Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
Nazorat savollari 
1. Deparafinlash jarayoning asosiy mohiyati neft mahsulotidagi qattiq 
uglevodorodlarni suyuq qismidan ajratib olishga asoslanganmi? 
2. Yengil neft mahsulotlaridan parafin uglevodorodlarini ajratib olish 
uchun maxsus adsorbentlardan foydalaniladimi? 
3.Moyning aralashmasidagi sovutilgan qattiq uglevodorodlarning 
suspenziyasi qayerga to‗planadi? 
4.Kristallizatorlarni siljitish yordamida parafinsizlashtirish qurilmasi past 
haroratda qotadigan neftli moylarni olishda qo‗llaniladi? 
5.Vakuum fil‘tridagi qoldiq oldindan ammiakli sovutgichda qandy eritma
yordamida yuviladi? 
6. Parafinsizlangan moyning eritmasidan eritgichni regeneratsiyalash
qanday ketma-ketlikda olib boriladi? 
7.Kompleks hosil qilish jarayonining zarur sharti tizimda kompleks hosil 
bo‗lishini yengillashtiruvchi va tezlashtiruvchi hisoblanadi? 
8. Alkanlarning oksidlanish jarayoni natijasida yig‗ilgan biomassa 
jarayonning qo‗shimcha mahsuloti hisoblanadimi ? 
9. Neft fraksiyalarini deparafinlash suvli muhitda deparafinizatorga ozuqa 
tuzlarini qo‗shib olib boriladimi? 
 
 
 
 
 
 
 


497 
XIII bob. YOQILG‗I VA SURKOV MOYLARINI TOZALASH, 
JARAYONLARNING MAQSADI VA ULARNI ISHLAB CHIQISH
13.1. Neft xomashyosini tozalash va ajratish texnologiyasi
Neftni birlamchi qayta ishlash va olingan mahsulotlarni qayta ishlash 
natijasida olingan mahsulotlarni yonilg‗i, surkov moyi yoki kimyo sanoatida 
xomashyo sifatida to‗g‗ridan - to‗g‗ri ishlatish mumkin emas Ulardan sifatli 
mahsulot olish uchun qo‗shimcha ravishda keraksiz, tayyor mahsulotni sifatiga 
salbiy ta‘sir ko‗rsatuvchi moddalardan tozalash kerak. 
Buning uchun kerak bo‗lmagan moddalarni ba‘zi bir reagentlar bilan 
kimyoviy birikmalar shaklida chiqazib tashlanadi (masalan kislotalar, ishqorlar 
va boshqalar yordamida). Ba‘zan neft mahsulotlarini fizikaviy usul bilan 
uglevodorod tarkibini o‗zgartirmagan holda ma‘lum qismlarga ajratiladi (tanlab 
ta‘sir etuvchi erituvchilar, adsorbentlar yordamida, deparafinlash va boshkalar). 
Neft yonilg‗ilarining asosiy turlari va sifati 
Neft mahsulotlaridan olinadigan yonilg‗ilardan foydalanish nisbatan qulay 
bo‗lgani uchun ular xalq xo‗jaligida keng foydalaniladi. 
Neft yonilg‗ilarini quyidagi turlari bor: 
1) Porshenli dvigatellarda ishlatiladigan, tashqaridan ta‘sir ko‗rsatib o‗t 
oldiriladigan ( avtomobil va aviatsiya benzinlari). 
2) Porshenli dvigatellarda ishlatiladigan, siqilish natijasida alanga oladigan 
(dizel yonilg‗ilari). 
3) Reaktiv dvigatellar uchun. 
4) Gaz-turbinalari dvigatellar va qurilmalar uchun. 
5) Bug‗ qozonlari uchun. 
Benzinlar 
uchun 
ularning 
detonatsiyaga 
chidamliligi 
asosiy 
ko‗rsatgichlardan hisoblanadi. Dvigatel‘ silindlarida benzin bug‗lari va havo 
aralashmasi tashqaridan o‗t berilmaguncha oksidlanishga chidamli bo‗lishi 
zarur. 
Dizel dvigatellarida esa yonilg‗i siqilgan havoni qizishi hisobiga alanga 
oladi. Bu yonilg‗ilar qisqa vaqtda alanga olishi kerak. Qiyinlik bilan 


498 
oksidlanadi, yonilg‗i ishlatilsa alangalanish davri cho‗zilib ketadi, natijada 
yonish kameralarida ko‗p miqdordagi yonilg‗i alanga olib kamerada bosim 
ko‗tarilib ketadi va dvigatellarni ish qobiliyati yomonlashadi. 
Gaz - turbinali dvigatellar, bug‗ qozonlarida ishlatiladigan yonilg‗ilarga 
alohida qo‗yiladigan talablar yo‗q. 
Reaktiv dvigatellarda ishlatiladigan yonilg‗ilar ma‘lum talablarga javob 
berishi zarur. Yonish davrda forsunkalarda qoldiq qolishi man etiladi, qoldiq 
borgan sari ko‗payib, forsunkaga tiqilib qolishi mumkin. Yonish kameralarida 
qurum hosil bo‗lishi man etiladi. Shu asosida reaktiv yonilg‗ilarda aromatik 
uglevodorodlar 14%dan ortmasligi, smolani miqdori 5-6 mg/100 ml, 
oltingugurtning miqdori 0,1-0,25% mass.dan (shu jumladan merkaptanlarni 
miqdori 0,005% mas)dan oshmasligi lozim. 
Termodestruktiv usullar bilan olingan mahsulotlarda to‗yinmagan 
uglevodorolar ko‗p miqdorda bo‗lib, ular havodagi kislorod ta‘sirida 
oksidlanadi, polimerlanadi va smolasimon moddalar hosil qilib mahsulotning 
sifatini pasaytiradi. 
Azot birikmalari esa, dvigatellarda qurumlar hosil qiladi. Katalizatorlarni 
zararlantiradi. 
Oltingugurt birikmalari yonilg‗ilarni ishlatilgan jarayonida oksid 
birikmalarini hosil qiladi, badbo‗y hid chiqaradi, atrof muhitni ifloslaydi. 
Dvigatellarni va uskunalarni korroziyaga uchratadi, katalizatorlarni aktiv 
markazlarini zararlaydi. 
Shu sabablarga binoan, birlamchi va termodestruktiv jarayonlarda olingan 
mahsulotlarni tozalash lozim bo‗ladi. 
Neft fraksiyalaridan moylar olish usullari 
Ma‘lumki, neftning uglevodorod tarkibi parafinlardan, naftenlardan va 
aromatik uglevodorodlardan iboratdir. Bular bilan birga har xil chiqindi 
birikmalar, smolasimon moddalar bor. Neftdan olinadigan moy fraksiyalarini 
tarkibi ham keltirilgan birikmalardan tashkil topgan. 
Neft moylari har xil sharoitda ishlaydi. Moylarning sifatiga qo‗yiladigan 


499 
talablardan biri - moylar issiq va sovuq sharoitlarda o‗zlarining qovushqoqliklari 
kam o‗zgarishi kerak. 
Parafin uglevodorodlari issiq sharoitda o‗zlarining qovushqoqlikini 
pasaytiradilar, 
sovuq 
sharoitda 
esa 
kristallga 
tushadilar. 
Aromatik 
uglevodorodlar ham past haroratda amorf holatga o‗tadilar. Bular moylarning 
sifatini yomonlashishiga olib keladi. Naften uglevodorodlari esa o‗z 
qovushqoqliklarini kam o‗zgartiradilar. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish