• 13.3-rasm. Moy fraksiyalarini tanlab ta‘sir etuvchi erituvchilar yordasmida tozalash qurulmasini sxemasi
  • -rasm. Moy olish texnologiyasini sxemasi




    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet247/307
    Sana04.01.2024
    Hajmi15,32 Mb.
    #130098
    1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   307
    Bog'liq
    Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

    13.2-rasm. Moy olish texnologiyasini sxemasi
     
    13.2.Moy fraksiyalarini va qoldiq qismini tanlab erituvchilar bilan 
    tozalash 
    Neftning moylarini olish uchun uning fraksiyalarini moylarning sifatini 
    pasaytiruvchi birikmalardan erituvchilar yordamida tanlab tozalash zarur. Bu 
    jarayon uchun ko‗p erituvchilar sinab ko‗riladi. Ularning orasida eng yaxshisi 
    fenol va furfurollardir. Ularning yordamida fraksiyalardan to‗yinmagan, 
    oltingugurt va azot birikmalari, ko‗p halqali aromatik uglevodorodlar, yonida 
    qisqa zanjiri bo‗lgan naften-aromatik birikmalar va smolasimon moddalar eritib 
    olinadi. Buning natijasida olingan moylarning sifati yaxshilanadi: oksidlanishiga 
    qarshi turg‗unligi ko‗tariladi, harorat ko‗tarilishi bilan uning qovushqoqligi kam 
    o‗zgaradi. Zichligi kamayadi, koks hosil qilish miqdori ham kamayadi, qotish 
    harorati ko‗tariladi, rangi yaxshilanadi. 
    Furfuroldan ko‗ra fenol bilan tanlab eritilganda kerakmas birikmalar 
    ko‗proq chiqib ketadi, ammo pastroq haroratda qaynovchi moy distillyatlarini va 
    aromatik birikmalari ko‗p bo‗lgan fraksiyalarni furfurol bilan tozalash maqsadga 
    muvofiqdir. Furfurol bilan tozalanayotganda jarayonning harorati 93
    0
    Сga, fenol 
    bilan tozalanayotganda 65
    0
    Сga tengdir.


    502 
    13.3-rasm. Moy fraksiyalarini tanlab ta‘sir etuvchi erituvchilar yordasmida 
    tozalash qurulmasini sxemasi: 
    1- erituvchi kolonna; 2 va 5-pech; 3 va 4 /ustama-ust/ - rafinatdan erituvchini xaydash 
    kolonnasi; 6 va 7- chiqindlar eritmasidan erituvchilarni xaydash kolonnasi; 8- suvdan 
    erituvchini xaydash kolonnasi; 9- erituvchini yig‗uvchi 
     
    Sxemaning izohi 
    Xomashyo - moy fraksiyasi 1-kolonnada erituvchi (fenol) bilan aralashib 
    ikkita qatlamga ajraladi. Kolonna tepa qismidan rafinat o‗zi bilan qisman 
    erituvchini olib chiqib ketadi va 2-pechda isitilib 3-kolonnaga keladi. Bu yerda 
    suvsiz erituvchi kolonnaning tepa qismidan chiqib ketadi. Aralashma 4-
    kolonnaga (pastki qismiga o‗tadi). 4-kolonnadan erituvchi bilan suv aralashmasi 
    haydaladi va 8-kolonnaga boradi. 
    Rafinat esa kolonnaning pastki qismidan olinadi. Ekstrakt eritma 1-
    kolonnaning ostki qismidan chiqib 5-pechda isitilib 6 va 7 kolonnalarda 
    ekstraktdan erituvchi haydab olinadi. Chiqindilar 7 - kolonnaning pastki 
    qismidan olinadi. Erituvchi esa, yana jarayonga qaytadi. 4 - va 7- kolonnalardan 
    erituvchi bilan suv aralashmasi 8-kolonnaga keladi, bu yerda erituvchidan suv 
    ajraladi. Erituvchi jarayonga qaytadi. Sanoatimizda rotor-diskali ekstraktorlar 
    ishlatiladi. 


    503 
    Olingan rafinat deparafsizlash qurilmalariga beriladi, qattiq parafin 
    uglevodorodlar 
    ajratib 
    olingandan 
    keyin 
    fraksiyalarni 
    gidrotozalash 
    qurilmalariga beriladi. Bu yerda yumshoq sharoitda katalizatorlar yordamida 
    fraksiyalar qo‗shimcha ravishda tozalanadi. Shundan keyin ular moy 
    komponentlari sifatida ishlatiladi. Chiqindi ekstraktlar kokslash jarayoniga 
    beriladi. 

    Download 15,32 Mb.
    1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   307




    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Moy olish texnologiyasini sxemasi

    Download 15,32 Mb.
    Pdf ko'rish