash uchun qulay sharoit yaratishga meʼyoriy huquqiy asos yaratdi.
|
| |