Mikrobiologik deparafinlash jarayonlari




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
12.9.Mikrobiologik deparafinlash jarayonlari 
Bu jarayonlar mikroblarning ba‘zi bir ko‗rinishlari, ularning hayoti uchun 
zarur bo‗lgan energiya manbai sifatida ulardan foydalanib asosan normal 
tuzilishli parafin uglevodorodlarini tanlab oksidlash qobiliyatiga asoslangan. 
Alkanlarning oksidlanish jarayoni natijasida yig‗ilgan biomassa, jarayonning 
qo‗shimcha mahsuloti hisoblanadi va toza holatda ajratilganidan so‗ng ozuqa 
oqsili olish uchun nasos sifatida ishlatiladi. Deparafinizat qishki dizel yoqilg‗isi 
komponenti sifatida foydalaniladi. 
Neft fraksiyalarini deparafinlash suvli muhitda deparafinizatorga ozuqa 
tuzlarini qo‗shib olib boriladi, bunda singdirishning (o‗stirishning) talab qilingan 
shartlariga (rN, harorat, shamollatish va b.) amal qilinganda uzluksiz kelib 
qo‗shiluvchi neft fraksiyalarining oksidlanishi yuz beradi. Deparafinizatni 
mikrobiologik massasi va suvning barqaror deemulsiyasi aralashmasidan ajratib 
olish, (2%) kal‘siylangan sodaning va (8%) ammiakning 10%-li aralashmasi va 
cho‗ktirilgani bo‗lgan ―kompleksa‖ ni qo‗shish yordamida amalga oshiriladi. 
 
 
 
Dizel 
yoqilg‘isi 
Kam qovushqoqli moy 
Xomashyoga chiqishi, % massasi bo‗yicha: 
denormalizator 
82...83 
85...86 
parafin 
10...12 
6...10 
Harorat, °C: 
denormalizatning qotishia 
-45 
-45 
parafinni erishi 
18...22 
28...31 
Aromatik uglevodorod tarkibi, katta 
emas 
2 
3 


495 
Xulosa 
Pastroq haroratda qaynovchi neft mahsulotlarining tarkibidagi parafin 
uglevodorodlar suyuq holda bo‗ladi. qaynash harorati yuqorilashgan sari u 
mahsulotlarning tarkibidagi parafin uglevodorodlar quyuqlashib boradi hamda 
yuqori haroratda qaynovchi moy va qoldiq fraksiyalarning tarkibidagi parafinlar 
qattiq holda bo‗ladi. Adsorbentlar neft mahsulotining tarkibidagi parafin 
uglevodorodlarini o‗zida ushlab qoladi. Keyinchalik desorbentlar yordamida 
adsorbentlardan parafin uglevodorodlari ajratib olinadi. Bu ko‗rsatilgan usullar 
lozim bo‗lgan vaqtda qo‗llaniladi. Sanoat miqyosida deparafinlash jarayoniga 
moy fraksiyalari beriladi. Moy fraksiyalarining yuqori haroratda qaynashi 
sababli, ularni maxsus erituvchilarda eritilib so‗ngra deparafinlanadi. 
Deparafinlash jarayoniga og‗ir aromatik uglevodorodlardan va boshka 
chiqindilardan 
tozalangan 
xomashyo-moy 
distillyatlardan 
va 
qoldiq 
fraksiyalardan olingan rafinatlar beriladi. Past haroratda sovutish moyini olish 
uchun 
parafinsizlashtirish 
jarayonidan 
foydalaniladi, 
natijada 
moyli 
xomashyolardan 
qattiq 
uglevodorodlar 
chiqarib 
yuboriladi. 
Neftli 
xomashyolardan qattiq uglevodorodlarni chiqarishda saralangan eritgichlar 
yordamida 
parafinsizlashtirish 
usuli keng qo‗llaniladi va u neftli 
uglevodorodlarni eritgichlarda har xil eruvchanligiga asoslanadi. Zavodlar 
amaliyotida ikki pog‗onali fil‘trlash qurilmalari keng qo‗llaniladi, bu yerda 
ikkinchi pog‗ona gachdagi moyning miqdorini kamaytirish hamda 
parafinsizlashtirilgan moylarni chiqishi kuchaytirish uchun mo‗ljallangan. Ba‘zi 
bir qurilmalarda uch pog‗onali fil‘trlab ikki maqsadli mahsulotlar olinadi: 
parafinsizlashtirilgan rafinat va texnik parafin; qo‗shimcha mahsulot slop-voks 
hisoblanadi. Parafinsizlashtirish va moysizlashtirish qurilmasi past horaratli 
qotish hamda bir vaqtning o‗zida parafinni yoki serezinni ajratib moylarni olish 
uchun mo‗ljallangan. Bunday jarayonlarni birlashtirilgan qurilmalarda amalga 
oshirishda ishlatish sarflari, bug‗ni va elektr energiyasini sarfi kamayadi, alohida 
ishlaydigan qurilmalarga taqqoslaganda ish va boshqa texnik-iqtisodiy 
ko‗rsatgichlari yaxshilanadi. Chuqur parafinsizlashtirish qurilmasi sekin 


496 
qotuvchi moylarni olish uchun mo‗ljallangan, lekin bu jarayon oddiy 
parafinszlashtirish jarayonidan farq qiladi, eng so‗nggi bosqichdagi sovutish 
xladagent sifatida suyultirilgan etandan foydalaniladi. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish