Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

Nazorat savollari 
1. Ajratilgan aromatik uglevodorodlarni rektifikatsiyalash kolonnasida 
yuqori darajadagi benzol, toluol va ksilollar to‗plamiga ajratilish ketma-
ketligini izohlab bering? 
2.Paraksilol olishda xomashyo riformatidan tashqari benzin pirolizining 
fraksiyasidan ham foydalanish mumkinmi? 
3. Paraksilol ishlab chiqarishni toluol va aromatiklarini trans-alkillash va 
disproporsionlash qurilmasi bloklari tarkibiga aromatik uglevodorodlar olish 
blokini qo‗shish mumkinmi? 
4. Ajratishning ikki usulining ketma-ketligini tushuntirib bering?
5.Ekstraksiya uchun talab qilinadigan Solvent sirkulyatsiyasi va nazariy 
bosqichlar soni ekstraksiya distillyatsiya uchun qo‗llaniladigan Solvent turiga 
bog‗liqligini tushintirib bering? 
6. Benzol, toluol va ksilollarni ajratish va tozalashning zamonaviy 
tizimlarida muhim omillarni izohlab bering? 
7. Molekulyar-elak effektiga ega bo‗lgan, foydalaniluvchi adsorbent – 
seolitni yoki siklik tuzilishdagi uglevodorodlarni adsorbsiyalash texnologiyasini 
tushintiring? 
8. Smolalar va asfaltenlar, xomashyo komponentlari-suyuq propanda 
qanday darajada eriydi? 
9. Asfaltenlar, smolalar va politsiklik aromatik uglevodorodlar boshqa 
mahsulotlarda konsentratsiyalanadimi? 
10.Bir bosqichli deasfaltlashdan ikki bosqichga o‗tish natijasida 
gudronlarni qayta ishlashda deasfaltizatni chiqishi necha % ga oshadi? 


449 
XI bob. TOVAR YOQILG‗ILARNI TAYYORLASH 
11.1.Saralangan eritmalar yordamida moyli xomashyoni tozalash
Tanlangan tozalash jarayoni neftli moylarni ishlab chiqarishning asosiy 
jarayonlaridan biri hisoblanadi, bunda moyni ishlatishning muhim xossalarini 
amalda yaxshilashning imkonini beradi: oksidlanishga qarshi barqarorligi va 
qovushqoq-harorat xossalarini. Jarayon maxsus tanlangan eritmalar yordamida 
xomashyoning neftli moylarini tanlab olishga asoslangan, keraksiz bo‗lgan 
komponentlarni qaysiki, oltingugurt va azotni birikmalarini, politsiklik aromatik 
va naften-aromatik uglevodorodlarni qisqa yon zanjirlarni, chegarasiz 
uglevodorodlar va smolali moddalarni ajratadi. Sanoat miqyosida tanlangan 
eritgichlar sifatida fenol, furfurol va bug‗li eritgichlar – fenolning aralashmasi 
va propanli krezollardan keng foydalaniladi [I].
Tanlangan tozalashning har qanday texnologik sxemasi quyidagi asosiy 
operatsiyalarni ta‘minlaydi: to‗xtovsiz ishlaydigan apparatlarda xomashyoni ikki 
fazasini ekstraksiya komponentlarini shakllanishini, rafinat va ekstrakt eritmani 
quvish yo‗li orqali eritgichlarni to‗xtovsiz regeneratsiyalash, eritgichlarni 
suvsizlantirish. Darslikda tanlab tozalashning qurilmasini namunaviy texnologik 
sxemalari hamda sxemalarda sanoat qurilmalarini ekstraksiya bo‗limlarini 
jihozlashning har variantlari keltirilgan. Bular regeneratsiyalash va eritgichlarni 
suvsizlantirish asosiy seksiyalar hisoblanadi. 
Eng ko‗p yiriklashtirilgan kombinatsiyali (ikki oqimli) fenol va furfurolni 
quvvati namunaviy bir oqimli qurilmaga nisbatan ikki marta yuqori quvvatga 
ega bo‗lgan tozalash qurilmalari keng qo‗llaniladi.
Bunday qurilmaning asosiy xususiyatlari quyidagilar: ularda bir vaqtning 
o‗zida distillyatni va qoldiq (deasfaltizatni) xomashyoni qayta ishlash mumkin; 
distillyat 
va 
ekstrakt 
eritmasining 
aralashmasini 
eritgichlarini 
regeneratsiyalashning umumiy seksiyalari oldindan ko‗riladi. Shunday qilib, 
bunday qurilmalardagi ekstraktlar keng fraksiyali tarkibga egadir; fenolni 
azeotrop fenol-suv aralashmasini bug‗larini olib chiqish uchun ikki pog‗onali 
absorber oldindan ko‗riladi; ―suv konturi‖ amalga oshirilgan, absorberning 


450 
yuqori qismidan chiqadigan kondensatdan suv bug‗larini ishlab chiqarish uchun 
bug‗ generatori qo‗shiladi.
Ekstrakt bilan qimmatli komponentlarni yo‗qotilishini oldini olish va 
rafinatni chiqishini kuchaytirish hamda har xil tarkibdagi va xossali ikki xil 
rafinatlarni olish maqsadida ikki pog‗onali fenol tozalash qo‗llaniladi. 
Bunday sharoitda qurilma ikkita ekstraktsiyalash kolonnalari bilan 
jihozlanadi. Xomashyoni birinchi yurishida tozalanishi talab qilingan fenolning 
taxminan yarim miqdori beriladi, bu kolonnaning yuqori qismidan 
―og‗irlashtirilgan‖ rafinat eritma olib ketiladi. ―Og‗irlashtirilgan‖ rafinatning 
ikkinchi pog‗onasi tozalashga yo‗naltiriladi-ikkinchi ekstraktsiya kolonnasiga, 
shu yerdan fenolning qolgan miqdori kiritiladi. Ikkinchi kolonnaning yuqori 
qismidan eng so‗nggi rafinatli eritma eritgichning regeneratsiyasiga kirib keladi. 
Ekstrakt eritmaning I-chi va II-chi pog‗onada tozalashda aralashadi va ekstrakt 
eritmadan fenolni regeneratsiyalash seksiyasiga yo‗naltiriladi. 
Xomashyoni maqsadli va keraksiz komponentlarga ajralishini aniqligi 
hamda rafinatni chiqishini kuchaytirishga erishish ekstraktsiya kolonnasining 
pastki qismiga fenol suvining o‗rniga fenolsizlashtirilgan ekstraktni haydash 
orqali amalga oshiriladi [1]. Bunday variantda fenolning tanlangan xususiyatini 
saqlashga imkon bo‗ladi va rafinatga keraksiz komponentlarni kelib kirishi 
kamayadi.
Kam qovushqoqli sekin soviydigan moylarni olish uchun yengil 
distillyatlarni tozalashda ekstraktsiya nisbatan past (35-40°С) haroratda amalga 
oshiriladi, qurilmaning texnologik sxemasiga sovutish tizimi qo‗shiladi. 
Sovutish tizimi sovutgichlarda xomashyoni va ekstrakt eritmalarni, ekstraktsiya 
kolonnasining pastki qismidagi retsirkulyatsiyada qo‗llaniladigan suvni 3-8°С 
gacha sovutish uchun mo‗ljallanadi. Xuddi shunga o‗xshash qurilmalarda 
eritgichlarni regeneratsiyalash seksiyasida kolonnaning jihozlari ko‗p sonli 
likopchalar bilan jihozlanganligi uchun fenol bug‗lari bilan moyli 
komponentlarni olib chiqishini oldi olinadi. 
Xomashyoning tarkibida smolali moddalari ko‗p bo‗lganda qurilma 


451 
qo‗shimcha 
xomashyoni 
oldindan 
deasfaltizatsiyalash 
va 
bitum 
deasfaltizatsiyasi eritmasidan eritgichni regeneratsiyalash seksiyalari qo‗shiladi.
Saralangan tozalash qurilmasini ishlatishda jarayonni avtomatik 
boshqarishga katta e‘tibor beriladi. Qurilma oqimlarda sifat analizatorlari bilan 
jihozlanadi: xomashyo uchun-plotnomer va viskozimetr; rafinat eritmasi uchun-
eritgichning tarkibini analizatori; rafinat uchun-refraktomer, kolorimetr, 
eritgichni tarkibini analizatori; ekstrakt uchun-plotmer, viskozimetr, eritmani 
tarkibini analizatori; oqova suv uchun-eritgichni tarkibini analizatori (eng 
so‗nggisi atrof muhitni muhofazasi uchun muhimdir; shu maqsadda saralab 
tozalash qurilmasida havoli sovutish apparatlari va aylanma suv bilan ta‘minlash 
tizimlari o‗rnatiladi). Rafinatni xomashyoga chiqishi 64-85 % ni (massaga), 
yuqori indeksli moylarni ishlashda 40-60 % ni (massaga) tashkil qiladi. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish