-rasm. Parafinsizlangan moy, gach yoki petrolatumning aralashmalaridan




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

12.5-rasm. Parafinsizlangan moy, gach yoki petrolatumning aralashmalaridan 
eritmalarni regeneratsiyalash sxemasi 
12.8. Karbamidli deparafinlash 
Bu past haroratda qotuvchi yoqilg‗ilar, qovushqoqligi past bo‗lgan moylar 
va suyuq parafinlarni ishlab chiqarishda qo‗llaniladigan sanoat jarayonidir. 
Bulardan oxirgisidan (suyuq parafinlar) sintetik yog‗li kislota va spirtlar, а-
olefinlar, yuvuvchi vositalar, sirti-faol moddalar va boshqalarni ishlab 
chiqarishda xomashyo sifatida foydalaniladi. Karbamidli deparafinlash selektiv 
erituvchilar bilan deparafinlash jarayonni musbat haroratlarda olib borish 
imkoniyati bilan farq qiladi. 
Jarayon karbamidning uglevodorod atomi soni oltitadan kam bo‗lmagan 
normal tuzilishli parafin uglevodorodlari bilan kristalli komplekslar hosil qilish 


492 
qobiliyatiga asoslangan. 
Rentgen tuzilishli tadqiqotlar bilan aniqlanganki, toza karbamid 
(mochevina) tetragonal‘ tuzilishga ega. Kompleks hosil qilish jarayonida uning 
kristall tuzilishlarining spiral bo‗ylab joylashgan olti karbamid molekulasidan 
tashkil topgan geksagonal‘ tuzilishga qayta o‗zgarishi yuz beradi. Spiral ichida 
5,25А samarali diametrli geksagonal‘ shakldagi kanal (tunel‘) hosil bo‗ladi.Н-
alkanlar ko‗ndalang kesimi o‗rtacha 4,2A ni tashkil etadi, shuning uchun ham 
ular kanalga yaxshi mos tushadi va uning ichida Van-der-Vaal‘s kuchi hisobiga 
ushlab turiladi. 
Karbamidli komplekslar siklik tuzilishli uzun zanjirli uglevodorodlarni ham 
hosil qilishi mumkin. Shunday qilib, kompleks hosil qilish uchun bir metil yon 
guruhi bo‗lganida 10 tadan kam bo‗lmagan, etil guruhi bo‗lgan holatda esa 24 
tadan kam bo‗lmagan normal zanjirli uglevodorod atomlari kerak bo‗ladi. 
Alkilga o‗zgargan siklik uglevodorodlar unda 20…25 va undan ko‗p uglerod 
atomli alkil zanjiri bo‗lganida karbamid bilan kompleks xosil qilish qobiliyatiga 
ega. Shunday ekan, kompleks hosil qilish uchun uglevodorod molekulalarining 
kimyoviy tabiati emas, balki ularning konfiguratsiya va o‗lchamlari muhimdir. 
Kompleks hosil qilish jarayoni qaytar jarayondir va hosil bo‗lgan kompleks 
qizdirilganda parchalanadi: 

Download 15,32 Mb.
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Parafinsizlangan moy, gach yoki petrolatumning aralashmalaridan

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish