|
Ta’mirlashni rejalashtirish va tashkil etish
|
bet | 2/2 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 0,7 Mb. | | #120783 |
Bog'liq 1. Fanga kirish, quduqlarni ta’mirlash ishlari tasnifi. (2)Ta’mirlashni rejalashtirish va tashkil etish. Barcha montaj ishlari texnik hujjatlarga asoslanib olib boriladi. Hujjatlar: birlamchi, ijro qilinuvchi (oraliq) va ishni topshirish hujjatlariga bо‘linadi. Birlamchi hujjatlar. Har qanday yangi qurilish yoki qayta tiklash ishlari avvaldan tuzilgan va tasdiqlangan loyihaga mos ravishda о‘tkaziladi. Yirik obyektlar maxsus topshiriq bо‘yicha loyihalash tashkilotlari tomonidan loyihalanadi. Ushbu tashkilotlar bu soha obyektlarini loyihalashga ixtisoslashgan bо‘lishi kerak. Ular buyurtmachi-qurilayotgan korxonaga kerakli bо‘lgan barcha loyihalash hujjatlarini beradilar. Mayda qurilish obyektlari korxonaning loyihalash bо‘limlarida loyihalanadi. - Ijro qilinuvchi hujjatlar. Bularga berk ishlarga tuzilgan dalolatnomalar (poydevorlar asoslari, xandaqlar asoslari, inshootlarni berk qismlari, bu yerga yana uskunalarning yuzalarini tayyorlash ham va hokazolar kiradi) va ularning sxemalari kiradi; uskunalar ostidagi poydevorlarni qabul qilish dalolatnomalari, materiallarni payvand choklarini, butkul yig‘ilgan uskunalarni sinash dalolatnomalari; ijro qilinuvchi chizmalar va sxemalar kiradi.
- Montaj vaqtida kiritilgan konstruksiya va sistemalarning barcha о‘zgarishlari aks ettiriladi. Xususan uskuna montaji, shuningdek, asosi kо‘rsatilgan holdagi loyihadan chekinishlar ham kiradi.
- Ishni topshirish hujjatlari. Inshoot obyektining tugatilishi tegishli hujjat bilan rasmiylashtiriladi. Uning tarkibiga birlamchi loyihalash hujjatlari va barcha qurilish-montaj ishlari bajarilishi bosqichida tuzilgan hujjatlar kiradi. Ishchi hay’at tomonidan tuzilgan dalolatnomalar, obyektni ekspluatasiyaga qabul qilib oladigan Davlat hay’atiga topshiriladi.
- Neftli qatlamlarni oxirigacha ishlatish
- Qatlamni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilinadi:
- 1) qatlamni oxirigacha ishlatishda unga ta’sir etadigan jarayonni loyihalashtirish mumkinligi va zarurligini inobatga olish;
- 2) qatlam oxirigacha ishlatilganda zaiflashgan quduqlar tanasidan ikkinchi quduqni burg’ilash;
- 3) bir qancha mahsuldor qatlamlar mavjud bo’lganda mazkur qatlamni oxirigacha ishlatishda yuqoridagi qatlamlarni ham oxirigacha ishlatilishini hisobga olish;
- 4) yangi quduqlarni loyihalashtirishda quduqlar to’rining zichlashishi natijasida quduqlarning o’zaro ta’sirini, shuningdek, qatlamning yakuniy neft beraolishlik koeffitsientiga ham ta’sirini hisobga olish;
- 5) quduqni oxirigacha ishlatishni loyihalashtirishda uning unumdorligini oshirish maqsadida qatlamni gidravlik yorish, quduq tubi zonasiga tuz kislotali ishlov berish va quduqni ishlatishning jadallashtirish bo’yicha tadbirlarni belgilash kerak.
- Neft qatlamiga suv haydash
- Neft uyumiga ta’sir etish maqsadida mahsuldor qatlamga suv maxsus haydash quduqlari orqali yuboriladi. Bunday jarayon qatlam bosimini saqlash (ayrim hollarda boshlang’ich bosimdan ham yuqori ko’tarish) va neft beraolishligini orttirish maqsadida amalga oshiriladi.
- Hozirgi vaqtda nefti tugayotgan uyumlardan neft olishning eng ko’p tarqalgan ikkilamchi metodi qatlamga suv bostirish hisoblanadi. Odatda chegara tashqarisiga suv haydash va maydoniy suv haydash o’zaro farqlanadi.
- Aksariyat hollarda maydoniy suv haydash metodidan foydalaniladi. Bu metodni qo’llaganda qatlamda etarli miqdorda qoldiq neft bo’lishi kerak. Odatda birlamchi metodlar bilan qatlamdan neftni to’liq siqib chiqarib bo’lmaydi, shu sababli ko’p miqdordagi qoldiq neft qatlamda qolib ketadi.
- Elevatorlar.
- О‘lchamlari va joylashishiga qarab elevatorlarni yirik bloklardan yoki alohida qismlardan butkul yig‘ilgan holatda montaj qilinadi. Yiriklashtirilgan yig‘ish bevosita о‘rnatilish joyida amalga oshiriladi. Loyihaviy holatga kо‘tarilgunga qadar elevatorlarni vaqtinchalik qattiqlik elementlari (tirgaklar, ustunlar, tortqilar va h.) yordamida kuchaytiriladi.
- Elevatorlarni yirik bloklarda montaj qilish uzaytirish usuli bilan amalga oshiriladi. Har bir blokni birlashtirilgandan sо‘ng о‘q holati tekshiriladi; loyihaviy joylash uchidan chetga og‘ish ruxsat etilgan chegaralarda bо‘lishi kerak. Ayniqsa, quyi va yuqorigi bloklarni yuritma mexanizmi va tortish stansiyasi yordamida diqqat bilan о‘rnatiladi. Yig‘ilgan elevator qobig‘iga lenta yoki chо‘michli zanjir bilan tо‘ldiriladi. Chо‘michlar lenta va zanjirlarga mustahkam qotirilgan bо‘lishi kerak; tortilgan boltlarning kallaklari lentalar yuzasiga chiqib kolmasligi kerak. Chо‘michlarni ikkita parallel joylashgan zanjirlarga mahkamlangan holatlarda, chо‘michlarni yulduzchalarga mos sharnirlar о‘qlari bitta chiziqda bо‘lishi ta’minlangan holda tо‘g‘irlanadi.
- Ba’zi hollarda chо‘michlarni lenta yoki zanjirlar tо‘g‘irlangandan keyin, ularni oxirgacha tortilgandan keyin о‘rnatiladi. Yig‘ilgan elevatorlarni reduktorning boshqaruv shkivi qо‘lda aylantirib sinaladi, keyin kо‘p holatda 2-3 soat davomida chiniqtirib va oxiri yuklangan holatda sinaladi.
- Elevatorlarda chо‘michlar, chо‘michlarni mahkamlash uchun skobalar, zanjirlar (lentalar), shuningdek, uzatish detallari (vallar, podshipniklar, yulduzchalar, shesternyalar va boshqalar) yediriladi. Abraziv zarrachalar ta’sirida qolgan chо‘mich va skobalarni transportirovka qilinayotgan material qamrab olingan vaqtda katta zarbli yuklamalarda ham sinaladi.
- Kо‘rik vaqtida lentalarning yoki zanjirlarning tortilishi, lentaning uchlari birlashgan uchastkalari va chо‘michlarning mahkamlanishi kо‘rikdan о‘tkaziladi, bо‘shashgan skobalar tortiladi.
- Rejalashtirilgan ta’mirlashlar barcha detallarni tekshirishni kо‘zda tutadi: yedirilgan chо‘kichlar, zanjirlar, yulduzchalar, skobalar podshipniklarning qistirmalari, vallar va boshqa detallar yangilari bilan almashtiriladi. Qobiq germetikligi buzilganda uning seksiyalararo tiqinlarini almashtirishga tо‘g‘ri keladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !
|
| |