-rasm. Kristallizatorlarni siljitish yordamida parafinsizlashtirish qurilmasi




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

12.4-rasm. Kristallizatorlarni siljitish yordamida parafinsizlashtirish qurilmasi 
texnologik sxemasi: 
1-bug‗li qizdirgich; 2-siljish kristallizatori; 3,4-ammiakli kristallizatorlar; 5,17-ammiakli 
sovutgichlar ; 18,19-qabul qilgich; 7,15-vakuum fil‘trlari; 9,13,14-nasoslar; 11,12-vakuum 
qabul qilgich; 16-isiqlik almashtirgich; 20-kondensator. 
Xomashyo-rafinat-bug‗li qizdirgichda (1) qizdiriladi va siljish kristallizatorga 
kirib (2) keladi, yuqori qismidan oldindan issiqlik almashtirgichda (16) va 
ammiakli sovutgichda (5) sovutilgan eritgichlar bir necha porsiya bilan 
kiritiladi. Kristallizatorning pastki (2) qismidan nasos (14) yordamida vakuum 
- qabul qilgichdan (12) II-chi pog‗ona fil‘trlashtirishdan bir necha porsiya fil‘trat 
beriladi. Kristallizatordan yuqoriga (2) chiqadigan qattiq uglevodorodlarni 
suspenziyasi xladagenni fil‘trlash haroratigacha bug‗lantirish hisobiga ammiakli 
kristallizatorlarda (3 va 4) sovutiladi va qabul qilgichda (6) to‗planadi, u yerdan 
o‗z oqimi bilan fil‘trlarga (7) I-chi pog‗onaga kirib keladi. Fil‘trning I-chi 
pog‗onasiga (parafinsizlangan moyning eritmasi) vakuum-qabul-qilgichga (11) 
kirib keladi, u yerdan nasos (13) yordamida issiqlik almashtirgich (16) orqali 


488 
eritgichni sovutish va xomashyo qo‗shish uchun qabul-qilgichga (18) beriladi, u 
yerdan parafinsizlangan eritma eritgichlarni regeneratsiyalash seksiyasiga 
yo‗naltiriladi.
Vakuum fil‘tridagi qoldiq oldindan ammiakli sovutgichda (17) sovutilgan 
eritgich yordamida yuviladi. Keyin qoldiq quritiladi, fil‘trlash to‗qimasi orqali 
inert gazi bilan shamollatiladi, pichoq bilan olinadi, eritgich qo‗shiladi va shnek 
bilan qabul qilgichga (8) olib chiqiladi. Qabul qilgichdan (8) nasos (9) 
yordamida qabul qilgichga (10) beriladi, u yerdan suspenziya o‗zini oqimi
bilan vakuumli fil‘trning (15) II-chi pog‗onasiga kirib keladi. 
II-chi pog‗onadan fil‘trat vakuum-qabul-qilgichda (12) yig‗iladi va keyin 
nasos (14) yordamida siljish kristallizatorga (2) xomashyoni aralashtirish uchun 
beriladi. Vakuumli fil‘trdagi qoldiq eritgich yordamida yuviladi, quritiladi va 
inert gazi bilan shamollatiladi, keyin esa eritgich aralashtiriladi va qabul-
qilgichda (19) yig‗iladi, u yerdan eritgichlarni regeneratsiyalash seksiyasiga 
yo‗naltiriladi. Fil‘trlardagi vakuum qabul qilgichlardan (11 va 12) inert gazini 
surib olish orqali hosil qilinadi. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Kristallizatorlarni siljitish yordamida parafinsizlashtirish qurilmasi

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish