504
elementi hisoblanadi. Sochiluvchan reagentlarni dispersli muhitda (ko‗pincha
momiq ohaktosh ) dozirovka qilish uchun ular yaroqlidir. Nasos yordamida
dozirovka qilish aniqligi ±3%ni, demak quyuqlashtirgichni belgilangan
konsentratsiyasini ±0,5 % li og‗ish bilan ta‘minlaydi.
Quyuqlashtirgichlarni tayyorlash va termik-mexanik tarqalishi (yoyilishi
yoki maydalanishi- dispergatsiya)
Moylarni sovunlanishi yoki moyli kislotani neytrallanishi surkovlarni
olish jarayonidan boshlanadi. Sovunlanish tugallangandan keyin
sovunli-moyli
suspenziyadan (kal‘siyli va kal‘siy-natriyli surkovlarni aniq chegaragacha
gidratlash uchun ) namlik to‗liq chiqarib yuboriladi. Quruq sovunli-moyli
suspenziya belgilangan nisbatlarda komponentlar to‗g‗ridan-to‗g‗ri aralashtirish
orqali surkovlar ishlab chiqariladi. Keyin esa bir xil qorishmani olish uchun
suspenziya qizdiriladi. Surkovlarni olish usullari ma‘lum bo‗lib, qachonki
sovunli-moyli suspenziya nisbatan yuqori haroratda qizdiriladi-sovunni moyda
bo‗kishga olib keladi. Bunday usul ―sovuq payvandlash‖
yoki past haroratli
ishlab chiqarish jarayoni deyiladi.
Moyda quyuqlashtirgichlarni eritmasini sovutish bosqichida surkovlarni
tuzilmasi shakllanadi. Sovutish rejimini o‗zgartirib (tez, sekin yoki izotermik
kristallizatsiya) surkov karkasining tuzilmasining yoyilish zarrachalarini
o‗lchamlariga va shakliga hamda ularni xossasiga ta‘sir etish mumkin.
Sovutishni aralash usullarni keng (tez va sekin) qo‗llaniladi: moyning
foydalanilmagan qismini aralashtirish orqali eritma (taxminan 1/3 hisobiy
miqdoridan foydalanib)
sovitiladi, harorat (50-70°С) eritmaning haroratidan
(180-230°С) past; keyin sovutish reaktorning yengiga yoki qiruvchi apparatga
uzatiladigan xladagent yordamida sovutish olib boriladi.
Gomogenezatsiya (bir jinsli) [2 - 5]
-quyuqlashtirgichni moyda bir tekis
taqsimlanishini oshiradi hamda surkovni kolloidligini va mexanik barqarorligini
ham oshiradi. Oddiy sharoitda gomogenezatsiya surkovlarni tur yoki elaklar
tizimi, val‘sli mashinalarning oraliq tirqishlari (30-50 mkm) orqali bostirib
o‗tkazish orqali amalga oshiriladi. Surkovlarni
ishlab chiqarishni eng
505
yakunlovchi bosqichida bir karrali gomogenezatsiyalash metodi keng tarqalgan
[4]. Lekin to‗xtovsiz jarayonlarda gomogenezatsiyalash klapanlari orqali
nisbatan kichik bosimlar farqida mahsulotni sirkulyatsiyasi hisobiga har bir
texnologik bosqichda ko‗p pog‗onali gomogenezatsiya jarayonlari qo‗llaniladi.
Mexanik aralashmalarni chiqarib yuborish uchun metall turli qurilmalar
yoki o‗zini-o‗zi tozalaydigan fil‘trlar orqali bostirib o‗tkazish yo‗li bilan
surkovlar fil‘trlanadi.
Deaeratsiya natijasida – surkovlarni tayyorlashda unga qo‗shiladigan
havoni chiqarishda-tashqi ko‗rinishi
yaxshilanadi, kimyoviy barqarorligi va
surkovning zichligi kuchayadi [5]. Quruq sovunlarda surkovlarni olishda quruq
sovunni dozalashda (meyorlashtirishda) unga ko‗p havo kirib qoladi, qaysiki,
eritmadan kuchaytirilgan haroratda chiqarib yuboriladi. Surkovlarni ishlab
chiqarish jarayonida sovun olishda havoning bir qismi suvning bug‗lari bilan
ketadi, qolgan qismi esa gomogenezatsiyadan keyin so‗nggi yakunlovchi
bosqichda chiqib ketadi. Gomogenezatsiya jarayonini
atmosfera bosimi ostida
olib borilganda surkovga havo tushadi (masalan, val‘sli mashinalarda).
Surkovning yupqa qatlamidan havo vakuumda 95 kPa bosim ostida (200- 500
mkm) chiqariladi.
To‗xtovsiz jarayonlarda-dastlabki komponentlarni juda toza tayyorlashda
va jarayonni bosim ostida olib borishda deaeratsiya va fil‘trlash olib tashlanadi.
Texnologik jarayonlarni tashkillashtirishda, optimal apparaturalarni jihozlashni
tanlashda va nazorat metodlarida ko‗p tarmoqli surkovlarni ishlab chiqarishda
reologik va termik-fizik xossalari hisobga olinadi. 13.4-rasmda. Qirg‗ichli-
ko‗rakli qoruvchi qurilmali hajmi 10 m
3
bo‗lgan reaktor keltirilgan.
Surkovlarni ishlab chiqarish jarayonini apparaturalarini jihozlash
surkovlarni va oraliq mahsulotlarni (hammadan oldin ularni qovushqoqligini)
katta darajada reologik xossalarini aniqlaydi. Surkov, litol-24 kabi va sovunli
surkovlar uchun termik-mexanik yoyidish (tarqalish, parchalanish)
jarayonida
qovushqoqligini keskin oshishi (50-80 marta) va uni deformatsiyalanish
tezligiga bog‗liqligi belgilanadi.