• 12.7. Parafinsizlangan moy, gach yoki petrolatumning aralashmalaridan eritmalarni regeneratsiyalash bo‗limi
  • Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet241/307
    Sana04.01.2024
    Hajmi15,32 Mb.
    #130098
    1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   307
    Bog'liq
    Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

    12.5-jadval 
    Distillyat va qoldiq xomashyoni fil‘trlash uchun harorat rejimi (°С): 
     
    Distillyat xomashyosi 
    Qoldiq xomashyo 
    I-chi pog‗ona
    II-chi pog‗ona
    -20 ÷ -32 
    -10 ÷ -15 
    -18 ÷ -30 
    -8 ÷ -15 
    12.7. Parafinsizlangan moy, gach yoki petrolatumning aralashmalaridan 
    eritmalarni regeneratsiyalash bo‗limi
    Parafinsizlangan moyning eritmasidan eritgichni regeneratsiyalash to‗rtta 
    bosqichda olib boriladi. Neftli moy xomashyosini parafinsizlashtirish uchun 
    zavod qurilmalarida qo‗llaniladigan bo‗limlaridan birining texnologik sxemasi 
    12.5-rasmda keltirilgan.
    Parafinsizlangan moyli eritma (fil‘trat) nasos yordamida issiqlik 
    almashtirgich (4,5) va bug‗li qizdirgich orqali (8) kolonnaga (10) beriladi. Bu 


    489 
    eritgichlarni bug‗lari suyuqlikdan ajratiladi va kolonnadan chiqib ketadi; undan 
    keyin eritgichning bug‗lari issiqlik almashtirgichning (4) va havoli sovutish 
    apparatining (3) quvurlari oralig‗ida kondensatsiyalanadi. Kondensat suvli 
    sovutgichdan (2) chiqishda quruq eritgichning (sxemada ko‗rsatilmagan) qabul-
    qilgichiga kirib keladi. 
    Kolonnaning pastki qismiga (10) olib ketiladigan suyuqlik nasos (11) 
    yordamida bug‗li qizdirgichning (12) quvurli fazosi orqali kolonnaga (9) 
    beriladi, qaysiki 0,20-0,35 MPa bosimda saqlab turiladi. Kolonnadan (9) 
    chiqadigan eritgichning bug‗lari sovutiladi va issiqlik almashtirgichda (5) va 
    apparat yordamida (7) kondensatsiyalanadi. Kondensat suvli sovutgich (6) 
    orqali o‗tib, quruq eritgichlarni qabul qilgichda to‗planadi. Qoldiq kolonnaning 
    pastki (9) klapan va bug‗li qizdirgichning (14) quvurli fazosi oralig‗idagi
    bosimlar farqi hisobiga o‗tadi hamda bug‗li suyuqlik holatida kolonnaga (15) 
    kirib keladi. Kolonnadagi (15) bug‗lar kolonnadan (10) chiqqan bug‗lar bilan 
    birlashadi. 
    Eritgich bilan birlashgan suyuqlik kolonnadan (15) oqib chiqadi, gidravlik 
    zatvor va bug‗li qizdirgich (17) orqali bug‗lantirish kolonnasiga (16) beriladi, 
    eritgichning qoldig‗i esa o‗tkir suv bug‗i yordamida chiqarib yuboriladi. 
    Kolonnaning pastki qismiga olib ketiladigan parafinsizlangan moy sovutgich 
    orqali oraliq rezervuariga (bu sxemada ko‗rsatilmagan) yo‗naltiriladi. 
    Eritgichning asosiy miqdori birinchi ikki pog‗onalarda (10 va 9 
    kolonnalar) 100 va 155-170°С lar oralig‗ida regeneratsiyalanadi. Eritgichni 
    moylanishidan‖ holi bo‗lish uchun kolonnaning yuqoridagi likopchasiga 
    sug‗orish sifatida eritgich beriladi. Eritgich va suvning bug‗larini aralashmalari 
    kolonnadan (16) chiqishida kondensator-sovutgichda (13) kondensatsiyalanadi. 
    Bu yerdan kondensat tindirgichga (22) yo‗naltiriladi, qaysiki, yuqori qatlamdan 
    (eritmadagi suv) namli eritgichning (21) qabul qilgichiga oqib o‗tadi. 
    Gach eritmasidan eritgichni regeneratsiyalash (petrolatumni) uchta 
    pog‗onada amalga oshiriladi. Gach eritmasi nasos (20) yordamida bug‗li 
    qizdirgichga (19) uzatiladi. Unda paydo bo‗lgan bug‗lar suyuqlikdan kolonnada 


    490 
    (18) ajratiladi. Eritgichning bug‗lari kolonnadan (18) chiqishda suvli kojuxli 
    quvurli kondensator-sovutgichda (24) kondensatsiyalanadi; kondensat ho‗lli 
    eritgichning qabuliga oqib o‗tadi. Qoldiq kolonnaning (18) pastki qismidan 
    nasos (25) yordamida bug‗li qizdirgich (26) orqali kolonnaga (28) beriladi. Bu 
    yerda eritgichdan ajratilgan bug‗lar kolonnadan (18) chiqadigan bug‗lar bilan 
    birlashadi. 
    Qoldiq kolonnaning pastki (28) qismida bug‗li qizdirgichda (30)
    qizdiriladi va undan keyin bug‗lantiruvchi kolonnaning (29) suv bug‗lari 
    yordamida ishlanadi. Kolonnaning (29) yuqori qismidan chiqib ketadigan 
    eritgichning va suvning bug‗larini aralashmasini kondensatsiyalash uchun 
    kondensator-sovutgich (27) xizmat qiladi; kondensat tindirgichga (22) kirib 
    keladi. Gach kolonnaning (29) pastki qismidan sovutgich orqali rezervuarga
    (sxemada ko‗rsatilmagan) yo‗naltiriladi.
    Tindirgichda (22) suvlangan eritgich ikki qatlamga ajratiladi. Yuqori 
    qatlam (eritgichdagi suv) namli eritgichning qabuliga (21) oqib o‗tadi, bu yerda 
    eritgich qo‗shimcha holda suvdan tindiriladi. Pastki qatlamdagi (eritgich suvda) 
    15% gacha eritma bo‗ladi, nasos (31) yordamida ketonli kolonnaga (32) 
    beriladi. Kolonnadan chiqib ketadigan eritgichni va suvning bug‗larini 
    aralashmasi 
    kondensatorda
    (23) kondensatsiyalanadi, kondensat esa tindirgichga 
    (22) oqadi. Ortiqcha suv kolonnadan (32) pastgi oqovaga olib chiqiladi. 
    Kolonnaning pastki likopchasining tagiga suv bug‗larini berishni o‗zgartirib, uni 
    harorat rejimi boshqariladi. Kolonnaning yuqorisidagi harorat 80-90°С, 
    pasttidagi harorat 110°С, ortiqcha bosimlar farqi katta emas Qizdirgichlar 8, 12, 
    14, 19, 26 va boshqalar apparatlar uchun issiqlik tashuvchi suv bug‗lari 
    hisoblanadi. 
    Gachning eritmasidan eritgichning asosiy miqdori birinchi bosqichda 
    110°С haroratda va 0,07 MPa bosimgacha regeneratsiyalanadi (kolonnani 18
    uni qizdirgichi 19 bilan xizmat qiladi). Kolonnalar 16, 29 va 32 da 16-20 
    likopcha mavjud. Kolonnalar 9, 10, 15, 18 va 28 kiradigan aralashmalarni bug‗li
    va suyuqlik fazalariga ajratadi. Kolonnaning yuqori zonasida 2-4 likopcha 


    491 
    joylashgan, sug‗orish sifatida eritgich beriladi va u moy va gachning 
    tomchilarini bug‗ bilan birga chiqib ketishini oldini oladi. Kolonnaning (16) 
    pastki qismidan chiqadigan moyning va gachning (29) harorati 15-165
    о
    С ni 
    tashkil qiladi. 

    Download 15,32 Mb.
    1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   307




    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish