• 3. Hozirgi zamon kimyo fanining quyidagi yo’nalishlarini ta’kidlash mumkin
  • 2. Fizik kimyo — kimyoviy hodisalarni tushuntirish Hozirgi zamon kimyo fanining quyidagi yo’nalishlarini ta’kidlash mumkin




    Download 98,71 Kb.
    bet1/11
    Sana22.02.2024
    Hajmi98,71 Kb.
    #160996
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Fizikaviy kimyo fanining zamonaviy tahlil usullarini o\'rgatishda hamda kimyo texnalogiya sohalarini rivojlantirishdagi o\'rni


    Fizikaviy kimyo fanining zamonaviy tahlil usullarini o'rgatishda hamda kimyo texnalogiya sohalarini rivojlantirishdagi o'rni

    Reja:

    1 Kimyo fani kundalik turmushda kuzatilayotgan hodisalar va o’tkazilayotgan tajribalarning mohiyatini tushuntiradi
    2. Fizik kimyo — kimyoviy hodisalarni tushuntirish
    3. Hozirgi zamon kimyo fanining quyidagi yo’nalishlarini ta’kidlash mumkin


    Juda qadim zamonlardan beri odamlar tevarak - atrofdagi tabiat bilan doimiy muloqatda bo’lib, unga kimyoviy vositalar ta’sirida o’zlari uchun zarur material va mahsulotlar yaratganlar. Masalan: metall eritish, shisha va sopol, gazlamalar uchun bo’yoq tayyorlash, teri oshlash, non yopish va h.k. lar. Shu nuqtai - nazardan qarasak kimyo inson faoliyatining eng qadimgi sohasi ekanligiga ishonch hosil qilamiz. U hali fan emas, balki faoliyat sohasi edi. Kimyo hozirgi tasavvurimizdagi fanga aylanishi uchun ming yillar kerak bo’ldi. Kimyoviy bilimlar ko’lami juda keng. Kimyo fani - atrofimizni o’rab olgan butun olamni, uning xilma - xil shakllarini va olamda sodir bo’ladigan turli tuman hodisalarni tekshiruvchi tabiat fanlaridan biridir. Tabiat, butun olam inson ongidan tashqarida va inson ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjuddir. Olam materiyadan iborat, mavjud narsalarning hammasi doimo harakat qilib turadigan materiyaning har xil turlaridir. Moddani chuqur bilish va undan inson farovonligi yo’lida foydalanish kimyoning hozirgi asosiy masalasidir.


    1970 yilda Yaponiyaning “Omron”-firmasi SINIG (sret - don, Innovation -innovasiya, need-ehtiyoj, impetus -yugurish, cycle -sikl. «Innovasiyadan - ehtiyojga tomon») nazariyasini yaratib, unda jamiyat rivojlanishi o’z navbatida har bir fanning tadqiqot asosini, uning tarixini, alohida texnologiyasini sistemali o’rganishni talab qilishini ko’rsatdi. Bu nazariya tabiat sirlarini tushuntiruvchi fanlardan biri bo’lib qolmasdan, hayotdagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuch hisoblanmish - kimyo faniga ham bevosita taalluqlidir.
    Kimyo fani kundalik turmushda kuzatilayotgan hodisalar va o’tkazilayotgan tajribalarning mohiyatini tushuntiradi.
    Kimyo fanining rivojlanishi boshqa tabiiy fanlar bilan uzviy bog’liqdir:
    1. Kimyo fanining matematika fani bilan bog’liqligini qaraydigan bo’lsak: dastlab atom massasinig aniqlanganligi, 1850 yilga kelib, kimyoviy reaksiya tezligi matematik ifodalanganligi, keyinchalik: differensial, integral, matematik statistika, hisoblash matematikasi, EHM, modellashtirish, kimyoviy reaksiyalarni grafik tasvirlash va uni kimyo faniga tadbiqini ko’ramiz.
    2. Fiziklar uchun kimyo bir obyekt sifatida qaraladi: moddalarning tuzilishi, kimyoviy reaksiyaga kirishish qobiliyati (fizikaviy kimyo) fizikaviy usullar yordamida o’rganiladi ( YaMR, PMR, spektroskopiya va h.k.).
    3. Biologiya fanini kimyo fani bilan bog’liqligini qaraydigan bo’lsak: bioorganik kimyo, biokimyo, bionoorganik kimyo (organizmdagi metallarning tuzilishi, tarkibi va ularning migrasiyasini o’rganishini ko’ramiz. (Mn, Fe, Cu, Co, Zn, Mo, va boshqalar). Ularning koordinasion birikmalari mas:[Co(NH3)6] 2+(3+) oqsillarning bo’lakchalari bo’lgan aminokislotalarning asosini tashqil qiladi. Yuqorida keltirilgan metallar fermentlarning tarkibiy qismi bo’lib, ular " hayot metallari" deb ataladi.
    Hozirgi zamon kimyo fanining quyidagi yo’nalishlarini ta’kidlash mumkin:
    - yangi kimyoviy birikmalarning sintezi va ularning metodikasini ishlab chiqish;
    - har xil kimyoviy omillar ta’sirida boradigan kimyoviy reaksiyalarni o’rganish;
    - kimyoviy analizning - modda tarkibi va xossalarini o’rganishning yangi usullarini yaratish;
    - kimyoviy elementlar va ularning izotoplarini o’rganish;
    - har xil yangi materiallarni yaratish, ularning tuzilishi va xossalarini o’rganish;
    - yangi xil yonilg’i va energiya manbalarini yaratish;
    - moddalarni tozalash va aralashmalarni ajratishning eksperimental usullarini yaratish va uning nazariy prinsiplarini ishlab chiqish;
    - kimyoni elektronikaga tadbiq qilish;
    - yangi dori - darmonlar, oziq - ovqat mahsulotlarini sintez qilib olish;
    - tabiiy resurslardan foydalanish texnologiyasini yaratish;
    -kimyoviy analitika va kimyoviy diagnostika;
    - tirik organizmlar kimyosi.
    1977 yil 4 mln 40 ming kimyoviy birikmalar bo’lib, undan 63 mingtasi amalda qo’llanilgan bo’lsa,1983 yilga kelib 5 mln 475 ming turdagi modda bo’lgan, u 2000 yillarga kelib 8 mln dan oshganbo’lsa hozirga kelib 20 mln dan ham kop.
    Jahonda hozir kimyodan 7000 jurnal chiqarilmoqda, har yili o’rtacha 100000 ta maqola chop etilmoqda. Kimyo sanoati ishlab chiqarishning eng yuqori foizini tashkil qilmoqda. Hozirgi vaqtda kimyoda yangicha qarash “Yashil kimyo” hamma yo’nalishlarga asos qilib olinmoqda.Kimyo fani kelajakdagi rivojlanishi asosan quyidagi yo’nalishlarda borishi kutilmoqda:
    - kimyolashtirish (o’g’it, metallurgiya, neft kimyosi, oziq-ovqat kimyosi);
    - chiqindisiz texnologiya yaratish;
    - atrof-muhitning tozaligini saqlab qolish;
    - chiqindilarni qayta ishlash;
    - fotosintez, lazer kimyosi, plazma kimyosi, nanomateriallar, femtokimyo;
    - ekstremal sharoitlarda sintez qilish;
    Buslova M.K. bu fanlar umumtabiat kompleksiga asoslanganligini, buning isboti “fizik kimyo, biokimyo, geokimyo, kosmokimyo” fanlarning yuzaga kelishidir deydi.
    Faqatgina tabiiy fanlar emas, balki kimyo fani ham - organik kimyo, anorganik kimyo, fizik kimyo va analitik kimyoga ajraldi, lekin ularning asosida kimyoviy tavsif – yani moddaning tarkibi, tuzilishi va kimyoviy bog’lanishi yotadi.



    Download 98,71 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 98,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2. Fizik kimyo — kimyoviy hodisalarni tushuntirish Hozirgi zamon kimyo fanining quyidagi yo’nalishlarini ta’kidlash mumkin

    Download 98,71 Kb.