• Industrial moylarni tayyorlash.
  • Transmission moylarni tayyorlash.
  • Maxsus tayinlangan moylarni tayyorlash.
  • Gazoturbinali dvigatellar uchun moy tayyorlash




    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet223/307
    Sana04.01.2024
    Hajmi15,32 Mb.
    #130098
    1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   307
    Bog'liq
    Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

    Gazoturbinali dvigatellar uchun moy tayyorlash. Moylarning bunday 
    turini tayyorlash uchun chuqur deparafinizasiyalangan tor fraksion tarkibli 
    yuqori tozalangan distillyatlar ishlatiladi. Tovar moylar ekspluatasion 
    xossalarini zaruriy darajasi qo‗ndirmalar qo‗shish bilan ta‘minlanadi.
    Industrial moylarni tayyorlash. Industrial moylarni tayyorlash uchun 
    selektiv tozalashning qovushqoqlik indeksi 90 dan kam bo‗lmagan bazaviy 
    yuqori indeksli moylari ishlatiladi. IGP (industrial gidravlik) seriyadagi 
    (qovushqoqligi 50
    0
    С da 3,5-190 mm
    2
    /s bo‗lgan 11 rusumli) moylar chuqur 
    tozalangan bazaviy moylarni qo‗ndirmalar kompozitsiyasi bilan aralashtirib 
    tayyorlanadi. Moylarni tayyorlashda ularning barcha rusumlariga qo‗ndirmalar 
    qo‗shiladi.
    Transmission moylarni tayyorlash. Transmission moylarning asosiy 
    qismi deasfaltizatlarni fenolli tozalashdagi ekstraktlarni yoki qoldiq moylarni 
    distillyat moylari bilan aralashtirish orqali tayyorlanadi. Masalan, TAP-15V 
    moyi qoldiq ekstraktni distillyat moyi va qo‗ndirma bilan aralashtirishdan hosil 
    bo‗ladi.
    Maxsus tayinlangan moylarni tayyorlash. Turbina moylari chuqur 
    tozalangan qovushqoqlik indeksi va chaqnash haroratining yuqoriligi hamda 
    qotish haroratining pastligi bilan farqlanuvchi bazaviy distillyat yoki qoldiq 
    moylarini qo‗ndirmalar kompozisiyasi bilan aralashtirib tayyorlanadi.
    Kompressor moylari distillyat va qoldiq bazaviy moylar asosida yoki, 
    ularni 
    aralashtirib 
    tayyorlanadi. 
    Bu 
    turdagi 
    moylar 
    sifatini 
    talab 
    darajasigayetkazish uchun antioksidlovchi, depressor, quyultiruvchi va boshqa 
    qo‗ndirmalar qo‗shiladi.
    Dielektrik xossalari a‘lo bo‗lgan (minimal dielektrik yo‗qotishlar va h.k.) 
    elektroizolyatsiya moylarni tayyorlashda naften-parafin asosli qovushqoqlik 


    446 
    indeksi 90 dan kam bo‗lmagan o‗rta qovushqoqlikli bazaviy moylar afzal 
    sanaladi.
    Gidravlik tizimlar moylari kamoltingurtli yoki oltingurtli neftdan olingan 
    qovushqoqlik indeksi 85 dan kam bo‗lmagan, kislota-ishqorli yoki selektiv 
    tozalashdan o‗tgan, yuqori tozalangan neft fraksiyalaridan tayyorlanadi.
    Konservatsiya moylar tarkibiga ko‗ra turlicha bo‗lgan neft moylari 
    asosida tayyorlanadi. Ularga korroziya ingibitorlari hamda qora va rangli 
    metallar korroziyasiga qarshi davomli himoyasini va metal buyumlar sirtini (shu 
    jumladan nam sirtlarni ham) maxsus tayyorgarliksiz konservasiyalanishini 
    ta‘minlovchi korroziya ingibitorlari va boshqa qo‗ndirmalar kompozitsiyasi 
    qo‗shiladi.

    Download 15,32 Mb.
    1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   307




    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gazoturbinali dvigatellar uchun moy tayyorlash

    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish