Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

m Karbamid + n-alkan 
к
>
kompleks , 
bu yerda m- karbamid va n-alkan mol sonlari nisbatidir (odatda m ~ 0,7 n, n 
— n-alkan uglerod atomlari soni bo‗lganda).
Muvozanat shartlariga ko‗ra kompleks hosil qilishni karbamidning yuqori 
konsentratsiyasida va jarayonning asosiy ustunligi bo‗lgan nisbatan past 
haroratlarda (20 - 45°С) amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Karbamidli 
deparafinlashning yana bir muhim afzalligi, denormalizatning ko‗p miqdorda 
(75....90 % maS) chiqishini belgilovchi, normal parafinli uglevodorodlarni 
sezilarli darajada yuqori ajratuvchanligidir. Biroq karbamidninig ajratuvchanligi 
deparafinlashxomashyosining 
qaynash 
harorati oshishi 
bilan 
kamayib 


493 
boradi.Shuning uchun karbamidli deparafinlash asosan past haroratda qotuvchi 
dizel yoqilg‗ilar va past qovushqoqli moylarni olishda qo‗llaniladi. 
Karbamid kompleks birikmalarining hosil bo‗lishi ekzotermik jarayon 
hisoblanib, bunda hisob bo‗yicha n-alkan molekulasida bir uglerod atomi 
(n)ning issiqlik effekti ~ 6,7 kDj ni tashkil etadi. 
Kompleks hosil qilish jarayonining zarur sharti tizimda kompleks hosil 
bo‗lishini yengillashtiruvchi va tezlashtiruvchi – faollashtirgichning 
mavjudligidir. Jarayon faollashtirgichlari sifatida suv, spirtlar (metil, etil, 
izopropil) va ketonlar (atseton, MEK) keng qo‗llaniladi. Faollashtirgich qutbli 
modda hisoblanib, muhitning gomogenligi (bir xilligi)ga yordam beradi, parafin 
uglevodorodlarini xomashyoning boshqa komponentlari bilan aloqasini 
zaiflashtiradi, karbamidning kristall tuzilishini tetragonaldan geksagonalga 
uzgarishiga yordam beradi va bu bilan uning faolligini oshiradi. 
Moyli xomashyoning qovushqoqligini pasaytirish uchun aralashtiruvchilar 
(benzol, benzin, dixloretan) qo‗llaniladi. Ko‗pincha aralashtiruvchi vazifasini bir 
vaqtning o‗zida jarayonning faollashtiruvchisi bo‗lgan – yuqori ketonlar va 
spirtlar bajaradi. 
Kompleks hosil qilish jarayoni aralashmaning reaksiyaga kirishuvchi 
komponentlari orasida yaxshiroq o‗zaro kontakt hosil qiluvchi jadal aralashtirish 
bilan amalga oshiriladi va shu bilan jarayonni jadallashtiriladi. Kontaktlashish 
vaqti xomashyo sifatiga bog‗liq bo‗ladi va odatda 30 - 60 daqiqani tashkil etadi. 
Karbamidli deparafinlashda qo‗llaniladigan karbamidning agregat 
holatiga, aralashtirgich va karbamidning tabiatiga, reaktor blokinig tuzilishiga, 
kompleksni ajratish va parchalash usuliga ko‗ra turli variantlari ishlab chiqilgan 
va joriy etilgan bo‗lib, ularning har biri o‗z afzallik va kamchiliklariga ega. 
Suvli izopropil spirtini karbamid eritmasi bilan deparafinlash jarayonida 
quyidagi natijalar olingan: 


494 

Download 15,32 Mb.
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish