Kontaktorli surkovlarni qo‗llab sovunli surkovlarni davriy ishlab




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

13.5. Kontaktorli surkovlarni qo‗llab sovunli surkovlarni davriy ishlab 
chiqarish
Kontaktor moylarini sovunlanish bosqichida qo‗llab davriy usulda sovunli 
quyuqlashtirgichlarda surkovlarni ishlab chiqarish sxemasi (tabiiy moylarni-
glitseridlarni kislotasidan foydalanib) eng takomillashtirilgan hisoblanadi. 
Qurilma har xil turdagi sovunli surkovlarni ishlab chiqarish uchun 
mo‗ljallangan. Sovunli quyuqlashtirgichlarni olish qatorida (to‗g‗ri sovunlanish)
to‗g‗ridan-to‗g‗ri surkovlarni ishlab chiqarish jarayonida quyuqlashtirgichlarni 
tayyorlash mumkin, kation sifatida og‗ir metallar ya‘ni, natriyli sovunni ikki 
marta orqali reaksiya bo‗yicha qo‗rg‗oshin qo‗llaniladi. Ba‘zida bunday jarayon 
davriy hisoblanadi va ikki yoki uch bosqichda amalga oshiriladi.
Qurilmaning tarkibiga quyidagi seksiyalar kiradi: xom-ashyoni tayyorlash 
va sovunli asosda tayyorlash; dispers muhitida quyuqlashtirgichni termik-
mexanik 
yoyish 
(tarqatish); 
eritmani 
sovutish; 
pardozlash 
jarayoni 
(gomogenizatsiyalash, fil‘trlash va deaeratsiyalash). Qurilmaning texnologik 
sxemasi 13.8-rasmda keltirilgan. 
Surkovning xom-ashyoviy komponentlari (moylarni eritish, suvli eritma-
suspenziya-metallning gidrooksidi) dozirovkali nasoslar (2) yordamida talab 
qilingan nisbatlarda 1 MPa ortiqcha bosim ostida kontaktorga (1) beriladi. 
Kontaktorda (ba‘zida avtoklav ham deyiladi) yuqori haroratga (100 -200 °С) 
surkovlarni turiga bog‗liq holda 20 - 40 min davomida sovunli-moyli asoslarni 
hosil bo‗lishi bilan moylarni sovunlanish jarayoni ketadi. Kontaktor apparatning 
ko‗ylaki orqali sirkulyatsiya yordamida qaynoq issiqlik tashigich yordamida 
qizdiriladi. Qaynoq reaksiya aralashmasi kontaktordan (1) qirg‗ichli-parrakli 
aralashtiruvchi qurilmali parallel holda ishlaydigan reaktorlarga (7 va 11) (zarur 
holatda va ketma-ket) kirib keladi. Bu apparatlarda sovunli asosga qizdirishda 
qolgan miqdordagi moylar (yoki uning qismi) qo‗shiladi. Reaktor suv bug‗larini 
va ularni kondensatsiyasini chiqarib yuborish tizimi bilan jihozlangan.


515 

Download 15,32 Mb.
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kontaktorli surkovlarni qo‗llab sovunli surkovlarni davriy ishlab

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish