-rasm. Vakuumli deaerator




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

13.6-rasm. Vakuumli deaerator. 
Qurilmalarda jihozlarni joylashtirish aniq sharoitlarga bog‗liq bo‗ladi. 
Texnologik oqimlarni yo‗nalishiga bog‗liq holda jihozlarni qavatli joylashtirish 
kompanovkasi (yuqori etajda-dozatorlar, pastda-qoruvchi apparatlar, undan ham 
pastda –nasoslar va boshqa yordamchi jihozlar) ko‗proq qo‗llaniladi. 
Apparatlarni qizdirish uchun issiqlik tashuvchi sifatida suv bug‗i hamda 
moy yoki organik issiqlik tashigichlar, masalan difenil‘ aralashmalari xizmat 
qiladi. Surkovlarni yig‗ish-to‗plagichlari 100°С dan past haroratda qaynoq suv 


511 
yordamida qizdiriladi. Suv bug‗i apparatga yuqoridan kiritiladi, kondensat esa 
pastki qismidan olib chiqiladi. Hamma turdagi suyuq issiqlikni tashigichlar 
(xladagent ham) apparatlar tik holatida joylashganda pastki qismidan kiritiladi 
va yuqorisidan chiqarib yuboriladi.
Xladoagent sifatida sovuq moydan (agarda xladoagayent apparatga 
berilsa, qizdirish uchun qaynoq moydan foydalaniladi), oqma yoki sovitilgan 
suvdan yopiq tizimlarni sovutishda foydalaniladi.
 
13.4. Sovunli va uglevodorodli surkovlarni davriy ishlab chiqarish 
qurilmasi
 
Qurilma sovunlarda har xil kationlarni (metallarni) surkovini ishlab 
chiqarish uchun mo‗ljallangan bo‗lib, surkovni tabiiy yoki sintetik moyli 
xomashyodan to‗g‗ri sovunlashtirishni to‗g‗ridan-to‗g‗ri jarayonda tayyorlash
hamda uglevodorodli surkovlarni neftli moylarni qattiq uglevodorodlar bilan 
quyuqlashtirish yo‗li orqali oladi.
 
Qurilmaning asosiy seksiyalari quyidagilar: xomashyoni tayyorlash va 
dispers (sochilish) muhitida sovunli quyuqlashtirgichlarni eritmasini tayyorlash; 
eritmani 
sovutish 
va 
kristallizatsiyalash; 
pardozlash 
operatsiyalari 
(gomogenizatsiya, fil‘trlash va dearatsiyalash); surkovlarni qadoqlash. 
Texnologik sxemada asosiy apparatlarga qiruvchi-kurakli qoruvchi reaktor 
qurilmasi kiradi (13.7-rasm). Bu qurilmada reaksiya aralashmasini tayyorlash, 
sovunlashtirish, suvsizlantirish, termik ishlov berish va qisman sovutish 
operatsiyalari amalga oshiriladi. Sovunni davriy hamda uglevodorod 
surkovlarini ishlab chiqarish qurilmasining texnologik sxemasi 13.7-rasmda 
keltirilgan. 
 
Reaktorga (1) markaziy qorishtiruvchi qurilmada ishlayotganda dispers 
muhitining taxminan 1/3 – ½ kattaligida hisobiy miqdoridagi sovunlashtirish 
komponentlari va gidrooksid metallning hisobiy miqdoridagi suvli eritmasi 
yuklanadi. Reagentlarni aralashmasi gomogenizatsiyalash klapani orqali 


512 
sirkulyatsiyasi (6) va ishlayotgan qorishtiruvchi qurilmalarda (xomashyo 
komponentlarining tarkibiga bog‗liq holda unumdorligi 2-5 t/soat) qizdiriladi. 
Bunda moyli asoslarni sovunlanishi va sovun hosil bo‗lishi sodir bo‗ladi. 
Qachonki, sovunlanish jarayoni tugallanganda (erkin ishqorni tarkibi nazorat 
qilinadi), aralashmaning harorati to‗liqligicha oshiriladi yoki qisman namlikni 
chiqarib yuborish; bunday bosqichda reaktor vakuum tizimiga kondensator (8) 
orqali ulanadi. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish