|
Qаrshi Muhаndislik Iqtisоdiyot Instituti “neft va gaz” fakulteti
|
bet | 1/2 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 0,7 Mb. | | #120783 |
Bog'liq 1. Fanga kirish, quduqlarni ta’mirlash ishlari tasnifi. (2) Qаrshi Muhаndislik Iqtisоdiyot Instituti “NEFT VA GAZ” FAKULTETI - «Neft va gaz quduqlarini ta’mirlash jihoz va uskunalari»
- fanidan
- Fanga kirish, quduqlarni ta’mirlash ishlari tasnifi.
- mavzusida ma’ruza
-
- Neft-gaz korxonalarining xalq xo’jaligidagi o’rni.
-
- Zamonaviy kimyo, neft va neft-gazni qayta ishlash korxonalari xalq xо‘jaligi uchun juda zarur bо‘lgan kо‘p sonli mahsulotlarni olish uchun mо‘ljallangan murakkab texnologik qurilma, mashina va uskunalar majmuasini aks ettiradi. Bu texnologik uskunalar konstruksiyasi va qо‘llanishi bо‘yicha turlicha bо‘lgan mashinalar, qurilmalar va transport vositalarini, shuningdek, avtomatik rostlash va nazorat qilish vositalarini о‘z ichiga oladi. Bularning hammasi umumlashgan holda uskunalar deb ataladi.
- Maqsadli texnologik jarayonlarni olib borish uchun ishlatiladigan uskunalarni, sanoatning turli sohalarida qо‘llanadigan tipik uskunalardan farqli о‘laroq texnologik yoki asosiy deb ataladi.
- MEXANIK MASHINA VA USKUNALARNI TA’MIRLASH
- VA MONTAJ QILISH
- U yoki bu jarayonda ishtirok etadigan material faza kontakti yuzasini kattalashtirish yoki boyitish uchun uni maydalash kerak bо‘ladi. Sanoatning turli sohalarida qattiq mineral xom-ashyo, yarim fabrikatlar, shuningdek, tayyor mahsulotlar maydalanadi. Maydalangan materiallar о‘z tuzilishiga qarab qattiq, yumshoq, mо‘rt, qovushqoq, hamda turli kimyoviy xususiyatlarga ega bо‘lishi mumkin. Jarayonlarning davomiyligi va maydalovchi uskuna turi material xususiyatiga va berilgan maydalash darajasiga bog‘liq. Yanchishning quyidagi turlari mavjud:
- - yiriklab yanchish (maydalangandan keyingi bо‘laklar о‘lchami 250mm); о‘rtacha parchalash (20mm);
- kichik yanchish (1mm);
- dag‘al yanchish (0,1-0,04mm);
- о‘rtacha yanchish (0,005-0,015mm);
- yupqa yanchish (0,001-0,005mm);
- kolloid yanchish (0,001mm)dan kichik.
|
| |